Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi ning


ilk rivojlanish masalalarida ota-onalarga bilim berish



Download 32,82 Kb.
bet8/9
Sana13.06.2022
Hajmi32,82 Kb.
#665486
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Intellektual anglash malakalari kichik soxasi bo’yicha ta’limiy

ilk rivojlanish masalalarida ota-onalarga bilim berish. Bunda ota-onalar uchun bolaning psixologik va intellektual jihatdan rivojlanishi borasida o‘quvlar tashkil etish g‘oyat yaxshi samara beradi. Masalan, farzandining intellektual va ijodiy salohiyati to‘g‘risida ma’lumot berish, bolaning psixologik holati, uning ijodiy imkoniyatlarini ko‘rsatuvchi rag‘batlantiruvchi maqtov yorliqlari asosida bolaning individual qobiliyatlarini ota-onalarga ko‘rsatish zarur. Bu bilan ota-onalar farzandining qiziqishlari haqida yanada ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lib, ularga qay tarzda yondashishni bilib oladilar.

  • ota-onalarni o‘quv-tarbiyaviy jarayonda faol qatnashishga jalb etish. Bunda ochiq eshiklar kunlari va ochiq mashg‘ulotlar tashkil etish orqali ota-onalarni maktabgacha ta’lim muassasasining kundalik ishlariga qatnashishlari uchun zamin hozirlash kerak.

  • ota-onalarning muassasa hayotida ishtirok etish borasidagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash. Bunda ota – onalarning muassasa hayoti va muassasada yaratilgan shart-sharoitlar haqidagi fikrlarini inobatga olgan holda ta’limiy va tarbiyaviy ishlarning sifati va saviyasini oshirish ko‘zda tutiladi.

    Bolalarning matematik tushunchalarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirishi, ularning idrokini, ya’ni sensor tuyg‘ularini o‘stirish bilan bevosita bog‘liqdir.Umumlashtirish va abstraktlashtirish qobiliyati real predmetlarning xususiyatlarini aniqlash va shu xususiyatlarga qarab mazkur predmetlarni birbiriga taqqoslash va guruhlarga ajratish asosida o‘sib boradi. Shuning uchun bola maktabga borgunga kadar unda matematik tasavvurlarni shakllantirish uchun bolalar bog‘chasidagi barcha o‘quv-tarbiya ishlari bilan uzviy ravishda bog‘lab maxsus ish olib boriladi.
    Matematik bilimlar bolalarga ma’lum izchillikda berilishi, bunda yangi bilim kamroq miqdorda, ya’ni bolalar o‘zlashtirib oladigan darajada bo‘lishi kerak. Shuning uchun xam bir vazifa bir qancha mayda kismlarga bo‘linib, ular birin ketin o‘rganib boriladi. Tarbiyachi xar bir yosh guruhining dasturi kanday tuzilganini bilishi lozim. Bu unga o‘z guruhidagi bolalarning matematikaga doir bilim darajalarini aniqlash uchungina emas, balki maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda boshlang‘ich matematik tasavvurlarni o‘stirish yuzasidan olib boriladigan barcha ishlar tizimida har bir mashg‘ulotning qanday muhim rol o‘ynashi va o‘rin egallashini ko‘z oldiga keltirish uchun xam imkon beradi. Matematik tasavvurlarni shakllantirish yuzasidan olib boriladigan ishning asosiy shakli – mashg‘ulotdir. Dastur vazifalarining ko‘pchilik qismi mashg‘ulotlarda hal kilinadi. Bolalarda ma’lum izchillikda tasavvurlar shakllantiriladi, zarur malaka va ko‘nikmalar hosil kilinadi. Atrofdagi xamma narsani mikdor jihatidan kuzatishlarni uyushtirishga, bolalarning o‘z faoliyatlarining xilma-xil turlarida matematik mazmundagi bilim va ko‘nikmalaridan kanday foydalanishlariga katta axamiyat beriladi. Mashg‘ulotlarda va kundalik hayotda didaktik o‘yinlardan hamda o‘yinmashqlardan keng foydalaniladi. Mashg‘ulotlardan tashqari vaqtlarda o‘yinlar tashkil kilib, bolalarning matematik tasavvurlari mustahkamlanadi, chuqurlashtiriladi va kengaytiriladi. Bir qancha hollarda, masalan, joyni bilish ko‘nikmasini rivojlantirish yuzasidan olib boriladigan ishlarda o‘yinlar asosiy o‘quv vazifasini o‘taydi. Mashg‘ulotlarda bolalarning aktiv faoliyati birinchi navbatda yangi material ustida ishlashni xamda ilgari o‘tilgan materialni takrorlashni birga to‘g‘ri qo‘shib olib borish bilan ish turlarini va uni tashkil etish usullarini almashtirib turish bilan ya’ni, mashg‘ulot tuzilmasi bilan taqsimlanadi.


    Xulosa
    Respublikamiz Mustaqilligining 27 yilligini munosib kutib olish va yuqori saviyada nishonlash bayram tadbirlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning so‘zlagan ma’ruzasida mamlakatni rivojlantirishning yangi davri boshlanganligini ko‘rsatib berdi. Boshqa sohalar qatorida ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, yoshlarga ta’lim va tarbiya berishning yangi va yangi shakllarini paydo bo‘lganligi fikrimiz dalilidir. Bunga yana bir misol tariqasida maktabgacha ta’lim tizimida bo‘layotgan o‘zgarishlarni ta’kidlab o‘tish joiz. Mazkur jarayonlarni chuqur anglagan bois mazkur magistrlik dissertatsiya mavzusini “Maktabga tayyorlov guruhi bolalarining matematik tasavvurlarini rivojlantirishning metodik asoslari” mavzusiga bag‘ishladik.
    Mazkur tadqiqot jarayonida matematik termin sifatida “matematik faollik” iborasini qo‘lladik. Chunki, maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilarining matematik tasavvurlarini rivojlantirish jarayonida aynan ularning matematik faolligi oshishi kuzatildi. Tadqiqot jarayonida belgilangan qoidalar sinovdan o‘tkazildi va pedagogik kuzatuv, suhbatlar tashkil etildi. Olingan ma’lumotlarga muvofiq ko‘pchilik respondentlar uchun ta’limning boshlang‘ich bosqichi qiziqish uyg‘otdi. Tadqiqotchi-pedagoglarning kuchlanishi mazkur bosqichda asosan matematik ta’limga jamlandi. Eksperimental tadqiqot davomida tadqiqot muallifi hamkasblari tomonidan pedagogik amaliyotda foydalanilgan uslubiy ishlanmalar o‘z aksini topdi. Nafaqat mahalliy pedagoglarning uslubiy tajribasi, balki yevropalik pedagoglarning tajribasi ham tahlil qilindi. Ta’limni bunday usullari va yo‘llari pedagoglar tomonidan shu kabi vaziyatlar va shunga o‘xshash o‘quvchilar kontingentida qo‘llanildi. Unda tarbiyalanuvchilarning yoshi, matematik bilimlar darajasi, maktabgacha tayyorlov yoshdagilarning matematik tafakkuri va tayyorlik darajasi nazarda tutildi.
    Respublikamizda o‘sib kelayotgan yosh avlodning intellektua bilimlarini oshirish bilan birga ularda matematik qiziqishlarini va malakalarini oshirish maqsadida N.U.Bikbaeva ish olib bordi va natijalar asosida 1995 yilda o‘zining “Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish” nomli qo‘llanmasini ishlab chiqdi.
    Tajriba tomonidan aniq sharoitlarda pedagogik ta’sirning tegishli usullari va yo‘llaridan foydalanilishiga sinaluvchilarning reaksiyasini aniqlovchi turli muqobil vaziyatlar yaratildi. Bunda mashg‘ulotlar natijaviyligining ijobiy dinamikasi o‘sdi, bu o‘z navbatida, dissertatsiya ishida taklif qilingan tavsiyalarning ommaviy amaliyotda foydalanishning maqsadga muvofiq ekanini ishonchli isboti hisoblanadi.
    Natijalarni tahlil qilganda, maktabgacha yoshdagilarning matematik tasavvurlarini turli usullar vositasida rivojlantirishdagi ijodiy dinamikasi belgilandi: yuqori daraja 26%ga ortdi va o‘rta hisobda 40%ni tashkil etdi. O‘rta daraja ulushi 15%ga kamaydi, matematikaning past darajasini ko‘rsatgan bolalar aniqlanmadi. Ushbu ishda tajriba muallifi sifatida bolalarning matematik qobiliyatlarini o‘yinlar va interaktiv usullar vositasida aniqlash va rivojlantirishning o‘ta muhimligini ta’kidlashga urinildi. Mashg‘ulotlarda matematik tushunchalardan muntazam foydalanish bolalarda faoliyatning bu turiga qiziqishni rivojlantiradi. Tarbiyalanuvchilarning matematik faolligi turli-tuman sharoitlarda: teatrlashtirilgan faoliyatda, qurish-yasash o‘yinlarida, faoliyat markazlarida o‘stirildi. Bolalarning namoyon bo‘lgan kuchli tomonlarini bilish nafaqat tahlil uchun muhim, balki ularda kelgusida kasb tanlash, matematik qobiliyatlarni rag‘batlantirish istiqbollarini belgilash imkonini beradi. Bolaning namoyon bo‘lgan qobiliyatini inobatga olish nafaqat ularni rivojlantirish uchun, balki uning iste’dodini tegishli oqimga yo‘naltirish uchun ham zarur. Ish natijalari shuni ko‘rsatdiki, o‘yinlar va interaktiv usullar bolalarning matematik qobiliyatini rivojlantirishga ko‘maklashadi, matematikada keng mo‘ljal olish va matematik taassurotlar zaxirasining to‘planishiga sharoit yaratadi, “Ilk va maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari” vazifalarini muvaffaqiyatli hal qilishga yordamlashadi.



    Download 32,82 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish