1-savolga
Didaktika grekcha so’z bo’lib ”didasko” – o’qitish, ’’didaskol” – o’rgatuvchi (o’qituvchi)so’zlaridan shakllangan. «Didaktika»ning so’zma so’z tarjimasi - ta’lim nazariyasini anglatadi. Ta’lim nazariyasi ta’lim jarayoni tushunchasi va mohiyati, ta’lim prinsiplari, metodlari hamda tashkiliy ish shakllarni o’z ichiga oladi. Didaktika o’z oldiga o’qitishning o’quvchilarni xar tomonlama kamol toptirish maqsadlariga javob beruvchi umumiy qonuniyatlarni bilib olish vazifasini qo’yadi. Ta’limning asosiy vazifasi yosh avlodda ilmiy bilimlar, amaliy ko’nikmalar, aloqalar tizimini shakllantirishdan, uning barkamol shaxsini rivojlantirishdan iborat. Demak, didaktika «nimaga o’qitish», «nimani o’qitish» va «qanday o’qitish» kabi savollarga javob izlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |