Ega ergash gapli qo`shma gaplar


TO`SIQSIZ ERGASH GAPLI QO`SHMA GAPLAR



Download 53,26 Kb.
bet5/6
Sana10.06.2022
Hajmi53,26 Kb.
#650495
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
она

TO`SIQSIZ ERGASH GAPLI QO`SHMA GAPLAR
To`siqsiz ergash gaplar bosh gapda ifodalangan mazmunga nimadir to`siq bo`lishini ifodalaydi, ammo ergash gapdagi harakat-xolat, belgi-xususiyat bosh gapdagi ish-harakat, xolat,maqsadning yuzaga chiqishiga monelik qilsa ham bosh gapdagi mazmun kutilgan natijaga olib kelmaydi: Marusya qiz bo`lsa-da, ammo yuragida o`nta erkakning o`ti bor.
To`siqsiz ergash gaplarning qismlarini mazmunan ancha mustaqil bo`ladi, shuning uchun ham ularning orasida zidlovchi bog`lovchilar ham ishlatiladi. Shunga ko`ra, ular bog`langan qo`shma gapga ham o`xshaydi. Ammo ergash gap kesimlarining tobe shaklda bo`lishi bilan va bosh gapga mazmunan tobe bo`lgan fikrni ifodalash bilan bog`langan qo`shma gaplardan ajralib turadi.

Ergash gapning kesimi, asosan, shart fe’li yoki sifatdosh orqali ifodalanadi. Bunday holda ergash gapni bosh gapga bog`lash uchun yuklama va ko`makchilar qo`llanadi.

To`siqsiz ergash gapli qo`shma gaplarda quydagicha mazmun munosabatlari ifodalanadi:
Sof to`siqsizlik mazmuni ergash gap kesimi tarkibida ham yoki-da vositalarini qo`llah yo`li bilan ifodalanadi; Ham aslida bog`lovchi bo`lib, to`siqsiz ergash gap kesimi tarkibida yuklama vazifasini o`taydi: Xo`p, yuringlar, ishim zarur bo`lsa ham, avval sizlarni o`z qismlaringizga yuboray…

Ergash gap mazmunini kuchaytirih uchun kesimi tarkibiga-ki bog`lovchisi qo`shiladi yoki ergash gap tarkibida qancha, qanday kabi nisbiy olmoshlar bo`ladi: Ona rozi-uning tunlari o`tsa ham-ki uyqusiz, bedor, istagi shu: uning dilbandi, tinch uxlasin, topmasin ozor.

To`siqsiz ergash gap-ki bog`lovchisi yordami bilan ham bosh gapga bog`lanadi; bu holda ergash gap kesimi takrorlanib, birinchi qismi shart fe’li, ikkinchi qismi aniqlik fe’li orqali ifodalanadi yoki aniqlik fe’lining o`zi bo`ladi: Xotin kishining yuragidan farzand dog`i ketsa ketadiki, bunday gapning alami ketmaydi.

Kesimi (i) shaklli harakat nomi bo`lib, qaramay ko`makchisi bilan birikkan ergash gaplarda ham to`siqsizlik mazmuni ifodalanadi: Mo`min Mirg`oning yigitlari katta g`ayrat ko`rsatishlariga qaramay, dushman son jihatdan ko`p bo`lgani uchun bostirib kela boshladi.


To`siqsiz ergash gap payt munosabatini ifodalashi va ergash gap kesimi sifatdosh shaklida bo`lib-da qo`shimchasi va ham vositasi yordami bilan bosh gapga bog`lanadi: Hatto kun oqqanda Ham… uzoq bir yerda qimirlamay turganday bo`lib ko`rinadi.
Bu xil to`siqsiz ergash gaplarni payt ergash gaplardan farqlamoq zarur. ergash gapning bu turida mazmunigina emas, to`siqsiz ergash gaplarda shart mazmun ottenkasi ham bo`ladi. Bu xil ergash gaplarning kesimi shart fe’li orqali ifodalanadi va bosh gapga sintetik usul bilan bog`lanadi: Quyosh yashiringan bo`lsa-da, kunduzning yorug`i xali so`nmagan tamom so`nmagan edi.
Ergash gap tarkibida hoh bog`lovchisining qo`llanishi to`siqsizlik mazmunini kuchaytiradi: - Chuchvaradan maqsad go`ht yeyish, -deb javob berishga kirishdi,-odam hoh sipoxigarchilik qilsa, hoh eshonlik va duoxonlik, maqsadi: mehnatsiz bir burda non topib, qornini to`yg`izmoqdir.

Ayrim To`siqsiz ergash gaplarda qiyoslash mazmuni bo`ladi: ergash gap va bosh gapdagi bir-biriga qiyoslanadi, ammo ergash gapdagi harakat-holat bo`lishiga qaramay, bosh gapdagi harakat-holat ro`y berishi ifodalanadi. Bu xil to`siqsiz ergash gaplarning kesimi sifatdoshdan bo`lib, bosh gapga bog`lovchi vazifasidagi xolda yoki taqdirda so`zlari yordami bilan bog`lanadi: Qalandarov uni, hamshira turgani xolda, bir kasalni tumanga eltib qo`yishga majbur qilibdi. Qalandarovga darrov uchrash, qanday yo`l bilan bo`lsa ham uni jahlidan tushirish-qarorini bekor qildirishga erishilmagan taqdirda, vaqtincha to`xtatish mumkin edi.

To`siqsiz ergash gapning bu turi bilan bog`lovchisi yordami bilan ham bosh gapga bog`lanadi, bunda ergash gapning kesimi sifatdoshdan bo`ladi: Piyoz yaxshi bo`lgani bilan, narxi arzon, sotilmasdan chorbbozorda bo`pti sarson.

To`siqsiz ergash gapning mazmuni bilan bosh gap orasidagi zidlik, nomuvofiqlik mazmuni ularning kesimlarida ham anglashiladi:





  1. To`siqsiz ergash gapning kesimi bo`lishsiz, bosh gap kesimi bo`lishli shaklda: Gaplar eshitilmasa ham, martenchilar bir-birini anglar…

2. To`siqsiz ergash gapning kesimi bo`lishli, bosh gap kesimi bo`lishsiz: Quyosh yashiringan bo`lsa ham, kunduzning yorug`i xali tamom so`nmagan edi.

3. Ayrim xollarda to`siqsiz ergash gapning ham, bosh gap ham kesimi bo`lishsiz shaklda kelishi mumkin: Ona ham qancha qistamasin.

4. To`siqsiz ergash gap va bosh gap kesimining bo`lishli shakli ham uchraydi: Xasad to`lqinlari qirg`oqqa ursin.

Kesimlari bir xil shakilda bo`lgan gap qurilmalarida to`siqsizlik mazmuni ayrim gap bo`laklarining ma’nosini va gaplarning umumiy mazmunini bir-biriga zid qo`yish, qiyoslash orqali ifodalanadi.

To`siqsiz ergash gaplarning tarkibida agar, agarcha, garchand, garchi, mabodo kabi vositalar bo`lishi mumkin. Bu vositalar ergash gapning, mabodokabi vositalar bo`lishi mumkin. Bu vositalar ergash gapning bosh gapga bog`lash bilan birga, ergash gap mazmunini bir-biriga keskin zid qo`yish, qiyoslash uchun xizmat qiladi: Garchand tup boshini uzgan bo`lsa ham, barg yozib shivirlab turardi qayin.

To`siqsiz ergash gaplarning mazmuni bosh gapdagi mazmunga zid ekanligini yanada ta’kidlash uchun, bosh gap ammo, har holda va boshqa yordamchilar bilan boshlanadi: Zulfiqorovning xotini eshitib qoldi.

To`siqsiz ergash gapning o`rni asosan bosh gapdan oldin bo`ladi. Ba’zan to`siqsiz ergash gap bosh gapdan so`ng yoki uning orasida keladi. Bu xolatda to`siqsiz ergash gapning ayrim bo`lagiga bog`lanadi, agar ergash gap bosh gapdan so`ng kelsa, uning mazmuni susayadi: Yo`lchi shu choqda, qancha aqchasi bo`lsa ham, berishga tayyor edi.

NATIJA ERGASH GAPLI QO`SHMA GAPLAR.

Bosh gapdan anglashilgan harakat-holat yoki belgi-xususiyatining natijasi, xulosasini ifodalagan ergash gaplar natija ergash gap bo`ladi. Bu xil ergash gaplarning bosh gapidan sabab mazmuni anglashiladi, ergash gap shu sababdan kelib chiqadigan natijani ko`rsatadi. Shuning uchun ham natija ergash gapning o`rni qat’iy bo`lib u xar vaqt bosh gapdan so`ng keladi; Tuynukdan shamol qaytarib o`rayotgan tutun atrofni shunday o`rab olganki, uzoq vaqt hech narsa ko`ra olmay turdim.


Natija ergash gapni bosh gapga biriktirish uchun bosh gap kesimga qo`shilib keluvchi-ki bog`lovchisi qo`shiladi. Shu bilan birga bosh va ergash gapni bog`lash uchun bosh gap tarkibida shu qadar, shu darajada, shunday, shunchalik, chunon, nihoyat kabi ko`rsatish olmohi hamda bog`lovchi so`zlar bo`ladi.
Natija ergash gap bilan bosh gap kesimlarining zamon munosabatida moslik bo`ladi. Mazmunan ergash gap natija ifodalanganligi uchun bosh gapda ifodalangan harakat yoki xolatdan so`ng ro`y berishi zarur. Shunga qaramay, ko`p o`rinlarda ergash gap va bosh gaplarning kesimlari bir xil zamon shaklida bo`ladi. Ammo bu holda ham ergash gap bosh gapning bir xil zamonga oid kesimlardan anglashilgan harakat-holat, xususiyat turli vaqtda bo`lishi ifodalanadi.

Bosh gap tarkibidagi nisbiy olmoshlarining xususiyatiga ko`ra natija ergash gap ikki xil mazmunni ifodalash mumkin: 1) Holat, 2) miqdor-daraja.



1.Bosh gap tarkibida shunday, shundayin olmoshlari qo`llangan o`rinlarda, ergash gap bosh gapdan anglashilgan ma’lum holat yoki ih-harakatining qanday bajarilishi, belgi xususiyatining qanday ro`y berishi, qanday natijalarga olib kelganini ko`rsatadi.
2.Bosh gap tarkibida shuncha, shunchalik, shu qadar, chunon olmoshlari qo`llanganda, ergash gap bosh gaplar anglashilgan harakat yoki holat, xususiyatining ro`y berrishi miqdor-darajasining natijasini ifodalaydi.
Ergash gapning mazmuni bosh gapdan anglashhilgan mazmunining natijasi xulosasi ekanligini yanada bo`rttiribroq ifodalash uchun ergash gaplar xatto, oqibatda, natijada, nixoyat so`zlari bilan boshlanadi.
Ergash gapdagi natija mazmuni bosh gapda tarkibidagi nisbiy olmoshlar aniqlab kelgan so`zlarning ma’nosiga bog`liq. Bunda; 1) natija mazmuni bosh gapdagi biror predmetning xususiyati bilan bog`lanadi. Bunday bosh qurilmalaridagi olmosh ergashib kelgan so`z ot bo`ladi.
2) Ergash gapdagi natija mazmuni belgi-xususiyat ma’nosi bilan bog`lanadi. Bunday olmosh ergashib kelayotgan so`z fe’l, harakat nomi yoki fe’lning turli shakllari bo`ladi. Bu xil natija ergash gapli qo`shma gaplar keng qo`llaniladi.
3) Natija mazmuni harakat-xolda va uning xususiyati bilan bog`lanadi. Bunda olmosh ergashib kelayotgan so`z fe’l, harakat nomi yoki fe’lning turli shakllari bo`ladi. Bu xil natija ergash gapli qo`shma gaplar keng qo`llaniladi.
Natija ergash gap tuzilishiga ko`ra aniqlovchi yoki ravish ergash gaplarga o`xshaydi. Natija ergash gapning aniqlovchi ergash gapdan farqi shundaki, natija ergash gap biror predmetning xususiyati haqida emas, balki undan kelib chiqadigan natija xaqida xabar beradi.
Natija ergash gap ravish gapga o`xshab bosh gapdagi harakat, xususiyatining qanday ravishda bajarilishini emas, balki shu harakatdan kelib chiqadigan natijani ifodalaydi. Quydagi natija ergash gapning mazmuniga diqqat qiling; Bizning tilimiz Navoiyning sozida ulug` qudrat va muazzam ohang yangradiki, hammamiz hayratda qoldik.
Natija ergash gap tuzilishi jihatdan ancha erkin tuziladi. Bosh gap esa ko`pincha yig`iq yoki tarkibi ancha keng bo`lmagan gap shaklida bo`ladi.
RAVISH ERGASH GAPLI QO`SHMA GAPLAR
Ravish ergash gaplar bosh gapda anglashilgan harakat yoki holatning qanday bajarilishi yoxud belgi-xususiyatining qay tarzda ro`y berishini ifodalaydi.
Ravish ergash gapning kesimi (i) b shakli ravishdosh orqali ifodalanishi bilan xarakterlanadi. Ammo kesimi bu xil ravishdoshdan ifodalangan har qanday ergash gap ham ravish ergash gap bo`la olmaydi. Shu bilan birga kesimi ravishdoh bilan ifodalangan ravish ergash gaplarda sabab-natija va payt mazmun ottenkalari ham ifodalanadi. Bunday ergash gap biror sababni bosh gap va undan kelib chiqadigan natijani ifodalaydi yoki ergash gapdan anlashilgan harakat-holatning ro`y berish paytini ko`rsatish ottenkasi bo`ladi.
Ravish ergash gapning kesimi qo`yidagi so`z va shakllar orqali ham ifodalanadi;

  1. Ergash gap kesim-cha, -day-dek vositalari bilan yoki holda, yo`sinda kabi bog`lovchi vazifalari so`zlar bilan birikkan sifatdosh bilan ifodalanadi. Bu xil ravish ergash gaplar bosh gapga analitik-sintetik usul bilan bog`lanadi.
  2. Ravish ergash gap deb bog`lovchisi yordami bilan bosh gapga bog`lanib kesimi aniqlik yoki fe’li orqali ifodalanadi.



  3. Ravish ergash gap bosh gapga–ki bog`lovchisi yordami bilan bog`lanishi mumkin. Bunday ergash gapning bosh gapli tarkibida shunday olmoshi bo`lib ergash gap mazmunan o`sha olmoshga teng bo`ladi.

Bu xil ergash gaplar shakldan natija ergash gapga hasm o`xshaydi. Ammo bu holatda ergash gap bosh gapning kesimidan anglashilgan harakat-holatning natijasi bo`lmasdan, bosh gapning kesimidan anglashilgan harakat-xolat qanday tarzda ro`y berishini ko`rsatadi. Bu xil ergash gaplarda ba’zan o`xshatish mazmuni ham bo`ladi. Bunday ergash gaplar bosh gapga analitik usul bilan bog`lanadi. Ravish ergash gapning bu turi bosh gapdan so`ng keladi.

Ravish ergash gap odatda, bosh gapdan oldin keladi. Ba’zan jonli tilda, she’riyatda ergash gap bosh gapdan keyin qo`llanilishi ham mumkin.




Download 53,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish