Davlat tilida ish yuritish



Download 1,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/135
Sana01.01.2022
Hajmi1,94 Mb.
#294372
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   135
Bog'liq
nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish

 
BAYONNOMA NAMUNASI: 
Ona tili va adabiyoti fani kafedrasi 7- yig’ilishining 
b a y o n n o m a s i  
2010- yil  31- yanvar                                                                  Farg’ona shahri 
 
 
Yig’ilish raisi - Yo‘lchiyeva A.B.                      
Qatnashdilar—Abdurahmonova I., Hoshimova D.,Mavlonova S. 
Mirxalilova M., Yo‘ldasheva Z., Mo’ydinova S., Tehsaboyeva N., Kenjayeva F. 
 
                                         
K u n   t a r t i b i: 
 
1.
 
Kafedra haftaligini o‘tkazish haqida 


 
130 
2.
 
1-  bosqich  o‘quvchilaridan  Nutq  madaniyati  va  davlat  tilida  ish  yuritish 
fani boyicha boshlang’ich olish uchun tayyorlangan nazorat savolliklarini 
to‘g’risida. 
3.
 
Ona  tili  va  adabiyoti  fani  boyicha  2005-  yilda  chiqarilgan  o‘quv  dasturi 
haqida. 
4.
 
Ona tili va adabiyoti xonasini tematik qayta jihozlash haqida. 
 
ESHITILDI: 1-masala bo‘yicha kafedra mudiri Yo‘lchieva A. so‘zga chiqib, 
bir necha yillardan beri an’anaga aylanib qolgan kafedra kunlarini o‘tkazish 
kafedra  ish  rejasida  belgilanganligi,  uni  o‘tkazish  6-  15-  fevral  kunlariga 
belgilansa,  kafedraning  5-  yig’ilishida  ishlab  chiqilgan  A.Navoiy  va 
Z.M.Bobur  tavalludi  munosabati  bilan  o‘tkaziladigan    tadbirlar    rejasida 
ko‘zda  tutilgan  ishlarga  ham  mos  kelishini  ta’kidladi.  Rejada  A.Navoiyning 
569 va Z.M.Boburning  527 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan  tadbirlar 
bo‘yicha  tashkiliy  qo‘mita  tuzish,  A.Navoiyning  569  va  Z.M.Boburning    527 
yilligi  munosabati  bilan  o‘quvchilar  o‘rtasida  insholar  ko‘rik  tanlovini 
o‘tkazish,  Farg’ona  Davlat  universiteti  O‘zbek  adabiyotshunosligi  kafedrasi 
bilan  hamkorlikda  ilmiy  –amaliy  konferensiya  o‘tkazish,  kollej  foyeisida  
buyuk  mutafakkirlarning  ko‘rgazmasini  tashkil  etish,  devoriy  gazeta  nashr 
chiqarish, 
Ma’naviyat  daqiqalarida  A.Navoiy    va  Z.M.Boburning  hayoti,  ijodiga  hamda 
adabiy  merosi  to‘g’risida  ma’ruza  qilish,    namunaviy  o‘quv  darslar  va 
tarbiyaviy  darslari  o‘tkazish,  viloyat  ommaviy  axborot  vositalarida  va  ilmiy 
nashrlarda  kollej  o‘qituvchilarining  A.Navoiy    va  Z.M.Bobur  ijodiga 
bag’ishlangan  ilmiy  maqolalarini  e’lon  qilish,  kafedra  kunlarida  faol 
qatnashgan  o‘qituvchi  va  o‘quvchilarni  rag’batlantirish  kabi  ishlar 
belgilangan. 
SO‘ZGA  CHIQQANLAR.  Hoshimova  D.  tadbirda  hamma  bir  yoqqadan 
bosh qarib harakat qilishi va kafedra kunlarini namunali darajada tashkillash 
zarurligini  eslatib,  vazifalarni  taqsimlab  olishni  taklif  etdi.  Keyin  so‘zga 
chiqqan  Abdurahmonova  I.,  Yo‘ldasheva  Z.,  Mirxalilova  M.lar  takliflarni 
qo‘llab-quvvatlashdi.  
ESHTILDI:  2-  masala  bo‘yicha    Nutq  madaniyati  va  davlat  tilida  ish 
yuritish  fani  o‘qituvchisi  Yo‘ldasheva  Z.    ma’ruza  qilib,  1-  bosqich 
o‘quvchilari  Nutq  madaniyati  va  davlat  tilida  ish  yuritish  fani  II-  semestrda 
boshlanishi  munosabati  bilan  mazkur  fan  bo’yicha  boshlang’ich  olish  uchun 
tayyorlangan nazorat savolliklarini loyihasini tavsiya qildi. 
SO‘ZGA CHIQQANLAR . Nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish fani 
o‘qituvchilari Yo‘lchiyeva A., Abdurahmonova I.lar notiq taklif etgan loyihani 
ba’zi o‘zgartirish sharti bilan ma’qullashlashdi. 
ESHITILDI:  3-  masala  bo’yicha  kafedra  mudiri  Yo‘lchiyeva  A.  so‘zga 
chiqib,  2005  yil    noyabr  oyida  kelgan  yangi  o‘quv  rejasida  Ona  tili  va 
adabiyoti  fanidan  kurs  bo‘yicha  56  soat  amaliy  soat  ajratilgani,  lekin 
amaldagi    2005  yilda  chiqarilgan  o‘quv  dasturida  amaliy  soat  ajratilmagani 
uchun  u  yangi  rejaga  mos  kelmasligini,  bu  haqda  o‘quv  ishlari  bo‘yicha 


 
131 
direktor o‘rinbosarining taklifi bilan  namunaviy dastur yo‘qligi uchun  yangi 
o‘quv  rejasi  asosida    Ona  tili  va  adabiyoti  fani  bo’yicha  vaqtinchalik 
namunaviy o‘quv dasturi ishlab chiqilishi zarurligini uqtirdi. 
SO‘ZGA CHIQQANLAR. Muzokaraga chiqqan Mirxalilova M., Hoshimova 
D.,  Abdurahmonova  I.lar  yangi  dastur  ishlab  chiqishni  ma’qullab,  zarur 
tashkiliy choralar ko‘rishni taklif qilishdi.  
 
ESHITILDI:  4-  masala  yuzasida  Ona  tili  va  adabiyoti  xonasi  mudiri 
Mirxalilova  M.  so‘zga  chiqib,    Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturining  sifat  va 
samaradorlik bosqichiga o‘tilishi munosabati bilan xona jihozlanishi bugungi 
kun  talablariga  javob  bermayotgani  uchun  uni  qayta  jihozlashni  taklif  etdi. 
Shunigdek,  ma’ruzachi  o‘zi  taklif  qilayotgan  variant  loyihasini  ham 
qatnashchilar  e’tiboriga  havola  etdi.  Qizg’in  tortishuvdan  so‘ng  Ona  tili  va 
adabiyoti xonasini qayta jihozlashning yangi loyihasi ishlab chiqildi. 
 
Yig’ilish kun tartibidagi masalalarni  muhokama qilib, quyidagicha  
qaror qildi: 
1.
 
2010- yil 6-15- fevral kunlari kafedra kunlari o‘tkazilsin. 
2.
 
Kafedra haftaligining rejasi 1- ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 
3.
 
1-  bosqich  o‘quvchilaridan  Nutq  madaniyati  va  davlat  tilida  ish  yuritish 
fani  bo’yicha  boshlang’ich  olish  uchun  tayyorlangan  nazorat  savolliklari 
tasdiqlansin. 
4.
 
Ona tili va adabiyoti fani bo’yicha yangi o‘quv rejasiga muvofiq muvaqqat 
dasturi ishlab chiqilsin. 
5.
 
Ona tili va adabiyoti fani bo’yicha yangi o‘quv rejasiga muvofiq muvaqqat 
dasturi ishlab chiqish guruhi 2-ilovaga asosan tasdiqlansin. 
6.
 
Ona tili va adabiyoti xonasini tematik qayta jihozlash loyihasi tasdiqlansin. 
                   
Yig’ilish raisi:                      Yo‘lchiyeva A.   
                  
 
Kotibi:                                 Yo‘ldasheva Z. 
 
 

Download 1,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish