Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘G‘risida


-bob. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni eksport va import qilish, olib kirish hamda olib chiqish



Download 81,5 Kb.
bet16/18
Sana28.06.2022
Hajmi81,5 Kb.
#712983
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Dori va vositalari va farmatsevtika faoliyati to\'g\'risidagi qonun xujjatlari

5-bob. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni eksport va import qilish, olib kirish hamda olib chiqish
24-modda. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni eksport va import qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni eksport va import qilish, shu jumladan ilmiy-tadqiqot ishlari, klinik oldi tadqiqotlar, klinik tadqiqotlar o‘tkazish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ko‘rgazmalarda, yarmarkalarda, xalqaro anjumanlarda namoyish etish uchun mo‘ljallangan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni eksport va import qilish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(24-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-oktabrdagi PQ-2647-sonli “Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 5-fevraldagi 22-sonli “Import qilinadigan iste’mol tovarlarining ayrim turlarini markirovka qilish va bojxonada rasmiylashtirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-maydagi 127-sonli “O‘zbekiston Respublikasiga iste’mol tovarlari olib kirishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-fevraldagi 49-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 211-moddasining 6-bandiga asosan import qilinganda qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlar qo‘llanilmaydigan dori vositalari ro‘yxati”, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 11-maydagi 132-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 211-moddasining 6-bandiga asosan import qilinganda qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlar qo‘llanilmaydigan dori vositalari ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish tartibi to‘g‘risida”gi nizom, “Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan import qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadigan xomashyolar ro‘yxati” (ro‘yxat raqami, 1952, 08.05.2009-y.).
Sifatsiz, qalbakilashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini import qilish taqiqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksning 24-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 29-yanvardagi PQ-1913-sonli “Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning raqobatdoshliligini yanada oshirish va tovarlarni respublikaga noqonuniy olib kirishga qarshi kurashni kuchaytirish to‘g‘risida”gi qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
Orfan dori vositalari hamda orfan kasalliklarga tashxis qo‘yishda va ularni davolashda qo‘llaniladigan tibbiy buyumlar importi, o‘ta xavfli infeksiyalar, shuningdek epidemiologik jihatdan xavf tug‘diradigan infeksiyalar profilaktikasida, ularga tashxis qo‘yishda hamda ularni davolashda qo‘llaniladigan, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining buyurtmasi bo‘yicha import qilinadigan dori vositalari va tibbiy buyumlar hamda tibbiy texnika importi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan holda amalga oshirilishi mumkin.
(24-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 21-iyuldagi O‘RQ-629-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y., 03/20/629/1087-son)

Download 81,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish