Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzilishi, funktsiyalari. Urug'-qabila va milliy dinlar. Reja



Download 52,42 Kb.
bet17/21
Sana06.01.2022
Hajmi52,42 Kb.
#322105
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
dinshunoslik faniga kirish. dinning

Hinduiylik, hinduizm -dunyoda keng tarqalgan dinlardan biri. Hinduiylikka e’tiqod qiluvchilar asosan Hindistonda (95% ga yaqini) yashaydi, Pokiston, Bangladesh, Nepal, Shri Lankada, shuningdek, Janubiy Afrikada, sharqiy Osiyoda ham uchraydi. Hinduiylikka 780 mln. kishi e’tiqod qiladi (2003). Milodning 1-ming yilligida shakllangan. Hinduiylik veda dini va brahmanizm rivojlanishi va unga keyinchalik xalq e’tiqodi, urf-odatlari, marosimlari singib ketishi jarayonida paydo bo'lgan. O'rta asrlarda hukmron mafkuraga aylangan.

Hinduiylikning asosida jonning yangi shaklga kirishi (sansara) haqidagi ta’limot yotadi. Unga ko'ra, kishi o'lgandan keyin joni (ruhi) yangi o'simlik, hayvon yoki inson tanasiga kirib oladi va qayta tug'iladi. Yangi ruhning qay darajada bo'lishi karma qonuniga, ya’ni kishining hayot davridagi xulq-atvori, xatti-harakatiga bog'liq.

Hinduiylikning asosiy maqsadi — insonni mana shu qayta tug'ilish zanjiridan, azob-uqubatidan halos qilish, ya’ni mokshaga erishisHinduiylik Hinduiylikdagi turli diniy-falsafiy ta’limotlar mokshaga erishishning yo'llari va vositalarini ishlab chiqdilar. Xususan, vedanta Hinduiylikka falsafiy asos bo'lib xizmat qildi. Hinduiylikka e’tiqod qiluvchilar qaysi kastaga mansubligiga qarab diniy rasm-rusumlarni bajarishda farqlanadi. Ular vafot etganlarida yerga ko’milmaydi, balki olovda kuydiriladi. Hinduiylikga ko’ra shunday qilinsa marhum poklanadi, gunohlari bu dunyoda qoladi. Olov u dunyoga gunohlardan xoli bo’lgan jonning o’zini olib ketadi. Bu dinning aqidalariga ko’ra, odamzot yaratilishidayoq ijtimoiy jihatdan tengsiz yaratilgan. Shuning uchun bu tengsizlikni real hayotda tugatishning iloji yo’q. Chunki unga ta’sir etishga qodir bo’lgan kuchning o’zi yo’q. Hinduiylikda ajdodlar ruhiga topinish alohida o’rin tutadi. Vafot etgan ajdod xudoga tenglashtiriladi. Ajdodlar ruhi bu dunyoda yashayotgan qarindosh-urug’larini qo’riqlaydi, ularning oilasi va hayotini muhofaza qiladi.

Hinduiylikning muqaddas kitobi vedalar, "Mahobxarata" (ayniqsa uning "Bahagavadgita" va "Ramayana" qismlari) va boshqa

Hinduiylikda asosiy xudolar — Shiva, Vishnu, Brahmaga sig’iniladi. Ularning ko’rinishi sifatida ko’plab mahalliy xudolar e’tirof etiladi.

Hinduiylikda tog’lar, daryolar (xususan, Gang), o’simlik (mas, nilufar), hayvonlar (maymun, fil, ilon va ayniqsa, sigir) muqaddas sanaladi va ularga topiniladi. turli g’ayritabiiy hodisalar ham sig’inish ob’yekti hisoblanadi. Diniy marosimlar ibodatxonalarda, uylardagi mehroblar yonida, muqaddas joylarda ado etiladi.

Hozirgi Hinduiylik 2 oqim — vishnuizm va shivaizm shaklida mavjud.

Hinduizm juda murakkab din bo’lib u kastachilik asosida tashkil etilgan. Hindistonda qadimgi davrlardan boshlab, Braxmanizm, Veydizm kabi diniy ta’limotlarga e’tiqod qilinib, eramizdan avvalgi VI asrda Hindistonda Buddaviylik dini vujudga keldi. Buddaviylik Braxmanizmdagi bir necha jihatlarni qabul qilgan bo’lsada, kasta ta’limotini inkor etdi. O’sha davrda Hindistonda kasta tuzumini saqlab qolishga, Braxmanizm dinini isloh qilib, qayta tiklashga qaratilgan harakat boshlandiki, bu harakat Braxmanizm bilan Buddaviylik o’rtasidagi kurashni ifodalovchi Hinduizm dini edi.

Hinduizm dini xindlarning milliy davlat dini bo’lib, Hindiston aholisining 83 foizi, yani 650 mln. kishi Hinduizmga e’tiqod qiladi. Hinduizmga e’tiqod qiluvchilar soni jihatidan jahonda uchinchi o’rinda turib, barcha Hinduizmga e’tiqod qiluvchilarning soni 700 mln kishini tashkil etadi. Hinduizmga e’tiqod qiluvchilarning yirik jamoalari boshqa mamlakatlarda ham mavjud bo’lib, Bangladeshda 12 mln, Indoneziyada 3.6 mln, Shri Lankada 3 mln, Pokistonda 1.5 mln, Malayziyada 1 mln, AQShda 0.5 mln, Butanda 0.3 mln kishi Hinduizmga e’tiqod qiladi. Hinduizmni qabul qilmoqchi bo’lganlarga qo’yiladigan birinchi va asosiy shart bu Hindistondagi kasta tuzimini qabul qilishdir.

Hinduizm o’zining asosi hisoblangan Braxmanizm va Veydizmdan farqlanib, unda yangi Braxmanizm dinlari, bu dindagi oqimlar mujassamdir.

Hinduizmga eski hind dinlaridan qabul qilingan asosiy talablar quyidagilardan iboratdir.

1. Tushuncha va qonunlarning asl manbai bo’lgan vedalarning muqaddasligi;

2. Guru ya’ni pir, ustozning tan olinishi;

3. Muqaddas joylarga ziyoratga borish;

4. Sanskritning muqaddas til ekanligini tan olish;

5. Sigirning muqaddas hayvon sifatida tan olinishi.

Bu besh qoida yoki aqida ko’pchilk tomonidan tan olingan bo’lsada, ko’psonli e’tiqod qiluvchilar orasida o’ziga yarasha farqli va umumiy bo’lgan jihatlariga egadir.

Hinduizmda eng avvalo vedalar muqaddas bo’lib hisoblanadi.Undan keyin “Maxabxarata” singari xalq og’zaki ijodi namunalari ham muqaddas yozuvlar qatoriga qo’shiladi.Hinduizm dinida braxmanlar asosiy, imtiyozli kasta bo’lib hisoblanadi.Hinduizmga taalluqli bo’lgan adabiyotlarning ko’pchiligi braxmanlar tomonidan yaratilgan.Braxmanlar Hinduizmni zamon talablariga moslashtirib, yangi qonun- qoidalarni ishlab chiqib turli oqimlarni yuzaga keltirdilar. Hinduizmga e’tiqod qiluvchi braxmanlar turli yo’llar bilan kasta, varna tizimini tan olmagan va inkor etgan o’z raqiblari bo’lgan buddaviylarga qarshi kurash olib borganlar. Shu bilan birgalikda Hinduizmning Braxmanizmdan farqli jihatlari ham mavjud bo’lib, Braxmanizm braxmanlarning kelib chiqishi faqat oliy tabaqa vakillaridan iborat deb hisoblasa, Hinduizm ta’limotiga ko’ra braxmanlar nafaqat oliy tabaqa vakillaridan, balki oddiy xalq ichidan, hatto ayollardan ham bo’lishi mumkindeb hisoblanadi.

Hinduizmda e’tiqod qilinuvchi asosiy xudolar trimurti ya’ni uchlikdan iborat bo’lib, unga Braxma, Vishnu, Shiva xudolari kiradi. Bu uch xudodan eng kattasi dunyoni yaratgan xudo Braxma bo’lib hisoblanadi.Braxma dunyoni yaratgan asosiy xudo bo’lib hisoblansada, Hinduizmda qolgan ikki xudo, Vishnu va Shivaga sig’inadilar. Shunga asosan Hinduizm ikki asosiy oqim Shivaga sig’inuvchilar va Vinshnuga sig’inuchilarga bo’linadi. Shiva oddiy xalq ommasi - kambag’allarning ilohi bo’lib hisoblanib, u Rigvedaning birinchi nusxalarida Rudra nomi bilan zikr etilgan.Atxarvavedada Rudraning roli oshib borib, Yajurvedada Rudra Agni timsolida berilgan.Shiva xalq orasida turli nomlar bilan atalib, bu nomlarga Ishana, Ishvara, Maxadeva ya’ni buyuk xudo kabilar taalluqlidir.

Hinduizmda bir qator bayramlar bo’lib, Krishnaning tug’ilgan kuni avgustda va Shivaning tug’ilgan kuni fevralda nishonlanadi. Hindistondagi dinlarda muqaddas joylarni sig’inish masalasiga katta e’tibor qaratiladi va bu narsa Hinduizmga ham taalluqlidir. Maxabxaratada Hindistonning shimolida joylashgan bir necha muqaddas ziyoratgohlar ko’rsatib o’tilgan.Hinduizm hamma vaqt boshqa dinlarga murosali dinligi bilan ajralib turgan. Bu din ayni paytda boshqa xalqlar dinlaridagi zarur deb hisoblangan tomonlarni o’z ta’limotiga singdira olish xususiyatiga ham ega dindir.

Konfutsiylik-Xitoydagi axloqiy-siyosiy ta’limot; keyinchalik eng ta’sirli 3 asosiy falsafiy-diniy oqimdan biri (daosizm va buddizm bilan birga). Konfutsiy asos solgan. Konfutsiyning ilk davomchilari — Men-szi (Mek Ke — miloddan avvalgi 371—289), Ven-szi (miloddan avvalgi 6-asr), Xan Fey-szi (miloddan avvalgi 233 yil v.e.), keyingi davrda Fan Chjen (6-asr), Xan Yuy (768—824)

Konfutsiylik ta’limotida insonparvarlik (jen), odob qoidalari (li), fazilat (de) tushunchasi muhim o’rin egallaydi. Insonparvarlik tushunchasiga ko’ra, odamlar axloqiy va ijtimoiy munosabatlarda yoshi ulug’, mavqei baland kishilarni xurmat qilishlari, podshohga sadoqatli bo’lishlari kerak. Odob kridalari tushunchasiga ko’ra, u tufayli yuksak fazilatlar shakllanadi, jamiyat rivoj topadi, adolat tantana qiladi. Burchni ado etish tufayli in-son kamolotga erishadi. Uning negizida "sen o’zing nimaga erishishni istasang , unga boshqalarning erishishiga ko’maklash", "sen nimani orzu qilmasang , uni boshqalarga ravo ko’rma" kabi hayotiy tamoyillar yotadi. "Buyuk ta’limot" va "O’rtalik haqida ta’limot" degan asarlarni Konfutsiy yozgan deb taxmin qilinadi. Bu kitoblarga ko’ra, odamlarning birgalikda oqilona yashashi tartibining muhim shartini 5 ta oddiy va buyuk fazilat tashqil etadi: donolik; insonparvarlik; sadoqat; kattalarni hurmat qilish; jasorat. Bu fazilatlar o’ziga va boshqalarga xalollikni va chuqur hurmatni anglatadi. Faqat mumtoz va komil insonlargina bunday fazilatga ega bo’ladi.

Konfutsiylikda ta’kidlanishicha, qonun inson manfaatlariga xizmat qilmog’i lozim. Qonun o’zgarishi bilan manfaatdorlik va manfaatsizlik tushunchalari ham boshqacha ma’no kasb etadi, inson faoliyatida tub o’zgarish ro’y beradi. O’tmishda o’rnatilgan tartibga sajda qilish yangi qonunlar ruhiga ziddir. Konfutsiylikda jamiyatni boshqarishga katta e’tibor berilib, unga ko’ra, jamiyatni keragidan ortik, oddiy qonunlar bilan to’ldirib yubormaslik zarur. Xitoyda asrlar mobaynida Konfutsiylikning turli maktablari yuzaga kelgan. Ular o’rtasida keskin kurash borgan.

Konfutsiylik milodiy 1-a.da davlat ta’limotiga aylandi, 9-asrda buddizm, 11-asrda daosizm ustidan to’la g’alaba qozondi. Bunga, ayniqsa, Sun davri (960—1279)da neokonfutsiychilik rivojlanganligi tufayli erishildi.




Download 52,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish