Ekologik omillar haqida malumot Abiotik omillar


Ekologik omillar haqida malumot



Download 25,24 Kb.
bet2/5
Sana17.05.2023
Hajmi25,24 Kb.
#939625
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ekologik omillar

Ekologik omillar haqida malumot.

Tirik organizmlar ma`lum muhitda va uning omillari ta`siri ostida yashaydi, rivojlanadi, ko`payadi, ekologik omillar bilan muloqotda bo`ladi, o`zgaradi, doimiy harakatda bo`lib nasl qoldiradi. Tirik organizmlarga ko`rsatadigan ta`siri bo`yicha ekologik omillar juda xilma-xildir. Muhitning barcha omili shartli ravishda uchta katta guruhga ajratiladi. Bular: abiotik, biotik va antropogen omillardir.
1. Abiotik omillar - bu notirik tabiat omillaridir, organizmlarga ta`sir qiladigan anorganik muhitning kompleks omillaridir. Bu kimyoviy (atmosfera, suv, tuproq va loyiqa), fizik yoki iqlim (harorat, bosim, yorug`lik, namlik, yong`in, shamol) omillariga bo`lishi mumkin.
2. Biotik omillar - muhitga uchraydigan tirik organizmlarning hayot faoliyatida bir-birlariga qiladigan ta`siri va ular o`rtasidagi munosabatlardan iborat bo`lib, ular tirik organizmga, uni o`rab turgan boshqa tirik jonzotlarga har xil ta`sir qiladi. Biotik omillar - tirik organizmlarning bir-biriga o`zaro ta`siri majmui. Bu ta`sir turlicha bo`lishi mumkin. Masalan: 1) tirik organizmlar bir-birlari uchun oziqa manbai (o`simliklar turli hayvonlarga oziqa); 2) bir tirik organizm tanasi boshqa organizmga (xo`jayin-parazit) yashash muhiti; 3) bir organizm ikkinchi organizmning ko`payishiga, tarqalishiga sabab bo`ladi.
Antropogen omillar - bu inson faoliyatining shunday shakliki, ular atrof-muhitga ta`sir etib, tirik organizmlarning yashash sharoitini o`zgartiradi yoki hayvon va o`simliklarning ayrim turlariga bevosita ta`sir qiladi. Eng muhim antropogen omillardan biri muhitning ifloslanishi hisoblanadi. Boshqacha aytganda antropogen omil inson va uning xo`jalik faoliyatining tirik organizmlarga va butun tabiatga turli xil ta`sirlari majmuini tashkil etadi.
Ekologik omillarning organizmga ta`sir etish harakteri xilma-xil bo`lsa-da, lekin ularning barchasi uchun bir necha umumiy qonuniyatlar mavuddir.
Ekologik omillar organizmga juda kuchli (maksimum), juda kuchsiz (minimum), ijobiy (optimum) ta`sir etishi mumkin. Omillarning qulay (ijobiy) ta`siri optimum deb ataladi. Undan uzoqlashilgan sari omillar noqulay ta`sir etadi. Masalan, ma`lum haroratlar (160-38 0S) o`simlikning o`sish - rivojlanishi uchun qulay, undan yuqorisi noqulay hisoblanadi. Minimum va maksimum chegaralari keskinlik nuqtasi deb qaraladi. Keskinlik nuqtalaridan ortiq kuch ta`siri organizmning nobud bo`lishiga olib keladi.
Muhitning biror omilga keng doirada moslashgan turlari “evri” old qo`shimchasini qo`shish yoki tor doirada moslashgan turlari “steno” qo`shimchasini qo`shish bilan nomlanadi. Masalan, evriterm, stenoterm (haroratga nisbatan), evrigal, stenogal (sho`rlanishga nisbatan), evribat, stenobat (bosimga nisbatan) va h.k. Organizmning omilga nisbatan keskinlik nuqtalari orasidagi chidamlilik chegarasi uning ekologik valentligi deyiladi. Turli ekologik omillarga nisbatan ekologik valentliklar yig`indisi turning ekologik spektri deyiladi. Masalan, o`simlikning sho`rlik, qurg`oqchilik va yuqori haroratga moslashuvi uning ekologik spektrini tashkil etadi.
Har bir omil organizmning har xil funksiyalariga turlicha ta`sir etadi. Bir hayot faoliyati uchun optimum ta`sir ikkinchi bir jarayon uchun maksimum bo`lib hisoblanishi mumkin. Masalan, 40-45 0S harorat sovuq qonli hayvonlarda modda almashinuv jarayonini tezlashtiradi, ammo bunda ularning faolligi susayadi. Bu holda ular uxlaydi.
Ayrim individlarning tashqi muhit omillariga chidamlilik chegarasi, optimum, minumum zonalari to`g`ri kelmaydi. Biror bir omilga nisbatan chidamlik darajasi uning boshqa omillarga chidamliligini ifodalamaydi. Ayrim turlarning ekologik spektrlari ham bir-biriga to`g`ri kelmaydi. Muhitning ayrim ekologik omillari organizmga bir vaqtda ta`sir etadi va bir omilning ta`siri boshqa omilning miqdoriga bog`liq bo`ladi. Bu omillarning o`zaro ta`sir qonuniyati deyiladi. Organizmning ma`lum sharoitda yashashi quyi darajadagi omil bilan belgilanadi. Masalan, cho`lda organizmning keng tarqalishiga suv va yuqori harorat cheklovchi omil bo`lib hisoblanadi.


  1. Download 25,24 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish