Ekologik turizmning mazmun va mohiyato


Ekoturizmning ekologiyaga tasiri va uning ahamiyati



Download 265,57 Kb.
bet3/7
Sana22.11.2022
Hajmi265,57 Kb.
#870394
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ekologik turizmning mazmun va mohiyato

Ekoturizmning ekologiyaga tasiri va uning ahamiyati.

Agar biz tabiat bilan «kelishuvda» yashashni, uning ne’matlaridan foydalanishni, go‘zalliklaridan zavqlanishni xohlasak uning sharoitlarini qabul qilishimiz, o‘z ehtiyojlarimizni qondirish uchun atrof-muhitni o‘zgartirayotganda muayyan chegaralardan chiqmasligimiz zarur. Ekoturizm ana shu ikki fanning rivoji bilan uzviy holatda bog‘lanishi lozim. Tabiat muhofazasi, tabiatdagi salbiy o‘zgarishlar, jamiyatdagi kasalliklarning ko‘payishi, yangi xavfli kasalliklarning kelib chiqayotganligi, tabiatdagi kutilmagan – insoniyat uchun fojiali, halokatli – dovullar, suv toshqinlari, sunami va boshqa hodisalarning barchasi ekologiya bilan bog‘lanmoqda. Nemis olimi E.Gekkel 1866-yilda yozgan «Organizmlarning umumiy morfologiyasi» va 1868-yilda yozgan «Dunyo vujudga kelishining tabiiy tarixi» kabi asarlarida ekologiya atamasiga to‘liq tavsif berib ekologiyaning ikkinchi ma’nosini «yashash joyi», «oziqlanish makoni» deb belgilagan. Shuning uchun ham, tabiatni har bir inson o‘z uyim deb bilgandagina global ekologik inqirozlarning oldini olishi mumkin. Ekologik turizm bu yo‘nalishda insoniyatga katta yordam beradi. Shuning uchun ham, dastlab ekoturizmning mohiyatini va mazmunini yaxshi tushunib va o‘rganib olishimiz lozim.
Ekologik turizmning mazmuni va mohiyati bo‘yicha birinchi bo‘lib meksikalik ekolog-iqtisodchi Gektor Seballos Laskureyn 1980-yilda o‘z tadqiqotlari natijalarini bildirgan edi. Uning xulosasi bo‘yicha– “Ekoturizm – bu tabiatga xushyor munosabatlar, tanishish quvonchini birlashtiruvchi va flora, fauna namunalarini o‘rganishga, himoya qilishga yordam berish imkoniyatlariga asoslangan turistik faoliyatdir”. G.S.Gujin, M.Yu.Belikov va E.V.Klimenkolar 1997-yilda Rossiyada birinchilardan bo‘lib «Ekoturizmning asosi – atrofmuhit g‘amxo‘rligi va muhofazasidir» degan taklifni kiritdi va ekoturizmning o‘zlari belgilagan ta’rifga asoslangan ekoturistik marshrutlarni ishlab chiqdi va o‘tkazdi10. O‘sha vaqt uchun ham, hozir ham ushbu ta’rif eng qulay va ekoturizmning haqiqiy mazmuni, mohiyatini anglatadi degan xulosalarni biz ham quvvatlaymiz. Mustaqil hamdo‘stlik davlatlarida quyidagi rossiyalik olimlarni ekoturizm asoschilari deb tan olishadi: M.B.Birjakov – «Ekoturizmda tabiatga minimum ta’sir qilib, tabiat bilan birga bo‘lish natijasida uning boyliklarini muhofaza qilish, asrab qolish tuyg‘ulari hosil bo‘ladi» A.V.Drozdov – «Eski va Yangi dunyoda deyarli bir vaqtda mahalliy aholining an’anaviy madaniyatini hurmat qilishga, sayohatchilarning ma’rifiy madaniyatini oshiruvchi, tabiat oldida mas’ullik va himoya qilishga, ijtimoiy va ekologik talablarini qondirishga qaratilgan va sayyoraviy ekologik inqirozning oldini olishga asoslangan ekoturizm shakllandi»
T.S.Sergeyeva – “Ekoturizm bu – mahalliy aholining an’anaviy turmush tarzini saqlagan, xo‘jalik faoliyati kam ta’sir qilgan betakror tabiiy hududlarni ko‘rish; bu – mahalliy aholining yashash darajalarini va turistik jarayondagi barcha qatnashuvchilarning ekologik madaniyati darajalarini oshirish, ekologik tur va dasturlarda tabiat muhofazasi me’yorlari va texnologiyalariga rioya qilishdir”
XX asr oxirlariga kelib AQSH, Kanada, Yevropa davlatlari, Avstraliya ekoturizmni rivojlantirish davlat dasturlarini ishlab chiqdilar. Bu dasturlarda ekoturizmni rivojlantirish shiorlari va talablari quyidagicha edi: Amerika Qo‘shma Shtatlari ekoturizmi jamiyati – «Ekoturizm– mahalliy aholi manfaatlarini e’tiborga oluvchi, tabiiy resurslarni muhofaza qiluvchi, ekotizimlarning butunligini saqlovchi, mahalliy madaniyat va tabiiy muhitni anglash uchun tabiiy hududlarga maqsadli sayohat». Avstraliya ekoturizmi milliy strategiyasi –«Ekoturizm – ekologik barqarorlik prinsiplariga va ekologik bilim, madaniyat dasturlariga amal qilishga asoslangan va mahalliy aholi manfaatlarini hisobga olgan holda tabiatga sayohat qilish turizmi». Germaniyada ekoturizmni rivojlantirishda moliyaviy hamkorlik Federal vazirligi – «Ekoturizmda tabiatga minimum ta’sir qilish hissi madaniyati va tuyg‘usi paydo bo‘ladi,qo‘riqlanadigan hududlarga moliyaviy yordam imkoniyatlari va mahalliy aholida qo‘shimcha daromad olish manbalari hosil bo‘ladi». Atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha Kanada davlati maslahat Kengashi– «Ekoturizm – turizmning turi bo‘lib, mahalliy xalq manfaatlarini hurmat qilish asosida tabiatni bilish, anglash va ekotizimlarni saqlashga yordam ko‘rsatish yo‘nalishidagi turistik faoliyat hisoblanadi».
Ekoturizm jadal rivojlantirilayotgan davlatlarning ekoturizm dasturlari asosida xalqaro tabiat va turizm tashkilotlari ham ekoturizmning ta’riflarini qabul qilishdi: Butunjahon turizm tashkiloti –«Ekoturizm – tabiat turizmining barchasini o‘zida mujassamlashtirib, tabiiy hududlarga mas’uliyat bilan sayohat qilish natijasida tabiatni muhofaza qilishni ta’minlaydi va mahalliy xalqning turmush darajasini yaxshilaydi». Xalqaro ekoturizm tashkiloti (TIES)– «Ekoturizm – tabiat mintaqalariga mahalliy aholining farovonligini quvvatlovchi va atrof-muhitni saqlovchi mas’uliyatli sayohatdir». O‘zbekistonda ekoturizmni rivojlantirish «Konsepsiyasi»da .
– «Ekoturizm deganda nafaqat ma’rifiy-ma’naviy maqsadlarni ko‘zlagan ekzotik tabiiy hududlarga, ularning hayvonot va o‘simlik dunyosiga sayohat balki, ijtimoiy-iqtisodiy masalalarning amalga oshirilishi yordamida ekologiya muammolarini hal qilish bilan birbiriga bog‘liq majmualar yig‘indisini tushunamiz» Xalqaro turizm jamiyati (XTJ)– «Ekoturizm – tabiiy hududlarga mas’uliyat bilan sayohat qilish natijasida tabiatni muhofaza etishni ta’minlaydi va mahalliy xalqning turmush darajasini yaxshilaydi». Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi – «Ekologik turizm yoki ekoturizm – tabiat muhitiga nisbatan mas’uliyat bilan sayohat qilish, tabiat hududlariga ziyon yetkazmagan holda, hamda tabiatning betakror, jalb etuvchi joylaridan zavq olish maqsadida tabiatni muhofaza qilgan holda tabiatga ko‘maklashadi, atrofmuhitga «yumshoq» ta’sir etadi. Mahalliy xalqning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitini faollashtiradi va shu faoliyatdan ularning imtiyozlar olishini ta’minlaydi» R.A.Islomova – “Ekoturizm deganda, tabiiy, madaniy va ijtimoiy qadriyatlarni ko‘rish, tomosha qilish, ilmiy jihatdan o‘rganish, ularning betakror jozibasi va o‘ziga xos tomonlaridan zavq olish maqsadida tabiat hududlariga ziyon yetkazmasdan, atrof-muhitni muhofaza qilgan holda sayohat va sarguzasht qilish orqali tabiatga ko‘maklashish, mahalliy aholining ijtimoiy-iqtisodiy sharoitini yaxshilashga qaratilgan turizmning turi tushuniladi». Yuqorida keltirilgan mulohaza va fikrlarni jamlab bizningcha ekoturizmning ta’rifi bo‘yicha quyidagi xulosaga kelish mumkin:-«Ekoturizm-faqat tabiat bag‘rida dam olish, o‘rganish, kuzatish, tomosha qilish va zavqlanish natijasida tabiatni, biologik xilmaxillikni saqlash, muhofaza qilish tadbirlariga ixtiyoriy moddiy yordam berishga qaratilgan, mahalliy aholining milliy madaniyatini, me’rosiy an’analarini, yashash tarzini hurmat qilishga asoslangan turistik faoliyatdan iboratdir». Ekologik turizmning mohiyati va mazmuni haqida «Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi», «Xalqaro turizm jamiyati», «Yovvoyi tabiat umumjahon jamg‘armasi» va boshqa ko‘plab xalqaro tashkilotlar Butunjahon Turizm Tashkilotining ekoturizm haqidagi ta’rifini qabul qildi. Dunyo hamjamiyatiga xizmat qiluvchi yuqoridagi xalqaro markazlarning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari har xil bo‘lsada, ekoturizmning o‘rnini belgilashdagi xulosalari deyarli bir xil.
Chunki, ekoturizmni targ‘ib qilayotgan, BTT, XTJ tabiatni muhofaza qiluvchi – TMKHI ning ish tartibi, maqsadlari doimo bir-biriga qarshi turadi. Dastlabki ikki xalqaro jamiyat tabiatdan turistik maqsadlarda foydalanish tarafdori, keyingi xalqaro tashkilot esa tabiatni muhofaza qilish tarafdori. Ekoturizmning jahon miqyosida jadal rivojlanib borayotganligining yana bir sababi ham shundaki, tabiatni muhofaza qilishdagi xalqaro markazlar ham ekoturizmni rivojlantirishni quvvatlamoqda. Ushbu xulosalar ekoturizmning umumiy turizmga nisbatan farqlanishlariga asoslangan bo‘lib, ekoturizmning asl mohiyati va mazmunini tushunib olishga yordam beradi. Mamlakatimizda hozirga kelib ekoturizmning muammolarini o‘rganish va rivojlantirishdagi dastlabki ilmiy tadqiqotlar boshlandi.
Bu tadqiqotlar hozircha mintaqaviy chegaralarda bajarilayotganligidan ekoturizmning mintaqaviy muammolari va ularning yechimini ishlab chiqishga yo‘naltirilmoqda. Shuning uchun ham birinchi navbatda oliy ta’lim tizimida ekoturizm mutaxassislarini tayyorlashni boshlashimiz lozim. Shuningdek, institut va universitetlarda hozirda turizm oliy ta’limining barcha yo‘nalishida ekoturizm fanini amaliyoti bilan o‘qitish mamlakatimizda ekoturizmni rivojlantirishdagi dastlabki qadamlar bo‘ladi.

Download 265,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish