Echish. Ma’lumki, raqobatlashgan bozorda resurs (ya’ni, er) narxi uning pulda ifodalangan chekli mahsulotiga teng, ya’ni Erning puldagi chekli mahsuloti: Er maydoni 30 gektar bo`lgani uchun so`m. Demak



Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/13
Sana16.03.2022
Hajmi1,42 Mb.
#493757
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
13.1-Mavzu. Tashqi ta’sirlar va unga oid davlat siyosati.

Kouz teoremasi 
Tashqi ta’sirlarni hal qilishda xususiy bozor qanchalik samarali? Mashhur 
natija, iqtisodchi Ronald Kouz nomi bilan ataluvchi Kouz teoremasi, uning ba'zi 
hollarda juda samarali bo`lishi mumkinligini aytadi. Kouz teoremasiga ko`ra, agar 
xususiy partiyalar hech qanday harajatsiz resurslarni taqsimlash ustida 
savdolashishi mumkin bo`lsa, unda xususiy bozor har doim tashqi ta’sir 
muammosini hal qiladi va resurslarini samarali taqsimlaydi. 
Kouz teoremasi qanday ishlashini ko`rish uchun, bir misolni ko`rib chiqaylik. 
Dikning Spot nomli iti bor deylik. Spot huradi va Dikning qo`shnisi Jeynni bezovta 


292 
qiladi. Dik itga egalik qilishdan manfaatdor, lekin it Jeynga salbiy tashqi ta'sir 
ko`rsatadi. Dik Spotni umumiy itlar joyiga yuborishga majbur qilinishi kerakmi, 
yoki Jeyn Spotning hurishi sabab uyqusiz tunlardan qiynalishi kerakmi? 
Avvaliga qaysi natija ijtimoiy samarali ekanligini ko`rib chiqaylik. Ikki 
muqobil variantni hisobga olib, ijtimoiy planner, Dikning itdan oladigan foydasini 
Jeynga it hurishidan ketadigan harajatni solishtiradi. Foyda harajatlardan ko`proq 
bo`lsa, Dik itni olib qolishi va Jeynning it hurishiga chidab yashashi samarali 
bo`ladi. Lekin agar harajat foydadan yuqori bo`lsa, unda Dik itdan xalos bo`lishi 
kerak. 
Kouz teoremasiga ko`ra, xususiy bozor samarali natijani o`zi topadi. Qanday? 
Lola shunchaki itdan qutilish uchun Dilshodga to`lash taklifini qilishi mumkin. 
Lola taklifidagi pul miqdori itni tutib turish manfaatidan yuqori bo`lsa, Dilshod 
shartnomani qabul qiladi. 
Narx ustida savdolashish orqali, Dilshod va Lola har doim samarali natijaga 
erishishi mumkin. Misol uchun, Dilshod itdan 500 so`mlik foyda oladi va Lola it 
hurishidan 800 so`mlik harajat sarflaydi deb tasavvur qilaylik. Bu holatda, Lola 
itdan qutilish uchun Dilshodga 600 so`m taklif qilishi mumkinva Dilshod buni 
mamnuniyat bilan qabul qiladi. Har ikkala tomonham oldinga qaraganda yaxshiroq 
va samarali natijaga erishildi. 
Albatta Dilshod qabul qiladigan har qanday narxni Lola taklif qilishga tayyor 
bo`lmasligi mumkin. Misol uchun, Dilshod itdan 1000 so`mlik foyda oladi va Lola 
it hurishidan 800 so`mlik harajat sarflaydi, deb tasavvur qilaylik. Bu holatda, Lola 
800 so`mdan yuqori miqdorda hech qanday taklif qilmaydi, Dilshod esa 1000 
so`mdan kam har qanday taklifni rad etadi. Shuning uchun, Dilshod itni olib 
qoladi. Shunday bo`lsada, harajat va foydani hisobga olsak, bu natija samarali 
hisoblanadi. 
Hozircha, biz Dilshod huradigan it saqlash uchun qonuniy huquqia ega deb 
tasavvur qildik. Boshqa so`zlar bilan aytganda, biz Lola Dilshodni ixtiyoriy 
ravishda itdan voz kechishga undash uchun yetarlicha to`lamasa, Dilshod Spotni 
olib qoladi deb tasavvur qildik. Lekin, agar Lola tinchlik uchun haqli bo`lsa, natija 
qanday qilib har xil bo`ladi? 
Kouz teoremasiga ko`ra, huquqlarning boshlang`ich taqsimoti bozorning 
samarali natija erishish qobiliyati uchun muhim emas. Misol uchun, Lola qonuniy 
Dilshodni itdan qutilishga majbur qilishi mumkin deylik. Bu huquqga ega bo`lish 
Lola foydasiga ishlasa-da,u ehtimol, natijani o`zgartirmaydi. Bu holda, Dilshod itni 
saqlashga ruxsat berish uchun Lolaga to`lov taklif qilishi mumkin. Dilshod uchun 
itning foydasi Lola uchun it hurishi harajatidan ortiq bo`lsa, u holda Dilshod va 
Lola Dilshod itni saqlashi uchun savdolashishga kirishishadi. 
Huquqlarning dastlabki taqsimlanishidan qat'iy nazar, Dilshod va Lola 
samarali natijaga erishishsa-da, huquqlar taqsimlanishi o`rinsiz emas: Bu iqtisodiy 


293 
farovonlik taqsimlanishini aniqlaydi. Dilshodning huradigan itga yoki Lolaning 
tinchlik huquqiga ega yoki ega emasligi oxirida savdolashishdan kim kimga 
to`lashi kerakligi aniqlanadi. Lekin har ikki holda ham, ikki tomon bir-biri bilan 
savdolashishi va tashqi ta’sir muammosini hal qilishi mumkin. Foyda harajatlardan 
yuqori bo`lsagina Dilshod it saqlay oladi. 
Xulosa uchun: 
Kouz teoremasi xususiy iqtisodiy aktyorlar o`zaro tashqi ta’sir 
muammosini hal qilishi mumkin deydi. Huquqlarning dastlabki taqsimlanishidan 
qat'iy nazar, manfaatdor tomonlar savdolashib har doim har bir kishi uchun 
yaxshi va samarali natijaga erishishi mumkin.

Download 1,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish