«диншунослик» фанига кириш


Diniy ekstremizm va fundamentalizm g’oyalari



Download 68 Kb.
bet2/4
Sana01.07.2022
Hajmi68 Kb.
#727958
1   2   3   4
Bog'liq
DINIY EKSTREMIZM VA FUNDAMENTALIZM

3.Diniy ekstremizm va fundamentalizm g’oyalari
Vahhobiylik. Vahhobiylik XVIII asrda Arabiston yarim orolida vujudga kelgan diniy-siyosiy oqimdir. Uning asoschisi Muhammad ibn Abd al-Vahob 1703 yili Arabiston yarim oroli Najd o’lkasining al-‘Uyana degan joyida tavallud topgan. Bu davrda uning otasi Abd al-Vahob ibn Sulaymon mustaqil mahalliy amir hokimiyatida qozilik lavozimida xizmat qilar edi. Muhammad yoshligidan diniy ilmlarni o’z otasi rahbarligida o’rgana boshladi. U an’anaga ko’ra Qur’onni yod oldi, tafsir va hadis ilmlari bilan tanisha boshladi. Bir necha bor Misr, Suriya , Kurdiston, Iroq, Eron mamalakatlarida bo’lib, ko’pincha ulamolar suhbatida o’zining janjalkashligi va mutaassibligi bilan ajralib turgan. U o’z targ’ibotchlik faoliyatini 1730 yillarda boshlab, birinchi maqsadi o’ziga munosib homiy topish bo’ldi.
1745 yili Muhammad ibn Abd al-Vahob ad-Dir’iya vodiysiga uning amiri Muhammad ibn Sa’ud taklifiga binoan ko’chib o’tdi. Bu bilan Muhammad ibn Sa’ud o’z hokimiyatini kuchaytirishda vahhobiylikdek mafkuraviy qurolga ega bo’ldi. Vahhobiylar o’zlari hohlagan jamoani kufrda yoki shirkda ayblashlari va unga qarshi jihod e’lon qilishlari mumkin edi. Ibn Sa’ud esa bu jihodni amalga oshirib, o’z hokimiyati chegaralarini kengaytirishni boshladi. Muhammad ibn Abd al-Vahob 1792 yili vafot etdi. Ibn Sa’ud va uning sulolasining vahhobiylik bayrog’i ostida olib borgan urushlari 1932 yilda Saudiya Arabistoni davlatining tuzilishi bilan yakunlandi.
Vahhobiylik ta’limoti diniy masalalarda din fundamenti, ya’ni Payg’ambar davri voqeliklariga qaytishni talab etdi. Ular barcha muxoliflarni bod’atchilikda, yani dinga yangilik kiritganlikda aybladilar, o’zlarining siyosiy dushmanlarini esa mushriklikda ayblab, ularga qarshi jihod olib borishga fatvo berdilar. Ahloqiy masalalarda nazariy jihatdan , garchi shaxsiy kamtarlik, mol-milkka xirs qo’ymaslik, dunyoviy hayotda toat-ibodatga aksariyat vaqtni sarflashni targ’ib qilsalarda, lekin amalda saroy ahlining bosqinchilik urushlari, qo’shni qabilalarning mol-mulklarini talash oqibatida gap bilan amal o’rtasida ziddiyat paydo bo’ldi.
Vahhobiylarning chet ellarda ko’plab tashkilotlari bo’lib, ular faol harakat yuritadi. Ularning ko’pchiligi yashirin siyosiy faoliyat olib boradi. Ish uslublari – diniy hissiyotlari kuchli bo’lgan fuqarolarni jamiyatlarga tortib, ularni qayta tarbiyalash, so’ng ulardan tashviqot va ijtimoiy tartibbuzarlik, ekstremistik harakatlarda foydalanish. Bu ishlarga ayniqsa, yoshlarni, bolalarni, hayot tarzidan norozi bo’lgan shaxslarni jalb qiladilar. Hayriya fondlari orqali mayib-majruhlarga, yetim-yesirlarga yordam, diniy ta’lim berish, turli diniy adabiyotlarni tarqatish kabi yo’llar bilan keng targ’ibot ishlarini olib boradilar. Kishilarga fanatizm, murosasizlik, o’zgarlar fikrlari va manfaatlariga hurmatsizlik ruhini singdirishga urinadilar.

Download 68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish