Din va ma’naviyat reja; mustaqillik sharoitida dinga munosabatning tubdan o‘zgarishi uyg‘unlashtirishga oid sohadir



Download 38 Kb.
bet1/2
Sana13.02.2023
Hajmi38 Kb.
#910658
  1   2
Bog'liq
Din va ma’naviyat




DIN VA MA’NAVIYAT
REJA;
1. MUSTAQILLIK SHAROITIDA DINGA MUNOSABATNING TUBDAN O‘ZGARISHI
2. UYG‘UNLASHTIRISHGA OID SOHADIR.

Mustaqillik sharoitida dinga munosabatning tubdan o‘zgarishi. Din va ma’naviyat: umumiy va farqli jihatlar. Dinning zohiriy va botiniy jihatlari. Ibodat nima? Imon-e’tiqod ma’naviyatning tarkibiy qismi sifatida. Dinda ilm va ibrat. Taqlidiy va tahliliy imon tushunchalari. Din siyosatmi, ma’naviyatmi? Shariat, islom huquqi va islom ma’naviyati. Inson qalbiga zO‘rlik bilan kirib bO‘lmaydi.


Aqidaparastlikning gnoseologik, siyosiy-ijtimoiy va tarixiy ildizlari. Islomda din siyosatdan qachon ajralgan? Diniy aqidaparastlik va ekstremizm diniy qadriyatlarning totalitarizm tafakkuri ruhidagi g‘arazli talqini sifatida. Yosh avlodni milliy ma’naviyatimiz an’analari ruhida tarbiyalash - ular ongini turli g‘arazli "oqimlar" ta’siridan himoyalashning eng samarali yo‘li. Diniy bagrikenglik va e’tiqodda ustuvorlik.
1. Qadr – Xoliqi olam irodasi va qudrati bilan yaratilgan har bir mavjudotning olamdagi o‘ziga yarasha o‘rni va salmog‘i, har bir insonga yaratilishdan ato etilgan ilohiy ne’mat. Haqiqiy Shaxs darajasiga yetishgan inson o‘z qadrini, shu bilan birga yorug‘ olamdagi barcha ashyo va mavjudotlar qadrini muayyan darajada anglab yetgan, shu asosda jamiyatning faol a’zosiga aylangan inson bo‘ladi. "Men Alloh tomonidan yer yuzida xalifa etib yaratilganman", deb o‘zlikni anglab yetish - o‘z qadrini to‘g‘ri baholashning poydevoridir. O‘z qadrini anglab yetish barobarida har bir inson o‘zga insonlar ham yer yuzida xalifa ekanligiga imon keltirib, ularning ham qadrini o‘zidan kam bilmaydi. Qadr timsol-tushunchasi ma’naviyatga oid bo‘lib, uni iqtisod sohasiga tatbiq etilsa, qiymat va bahoga, siyosatda mavqe’ va maqomga aylanadi.
2. Umuminsoniy (ma’naviy) qadriyatlar - ularni biror-bir alohida xalq yaratmaydi, aslida dastlab har bir millat ma’naviy qadriyatlari o‘ziga xos tizim shaklida namoyon bo‘ladi, keyinroq har bir xalq, har bir elat o‘z tarixiy tajribasi davomida asta-sekin shakllantirib borgan bunday tizimlar turli elat va millatlarning o‘zaro munosabatlari tufayli bir-birini tushunish, barcha xalqlar uchun umumiy bo‘lgan jihatlarni tadrijiy anglab borish jarayonida asta-sekin umuminsoniy mohiyat kasb etib boradi. Zotan, milliy ma’naviyatimiz zamirini bizni o‘zgalardan ajratib turuvchi mohiyatlar emas, balki birlashtiruvchi omillar tashkil etadi.
3. Din –muayyan insonlar guruhining Borliq Haqiqati haqidagi (odatda ilohiy vahiyga asoslangan) tasavvurlari, ularga qat’iy ishonchi, shu ishonchga muvofiq amal qilishga intilishi. Dinning botiniy va zohiriy jihatlari mavjud bo‘lib, botiniy jihati imon, zohiriy jihati ibodatlardir. Imon masalasi din va ma’naviyatning umumiy jihati bo‘lib, diniy imon ma’naviyatning muayyan jihatiga nisbatan xususiy holdir.
4. Islom dini – Muhammad(sav) ga vahiy orqali nozil bo‘lgan Allohning oxirgi kitobi Qur’oni karimda va Payg‘ambarimizdan yetib kelgan sahih hadislarda o‘z ifodasini topgan e’tiqod tizimi.
5. Musulmonchilik – Allohning borligi va birligi hamda Muhammad(sav) uning oxirgi haq payg‘ambari ekanligiga imon keltirgan barcha insonlarning islom dini haqidagi tasavvurlari. Islom madaniyati tarixida islom aqidalarini tushunishdagi turlicha qarashlarning mavjud ekanligi islom va musulmonchilik o‘zaro bog‘liq bo‘lgan turli voqeliklarni anglatishini ko‘rsatadi.
6. Islom ma’naviyati – Oxirgi va mukammal ilohiy kitob bo‘lmish Qur’oni karim mazmunida ifodalangan ma’naviyat tizimi bo‘lib, Inson ruhining Borliq haqiqati bilan uyg‘unlashuv sari intilishida g‘aybiy hidoyat yo‘li hisoblanadi. Islom dini va ma’naviyati mohiyatan boshqa-boshqa narsalar emas, ammo insonlar tasavvurida ular farq qilishi mumkin. Masalan, islom dinida qabul qilingan farz ibodatlar va aqidaviy qoidalar boshqa tavhidiy dinlardan farq qiladi, ammo islom ma’naviyatiga ko‘ra har bir inson o‘z aqidasi va Borliq haqiqati to‘g‘risidagi tasavvurlaridan qat’i nazar “yer yuzidagi xalifa” sifatida ehtiromga sazovordir.
7. Dinshunoslik - Ma’naviyat sohasiga aloqador fanlar tizimiga mansub bo‘lib, dunyoda mavjud diniy tizimlar, ularning yuzaga kelish sabablari va rivojlanish bosqichlari, turli dinlarning o‘ziga
xos xususiyatlari, ularning jamiyatdagi o‘rni bu fanning asosiy mavzusi (predmeti)ni tashkil qiladi.
8. Siyosat va din munosabatlari - jamiyatda har bir shaxs ma’naviyati orqali dinning siyosatga ta’siri o‘z-o‘zidan mavjud, ammo diniy e’tiqoddan bevosita siyosiy qurol sifatida foydalanishga urinish bugungi kunda nihoyatda xavfli siyosiy avantyurizm bo‘lib, mohiyatan ma’naviyat sohasiga aloqador bo‘lgan imon-e’tiqod masalasiga mutlaqo aloqasi yo‘qdir.
Mustaqillik sharoitida dinga munosabatning tubdan o‘zgarishi
Mustaqillik sharofati bilan 1300 yil mobaynida ota-bobolarimiz e’tiqod qilib kelgan islom diniga munosabat ham tubdan o‘zgara boshladi. Sobiq “Ittifoq” davrida butun O‘zbekistonda bori-yo‘g‘i 80ga yaqin masjid faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, mustaqillikning dastlabki yillaridayoq minglab yangi masjidlar ishga tushdi. Ilgari birgina Buxoroda kichik bir madrasa tor doirada diniy bilim berib kelgan bo‘lsa, bugungi kunda deyarli barcha viloyatlarda madrasalar ishlab turipti. Toshkent oliy ma’hadining mavqei ko‘tarilib, endi uning diplomi ham bakalavr darajasida tan olinadigan bo‘ldi. O‘zbekiston hukumati mo‘minlarning istaklarini inobatga olib, musulmon dunyosining eng muqaddas yodgorliklaridan biri — xalifa Usmon "Mushaf"ini ular ixtiyoriga qaytib berdi. Qator tarixiy obidalar diniy tashkilotlar ixtiyoriga o‘tkazildi. Buyuk ajdodlarimizning islom dinining rivojiga salmoqli xissa bo‘lib qo‘shilgan asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilinib chop etilmoqda. Har yili yurtimizdan minglab musulmonlar haj va umra safarlariga borib kelmoqda. Din peshvolari matbuot, radio va televideniye orqali o‘z qarashlarini emin-erkin bayon etmoqdalar.
O‘nlab o‘tmish diniy ulamolarimizning tabarruk nomlari, meroslari tiklanmoqda. Maqbaralari qadamjoga, ziyoratgohga aylanmoqda. Jumladan, Imom Buxoriy maqbarasi majmuining bunyod etilishi, Bahovuddin Naqshband masjidi-maqbarasining yangidan ta’mirlanib, obod etilishi, imom Moturidiy, Burhonuddin Marg‘inoniy kabi buyuk siymolarning xoki poklari qo‘yilgan Samarqanddagi Chokardiza qabristonini tiklash va o‘rganish ishlarining jiddiy yo‘lga qo‘yilishi – barchasi mustaqil O‘zbekiston rahbariyatining muqaddas dinimizga, ushbu dinni ma’rifat, ma’naviy qadriyat darajasiga ko‘tarilib, jahonga tanitgan ulug‘ ajdodlarimizga bo‘lgan yuksak va samimiy ehtiromning yorqin namoyishidir.
2007 yilda Toshkent shahri xalqaro miqyosda nufuzli tashkilot bo‘lmish Islom konferensiyasining ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tuzilmasi AYSESKO tomonidan Islom madaniyatining poytaxti, deb e’lon qilindi. Shu munosabat bilan Hazrati Imom (Hastimom) mavzeida salmoqli obodonchilik va qurilish ishlari amalga oshirildi. Ko‘rkam va mahobatli yangi jome’ masjidi ishga tushirildi. Umuman, oxirgi 10-15 yil ichida diniy qadriyatlarimizning tiklanishi sohasida amalga oshirilgan ishlar ilgarigi davrlarda 100-200 yilda qilinadigan ishlar ko‘lamidan kam emas. Bu davrda biz qaramlik davrida mazkur sohadagi buzg‘unchiliklar oqibatini bartaraf etishga astoydil kirishganimiz va yo‘qotishlar o‘rnini to‘ldira boshlaganimiz juda katta ma’naviy yutuq ekanligi shubhasizdir.
“Din odamzodni hech qachon yomon yo‘lga boshlamaydi”,- deydi Prezident. Dinni niqob qilib nizolar chiqarishga urinish ostida esa doimo muayyan xudbin niyat, g‘arazgo‘ylik yoki jaholat yotadi. Shu sababli I.A.Karimov haqiqiy imon-e’tiqodni siyosiy nayranglardan farq qilish zarurligini ta’kidlash barobarida o‘zbekning imoni xususida doimo sobit turadi:
“Men ham shu xalqning bir farzandiman, shu millatning bir o‘g‘liman. Alhamdulilloh, bir musulmon farzandi sifatida xalqimga xos islomiy tushuncha va tuyg‘ular mening ham qalbimda, yuragimda barqaror va men bu dunyoyu u dunyo o‘z e’tiqodimdan qaytmayman” .
“Bu e’tiqod yurtimizdagi millionlab vatandoshlarim qatori mening ham dunyoqarashimga asos bo‘lib, butun borlig‘im, ma’naviy olamim mazmunini tashkil etadi.”
E’tiqod masalasi, albatta, ma’naviyatga aloqador. Ta’bir joyiz bo‘lsa, e’tiqod ma’naviyatning umurtqa pog‘onasidir. Demak, imon-e’tiqodsiz ma’naviyat haqida gapirish o‘zi ortiqcha.
Ma’naviyat har bir insonning Haqqa (Alloh haqiqatiga, Borliq haqiqatiga) munosabati ekan, bu aslida foniy insonning Baqoga (abadiylikka) munosabatidir. Bundan farqli o‘laroq insonning insonga munosabati faqat shu yorug‘ dunyo tashvishlariga oid narsa. Har kim o‘zining Haq oldidagi mas’uliyatini to‘g‘ri anglab masalaga yondoshsa, o‘zi foyda qiladi, birovning Haq oldidagi mas’uliyati haqida o‘zboshimchalik bilan hukm chiqarish, yoki, ayniqsa, o‘zgani zo‘rlik bilan, zug‘um bilan imonli qilishga urinish ma’naviyat nuqtai nazaridan mutlaqo botil harakatdir, Chunki Insonning imonga kirishi faqat Alloh irodasiga bog‘liq, bandaning vakolati doirasidan tashqarida.
“Islom” so‘zining o‘zi tinchlik-totuvlikni, hilm (yumshoqlik)ni, o‘zgaga yaxshilik tilagini bildiradi. “Assalomu alaykum” deb murojaatni boshlaymiz, demak, qarshimizdagi odamga Allohdan tinchlik va salomatlik, ezgulik istab muomalaga kirishamiz. Shunday ekan, yurt osoyishtaligi, insonlar aro ahillik va murosa, o‘zgani tushunishga intilish, Alloh yaratgan barcha mavjudotga samimiy mehr ko‘zi bilan yondoshuv - haqiqiy islomiy qadriyatlardandir va bugun biz mustaqillik ma’naviyatini ushbu asos nuqtalarga tayanib shakllantirmoqdamiz. Tan olish kerak, Yurtboshimiz ushbu yo‘lda har jihatdan bizga namuna ko‘rsatmoqda, faqat biz ushbu samimiy urinishlarga jiddiy e’tibor qaratsak, ularni ko‘ngilda tahlildan o‘tkazib, amalda o‘zimiz uchun ibrat qilib olsak, bas. “Agar biz adolatli davlat, erkin jamiyatni qurmoqchi bo‘lsak, bu oliyjanob maqsadni amalga oshirish yo‘llari ming yillik diniy aqidalar bilan mushtarak ekanligini yodda tutishimiz lozim” , deydi Prezident.
Diniy aqidaparastlik va ekstremizm - diniy qadriyatlarning totalitarizm tafakkuri ruhidagi g‘arazli talqini sifatida
Bizda davlat dindan ajratilgan. Chunki davlat boshqarish siyosat yo‘nalishiga, din, e’tiqod masalasi esa ma’naviyatga oid masaladir. Davlatda qonun bor, zarur o‘rinda kuch ishlatiladi, umuman, siyosat insonlar aro muomalaga oid bo‘lganligi sababli turlicha vaziyat bo‘lishi mumkin. Ammo ma’naviyat ko‘ngil ishi, insonning o‘z shaxsiga munosabati, asl mohiyatiga muvofiq aytilsa, har bir insonning yagona Haq oldidagi mas’uliyati masalasidir. Shu sababli davlat va dinning bir-biridan ajratilganligi mantiqqa muvofiqdir. Jamiyatdagi umumiy ma’naviy saviya qancha past bo‘lsa, bu jamiyatda odamlar orasidagi muomalada kuch ishlatish ehtiyoji va ehtimoli shuncha yuqori bo‘ladi. Ma’naviy barkamollik esa siyosatni ham moʻtadillashtiradi, kuch ishlatuvchi tuzilmalar xizmati qisqarib, fuqarolarning ixtiyoriy birlashuvi asosidagi jamoat tashkilotlarining mavqei oshib boraveradi.
Dinni siyosiylashtirishga urinish, nafaqat insonlar jamiyatiga nisbatan, balki Alloh oldida ham eng og‘ir jinoyatdir. Chunki bunda insonning Haqqa e’tiqodi bir guruh kimsalarning siyosiy g‘arazlari yo‘lida vositaga, xavfli qurolga aylantiriladi. Siyosat yuqorida ham ta’kidlab o‘tilganidek, insonlar aro munosabatlarga, ya’ni faqat shu yorug‘ dunyoga aloqador hodisa, din esa Alloh bilan uning bandasi bo‘lmish inson orasidagi munosabatlarga doirdir. Bir insonning Allohga bo‘lgan imon-e’tiqodini o‘zga birov o‘zining boshqalarga qarshi amalga oshirmoqchi bo‘lgan biror-bir g‘arazli niyati yo‘lida vositaga aylantirishga urinsa, u ikki karra jinoyatga qo‘l urgan bo‘ladi. Birinchidan, muayyan inson shaxsiga qarshi jinoyatga yo‘l qo‘yadi, chunki bir inson ikkinchi insonni o‘z g‘arazlari yo‘lida vositaga aylantirishga haqqi yo‘q. Yer yuzidagi barcha mavjudot inson uchun vosita, ammo hech bir inson o‘zga insonlar uchun vosita, qurol deb qaralishi mumkin emas. Ikkinchidan, o‘zga insonning Allohga bo‘lgan imonini o‘z g‘arazi yo‘lida vositaga aylantirishga uringan zot Alloh oldida ham og‘ir gunohga botadi. Bunday odam, islomiy nuqtai nazardan, nafaqat mo‘minlar safidan chiqadi, balki u oddiy munofiq darajasidan ham tubanlashadi. Chunki oddiy munofiq o‘zi sidqidildan mo‘min bo‘lmagan holda faqat odamlar ko‘ziga o‘zini dindor qilib ko‘rsatishga urinadi, xolos. O‘zgalar e’tiqodidan o‘z g‘arazi yo‘lida foydalanmoqchi bo‘lib, ular orasiga diniy asosda nizo solish
ga uringan kimsa esa Alloh oldida munofiqdan ham, mushrikdan ham badtar kufrga yo‘l qo‘yadi, deyish mumkin.
“Taassufki, ba’zan islom dini va islom fundamentalizmi haqida gapirganda bu ikki tushunchani bir-biriga aralashtirib yuborish hollari uchramoqda”, deb yozadi Prezident . Islom dini – Allohning dini, “islom fundamentalizmi” esa tor bir guruhlar tomonidan musulmonlarning diniy aqidalarini o‘zlarining muayyan siyosiy maqsadlariga bo‘ysundirib “talqin” etishlari. Bu “talqin”lar asosida siyosiy faoliyat boshlansa, islom ekstremizmi kelib chiqadi. Allohning kitobidagi oyatlarni mufassirlar turlicha tafsir qiladilar, payg‘ambarimiz hadislari ham turlicha talqin etilishi mumkin, chunki insonlarning masalalarga yondoshuvi turlicha. Ammo o‘z talqinini eng to‘g‘ri deb da’vo qilib, fikriga qo‘shilmaganlarni islom nomidan qoralash, xatto kofirga chiqarishga urinish, kamida o‘zga insonga zulm darajasiga ko‘tarilgan takabburlikdir.
Dinni ekstremistik talqin etuvchi guruhlar insoniyat tarixida qadimdan ma’lum, ammo ular doimo ozchilikni tashkil etishgan. Bir haqiqatni ochiq tan olish kerak, XX asr diniy ekstremizmi ijtimoiy-siyosiy yo‘nalishdagi o‘ta ekstremistik harakat bo‘lmish marksizmdan, ayniqsa, uning ijtimoiy terror yo‘lini dasturulamal qilib olgan lenincha-bolshevikcha ko‘rinishidan juda ko‘p narsani o‘zlashtirdi. Bolsheviklarning avval sobiq Rossiya imperiyasi hududida, keyinroq «sosialistik sistema» atalmish kengroq hududda vaqtincha hukmdorlikni qo‘lga kiritishi, aytish mumkinki, "«inqilobiy yo‘l»ning yolg‘on «imkoniyatlari»ga mahliyolikni kuchaytirib yubordi. Buning ustiga g‘oyaviy jihatdan dinga dushmanlik e’lon qilgan kommunist aqidaparastlar muayyan g‘arazlar bilan o‘zlari hukmron bo‘lmagan o‘lkalardagi «inqilobiy islom» tarafdorlarini doimo ham zimdan, ham ochiq siyosatda qo‘llab keldilar. Bugun ham bunday kuchlar yo‘q emas.
Din va ma’naviyat. Umumiy va farqli jihatlar
Alloh imonli odamning qalbida bo‘ladi. Imonli odam imonini birovning «boshini urib yorish»ga vosita qilmaydi. “Xalqimizning ming yillik tarixini, bugungi ma’naviy hayotini, dinu diyonatimizni muxtasar ifodalab aytish mumkinki, Alloh bizning qalbimizda, yuragimizda”, deydi I.A.Karimov . Bu shunchaki gap emas. Ayni shu ma’no Allohning kitobida qator oyatlar mazmunini tashkil etadi. Ushbu matn boshida eslab o‘tilgan “Nur” surasining 35-oyatida esa bu g‘oya bevosita ifodalangan. Keyinchalik bu g‘oya payg‘ambar hadislarida, buyuk tasavvuf shayxlari, piri murshidlarning hikmatlarida mukammal talqinini topdi.
Milliy ma’naviyatimiz an’analariga tayanib xulosa qiladigan bo‘lsak, insonning Haq bilan bog‘lanuvi ikki yo‘nalishdadir. Birinchisi, insonning moddiy vujud sifatida Alloh tomonidan yaratilganligiga oid bo‘lib, bunda inson tabiatning uzviy qismi sifatida namoyon bo‘ladi. Biz bu haqda oldingi bobda ham aytib o‘tdik. Ammo insonning Haq bilan tutashuvi faqat “birinchi turtki” masalasiga borib taqalmaydi. Ikkinchi yo‘nalish ham bor. Ma’lumki, insonning har bir xatti-harakatida Allohning irodasi namoyon bo‘ladi. Alloh insonning yaratuvchisi, unga rizq ato etuvchi bo‘lish barobarida uni hidoyatga yo‘llovchi hamdir. Oxirgi masalada bir o‘ziga xos jihat bor. Alloh insonni yaratadi, shu bilan birga moddiy dunyoning turli ne’matlari orqali uning rizqini ham sochib qo‘yadi. Biroq bu dunyo inson uchun sinov dunyosi. Shunday ekan, Alloh hidoyati majburiy tarzda emas, balki ixtiyoriy bir shaklda, da’vat, taklif shaklida namoyon bo‘ladi. Ya’ni, bu dunyoda Alloh taolo insonga to‘g‘ri yo‘lni tanlash imkoniyatini bermoqda. Inson hayotining o‘ziga xosligi, boshqa mavjudotu maxluqotlardan farqi shunda. Chunki Alloh insonni yer yuzida xalifa qilib yaratgan, shu sababli unga bu dunyoda iroda erkinligini ham bergan. “Fayzi ilohiy” masalasi ham oldingi bobda yoritildi. Payg‘ambarlarga Alloh hidoyati bevosita vahiy shaklida g‘ayri moddiy mavjudotlar bo‘lmish farishtalar orqali yuborilsa, oddiy insonlarga “fayzi ilohiyni” yetkazuvchi, biz iste’dod, ilhom, karomat, bashorat kabi nomlar bilan belgilovchi, g‘ayri moddiy vositalar ham mavjud. Bu hodisalarni moddiy asosda turlicha izohlashga urinishlar fanda hechqachon ko‘ngildagidek samara bergan emas, chunki mohiyatan g‘ayri moddiy hodisalarni moddiy dunyo qonuniyatlariga tayanib izohlashga urinish o‘zi aslida g‘ayri ilmiy tamoyillarga yetaklovchi harakatdir. Ma’naviyat insonning Haq bilan bevosita bog‘lanishidir. Bu - asos mohiyatiga ko‘ra g‘ayri moddiy munosabat. Demak, ma’naviyatni birinchi yo‘ldan emas, ayni ikkinchi yo‘ldan borib qidirgan maqsadga muvofiqroq.
“Din xalq uchun afyundir” deguvchilar insonning eng muhim ehtiyojlaridan bo‘lmish imon ehtiyojini tan olmaydilar yoki nazarga ilmaydilar. Imon-e’tiqod ehtiyoji, agar u samimiy inson bo‘lsa, hatto dahriyda ham bo‘ladi. Faqat u o‘z botiniy ehtiyojini ko‘pchilik e’tiqod qiluvchi dinlardan emas, turli ”izm”lardan qidiradi yoki shaxsan o‘zi uchun alohida e’tiqod tizimi yaratishga urinadi. Bu, albatta, insonga xos kibr va gumrohlikning nishonasi, xolos. Yo‘q, narsani kashf etishga urinishdan ko‘ra, ko‘pchilik tan olgan narsani tushunib, mohiyatan anglab yetishga harakat qilish, bizning nazarimizda, samaraliroq yo‘ldir.
Qalbni, ko‘ngil ko‘zgusini poklash avvalo imon-e’tiqoddan boshlanadi. “Ezgulikka sadoqati bo‘lmagan, biror narsaga ixlos qo‘ymagan, ishonmagan odam qo‘rqinchlidir”, deb ogohlantiradi Prezident. Albatta, ma’lum bir davrda kommunistik g‘oyaga ham samimiy ishonganlar bo‘lgan, sof vijdonli dahriylar ham hayotda uchrashi mumkin. Ammo dahriylik inson tarixida alohida holatlarda bir-bir namoyon bo‘luvchi hodisa. Din esa asrlar davomida million-million insonlarning e’tiqodini shakllantirib kelgan. Jumladan, islom dini 14 asrdan beri ulug‘ bir mintaqada insonlar tafakkur yo‘nalishiga ta’sir o‘tkazib kelmoqda. Marksizm ongimizda ajdodlar salohiyatiga nopisandlikni tarbiyaladi. Kimki 5-6 asr ilgari o‘tgan bo‘lsa, uning mulohazalari bizga noqis ko‘rinadigan bo‘ldi (ayni marksizm aqidalariga nomuvofiqligi tufayli). O‘z vaqtida biz Imomi A’zam, Imom Buxoriy, Imom Motrudiy, Mahmud Zamaxshariy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro va hokazo yuzlab jahonshumul ulug‘ allomalarning e’tiqodini “afyun” deb e’lon qildik va aslo etimizga o‘ylab ko‘rmadik-ki, “xo‘sh, ular yaratgan ulkan ma’naviy merosga o‘zimiz bir misqol qo‘shish qudratiga egamizmi?”
Bugungi kunda ilm va e’tiqod, oxirat va oqibat tushunchalari bir-biridan ajralmas ekanligi ravshan bo‘lib qoldi. Bu dunyoni deb oxiratni, oxirat qayg‘usida bu dunyo yumushlarini unutish na islomiylikka, na insoniylikka to‘g‘ri kelmasligi ayon bo‘la boshladi. Ma’naviyat ayni dunyoviy va uxraviy maqsadlarimizni

Download 38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish