Mundarija
1Adabiyot
2Davlatning kelib chiqishi
3Davlatning kelib chiqishi toʻgʻrisida quyidagicha nazariyalar mavjud:
4Davlat va uning belgilari, shakllari
5Davlatning asosiy belgilari:
6Davlatning asosiy funksiyalari:
7Davlatning shakllari:
8Davlat mexanizmi
8.1Davlat idoralari 3 turga boʻlinadi
9Huquqiy davlat va uning belgilari
10Manbalar
Adabiyot[tahrir]
Karimov I. A., Tarixiy xotirasiz kelajak yoʻq, T., 1998; Karimov I. A., Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari, T., 1998; Forobiy, Fozil odamlar shahri, T., 1993; Temur tuzuklari, T., 1996; Nik-kolo Makiavelli, Gosudar, M., 1990; Gobbs, Sochineniye v 2-x tomax, M., 1992; Aʼzamxoʻjayev A. A., Oʻzbekistan Respublikasi davlat mustaqilligining huquqiy asoslari, T., 1993; Boboyev H., Amir Temur va uning qarashlari, T., 1992; Davlat va ququq nazariyasi (masʼul muharrirlar: H.B. Boboyev, H.T.Odilqoriyev), T., 2000; I slomov 3., Davlat va huquq: umumnazariy masalalar, 2000; Saidov A., Tojixonov U., Davlat va Huquq nazariyasi [2 jildli], 1-jild, Davlat nazariyasi, T., 2001; Istoriya politicheskix i pravovix ucheniy, M., 1996; Avesto va uning insoniyat taraqqiyotidagi oʻrni, T., 2001; Sagdullayev A., Aminov B., Mavlonov Oʻ., Norqulov N., Oʻzbekiston tarixi; davlat va jamiyat taraqqiyoti, 1-qism, T., 2000; Ziyo A., Oʻzbek davlatchiligi tarixi (eng qadimgi davrdan Rossiya bosqiniga qadar), T., 2000; Oʻzbekistan davlatchiligi tarixi ocherklari, T., 2001.
Halimboy Boboyev, Olim Husanboyev.[1]
Davlatning kelib chiqishi[tahrir]
Davlat birdaniga yuzaga kelmaydi, balki asta-sekin, vujudga kelayotgan sinflar oʻrtasidagi ziddiyatlar kuchayishi davomida paydo boʻladi. Insoniyat davlat paydo boʻlguniga qadar oʻz taraqqiyotida uzoq yoʻlni bosib oʻtgan. Davlat ham, huquq ham boʻlmagan ibtidoiy jamiyat bir-biridan asosan ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi bilan farq qiladigan yovvoyillik, varvarlik va tamaddun kabi uch bosqichni oʻtgan. Davlat hali urugʻchilik tizimi ishidayoq shakllangan boshqaruv organlarini qisman oʻzgartirib qisman yangi organlarni joriy etgan holda siqib chiqarib yuzaga keladi va nihoyat, ularni haqiqiy davlat hokimiyati bilan almashtiradi. Mehnat qurollarining rivojlanishi va takomillashishi, yirik ijtimoiy mehnat taqsimoti mehnat unumdorligi oshib, ortiqcha mahsulot hosil boʻlgan, bu esa xususiy mulkshillikka va jamiyatning mulkiy jihatdan qatlamlarga ajralishiga olib kelgan. Shu tariqa, asosiy mashgʻuloti xususiy mulkchilik munosabatlarini va mulkdorlar manfaatini muhofaza qilishdan iborat boʻlgan maxsus guruhlar vujudga kelgan. Ibtidoiy jamiyatda oqsoqollar, urugʻ va qabila boshliqlari hamda diniy hokimiyat sohiblariga tegishli boʻlgan ijtimoiy hokimiyat asta-sekin davlat hokimiyatiga aylangan. Agar davlat paydo boʻlgunicha mavjud boʻlgan jamiyatda ijtimoiy hokimiyatni saqlashning asosiy vositasi oliy ruhoniylarning shaxsiy obroʻsi boʻlsa, davlat hokimiyatining mohiyatini majburlash tashkil eta boshlagan. Insonning jamiyatdagi mavqei oʻzgargan. Oldin uning mavqei alohida shaxsning oilaga, uruqqa yoki qabilaga mansubligi bilan belgilansa, endilikda uning mavqei mulkiy holatiga va davlat hokimiyati egalariga shaxsiy yaqinligiga qarab belgilangan. Davlatning paydo boʻlishi turli xalqlarda turlicha yuz berdi. U oʻzining shakllanishi va rivojlanishida uzoq va murakkab yoʻlni bosib oʻtgan. Eng avvalo majburlashga asoslangan davlat dastlabki bosqichlarida yetarlicha rivojlanmagan siyosiy hosila boʻlgan.
Davlatning kelib chiqishi toʻgʻrisida quyidagicha nazariyalar mavjud:[tahrir]
Do'stlaringiz bilan baham: |