Davlat organlari: vakillik, ijroiya, sud organlari va


QONUNLARNING QABUL QILINISH TARTIBI



Download 385,8 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana26.07.2021
Hajmi385,8 Kb.
#128806
1   2   3   4
Bog'liq
DAVLAT ORGANLARI - tarqatpa 3

QONUNLARNING QABUL QILINISH TARTIBI 

 

Qonunchilik  tashabbusi.  Qonunchilik  tashabbusi  –  bu, 

qonun  loyihalarini  qonun 

chiqaruvchi  organlar  muhokamasiga  taqdim  etish  huquqi;  mazkur  organlar  qonun 

loyihasini muhokama qilishga va shu loyiha yuzasidan qaror qabul qilishga majbur. 

  

O‘zbekiston  Respublikasining 



Konstitutsiyasiga 

muvofiq  quyidagilar  qonunchilik 

tashabbusi huquqiga ega: 

1) O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti; 

2)  o‘z  davlat  hokimiyatining  oliy  vakillik  organi  orqali  Qoraqalpog‘iston 

Respublikasi; 

3) Qonunchilik palatasi deputatlari; 

4) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi; 

5) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi; 

6) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi; 

8) O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori. 

Bu  subektlar  qonun  loyihasini  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining 

Qonunchilik palatasiga kiritish orqali amalga oshiriladi. 

Qonun  loyihalarini  tayyorlash  tartibi  to’g’risida  aloxida  qonun  ishlab  chiqarilgan 

bo’lib, bu qanun “QONUNLAR LOYIHALARINI TAYYORLASH VA O‘ZBEKISTON 

RESPUBLIKASI  OLIY  MAJLISINING  QONUNCHILIK  PALATASIGA  KIRITISH 

TARTIBI  TO‘G‘RISIDA”  deb  nomlanadi.  Qonun  5  bo’lim,  32  moddadan  iborat  bo’lib, 

2006-yil  11-oktabr  kuni  qabul  qilingan.  Bunda,  qonunchilik  tashabbusi  huquqi  va  uning 

subektlari, qonunloyihalarini tayyorlash tartib-qoydalari o’z aksini topgan. 



 

Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senat tomonidan ma'qullanib, 



O'zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  tomonidan  imzolangach  va  qonunda  belgilangan 

tartibda rasmiy nashrlarda e'lon qilingach, yuridik kuchga ega bo'ladi. 

O'zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Qonunchilik  palatasi  tomonidan  qabul 

qilingan  qonun  qabul  qilingan  kundan  e'tiboran  o'n  kundan  kechiktirmay  O'zbekiston 

Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuboriladi. 

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati ma'qullagan qonun imzolanishi va 

e'lon  qilinishi  uchun  O'zbekiston  Respublikasi  Prezidentiga

  o'n  kun  ichida  yuboriladi. 

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qonun o'ttiz kun ichida imzolanadi va e'lon 

qilinadi. 

O'zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Senati  tomonidan  rad  etilgan  qonun 

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga qaytariladi. 

Agar  O'zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Senati  tomonidan  rad  etilgan 

qonunni  qayta  ko'rib  chiqishda  Qonunchilik  palatasi  deputatlar  umumiy  sonining  uchdan 

ikki  qismidan  iborat  ko'pchilik  ovozi  bilan  qonunni  yana  ma'qullasa,  qonun  O'zbekiston 

Respublikasi  Oliy  Majlisi  tomonidan  qabul  qilingan  hisoblanadi  hamda  imzolanishi  va 

e'lon  qilinishi  uchun  O'zbekiston  Respublikasi  Prezidentiga  Qonunchilik  palatasi 

tomonidan yuboriladi. 

O'zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Senati  tomonidan  rad  etilgan  qonun 

yuzasidan Qonunchilik palatasi va Senat yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish 

uchun Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a'zolari orasidan tenglik asosida kelishuv 

komissiyasini  tuzishi  mumkin.  Palatalar  kelishuv  komissiyasi  takliflarini  qabul  qilganda 

qonun odatdagi tartibda ko'rib chiqilishi kerak. 

O'zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  qonunni  o'z  e'tirozlari  bilan  O'zbekiston 

Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarishga haqli. 

Agar  qonun  avvalgi  qabul  qilingan  tahririda  tegishincha  O'zbekiston  Respublikasi 

Oliy  Majlisining  Qonunchilik  palatasi  deputatlari  va  Senati  a'zolari  umumiy  sonining 

kamida uchdan ikki qismidan iborat ko'pchilik ovozi bilan ma'qullansa, qonun O'zbekiston 

Respublikasi Prezidenti tomonidan o'n to'rt kun ichida imzolanishi va e'lon qilinishi kerak. 



 

Qonunlarning  va  boshqa  normativ-huquqiy  hujjatlarning  matbuotda  e'lon  qilinishi  ular 



qo'llanilishining majburiy shartidir.

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Download 385,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish