Davlat xizmatining turlari Davlat xizmatining printsiplari Davlat xizmatining funktsiyalari


Davlat xizmatida ishtirok etuvchi barcha fuqarolar bir xil huquqqa ega



Download 26,72 Kb.
bet3/3
Sana31.12.2021
Hajmi26,72 Kb.
#206424
1   2   3
Bog'liq
2-Мавзу

Davlat xizmatida ishtirok etuvchi barcha fuqarolar bir xil huquqqa ega bo’lib, millati, jinsi, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi va boshqa belgilaridan qat’i nazar, qonun oldida teng­dirlar. Davlat xizmatida fuqarolarning faoliyati uchun mansab yoki vazifasi bo’yicha ish olib borishida davlat tomonidan teng shart-sharoitlar yaratib beriladi.

Yuridik adabiyotlarda davlat xizmatining asosiy printsip­laridan tashqari, tashkiliy-funktsional printsiplari ham ko’rsatib o’tilgan. Ularga quyidagilarni kiritish mumkin:

1. Yuqori davlat organi (mansabdor shaxs) tomonidan chiqarilgan qarorlarning quyi turuvchi organlar (davlat xizmat­chilari) uchun majburiyligi printsipi. Bu printsip orqali davlat xizmatidagi quyidagi asosiy holatlar belgilab beriladi: birinchi­dan, yuqori davlat organi yoki rahbar tomonidan chiqarilgan qarorlar quyi turuvchi organlar va davlat xizmatchilari tomonidan bajari­lishi majburiydir; ikkinchidan, chiqariladigan qarorlar qonuniy bo’lishi, ya’ni uni chiqarish vakolatiga ega bo’lgan davlat organi (mansabdor shaxs) tomonidan vakolat doirasida amalga oshirilishi lozim; uchinchidan, bu qarorlar qonun talablariga zid kelmasligi lozim. Bu printsip orqali davlat organlarining normal faoliyat yuritishi ta’minlanadi;

2. Davlat xizmatida o’rnatiladigan asosiy talablarning yagonaligi printsipi. Mazkur printsipga binoan, davlat xizmati va davlat xizmatchilariga o’rnatiladigan barcha talablar, ya’ni davlat xizmatini tashkil etish, davlat xizmatiga kirish, xizmatchilarga nisbatan malakaviy, mansab majburiyatlarini bajarishga qo’yiladi­gan talablar, davlat xizmatchilarini attestatsiyadan o’tkazish, xizmat­chilarga nisbatan intizomiy javobgarlikni qo’llash, malakasini oshirish va boshqa talablar qonunchilikda bir xil belgilanadi;

3. Davlat xizmatini amalga oshirishda oshkoralik printsipi. Davlat xizmatini amalga oshirishda oshkoralik printsipi yordamida davlat organlari va davlat xizmatchilarining faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlarni olish ta’minlanadi. Har qanday davlat xizmati oshkoralik printsipi asosida tashkil etilishi va amalga oshirilishi lozim. Oshkoralik printsipi orqali bir tomondan, fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarida ishtirok etishi, ikkinchi tomondan esa, davlat oldida turgan vazifalarni hal etishda fuqarolarning fikrini e’tiborga olish ta’minlanadi.

Davlat xizmatida oshkoralikni ta’minlash uchun quyidagilar zarur: birinchidan, fuqarolar fikrini inobatga olish mexanizmini tashkil etish; ikkinchidan, davlat organlari, davlat xizmatchilari faoliyatiga nisbatan fuqarolar bildirgan fikrlar muhofazasining huquqiy sharoitini yaratish; uchinchidan, axborot vositalari orqali davlat organlari va davlat xizmatchilarining o’z vakolatlarini amalga oshirish jarayonida oshkoralikni ta’minlash;

4. Qabul qilinadigan qarorlar, o’z vazifasini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun davlat xizmatchilarining javobgarligi printsipi. Mazkur printsip davlat xizmatchilarining mansab majburiyatlarini vijdonan va to’g’ri bajarishlarini ta’minlaydi.

Davlat xizmatchilari tomonidan qabul qilinadigan har qanday qaror qonuniy, maqsadga muvofiq va boshqaruv aktlariga qo’yila­digan talablarga mos bo’lishi lozim.

Davlat xizmatchisining o’ziga yuklatilgan vazifalarni bajar­masligi yoki lozim darajada bajarmaganligi yoxud mansab vakolat­lari­dan chetga chiqishi, unga nisbatan javobgarlik choralarini qo’l­lashga olib keladi;

5. Davlat xizmatchilarini ijtimoiy himoya qilish printsipi. Amaldagi qonunchilikda davlat xizmatchilari uchun quyidagi ijti­moiy himoya vositalari o’rnatilgan: haq to’lanadigan mehnat ta’tili; davlat hisobidan tibbiy xizmatdan foydalanish; davlat xizmatchi­lari o’z vazifalarini bajarayotganda ularning va oila a’zolarining sha’ni, qadr-qimmati hamda boshqa huquq va manfaatlarini noqonu­niy xatti-harakatlardan himoya qilish; transport va boshqa aloqa vositalari bilan ta’minlash va boshqalar.





11 Қаранг: Хожиев Э.Т. Давлат хизмати. – Т., 2004. – Б. 48–49.

Download 26,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish