Elektr stansiyalari va issiqlik tarmoqlarining issiqlik mexanika uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash haqida


Naryadni berish va rasmiylashtirish tartibi



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/91
Sana09.02.2022
Hajmi0,61 Mb.
#438533
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   91
Bog'liq
Elektr stansiyalari va issiqlik tarmoqlarining issiqlik mexanika uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xa

Naryadni berish va rasmiylashtirish tartibi
144. Ishlashga naryad ikki nusxada yoziladi. Ikkala nusxada yozuvlar aniq va ravshan
bo‘lishi kerak. Yozilgan matnni tuzatish, o‘chirib tashlashga yo‘l qo‘yilmaydi.


Rejali ta’mirlash ishlari bajarilganda naryadning ikkala nusxasi ish joyini tayyorlash
uchun sexning (rayon) navbatchi (operativ-ta’mirlash) xodimlariga ishni boshlash
kunining arafasida beriladi. Ko‘zda tutilmagan vaziyatlarda naryadni ish bajariladigan
kunda topshirishga ruxsat beriladi.
145. Naryad bir ishboshiga (kuzatuvchiga) bir brigada bajaradigan ishga bir ish joyiga
beriladi. Mazkur Qoidalarning 146 va 152-bandlarida qayd etilgan vaziyatlar bundan
istisno. Ishboshining qo‘liga naryadning faqat bir nusxasi beriladi.
146. Issiqlik mexanikasi uskunalari bitta ulanma sxemasining bir nechta ish joylariga,
bir agregatning bir necha bir turli ish joylariga bitta naryad berilishiga ruxsat etiladi. Bu
holda ishlar, quyidagi shartlar bajarilganda amalga oshiriladi:
barcha ish joylari navbatchi (operativ ta’mirlash) xodimlari tomonidan bir vaqtda
tayyorlanadi, hamda ishlar rahbari, ishboshi va kuzatuvchi tomonidan qabul qilinadi;
brigada bilan ishboshi va kuzatuvchi tayyorlangan uchastkaning ish joylaridan bittasida
ishlashiga ijozat beriladi;
brigadani boshqa ish joyiga o‘tkazish ijozat beruvchi yoki uning ruxsati bilan ish rahbari
tomonidan amalga oshiriladi;
boshqa ish joyiga o‘tkazish, naryadning jadvaliga ijozat beruvchining imzosi (yoki ish
rahbarining ijozat beruvchi satriga imzosi) bilan hamda ishboshining imzosi bilan
sanasi, vaqti va ish joyini ko‘rsatgan holda rasmiylashtiriladi;
boshqa ish joyiga o‘tkazish, ishlar rahbari tomonidan o‘tkazilganda uni rasmiylashtirish,
ishboshidagi naryad nusxasida amalga oshiriladi.
Brigadani boshqa joyga o‘tkazilganligi to‘g‘risida ish rahbari sex boshlig‘iga (rayon
bo‘yicha navbatchiga) xabar beradi, u esa naryadning ikkinchi nusxasida va operativ
jurnalga yozib qo‘yadi.
147. Yangi naryad berilmasdan, ish joyini kengaytirish, ish joylari sonini va ishni
bajarish shartlarini o‘zgartirishga, hamda, ishlar rahbarini yoki ishboshini
almashtirishga ruxsat berilmaydi.
148. Bir vaqtning o‘zida bir ish rahbariga beriladigan naryadlar soni, har bir vaziyatda,
naryadni beruvchi shaxs tomonidan belgilanadi.
149. Naryad bo‘yicha ishlashda brigada kamida ikki kishidan iborat bo‘lishi kerak: shu
hisobda ishboshi ham, u naryadning “brigada a’zolari bilan” satrida ko‘rsatilmaydi.
Brigadaning tarkibiga praktikantlar va shogirdlarni kiritish, shuningdek, ishga yangi
qabul qilingan va amaliy o‘qishni o‘tayotgan ishchilarni xavfsizlik texnikasi qoidalari
bilimi tekshirilmasdan kiritilishiga ruxsat etiladi, bunda bir praktikant yoki shogird
brigadaning har bir asosiy a’zosiga bir kishidan to‘g‘ri keladigan sonda bo‘lishi kerak.
Praktikantlar va shogirdlar brigadaning malakali ishchilariga shaxsan biriktirilgan
bo‘lishi kerak. Praktikant va shogirdlar va ishga yangi qabul qilingan ishchilarning
xavfsizligi uchun ishboshi, shuningdek, ular biriktirib qo‘yilgan brigada a’zolari
javobgar bo‘ladilar, bu naryadning “brigada a’zolari bilan” satrida ko‘rsatilgan bo‘lishi
kerak.
150. Brigada a’zolarining soni ko‘p bo‘lsa, uning barcha a’zolarining ro‘yxati naryad
satriga sig‘masa, familiyalari, initsiallari va razryadlari ko‘rsatilgan ro‘yxat naryadga
ilova qilinishiga ruxsat beriladi. Ish rahbari imzo chekkan brigada a’zolarining bu
ro‘yxati naryadning ajralmas qismi bo‘ladi. Bu vaziyatda naryadning satrida
brigadaning umumiy soni ko‘rsatiladi va uning a’zolari ilova qilingan ro‘yxat mavjudligi
to‘g‘risida yozib qo‘yiladi.
Umumiy naryad yozilganda “brigada a’zolari bilan” satriga brigadalar soni ko‘rsatiladi.
Brigadalar soni, brigada a’zolarining familiyalari va initsiallari, razryadlari va elektr
xavfsizligi bo‘yicha guruhlari oraliq naryadda ko‘rsatiladi.
151. Boshqa sexlarga qarashli bo‘lgan, biroq umumiy naryadning amal qilish zonasida
joylashtirilgan uskunalarning ta’mirlash, ushbu uskuna qarashli bo‘lgan sex tomonidan
berilgan naryad bo‘yicha bajarilishi kerak, bunga umumiy naryad bo‘yicha ish rahbari
ruxsat bergan bo‘lishi va bu to‘g‘risida naryadga imzo chekishi kerak.


152. Umumiy naryadda bir nechta ishboshi ko‘rsatilishi mumkin. Ularning sonini ish
hajmi va smenaliligiga hamda mo‘ljallangan oraliq naryadlar soniga qarab ish rahbari
belgilab beradi.
Ishboshilar soni ko‘p bo‘lganda, naryadga ularning familiyalari, initsiallari, lavozimlari,
razryadlari ko‘rsatilgan ro‘yxatlarni ilova qilishga ruxsat beriladi. Har bir ishboshi
o‘zining familiyasining qarshisida imzo chekishi kerak. Ish rahbari imzo chekkan bu
ro‘yxat naryadning ajralmas qismi bo‘ladi. Bunday vaziyatda naryadning ishboshiga
(kuzatuviga) satrida ishboshilarning umumiy soni ko‘rsatiladi va ilova qilinadigan
ro‘yxat mavjudligi to‘g‘risida yozib qo‘yiladi.
153. Naryad yozilayotganda, naryadning to‘ldirilmaydigan satrida “tayinlanmaydi”,
“nazarda tutilmaydi” va h. yozib qo‘yiladi.
154 “Xavfsiz sharoitlarni ta’minlash uchun quyidagilar zarur” satrida ish joyini
tayyorlash bo‘yicha tadbirlar va xavfsizlik choralari, shu jumladan boshqa sexlarning
navbatchi xodimlari tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar ham qayd
etiladi.
Agar “Xavfsiz sharoitlarni ta’minlash uchun quyidagilar zarur” satrida joy yetarli
bo‘lmasa, naryadga uni beruvchi shaxs tomonidan imzolangan, ishlarni bajarish
shartlari yozilgan alohida varaq ilova qilinishi mumkin, uning to‘g‘risida “xavfsiz
sharoitlarni ta’minlash uchun quyidagilar zarur” satrida yozib qo‘yilishi kerak.
Zarur bo‘lganda naryadni beruvchi shaxs, naryadning “Alohida shartlar” satrida
xavfsizlikning qo‘shimcha choralarini ko‘rsatadi, masalan, ochiq olov qo‘llanishiga yo‘l
qo‘ymaslik, barcha ishlar yoki ayrim operatsiyalar faqat ish rahbarlarining bevosita
nazorati ostida bajarilishi, maxsus to‘siqlar o‘rnatilishi, yuk ko‘taruvchi va boshqa
mexanizmlarni qo‘llanilishi, ayrim operatsiyalarning qat’iy ketma-ketligi to‘g‘risida va
boshqalarni ko‘rsatadi. Havozalarda turib ishlaganda ularning qabul qilingan sanasi,
balandligi 4 m dan baland bo‘lganda esa dalolatnoma raqami ham ko‘rsatiladi.

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish