Diatezlar. Etiopatogenezi. Tasnifi. Klinik belgilari. Tashxisot mezonlari. Qiyosiy tashxis. Davosi. Profilaktikasi


Bolalarda diatezning klinik ko‘rinishi



Download 114,77 Kb.
bet2/3
Sana16.03.2022
Hajmi114,77 Kb.
#496756
1   2   3
Bog'liq
Diatezlar. Etiopatogenezi. Tasnifi. Klinik belgilari. Tashxisot mezonlari.

Bolalarda diatezning klinik ko‘rinishi



Ekssudativ-kataral diatez – allergik reaksiyalar va yallig‘lanish jarayonlarining uzoq davom etishi natijasida teri qoplamalarining va shilliq qavatlarning zararlanishi bilan namoyon bo‘ladi. Bunday turdagi diatez ko‘pincha erta yoshdagi bolalarda paydo bo‘lib, taxminan 3-4 yoshlarda o‘tib ketadi. Umumiy diatezlarning 40-70 % holatlarida uchraydi.
Ekssudativ-kataral diatez bir oylik bolalarda seboreyali dermatitlar ko‘rinishida – yog‘li qichimalar boshning sochli qismida, tepa sohasida paydo bo‘ladi. Odatda, bunday patologiyaning oqibati ijobiy, ammo ba’zi bolalarda bu seboriyali ekzemaga o‘tib ketadi va bunda shish, qizarish, suvli pufakchalar ko‘rinishida bo‘yin, quloq va peshona sohasida yuzaga chiqadi. Bolalarda dumba va teri burmalarida ekssudatlar saqlanib qoladi. Ba’zi bolalarda esa suvli yoki matseratsiyalangan teriga infeksiya aralashishi hisobiga piyodermiyalar ham kelib chiqadi. Ekssudativ-kataral diatezning eng og‘ir ko‘rinishlari – bolalar ekzemasidir. Yosh kattalashishi bilan bu jarayon neyrodermit ko‘rinishiga o‘tishi mumkin.
Ekssudativ-kataral diatezlar paratrofik (semiz) bolalarda o‘ziga xos ko‘rinishda kechadi. Chunki ularning terisi nozik, yuzi shishgan, tili “geografik” ko‘rinishda, abdominal sindrom va meteorizmlar kuzatiladi. Diatezli bolalar nafas yo‘llari kasalliklariga beriluvchan bo‘lishadi (pnevmoniya, bronxit, tonzillit, faringit). Ekssudativ-kataral diatezlarni psoriaz, eritrodermiya, dermatit va boshqalar bilan farqlay olish kerak.
Limfatiko-gipoplastik diatez – limfa bezlari kattalashishi va endokrin bezlari patologiyalari ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Bunday bolalar infeksion kasalliklar va allergiyalarga moyil bo‘ladilar. Diatezning bu ko‘rinishi 3-7 yoshli bolalar orasida uchrab, umumiy diatezlarning 10-12 % ini tashkil qiladi.
Diatezning ijobiy kechishida pubertat davrigacha o‘tib ketadi. Limfatiko-gipoplastik diatezda simpatoadrenal tizim va buyrak usti bezi disfunksiyalari, limfa to‘qimalarining kompensator giperplaziyasi, ayrisimon bezning funksiyasi pasayishi hamda hujayraviy va gumoral immunitetning susayishi kuzatiladi.
Bunday diatezli bolalar tana tuzilishi disproporsional (kalta tana, oyoq qo‘llar uzun) bo‘ladi, terisi rangpar, teri turgorligi pasaygan, mushaklari sust rivojlangan bo‘ladi. Bunday bolalar adinamik, holsiz, tez charchab qoladigan bo‘lishadi. Ular arterial gipotoniyaga moyil, O‘​RVI-gripp bilan ko‘p kasallanishadi, neyrotoksikozlar uchraydi, mikrosirkulyatsiya buzilishi va gipertermiya kuzatiladi.
Limfato-gipoplastik diatezda periferik limfa tugunlari kattalashadi, timomegaliya, adenoidlar va bodomsimon bezlar giperplaziyasi, jigar va taloq kattalashishi yuzaga kelib chiqadi. Adenoidlarni olib tashlagandan keyin yana qayta o‘sib chiqishi mumkin. Bundan tashqari ushbu diatezda rivojlanishdagi anomaliyalar, buyrak, yurak, tashqi jinsiy a’zolar giperplaziyasi ham kelib chiqadi.
Aynan shu diatezlarda bolalarning to‘satdan o‘limi kuzatiladi. Limfatiko-gipoplastik diatezlarga shubha qilinganda OIV-infeksiyani va limfogranulematozni istisno qilish kerak.
Nervno-artritik diatezda fermentlar funksiyasi buzilgan bo‘ladi va bu siydik kislota hamda purin almashinuvi natijasida uglevod va lipidlar almashinuvida kamchiliklar yuzaga kelib chiqadi.
Bu turdagi diatezlar qolgan diatezlarga nisabatan kam uchraydi – 2-5 % hollarda. Ushbu kasallik asosida jigarning “tozalash” funksiyasi buzilishi oqibatida metabolic, nevrastenik, teri va spastik sindromlar yotadi.
Nervno-artritik diatezlar katta yoshdagi bolalarda ham uchraydi va siydik va o‘t tosh kasalliklari, semirish, nefrit, surunkali buyrak yetishmovchiligi, podagra, ateroskleroz, qandli diabet kelib chiqishi bilan namoyon bo‘ladi.
Bunday diatezli bolalarning 80 % ida nevrastenik sindromlar kuzatiladi. Bolalarning erta yoshlarida bu diatez bolaning juda qo‘zg‘aluvchanligi, qo‘rqoqligi, bezovtaligi, uyquning buzilishi bilan namoyon bo‘ladi. Maktabgacha bo‘lgan va erta maktab davrlarda bolalar o‘zlashtirish qobiliyati kuchli, so‘z boyligi ko‘p, xotirasi kuchli, tashqi muhitga qiziquvchan va sho‘x bo‘lishadi. Ammo ularda ko‘proq bosh og‘rig‘i, emotsional labillik, enurez, anoreksiyalar namoyon bo‘lib turadi.
Nervno-artritik diatezlarda moddalar almashinuvi buzilishlaridan dizuriya hisobiga artralgiya kelib chiqadi. Siydik tarkibida fosfat tuzlari, oksalatlar va uratlar ko‘payadi. Jigarning asetil kislotani tozalashi pasayganligi sababli atseton sindromi kuzatiladi. Bunda atseton bilan intoksikatsiya, qayta-qayta qusish, gipertermiya, suvsizlanish alomatlari yuzaga chiqadi.
Spastik sindromlardan migren ko‘rinishidagi bosh og‘riqlari, bronxokonstriksiyalar, arterial gipertenziyalar, kardialgiya, spastik kolit, ich qotishi, buyrak va ichak xurujlari uchraydi. Ko‘pincha bu turdagi diatezli bolalarda bronxial astma kelib chiqadi.
Nervno-artritik diatezda teri tomonidan ekzema, qichima, kvinke shishi, eshakemi yoki neyrodermitlar ko‘rinishida yuzaga chiqadi.
Differensial diagnostika nevroz, revmatizm, qandli diabet va musbat chiqqan Mantu sinamasi (sil kasalligi) bilan olib boriladi.

Download 114,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish