Электр хавфсизлиги


Shovqin va uning inson organizmiga ta`siri



Download 0,68 Mb.
bet32/47
Sana27.04.2022
Hajmi0,68 Mb.
#585595
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   47
Bog'liq
Hayotiy faoliyat xavfsizligi-maruza

Shovqin va uning inson organizmiga ta`siri.
Hozirgi zamon texnika taraqqiyoti davrida sanoat korxonalarida shovqinga qarshi kurash masalalari muhim masalalar qatoriga kiradi. Bu masala asosan mashinasozlik sanoatida transport vositalarini ishlatishda va energetika sanoatida juda jiddiy masala bo`lib turibdi.
Shovqinning oqibatlari ma`lum. U birinchi navbatda ishlab-chiqarishda mehnat qilayotgan kishilarni ma`naviy toliqtiradi, shovqin chiqaruvchi mashinalarni ishlatayotgan ishchilar va ishlab-chiqarish jarayonini boshqarayotgan operatorlar ishiga xalal berib, ularni har xil xatoliklarga yo`l qo`yishlariga olib keladi. Bu esa o`z navbatida ishlab-chiqarish jarohatlanishlari kelib chiqishining asosiy manbayi hisoblanadi.
Katta shovqin ta`sirida insonning asab sistemalari zirqillaydi, eshitish organining faoliyati susayishiga sabab bo`ladi.
Shuning uchun ham sanoat korxonalarida shovqinni kamaytirish chora-tadbirlarini belgilash muhim ijtimoiy ahamiyatga ega bo`lib, inson salomatligini saqlashda katta ahamiyat kasb etadi.
Eshitiladigan shovqinlar ma`lum chastotalar (16- 20000 Gs) bilan chegaralanib qolmasdan, ma`lum chegaradagi eshitilish darajasi va bosimi bilan ham farqlanadi.
Shovqin darajasiga va xarakteriga qarab, shovqinlar odam organizmiga har xil ta`sir ko`rsatadi. Uning ta`sir darajasining o`zgarishiga shovqinning ta`sir davri va odamning shaxsiy xususiyatlari ham ma`lum rol o`ynaydi. Shuning uchun ham shovqin hamma uchun bir xil ta`sir ko`rsatadi deb bo`lmaydi. Uncha katta bo`lmagan shovqinlar (50-60 DB) ham inson asab sistemasiga sezilarli ta`sir ko`rsatadi. Ayniqsa, bunday shovqinlarning ta`siri aqliy mehnat bilan shug`ullanuvchilarda ko`proq seziladi. Bundan tashqari bunday shovqinlarning ta`siri har xil odamda har xil bo`ladi. Ba`zilar shunday shovqinlarga mutlaqo ahamiyat bermaydilar, ba`zilar esa keskin asabiylashadi.
Bunday shovqinning ta`sir ko`rsatishi odamning yoshiga, sog`lig`iga va bajaradigan ishiga, kayfiyatiga va boshqa omillarga bog`liq.
Shovqinning zararli ta`siri, shuningdek doimiy shovqinlardan farqliligiga, masalan musiqa tovushlari, odam so`zlashgandagi tovushlarga odam mutlaqo befarq qaraydi, xuddi shu darajadagi begona shovqinlar uni asabiylashishiga olib keladi.
Ma`lumki, ba`zi bir jiddiy kasalliklarga chalingan bemorlar, masalan qon bosimi, ichak va oshqozon yarasi va ba`zi teri kasalliklari, asab kasalliklari bilan og`rigan bemorlarning mehnat qilish va dam olish rejimlari umuman kasallik tufayli buzilgan bo`ladi. Bunday kasallar uchun ortiqcha shovqinning bo`lishi ularning nihoyat darajada toliqishiga olib keladi. Agar bu shovqinlar tunlarda bo`lsa, og`ir asoratli kasallarni kelib chiqishiga sabab bo`ladi. Agar shovqin darajasi bunday hollarda 70 DB ga teng bo`lsa, u bunday toliqqan bemorlar organizmida fiziologik o`zgarishlar sodir bo`lishiga olib kelishi mumkin. Yosh va sog`lom odamlar uchun bunday shovqinlar butunlay zararsiz deyish mumkin.
Kuchli shovqin odam sog`lig`iga va ishlash qobiliyatiga keskin ta`sir ko`rsatadi. Birinchidan, eshitish qobiliyati pasayadi, uzoq vaqt kuchli shovqin ta`sirida ishlash toliqishga, befarqlikka. shuningdek kar bo`lishga olib keladi. Bundan tashqan shovqin ta `siridan ovqat hazm bo`lish jarayoni buziladi, ichki organlar hajmi o`zgaradi.
Shovqinning bosh miya qobig`iga ta`siri natijasida odam asabiylashadi, toliqish jarayoni tezlashadi, psixik reaktsiyasi keskin sekinlashadi. Shuning uchun ham kuchli shovqin jarohatlanishga olib kelishi mumkin.
Masalan shovqin ta`sirida shu uchastkada harakatlanayotgan mexanizmlar signallarini eshitmasdan ularning ta`siriga tushib qolish mumkin va h.k.
Shovqin darajasi qancha katta bo`lsa, uning keltirib chiqarishi mumkin bo`lgan salbiy oqibatlari ta`siri ham kattalashadi.
Xar qanday shovqin natijasida paydo bo`ladigan fiziologik o`zgarishlar oqibat natijada shovqin kasalligini keltirib chiqaradi.
Tovush to`lqinlari bosh miya qobig`i orqali o`tish imkoniyatiga ega. Agar shovqin darajasi kichik bo`lsa (40-50 DB), unda suyak orqali o`tgan shovqin ta`siri uncha sezilmaydi. Agar tovush darajasi yuqori bo`lsa, unda uning ta`sir kuchi ortib ketadi va organizmga ko`rsatadigan salbiy ta`siri keskin kuchayadi.



Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish