Davlat universitetining pedagogika instituti pedagogika fakulteti



Download 2,54 Mb.
bet17/305
Sana15.02.2022
Hajmi2,54 Mb.
#449723
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   305
Bog'liq
Umumiy Pedagogika majmua(1)

Asosiy tushunchalar: Pedagogika. O`qitish. Ma’lumot. Inson kamoloti. Insonning shakillanishi. Kuzatish. Suxbat. Anketa. Eksperement

Pedagogikaning fan sifatida shakllanishi yosh avlodni hayotga tayyorlash, ular tarbiyasini samarali amalga oshirish ehtiyojidan kelib chiqadi. Bu ehtiyoj tarbiya borasida orttirilgan tajribalar to’plangandan keyin o’sha tajribalarni umumlashtirish, yoshlar tarbiyasi haqida qonun-qoidalarni ishlab chiqish zaruratini taqozo etadi. Avvalo pedagogikaning nazariy kurtaklari falsafa negizida paydo bo’ladi. Ba'zi falsafiy fikrlar quldorlik jamiyatidayoq rivojlana boshlagan edi.


Ta'lim va tarbiya masalalari hamisha mutafakkir, yozuvchi, olimlar hayolini band qilib kelgan. Ular o’zlarining bola tabiati, ularni barkamol inson qilib tarbiyalash haqidagi yorqin mulohazalari bilan pedagogika fani ravnaqiga ulush qo’shganlar. Mashhur hind masali "Kalila va Dimna", Nizomul Mulkning "Siyosatnoma", Nosir Xisravning "Saodatnoma", "Ro’shnoinoma", Yusuf Xos Xojibning "Qutadg’u bilik", Mahmud Qoshg’ariyning "Devonu lug’otit turk", Ahmad Yugnakiy, Kaykovus, Alisher Navoiyning ko’pgina asarlari odob-axloqqa bevosita daxldordir. Bu allomalarning asarlari pedagogik fikrlarni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Pedagogikaning fan sifatida shakllanishida chex pedagog olimi Yan Amos Komenskiyning hissasi katta bo’ldi.
XVIII-XIX asrlarga kelib O’rta Osiyoda pedagogik fikrlar taraqqiy eta boshladi. XIX asr boshlarida Mahmudxo’ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Saidrasul Aziziy, Saidahmad Siddiqiy kabi ma'rifat jonkuyarlari yetishib chiqishdi. Bu olimlar yangi usuldagi maktablar tuzish, darsliklar yaratish, xalq o’rtasida ma'rifatni targ’ib etishda jonkuyarlik qildilar.
Bugungi kunda allomalarning pedagogika nazariyasiga oid fikrlari bilan bir qatorda xalq donishmandligi bo’lgan maqollar, ertaklar, dostonlar, topishmoqlardan keng foydalanilmoqda. Bularning barchasi pedagogika fanining rivojlanishiga o’z hissasini qo’shmoqda.
Pedagogika predmeti. Pedagogika (yunoncha paidagogike bo‘lib, paidagogos («bola» va «yetaklayman») tushunchasi asosida shakllangan) shaxsni shakllantirishga yo‘naltirilgan muayyan tizimli faoliyat, shuningdek, ta’lim-tarbiya mazmuni, umumiy qonuniyatlari, shakli va metodlari haqidagi fan. Pedagogika ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, yosh avlod hamda kattalarni milliy istiqlol g‘oyalari asosida tarbiyalash, unga ta’lim berish muammolarini o‘rganadi.
Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jihati – uni o‘qitish va tarbiyalashga asosiy e’tiborni karatganligi bois ta’lim nazariyasi (didaktika) va tarbiya nazariyasi fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi.
Pedagogika fanining vazifalari. Pedagogika fani shaxsni shakllantirish borasidagi ijtimoiy buyurtmani bajarish asosida jamiyat taraqqiyotini ta’minlashga alohida hissa qo‘shadi. Pedagogika fani maqsadi va vazifalarining belgilanishida ijtimoiy munosabatlar mazmuni, davlat va jamiyat qurilishi, uning hayotida yetakchi o‘rin tutuvchi g‘oyalar mohiyatini muhim ahamiyatga ega.
O‘zbekiston Respublikasida demokratik, insonparvar hamda huquqiy jamiyatni barpo etish sharoitida mazkur fan barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalash tizimini ishlab chiqish, milliy istiqlol g‘oyasi asosida ta’lim va tarbiya nazariyasini ijodiy rivojlantirishdek ustuvor vazifani hal etadi. Mazkur jarayonda quyidagi vazifalarni bajarishga e’tibor haratiladi:
Barkamol shaxs va malkali mutaxassisni tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonning mohiyatini o‘rganish.
Shaxsni kamol toptirish qonuniyatlarini aniqlash.
Ijtimoiy taraqqiyot darajasidan kelib chiqqan holda rivojlangan xorijiy mamlakatlar ta’lim tizimi tajribasini o‘rganish asosida uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish.
Ta’lim muassasalari hamda ularda faoliyat olib borayotgan pedagoglar faoliyati mazmunini asoslash.
Ilg‘or pedagogik tajribalarni umumlashtirish va amaliyotga joriy etish.
Pedagoglarni pedagogika nazariyasiga oid bilimlar hamda ta’lim-tarbiya usullari bilan qurollantirish.
Ta’lim-tarbiya birligi hamda ijtimoiy tarbiya yo‘nalishlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni ta’minlashning pedagogik shart-sharoitlarini o‘rganish.
O‘qitish hamda tarbiyalash jarayonining samarali texnologiyalarini yaratish.
Oila tarbiyasini muvaffaqiyatli tashkil etish yuzasidan ota-onalar uchun ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqish.
2. Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari. Bizga yaxshi ma’lumki, har bir fan o‘zining tayanch tushunchalari, qonuniyatlari, tamoyillari, qoidalari tizimiga ega. Aynan mana shu holat uning fan sifatida e’tirof etilishini kafolatlaydi. Fanning mohiyatini ifoda etuvchi eng muhim, asosiy tushunchalar kategoriya deb ataladi. Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari shaxs kamolotini ta’minlash, ta’lim va tarbiya samaradorligiga erishishga haratilgan jarayonlarning umumiy mohiyatini yoritadi. Eng muhim kategoriyalar sirasiga quyidagilar kiradi: tarbiya, ta’lim (o‘qitish, o‘qish), bilim, ko‘nikma, malaka, ma’lumot, rivojlanish.
Tarbiya – aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida tashkil etilib, shaxsni mehnat va ijtimoiy faoliyatga tayyorlashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon.
Ta’lim – maxsus mutaxassislik ma’lumotiga ega shaxslar rahbarligida tashkil etilib, o‘quvchilarni nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoharashlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan jarayon.
Bilim – tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui.
Ko‘nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati.
Malaka – mashq qilish jarayonida muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli.
Ma’lumot – ta’lim-tarbiya natijasini ifodalovchi tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko‘nikma va malakalar, shuningdek, tarkib topgan dunyoharash majmui.
Rivojlanish – shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon bo‘layotgan miqdor va sifat o‘zgarishlarning mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon.
Ta‘lim, tarbiya va ma‘lumot inson shaxsini aqliy, jismoniy va ma‘naviy jihatdan shakllantirish va rivojlantirishga qaratiladi.
Ta‘lim, tarbiya, ma‘lumot va shaxsning shakllanishi, rivojlanishi o‘zaro bog‘langan bo‘lib, bir jarayonda amalga oshiriladi. Ta‘lim va tarbiya tarkibiy jihatdan bir yaxlit jarayondir. Ta‘lim jarayonida bolalar tarbiyalanadi, tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirish uchun ta‘lim jarayonidan foydalanamiz. Masalan: ta‘lim jarayonida Vatan haqida, uning o‘tmishi, hozirgi hayoti va kelajak haqida bilimga ega bo‘lib, o‘quvchilar vatanparvarlik ruhida tarbiyalanadilar. Ikkinchi tomondan Vatanga muhabbat qo‘yib, uning istiqlolini mustahkamlash va kelajagini yaratish ko‘proq bilimli kadrlarga bog‘liqligini anglab, o‘quvchilar o‘zlarining o‘qishlariga, bilim va ko‘nikmalar egallash vazifalariga mas‘uliyat bilan qaray boshlaydilar. Ma‘lumot, ana shu ta‘lim va tarbiyaning mahsuli bo‘lib, shu jarayonda amalga oshiriladi. Bularning hammasi shaxsning shakllanishi va rivojlanishiga olib keladi.

Download 2,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish