Deyiladi. Tabiatda uchraydigan aminokislotalarning umumiy soni 300 ga yaqin bo„lib, ulardan ba‟zilari ma‟lum organizmlardagina mavjud bo„ladi



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/17
Sana06.02.2022
Hajmi0,96 Mb.
#433293
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
2.Аминокислота-лотин

3. Kimyoviy sintez usullari. 
Aminokislotalar olishning bir necha kimyoviy 
usullari ishlab chiqilgan. Ularning ba‟zilari bilan tanishamiz.

1. Galogenkarbon kislotalarning ammonolizi – Goffman usuli 




18 
Bu usul bilan birinchi marta 1858 yilda xlorsirka kislotadan glitsin olingan. Agar 
ammiak 10 barobar mo„l miqdorda olinsa va ammoniy karbonat ishtirokida 
o„tkazilganda reaksiyaning unumi 60-70% ga yetishi mumkin. 
2. Zelinskiy-Shtrekker usuli. 1850 yil Shtrekker aldegidlarga ammiak ishtirokida 
sianid kislota biriktirish yo„li bilan aminokislota sintez qilishni taklif etdi. 
Keyinchalik Zelinskiy reaksiya unumini oshirish hamda jarayonni texnik jihatdan 
osonlashtirish maqsadida sianid kislotani kaliyli tuzi ko„rinishida, ammiakni esa 
ammoniy xlorid ko„rinishida kiritishni taklif etdi. Reaksiyaning unumi 75-80% ni 
tashkil etadi.
3. Gabriel sintezi. Galogenkarbon kislotalarning efirlari va kaliy ftalimid 
ta‟siridan hosil bo„lgan ftalilaminoksilotalar gidrolizlanganda aminokislotalar olish 
mumkin. 
4. Ketokislotalarni aminlash. Ketokislotalar ammoniyli tuzlar yoki fenilgidrazin 
ishtirokida qaytarilganda yetarlicha katta unum bilan aminokislotalar olish mumkin. 


19 
5. β-Aminokislotalarning olinishi . β-Aminokislotalar to„yinmagan kislotalarga 
ammiak birikishidan hosil bo„ladi. 
CH
3
-CH=CH-COOH + 2NH
3
CH
3
-CH-CH
2
-COONH
4
t
0
NH
2
Rodionov usulida β-aminokislotalar birmuncha qulayroq olinadi:
6. γ-, δ-, ε-Aminokislotalarning olinishi. Sanoat ahamiyatiga ega bo„lgan ε-
aminokislotalardan biri - ε-aminokapron kislota dastlab siklogeksanondan oksimini, 
undan esa Bekman qayta guruhlanishi bilan kaprolaktam, so„ngra gidroliz yo„li bilan 
olinadi. Reaksiya unumi 30-70% orasida bo„ladi.


20 
“Tekart” agentligi o„tkazgan tadqiqotlar natijasida (Qishloq xo„jaligi 
axborotnomasi, 2018 yil, № 3) dunyo bo„yicha eng ko„p iste‟mol qilinadigan 
aminokislotalar (100% ga nisbatan): lizin – 59,9%; metionin – 30,9%; treonin – 
8,2%; valin – 0,6%; triptofan – 0,4% ni tashkil etadi.
Ba‟zi muhim amiokislotalarning yillik ishlab chiqarish hajmi taxminan: ~300 
000 tonna/yil – natriy glutamat; ~100 000 tonna/yil – lizin; ~ 140 000 tonna/yil – 
metionin bo„lib, Jahon sog„liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma‟lumotiga ko„ra hozirgi 
kunda aminokislotlarga ehtiyoj quyidagicha: 1. Lizin - 5 mln.t.; 2. Metionin - 4 
mln.t.; 3. Treonin - 3,7 mln.t.; 4. Triptofan - 2 mln.t. va h.k. ekanligini ta‟kidlaydi. 
Quyidagi jadvalda aminokislotalarning yillik ishlab chiqarish hajmi*, texnologik 
kodi (ishlab chiqarish texnologiyasi) va qo„llash sohalari keltirilgan.

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish