Eksport salohiyati kengaymoqda



Download 21,49 Kb.
bet1/2
Sana11.06.2022
Hajmi21,49 Kb.
#653917
  1   2
Bog'liq
Eksport salohiyati kengaymoqda


Eksport salohiyati kengaymoqda

Toshkentda “Olmaliq KMK” AJ eksport salohiyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Jurnalist va blogerlarga zavodning asosiy mahsulotlari, uning xorijiy iste’molchilari va asosiy eksport bozorlari to‘g‘risida so‘zlab berildi. Shuningdek, ochiq ma’lumotlar raqamlarda taqdim qilindi.


“Olmaliq KMK” AJ nafaqat O‘zbekistonda, balki butun Markaziy Osiyoda rangli metallurgiyaning bayroqdori hisoblanadi. Kombinat yiliga 148 ming tonna mis ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha uchinchi o‘rinni egallaydi. Undan oldinda faqat Rossiya – 973 ming tonna va Qozog‘iston – 500 ming tonna.
Hozirgi vaqtda OKMK 18 dan ortiq turdagi yuqori likvidli mahsulotlarni ishlab chiqarib, dunyoning 20 dan ortiq mamlakatlariga eksport qilmoqda. Asosiy mahsulot – mis. Mis narxiga qarab, siz jahon iqtisodiyoti yo‘nalishini oldindan aytib berishingiz, bashorat qilishingiz, texnologiya rivojidagi o‘zgarishlar qay tomonga ketayotganini ko‘rishingiz mumkin.
“Fikrimcha, kelajak iqtisodiyotida misning ham alohida o‘rni bor. Masalan, ko‘plab qo‘shni mamlakatlar neft kotirovkalari tufayli boyib ketdi. Bizda ham xuddi shunday, ammo bu mis orqali bo‘ladi. Buning uchun biz ishlab chiqarish hajmini o‘stirishimiz, quvvatni kuchaytirishimiz, eksport salohiyatini oshirishimiz kerak”, – dedi “Olmaliq KMK” AJ metallurgiya xomashyosi bilan ta’minlash va sotish bo‘limi boshlig‘i Aziz Zokirov.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2005-yilgacha mis narxi 1500 dollardan 3000 dollargacha o‘zgarib turgan. O‘sha yilning uchinchi choragidan boshlab jahon va Xitoy iqtisodiyotining o‘sishi bilan bog‘liq holda kotirovkalarning tez o‘sib borganini kuzatish mumkin.
OKMK mahsulotlariga kelsak, ularga talab katta. Uning xorijiy iste’molchilari orasida Gollandiya, Turkiya, Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Qozog‘iston, Bolgariya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Ukraina, Polsha, Tojikiston, Indoneziya, Turkmaniston, Afg‘oniston, Xitoy bor.
“Bizning asosiy mahsulotimiz – mis mahsulotlari. Mis katotlari, shular jumlasidan. Shuningdek, biz qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlarni qayta ishlash va ishlab chiqarish bilan ham shug‘ullanamiz. Bular – mis katanka, mis sim va mis quvurlar. Masalan, 2014-yilda ishga tushirilgan Angren quvur zavodi turli kesimdagi mis quvurlar ishlab chiqaradi. Ular konditsioner tizimlarida, sovutish qurilmalarida, isitishda va boshqalarda ishlatiladi. Hozirda biz ushbu mahsulotlarni Turkiya bozorida muvaffaqiyatli sotmoqdamiz, shuningdek, Qatar va BAA bozorlariga kirib kelmoqdamiz, rejada esa Kanada va AQSh ham bor”, – deydi Aziz Zokirov.
Shunday qilib, qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar eksporti (mis quvurlar, mis katanka) 4,4 baravar oshdi va 35,5 million AQSh dollarini tashkil qildi.

Spikerlarning so‘zlariga ko‘ra, joriy yilning birinchi choragida 177,5 million AQSh dollari miqdorida mahsulot eksport qilinishi rejalashtirilgan edi. Ulardan mis mahsulotlari — 21,2 ming tonna (132,9 million AQSh dollari), rux mahsulotlari — 13,75 ming tonna (34,4 million AQSh dollari), qo‘rg‘oshin mahsulotlari — 15 ming tonna (3,8 million AQSh dollari) va boshqa mahsulotlar 6,4 million dollarni tashkil qilgan.


Hisobot davrida 230,9 million dollarlik mahsulotlar eksport qilindi. Jumladan, mis mahsulotlari – 179,8 million dollarga (167,4 foiz) 22 497 tonna (147,1 foiz), rux mahsulotlari – 37,1 million dollarga (131, 9 foiz) 13 981 tonna (124,3 foiz), qo‘rg‘oshin mahsulotlari – 5,4 million dollarga (143,1 foiz), boshqa mahsulotlar – 8,6 million dollar, ya’ni prognoz 162,5 foizga bajarildi.
“Eksportimizning asosiy ko‘rsatkichi – rangli metallar kotirovkalari. Xususan, katod mis kotirovkalari. Bugungi kunda, xalqaro bozordagi muayyan o‘zgarishlar fonida kotirovkalarning ajoyib o‘sishi kuzatilmoqda. Masalan, ko‘plab mamlakatlar allaqachon neft va ko‘mir kabi klassik resurslardan foydalanishdan voz kechib, qayta tiklanadigan manbalarga o‘tmoqda. Shunday qilib, ko‘plab investorlar elektr tokining eng ishonchli va yaxshi o‘tkazgichlaridan biri hisoblangan misga sarmoya kiritishni boshladi. Mos ravishda, avval kotirovkalar, uning ketidan esa bizning ko‘rsatkichlarimiz ko‘tarildi”, – deb tushuntiradi Aziz Zokirov.
Anjumanda ta’kidlanganidek, Turkiya, Xitoy, MDH davlatlari, Sharqiy Yevropa asosiy eksport bozorlari hisoblanadi. Shu bilan birga, yangi savdo bozorlarini rivojlantirish bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda. Shunday qilib, Qatar, Avstraliya, Indoneziya, Polshaga OKMK mahsulotlarini yetkazib berish allaqachon yo‘lga qo‘yildi. Mahsulotlarni BAA va Janubiy Yevropaga yetkazib berishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Shuningdek, kombinat noyob va qimmatbaho metallarni eksport qiladi. Xususan, xorijiy iste’molchilarga molibden, reniy, rux kuporosi, kadmiy, volfram, palladiy yetkazib berilmoqda.

Deyarli 30 yil davomida ishlab chiqarilgan oltin va kumushga “Yaxshi yetkazma” maqomi berildi va London qimmatbaho metallar assotsiatsiyasi tomonidan sertifikatlandi. Bugungi kunda OKMK London metallar birjasida misni ro‘yxatdan o‘tkazish ustida ishlamoqda. Aziz Zokirovning so‘zlariga ko‘ra, xalqaro miqyosda o‘z mahsulotlarining tan olinishi har qanday korxonaning munosib bahosi hisoblanadi.


“Oltin va kumushimiz allaqachon sertifikatlangan hamda ‘Yaxshi yetkazma’ maqomiga ega. Hozirda misni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Sifat jihatidan u xalqaro standartlarga javob beradi, ammo uni ro‘yxatdan o‘tkazish kerak. Ro‘yxatdan o‘tkazish bizga nima beradi? Avvalo, bu bizning mis xalqaro miqyosda obro‘ va e’tirofga ega bo‘ladi, degani. Qolaversa, bu yangi bozorlarning ochilishi, fond birjalarida savdo qilish, fyuchers shartnomalari, xedjirovka va hakozolar degani”, – deya ta’kidlaydi Aziz Zokirov.
Tadbir davomida, spikerlar ta’kidlaganidek, kombinat rangli metallarni eksport qilishdan tashqari, sement mahsulotlari ishlab chiqaradi va eksport qiladi. Bu, ayniqsa, mamlakatda amalga oshirilayotgan qurilish ishlari hajmi tufayli dolzarb va talabgir.
“Ichki bozorda sementga talab katta. Ayniqsa, keng miqyosli qurilish tufayli. Shunday qilib, 90 foiz sement respublikada qoladi. Biroq, OKMK Markaziy Osiyoda dastlabki oq sement ishlab chiqaradigan sement zavodini qurdi. U o‘z texnologiyasiga ko‘ra noyobdir. Ishlab chiqarish Jizzax viloyatida joylashgan. Ayni paytda ushbu sement Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmanistonga eksport qilinmoqda. Surxondaryo viloyatida yana bir korxona – Sherobod sement zavodini qurdik. Biz uning mahsulotlarini, kulrang sementni Afg‘onistonga eksport qilamiz. Birinchi chorak yakunlariga ko‘ra, u yerga 28 ming tonnadan ortiq sement eksport qilindi”, — deydi Aziz Zokirov.
2021-yilda zavod 734,5 million AQSh dollarlik mahsulotlarni eksport qilishni rejalashtirmoqda. Shu jumladan, mis – 481,3 million dollarga 85 ming tonna, rux – 137,5 million dollarga 55 ming tonna, qo‘rg‘oshin – 27,9 million dollarga 107,9 ming tonna va boshqa mahsulotlarni 88,7 million dollarga.

Jurnalistlar bilan uchrashuvda 2021-yilning birinchi yarmida kutilgan natijalar e’lon qilindi. Shunday qilib, yanvar-iyun oylarida 522,6 million AQSh dollari miqdorida eksport mahsulotlarini sotish rejalashtirilgan (prognoz bajarilishi – 143,9 foiz). Jumladan, 47 647 tonna 394,4 million AQSh dollarlik mis mahsulotlari, 31 581 tonna rux mahsulotlari – 84,6 million AQSh dollari miqdorida, 30 390 tonna qo‘rg‘oshin mahsulotlari – 19,8 million AQSh dollari, boshqa mahsulotlar – 23,8 million dollar.


Spikerlarning xulosasiga ko‘ra, ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida 60 million tonna yillik ishlab chiqarish hajmiga ega yangi “Yoshlik” konini o‘zlashtirish ishlari olib borilmoqda. 2025–2026-yillarda mis ishlab chiqarishning o‘sishi 148 dan 250 ming tonnagacha bo‘lishi kutilmoqda.


Download 21,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish