Davlat tilida ish yuritish



Download 1,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/135
Sana01.01.2022
Hajmi1,94 Mb.
#294372
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   135
Bog'liq
nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish

Tayanch so‘z va iboralar:  
ta’rif, mulohaza, tasvir, tavsif, til vositalari, fikr 
asosi,  rasmiy-idoraviy  uslub,  hujjatchilik  xarakteri,  rasmiy  taqriz,  sharh, 
annotatsiya, rezyume, xulosa, protest.  
                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                
Nutqiy  faoliyatning    asosiy  shakli  sifatida  keng  tarqalgan  usullardan  biri 
ta’rif- mulohazali matnlardir.    
Ta’rif  deganda,  biror  kishi,  narsa,  voqea-hodisa  va  shu  kabilarning  so‘zlar 
yordamida  ifodalangan  tasviri,  tavsifi  tushuniladi.  Mulohaza  deganda  fikran 
muhokama yuritish, o‘ylash, o‘y, andisha kabi ma’nolarni tushunamiz. Mulohaza 
aksariyat hollarda ichki nutqqa xos bo‘ladi. Har bir kishi shaxs va borliq, shaxs va 
shaxs,  tabiat  va  jamiyat,  davlat  va  siyosat,  ijtimoiyot  va  iqtisodiyot  o‘rtasidagi 
munosabatlar  haqida  o‘zi  to‘plagan  bilim  va  tajribalar  asosida  fikr  yuritadi, 
mulohaza bildiradi.  
Demak,  ta’rif-mulohaza  mazmunli  matn  deganda,  biror  kishi,  asar,  yangi 
mahsulot,  voqea  yoki  bo‘lib  o‘tgan  hodisa  kabilar  haqida  o‘z  tajriba,  bilim, 
ko‘nikma  va  malakasidan  kelib  chiqib  bildirilgan  fikr-mulohazalar  aks  ettirilgan 
matnlar tushuniladi. 
Masalan,  ilmiy  tadqiqotchining  izlanishlari  e’lon  qilingach,  shu  sohaning 
tegishli  kishilari  mazkur  ishni  o‘qib,  uning  yutug’i  va  kamchiligini,  kishilarga 
qanday foydali ekanini yozma ravishda ko‘rsatib berishadi.   
Bunday  matnlarning  eng  mashhurlari  A.Navoiyning  “Majolis-un-nafois”, 
“Nasoim-ul-muhabbat”  asarlari  hisoblanadi.  Ularda  o‘z  zamonasidagi  turli  
olimlar,  shoir  va  avliyolarning  asarlari,  hayotiy  ishlari,  karomatlariga  buyuk 
shoirimiz  o‘z  ta’rif  va  mulohazalari    bayon  qilgan.  “Boburnoma”da  ham  o‘nlab 
kishi va voqealar haqida Boburning ta’rif va mulohazalari juda yaxshi yozilgan.  
Ta’rif-mulohazali  matnlar  yoki  matn  qismlari  badiiy,  ilmiy  asarlar  tarkibida 
ham  kelishi  mumkin.  Masalan,  O‘tkir  Hoshimovning  “Dunyoning  ishlari” 
qissasida  o‘zbek  ayoli-onaga  oid  ta’rif-mulohazalar  berilgan.  Umarali  Normatov 
qalamiga  mansub  “Ustoz  ibrati”  nomli  kitob  Abdulla  Qahhor  ta’rifiga 
bag’ishlangan. “Ozod Sharafiddinov zamondoshlarimiz xotirasida” nomli asarida 
ajoyib inson, benazir ustoz, yetuk olim, mohir tarjimon va  mehribon ota bo‘lgan 
Ozod  Sharafiddinov  haqida  zamondoshlarining  kikr-mulohazalari  berilgan. 
Shuningdek,  Y.  Solijonovning  “Olimning  olami”  asarida  akademik  S. 
Mamajonov haqida turli ta’rif va mulohazalar berilgan.  
 
Ta’rif-mulohazali  matnlar  rasmiy-idoraviy  sohada  ham  ko‘p  ishlatiladi. 
Masalan,  talaba  oily  o‘quv  yurtining  so‘nggi  kursida  bitiruv-malakaviy  ish 
bajaradi.  Mazkur  ishga  buyruq  asosida  rasmiy  opponent  tayinlanadi.  U  esa  ish 
bilan tanishib chiqib, rasmiy taqriz yozadi. Ish yuritishning yangi shakllaridan biri 
sifatida  xodimni  ishga  qabul  qilinayotganda  rezyume  talab  qilinadi.    Ishlab 
chiqirshga  joriy  etilayotgan  texnologiya,  yangi  mahsulot  haqida  annotatsiya 
tayyorlanadi. 
 
 kelib  chiqib,  ta’rif-mulohaza  matnli  hujjat  turlarini  quyidagi  turlarga 
bo‘lish mumkin: 
1.
 
Rasmiy taqriz. 


 
138 
2.
 
Annotatsiya. 
3.
 
Rezyume. 
4.
 
Xulosa.  
5.
 
Sharh. 
6.
 
Bayonot 
7.
 
Protest va boshqalar. 
Mazkur  hujjatlarning  barchasi  rasmiy-idoraviy  uslubda  yoziladi.  Ularda  
bo‘lib  o‘tgan  voqea-hodisa,  yangi  chiqarilgan  qaror  yoki  farmoyish,  qonun, 
nizom,  yo‘riqnoma  kabi  hujjatlar,  mahsulot  yoxud  xizmat  turlari  haqida  fikr- 
mulohaza  bildiriladi.  Masalan,  tuman  prokurori  tuman  hokimining  chiqargan 
qarori  yoki  farmoyishi  yuzasidan  hokimlikka  protest  kiritishi  mumkin.  Unda 
hokim  qarori(yoki  farmoyish)ning  mavjud  qonunchilikka  zid  yoki  mosligini 
o‘rganib  chiqib,  fikr  bildiradi.  Oxir  oqibat  qaror  o‘zgartirilishi  yoki  butunlay 
bekor qilinishi mumkin. 

Download 1,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish