Didaktik materiallardan ishlashning afzalliklari mundarija



Download 56,92 Kb.
bet2/10
Sana17.07.2022
Hajmi56,92 Kb.
#814110
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Xudoyqulova O‘g‘ilshod

Mavzuning dolzarbligi. Ta’lim sohasida so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan amaliy harakatlar sirasida o‘quv darsliklarining yangi avlodini yaratish yo‘lida olib borilayotgan faoliyatni qo‘llab quvvatlash va rag‘batlantirib borish etakchi o‘rin tutadi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktab o‘quvchilarini zamonaviy darsliklar va o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi Farmoyishi (№ 213-F. 13.05.1998), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uzluksiz ta’lim tizimini darsliklar va o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlashni takomillashtirish to‘g‘risida”gi (№4. 05.01.1998), “Umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi (№390. 16.08.1999), “O‘zbekiston Respublikasida yangi o‘quv dasturlari, darsliklari va o‘quv qo‘llanmalarini yaratishning Muvofiqlashtirish komissiyasini tuzish haqida”gi (№208. 29.05.2000) Qarorlari so‘z yuritilayotgan yo‘nalishda amaliy harakatlarni muvofiqlashtirishni ta’minlaydi. Respublika Prezidenti I. Karimov ta’lim muammolari xususida so‘z yuritar ekan, uzluksiz ta’lim tizimini joriy etish va ta’lim samaradorligini oshirishning eng muhim omillaridan biri – barcha bosqichda faoliyat yuritayotgan ta’lim muassasalarini sifatli o‘quv adabiyotlari, shu jumladan, darsliklar bilan ta’minlashga erishish ekanligini ta’kidlagan. “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ini amaliyotga muvaffaqiyatli joriy etish ko‘p jiќatdan o‘quv jarayonini tashkil etish, ta’lim mazmunini belgilash, ularni o‘quv dasturlari, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar bilan ta’minlashga bog‘liq. Ma’lumki, darsliklar ta’lim jarayonining samaradorligini kafolatlovchi manba va vositalardan biri sifatida e’tirof etilgan. Mazkur yondashuv ta’limning globallashuv sharoitida ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmadi. Aksincha, ijtimoiy talablarga muvofiq yaratilgan sifatli darsliklarga bo‘lgan ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Uzluksiz ta’lim tizimi uchun o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish konstepstiyasi muvofiq “darslik- bu davlat ta’lim standarti, o‘quv dasturi, uslubiyati va didaktik talablari asosida belgilangan, milliy istiqlol g‘oyasi singdirilgan, muayyan o‘quv fanining mavzulari to‘liq yoritilgan, tegishli fan asoslarin mukammal o‘zlashtirilishiga qaratilgan hamda turdosh ta’lim yo‘nalishlarida foydalanish imkoniyatlari hisobga olingan nashr” sanaladi. Umumiy o‘rta ta’lim mazmunini, shu jumladan, boshlang‘ich ta’lim o‘quv fanlari bo‘yicha darslik va qo‘llanmalarning mazmunini tubdan yangilashni davr taqozo etmoqda. Darhaqiqat, so‘nggi yillarda umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun darsliklarning yangi avlodi yaratildi va amaliyotga joriy etildi. Ma’lumki, yaratilgan darsliklarda o‘quv materiallari loyihalash sifatini takomillashtirish dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Boshlang‘ich ta’lim uchun darsliklarni yaratishda: uzluksiz ta’lim tizimi uchun o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish konstepstiyasiga muvofiqligi; davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturiga muvofiqligi; darslik o‘quvchilarning yosh, psixologik va fiziologik xususiyatlarini inobatga olgan holda tuzilishi; mantiqiy va tarkibiy tuzilmasiga ko‘ra didaktik talablarga muvofiq kelishi; ijtimoiy g‘oya, nazariya va amaliyot birligi, turdosh fanlar va ishlab chiqarish bilan integrastiyalashuv, shuningdek, zamonaviy ilm, fan, texnika va texnologiya yutuqlarini aks ettira olishi hamda ulardan foydalanish imkoniyatlariga ega bo‘lishi kabi mezonlarga tayaniladi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish, o‘z navbatida, boshlang‘ich ta’lim darsliklari o‘quv materiallarini tahlil qilish, mavjud kamchiliklarni aniqlash hamda ularni bartaraf etishga oid ilmiy-metodik jiќatdan asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Shuningdek, boshlang‘ich ta’lim darsliklarida o‘quv materiallari o‘quvchilarning me’yoriy asoslangan darajada mujassamlashgan bilimlarni mustahkamlash, tizimga solish, ko‘nikma va malaka hosil qilishlarida muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Boshlang‘ich ta’lim jarayonining sifati va samaradorligini ta’minlash, shuningdek, yosh avlodning milliy g‘oyani anglaydigan barkamol shaxs sifatida shakllanishi ko‘p jihatdan yaratiladigan darsliklar saviyasiga bog‘liq. Zero, darsliklarda beriladigan o‘quv materiallari vositasida o‘quvchilarning ongi, ilmiy dunyoqarashi, shaxsiy sifatlari, mustaqil fikrlash faoliyati, ijodiy tafakkuri, faraz qilish qobiliyati, milliy ruhi shakllanadi.

Download 56,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish