Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti biologiya fakulteti



Download 9,5 Kb.
Sana16.04.2023
Hajmi9,5 Kb.
#928997
TuriReferat
Bog'liq
15 dil 1


Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti biologiya fakulteti.
3-bosqich talabasi Abdullayeva Dilshodaning tayirlagan referati
Xemoretsepsiya. Garmonlar va mediatorlar retsepsiyasi.
Xemoretsepsiya (xemo... shretseptorlar) — bir yoki koʻp hujayralilar ixtisoslashgan hujayralarining tashqi muhitdagi hayot uchun muhim boʻlgan kimyoviy moddalardan taʼsirlanishi. X.ning dastlabki jarayoni taʼsirlovchi kimyoviy modda bilan hujayra membranasidagi xemoretseptor oqsil oʻrtasidagi taʼsirdan iborat. X. — evolyutsiya jihatidan eng qad. retsepsiya tipi, barcha tirik organizmlar uchun xos. Koʻpchilik hayvonlar uchun 2 xil X.: interoxemoretsepsiya (koʻp hujayralilar ichki muhitini, jumladan, gormonlar, mediatorlar, antigenlar va boshqalarni analiz qiluvchi) va eksteroxemoretsepsiya (tashqi kimyoviy taʼsirlarni qabul qiluvchi) xos. Yuksak tuzilgan organ izmlarda ixtisoslashgan kimyoviy sezgi organlari — hid bilish, taʼm bilish paydo boʻladi. Bu xiddagi organlar umurtqali hayvonlar va bir qancha umurtqasizlar (mas, hasharotlar)da bor. Bundan tashkari, kam ixtisoslashgan X. — gavda qoplamining taʼsirlovchi moddalarga nisbatan umumiy kimyoviy sezgirligi ham mavjud.
X. koʻpchilik hayvonlarning oziq qidirib topishi, dushmanlari yoki noqulay sharoitdan saklanishi, oʻz turi va oilasi individlari hamda oʻz juftini topib olishda katta ahamiyatga ega. X.ning jamoa boʻlib yashovchi hasharotlar hayotidagi ahamiyati ayniqsa katta. Bunday hasharotlar oilasidagi murakkab fiziologik xattiharakat reaksiyalari (oziq qidirib topish, oʻzaro tobelik munosabatlari) X. bilan bogʻliq.
Organizm hayot faoliyatining gumoral yo'l bilan idora etilishida eng muhim mini gormonlar o'ynaydi. Bu moddalar endokrin bezlar ham deb ataladigan ichki sekretsiya bezlarida ishlanib chiqadi. Gormonlar ichki sekretsiya bezlarining hujayralarida hosil boiib, to'g'ri-dan-to'g'ri bezni ta'minlab turadigan tomirlardagi qonga o'tadi, bu-tun organizmga tarqaladi va turli-tuman organlarning faoliyatini kuchaytiradi yoki susaytiradi. Ba'zi gormonlar organizmning rivojlanishi va o'sishiga, sistemalarining shakllanishiga ta'sir ko'rsatadi.
Gormonlarning to'qima va organlarga ko'rsatadigan ta'sir mexanizmi yetarlicha o'rganilgan emas. Gormonlar asosan hujayralarda, ularning sitoplazmatik tuzilishlarida ro'y berib turadigan jarayonlarga ta'sir qiladi. Gormonlarning bir xili hujayra membrana-sining o'tkazuvchanligini o'zgartirsa, boshqalari, aftidan, hujayra-ning genetik apparatiga ta'sir ko'rsatib, fermentlar hosil bo'lishini idora etib boradi va shu bilan muayyan biokimyoviy jarayonlarni tezlashtiradi yoki susaytirib qo'yadi.
Qanday yo'nalishda ta'sir ko'rsatishiga qarab turli bezlarning gormonlarini ikki guruhga bo'lish mumkin — anabolik va kotabolik gormonlar. Birinchi guruh gormonlari (gipofizning somatotrop gormoni, qisman insulin) anabolizmni, ya'ni moddalarning sintezi va depolanishini stimullaydi; ikkinchi guruh gormonlari (tiroksin, adrenalin, qisman jinsiy gormonlar) katabolizmni kuchaytiradi, ya'ni organizmda moddalar almashinuvi, energiya hosil qilish va sarflashni kuchaytiradi. Gormonlarning moddalar almashinuviga turli yo'nalishda ta'sir ko'rsatishi ularning oqsillar, yog'lar va uglevodlar sintezi hamda parchalanishini ta'minlovchi fermentativ faollikka tanlab-tanlab ta'sir qilishiga bog'liqdir.
Gormonlar qon tarkibi (suv, qand, elektrolitlar miqdori) ni doim bir xilda saqlashda ishtirok etadi va shu bilan gomeostaz regulatorlari xossalarini namoyon qiladi. Gormonlar nihoyat darajada faol moddalardir, chunki juda kichkina konsentratsiyada moddalar almashinuvi hamda funksiyalarining sezilarli darajada o'zgarishiga sabab bo'ladi. Chunonchi, adrenalin ajratib olingan yurakka 1*10-7 - l *10-9 g/ml konsentratsiyada ta'sir ko'rsataveradi.
Ko'pgina gormonlar hozir toza holda olingan. Ular bir qadar mu-rakkab tuzilishga ega bo'lgan organik birikmalardir. Molekulasi nisbatan kichikroq bo'lgan gormonlar, masalan, adrenalin bilan tiroksin tirozin degan aminokislota unumlari bo'lib, turga xos xususiyatlari (spetsifikligi) yo'q va sintetik yo'l bilan olingan. Oqsil tabiatiga ega bo'lgan boshqa gormonlar (insulin, o'sish gormoni, adrenokortikotrop gormon) kimyoviy tuzilishi va fiziologik faolligi jihatidan har xil turdagi hayvonlarda o'z xususiyatlariga egadir.
Gormonlar to'qimalarda qiyosan tez parchalanib ketadi. Shu raunosabat bilan qonda gormonlaming yetarli miqdorda saqlanib turishi uchun tegishli bezdan ular beto'xtov chiqib turishi zarur bo'ladi.
Download 9,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish