Donni saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi



Download 7,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/142
Sana26.10.2022
Hajmi7,4 Mb.
#856823
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   142
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`quv qo`llanma

2-
 
BOB. DON VADON MAHSULOTLARINING TUZILISHI 
Don va don mahsulotlarining fizik xossalari 
Har qanday don uyumi saqlash davrida hisobga olinishi lozim bo'lgan 
muayyan fizik xossalarga ega bo‘ladi. Bunday fizik xossalarga 
quyidagilarkiradi: sochiluvchanlik, o‘z-o‘zidansaralanish,g‘ovaklik, har 
xil gaz va bug‘larga nisbatan sorbtsionlik, (gaz va bug‘larni o‘ziga 
singdirishi), 
issiqlik 
sig‘imi, 
issiqlik 
o‘tkazuvchanlik, 
harorat 
o'tkazuvchanlik, issiqlik va namlik o‘tkazuvchanlik. 
Bu xossalardan to‘g‘ri va mohirlik bilan foydalanish isrof- garchilikni 
kamaytiradi. Don uyumi sifatini oshirish, shuningdek donni qayta ishlash 
bilan bog‘liq bo‘lgan barcha korxona va tashkilotlarda hamda un ishlab 
chiqarishda donning to'xtab qolishi, tizimlarda doniarning ushlanib 
qolinishini oldini olishga imkon beradi. 
Donning fizik xossalari mexanizatsiyalashtirish va avtomat - lashtirish 
jarayonlarida, shu jumladan donlarni xirmonlarga joy- lashtirish, 
quritishning zamonaviy usullarini tadbiq etish, donni qayta ishlash bilan 
bog‘liqjarayonlardatebranmatransportyorlarniqo‘llash va donlarni yirik 
inshootlarda (siloslar, zamonaviy elevatorlar, metall asosli bunkerlar va 
h.k.) saqlashda ayniqsa muhimdir. 
Don massasi ikki fazali dispers sistema (don va havo) bo‘lib, 
sochiluvchan material hisoblanadi. Yaxshi sochiluvchanlik donni 
noriyalar, 
transportyorlar, 
pnevmotransportyorli 
uskunalarda 
ara - 
lashtirish joylash, omborxona va transportlarga joylash va bo sh- qalarda 
yengillik tug‘diradi. Hozirgi paytda donni ortish-tushirish ishlarida, 
sochiluvchanlik xususiyatlaridan keng ko‘lamda foyda- lanilmoqda. Bu 
prinsipga bogTiq holda un va yorma zavodlarida don elevatorlari vertikal 
uslubda qurilgan. Maxsus noriyalar yor- darnida elevatorning yuqorigi 
qavatiga ko‘tarilgan don massasi o‘zining to'kiluvchanligi natijasida 
pastga belgilangan mashinalar- ga oqib tushadi. 
Silos elevatorlarda yuklash-tushirish jarayonlari ham yuqoridagi 
prinsipga aoslangan. Omborxonalarni don massasiga to‘ldirish 
39 


darajasi ham sochiluvchanlikka bog'iiqdir: sochiluvchanlik qan - chalik 
yuqori bo‘lsa silosning toiishi shunchalik tez va yaxshi boiadi. 
Shuningdek, sochiluvchanlik omborxonalarni statistik hi - soblashda 
qo‘llaniladi. 
Donning sochiluvchanligi muhim ko‘rsatkich bo‘lib, u don omborlari, 
un, yorma va omuxta-yem zavodlari, yuklash-tushirish uskunalari va 
boshqalami proyekt qilish va ularni ekspluatatsiya qilishda muhim 
ahamiyatga egadir. 
Odatda don massasining sochiluvchanligi uchun ishqalanish burchagi 
va tabiiy qiyalikni o'lchash yo‘li bilan aniqlanuvchi ishqalanish 
koeffitsienti xarakterlidir. 
Ishqalanish burchagi deganda don massasining biror yuzada sirpana 
boshlaydigan nisbatan kichik burchak tushuniladi. Don massasining tabiiy 
qiyaligi yoki og‘ish burchagi deganda tekis yuzaga erkin to‘kilayotgan 
don hosil qilgan konussimon shaklning yuzaga nisbatan burchagi 
tushuniladi. 
Donning sochiluvchanligiga ko‘pgina omillar ta’sir etadi. Bu- larning 
eng asosiylari quyidagilardir: donning granulometrik tarkibi va 
granulomarfologik xarakteri (shakli, o‘lchami, don yuzasining tuzilishi va 
ko‘rinishi), namlik, aralashmalar turi va miqdori, material, don massasi 
oqib tushadigan yuzaning shakli va tuzilishi. 
Yuzasi silliq, sharsimon shaklga ega bo‘lgan urug‘lardan (no‘xat, 
tariq, lyupin) tashkil topgan don massasi yuqori sochiluvchanlikka, 
shuningdek nisbatan kichik ishqalanish burchagi va tabiiy oquvchanlik 
qiyaligiga ega bo‘ladi. Bu turdagi doniarning sochiluvchanlik 
xususiyatiga yuqoridagi omillar nisbatan sezilarsiz ta’sir etadi.
Donnning shakli sharsimonlikdan qanchalik chetlansa va qanchalik 
uning yuzasi g‘adir-budir bo‘lsa, don massasining sochiluvchanligi 
shuncha kichik bo‘ladi. Misol qilib sholi, arpa va suli donlarini olish 
mumkin. Mazkur doniarning sochiluvchanligiga boshqa omillar ham ta’sir 
ko‘rsatadi: namlik, aralashmalar, don massasi harakatlanayotgan yuzaning 
xarakteri va boshqalar. 
40 


Agar don massasida aralashmalar mavjud bo‘lsa, uning so-
chiluvchanligi pasayadi. Don massasi tarkibidagi yengil aralashmalar 
(poxol, to'pon va boshqalar) miqdori ortib ketsa, shuningdek no tekis 
yuzali begona o‘t urug‘lari ko‘p miqdorda bo‘lsa sochiluvchanlik 
umuman yo‘qolishi mumkin. 
Bunday donlar dastlabki tozalashdan o‘tkazilmaguncha ularni silos 
elevatorlarga joylashga ruxsat etilmaydi. Namlikning ortib ketishi don 
massasi sochiluvchanligini yetarlicha tushirib yuboradi. Faqatgina 
sharsimon shaklga ega donlar bundan mustasnodir. 
Quyidagi jadvalda don massasining tabiiy qiyalik burchagi berilgan. 
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, nisbatan kattaroq boigan shunday don 
massasida ifodalangan bu doniarning sochiluvehanligiga boshqa omillar 
ham sezilarli ta’sir etadi. Tabiiy qiyalik burchagining o‘simlik turi va 
namlikka bog‘liq holda o‘zgarishini quyidagi jadvalda ko'rishimiz 
mumkin. 

Download 7,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish