Elektr energiya ishlab chiqarish


Har yili 21 milliard kVt/soatga koʻp elektr energiyasi ishlab chiqariladi



Download 1,42 Mb.
bet2/3
Sana02.02.2023
Hajmi1,42 Mb.
#907157
1   2   3
Bog'liq
Elektr energiya ishlab chiqarish

Har yili 21 milliard kVt/soatga koʻp elektr energiyasi ishlab chiqariladi.
Energetika vazirligi tomonidan quvvatlarni oshirish, jumladan barqaror elektr taʼminoti boʻyicha loyihalar amalga oshirilyapti.
2020-yilning dekabr oyida Oʻzbekiston aholisiga 1,74 milliard kVt/soat, 2018-yil dekabr oyida esa (Energetika vazirligi tashkil etilishidan avval) – 1,57 milliard kVt/soat elektr energiyasi yetkazib berilgan. Oʻsish 11% ni tashkil etdi.
Umuman olganda 2020-yilda mamlakatimiz boʻylab elektr energiyasi isteʼmoli 69,1 milliard kVt/soatni tashkil qilib, bu 2019-yilga nisbatan 6,1% ga va 2016-yildagi koʻrsatkichga nisbatan 20,1%ga koʻpdir.
Elektr energiyasi isteʼmolining bunday ortishi qanday taʼminlangan?
2020-yilda mamlakatimiz elektr stansiyalarida 66,4 milliard kvt/soat elektr energiyasi ishlab chiqilgan boʻlib, bu 2019-yildagi koʻrsatkichga nisbatan 5% ga, 2016-yilga nisbatan 12,6% ga koʻp.
Mamlakatimizda qoʻshimcha elektr energiyasini ishlab chiqarish generatsiya qilinadigan quvvatlarni kengaytirish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish hisobiga amalga oshirilyapti. Ularning barchasi zamonaviy energiya tejovchi texnologiyalarga asoslangan.
Xususan, 2016-yilda qabul qilingan Investitsiya dasturida koʻzda tutilgan loyihalarni amalga oshirish hisobiga davlat kafolati asosidagi kreditlar hisobidan 3,7 GVtdan ortiq quvvatlar ishga tushirildi.
Bunga qator elektr stansiyalarini qurish va modernizatsiya qilish hisobiga erishildi. Shu tariqa, 900 MVt yangi quvvatlar Tolimarjon IES, 560 MVt – Taxiatosh IES, 450 MVt – Navoiy IES, 370 MVt - Toshkent IEM, 150 MVt Angren IESdagi koʻmir energoblokidan olindi. Yaʼni, 1 ta yangi elektrostansiyasi, 4 ta yangi gidroelektrostansiyasi bunyod etilib va mavjud elektrostansiyalarni kengaytirish ishlari amalga oshirildi.
Namangan viloyatida qurilgan yangi Toʻraqoʻrgʻon issiqlik elektr stansiyasi bugungi kunda Fargʻona vodiysining uchta viloyati isteʼmol qilayotgan elektr energiyasi hajmining yarmini ishlab chiqaradi. Toʻraqoʻrgʻon IES ishga tushirilishidan avval Fargʻona vodiysining energiya taʼminoti faqatgina Oʻzbekistonning boshqa hududlari va Qirgʻiziston Respublikasidan import qilinayotgan elektr energiyasi hisobiga amalga oshirilar edi.
Investitsiya dasturida koʻzda tutilgan loyihalar toʻliq amalga oshirilsa, mamlakatimizda har yili 2016-yilga nisbatan 21 milliard kVt/soatga koʻp elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Bundan tashqari, amaldagi elektr stansiyalarini modernizatsiya qilish va yangilarini qurishda qoʻllanilayotgan energiya tejamkor texnologiyalar 1 kVt/soat uchun yoqilgʻi xarajatlarini 1%ga tushirish imkonini beryapti.

Natijada elektr energiyasini ishlab chiqishda oʻrtacha 2 milliard kubometr tabiiy gaz tejaladi.


2020-yilning oʻzida xorijiy investorlar bilan davlat-xususiy sherikligi asosida oltita yangi elektr stansiyalari qurilishi boshlab yuborildi. Ularning umumiy qiymati 2 milliard dollar, umumiy quvvati esa 2 700 megavattni tashkil etadi.
2020-yilda investitsiya loyihalari bosqichlari amalga oshirilishi natijasida 2021-yilda mamlakatimizda 1 387 megavattlik quvvatlar boʻlgan 9 yangi elektrostansiyasi ishga tushiriladi.
Ulardan shu yilning oktyabr va noyabr oylari oʻzida turk kompaniyalari bilan hamkorlikda quvvati 940 MVt boʻlgan 4 ta yangi IES quriladi.
Shuningdek joriy yilning oktyabr oyida har birining quvvati 100 MVt boʻlgan ikkita quyosh elektr stansiyalarini ishga tushirish rejalashtirilgan (Samarqand viloyatida Total Eren (Fransiya), Navoiy viloyatida Masdar (BAA) oʻz loyihalarini amalga oshiryapti).
Gidroenergetika sohasida ham qator loyihalar amalga oshirilyapti. 2021-yil iyun oyida GESning Chirchiq - Boʻzsuv kaskadiga kiruvchi “Kamolot” gidroelektrstansiyasi qurilishi yakunlanadi. Shuningdek iyun oyida Surxondaryo viloyatidagi Toʻpolong daryosida Zarchob kichik GESlari kaskadini ishga tushirish ham rejalashtirilgan, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Download 1,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish