Elektrolit eritmalar va tuzlar gidrolizi



Download 200,92 Kb.
bet1/2
Sana26.06.2022
Hajmi200,92 Kb.
#705348
  1   2
Bog'liq
Elektrolit eritmalar va tuzlar gidrolizi


Elektrolit eritmalar va tuzlar gidrolizi.
Ma’lumki, elektrolitlar suvda eritilganda ionlarga ajraladi.Elektrolitlarning eritmalarida boradigan reaksiyalarning hammasi ionlararo reaksiyalardir. Shuning uchun reaksiyalarning ionli tenglamalarini tuzish kerak boʻladi.
Reaksiyalarning ionli tenglamalarini tuzishda;
a) oksidlar; b) gazlar; d) erimaydigan yoki kam eriydigan moddalar; e) kam dissotsilanadigan moddalar ( kuchsiz elektrolitlar) ionlarga ajratilmasdan (molekulyar holda) yoziladi. Masalan;
Suv, kuchsiz kislota (HNO2, HCN, H2CO3, H2SO3, CH3COOH va boshqa) lar; kuchsiz asos (NH4OH, Cu(OH)2, Fe(OH)3 va shunga oʻxshash) lar; amfoter gidroksid (Al(OH)3, Zn(OH)2, Cr(OH)3 va boshqalar)lar; kam eriydigan tuz (AgCl, BaSO4, CaCO3, FeS va h.z) lar; shuningdek gazsimon modda (CO2, SO2, H2, H2S, NH3 va h.z) lar va metall hamda metallmaslarning oksidlari (Na2O, CaO, P2O5, SiO2, B2O3 va h.z) molekula koʻrinishida yoziladi. Reaksiya tenglamalarini tuzishda reaksiya mahsulotlari orasida erimaydigan yoki kam eriydigan moddalar boʻlsa ↓, gazsimon va uchuvchan moddalar boʻlsa ↑ belgisi qoʻyiladi. Misol sifatida quyidagi reaksiyalarni koʻrib chiqamiz:
Aℓ2(SO4)3+3Ba(NO3)2→2Aℓ(NO3)3+↓3BaSO4 2Aℓ3++3SO +3Ba2++6NO →2Aℓ3++6NO +↓3BaSO4
toʻliq ionli tenglama
Tenglamaning har ikkala tomonidagi bir xil ismli ionlarni qisqartirib, quyidagi tenglamani hosil qilamiz:
3Ba2++3SO →↓3BaSO4
qisqartirilgan ionli tenglama


Masalalar
1. Elektrolitik dissotsilanish nazariyasining mohiyati nimada ?
2. Suvda eritilganda moddalarning ionlarga ajralish protsessi (jarayoni) nimaga bogʻliq ?
3. Ion va kovalent bogʻlanishli birikmalar suvda eritilganda dissotsilanish mexanizmi bogʻlanishlar turiga qarab farq qiladimi ?
4. Dissotsilanish darajasi va konstantasi nima ? Ular nimalarga bogʻliq.
5. Kuchli elektrolit deganda nimani tushunasiz va ularga misollar keltiring.
6. Sirka kislotaning dissotsilanish muvozanati eritmaga a) natriy atsetat; b) suv; d) HCℓ; e) NaOH qoʻshilganda qaysi tomonga siljiydi?
7. Ammiakning suvli eritmasiga qanday moddalar qoʻshilganda uning dissotsilanishi a)ortadi; b) kamayadi?
8. Qanday elektrolitlar bosqichli dissotsilanadi? Nima uchun bir bosqichdan ikkinchisiga oʻtganda dissotsilanish konstantasi keskin kamayadi?
9. Qaysi reaksiyalarda eritmalarda boradigan ion almashinish reaksiyalari oxirigacha boradi?
10. Eritmalarda quyidagi moddalar orasida boradigan ion almashinish reaksiyalarini toʻliq ionli va molekulyar holatda yozing:
a) CaCℓ2 + NaHCO3; b) Ca3(PO4)2 + HCℓ; d) CuSO4 + H2S.
11. Quyidagi moddalarning elektrolitik dissotsilanish tenglamalarini tuzing: Ba(OH)2; Aℓ(OH)3; NiSO4; CaCℓ2; HBr; H2SiO3; KHCO3; Pb(OH)NO3; Be(OH)2; NaH2PO4; Na2HPO4. Qaysi elektrolit suvli eritmasida vodorod kationlarini hosil qiladi?
12.Fe(OH)SO4, Aℓ(OH)2Cℓ, Na3PO4, Li2S, KCN, Ni(NO3)2, Ca(HCO3)2, H2SO3, Co(OH)2 elektrolitlari berilgan. Bu moddalarning elektrolitik dissotsilanish tenglamalarini tuzing va qaysi elektrolit eritmasida gidroksid-ioni hosil boʻlishini aniqlang.
13. Quyidagi elektrolitlarning dissotsilanish tenglamalarini tuzing. Qaysi biri vodorod ionlarini hosil qilishini aniqlang:
Zn(H2PO4)2, Mn(OH)2, HMnO4, CH3COOH, Fe(HSO4)3, FeOHCℓ , Ni(NO2)3, H2MnO4, (MgOH)2SO4.
14. Quyidagi qaysi elektrolit bir vaqtning oʻzida ham H+, ham OH- ionlarini hosil qiladi:
LiOH, Co(OH)Cℓ2, Cr(OH)3, (ZnOH)3PO4, Sn(OH)2, Cu(HSO3)2, Pb(OH)2.
15. Quyidagilardan qaysi biriga AgNO3 eritmasi ta’sir ettirilganda AgCℓ choʻkmasi hosil boʻladi ?
a) NaCℓ; b) KCℓO3; d) HCℓ; e) KCℓO4; f) CaCℓ2.
16. Quyidagi reaksiyalarning qaysi biri amalda oxirigacha boradi?
a) HCℓ + AgNO3
b) H2SO4 + NaCℓ →
d) Na2 SO4 + Ba(OH)2
e) HNO3 + KOH →
f) KCℓ + HNO3
g) NaCℓ + KOH →
J: g dan tashqari hammasi oxirigacha boradi.
17. Quyidagi moddalar jufti eritmada bir vaqtda mavjud boʻla oladimi?
a) NaOH va P2O5; b) Ba(OH)2 va CO2; d) KOH va NaOH; e) NaHSO4 va BaCℓ 2; f) HCℓ va Aℓ (NO3)3. J: a) yoʻq; b) yoʻq; d) ha; e) yoʻq; f) ha.
18. Nima uchun Na3PO4 eritmasi kuchli ishqoriy, NaH2PO4 eritmasi esa kuchsiz kislotali muhitga ega?
19. 250 g 12 % li kumush nitrat eritmasiga 300 g 4 % li natriy xlorid eritmasi qoʻshildi. Hosil boʻlgan choʻkmaning massasini va eritmadagi tuzlarning massa ulushlarini hisoblang. J: 25,32 g choʻkma; 0,32% NaCℓ va 2,86 % NaNO3.
Yechish: 250 g 12 % li eritma tarkibida necha gramm kumush nitrat va 300g 4% li eritma tarkibida necha gramm natriy xlorid borligini topamiz:
250 g ----- 100 %
-------- 12 % =30 g AgNO3
300 g ------ 100 %
----------- 4 % =12 g NaCℓ.
Reaksiya tenglamasini yozib reaksiya tenglamasi boʻyicha moddalarning massalarini hisoblaymiz.

12 - 10,32 = 1,68 g NaCℓ ortib qolgan.
Reaksiya tenglamasi boʻyicha;

Masala shartiga koʻra 250g eritmaga 300 g eritma qoʻshilgan va (250 + 300) 550 g eritma hosil boʻlgan. Shu eritmadan 25,32 g tuz choʻkmaga tushgan, natijada (550 - 25,32) 524,68g eritma qolgan. Eritmadagi tuzlarning massa ulushlarini topamiz:

20. 50 ml (ρ = 1,02 g/ml) 15% li sirka kislota eritmasi 4,8 g magniyni oksidlash uchun yetadimi? J: yetmaydi.
21. 1,39 g natriy bromid kristallogidrati bilan moʻl miqdor kumush nitrat eritmasi ta’sirlashganda 1,88 g choʻkma hosil boʻlgan. Natriy bromid kristallogidratining formulasini aniqlang. J: NaBr ∙ 2 H2O.
22. Tarkibida massa jihatdan 30 % MgO, 20 % ZnO va 50 % BaO boʻlgan 40 g aralashmaga 600 ml (ρ=1,08 g/ml) 12 % li sulfat kislota eritmasi qoʻshildi. Hosil boʻlgan eritmadagi suvning miqdorini toping. J: 32,2 mol H2O.
23. Xrom (III) xloridning ishqoriy eritmasi orqali xlor gazi oʻtkazilganda kaliy xromatning massa ulushi 5% boʻlgan eritma hosil boʻlgan. Olingan eritmada kaliy xloridning massa ulushini aniqlang.J: 11,5 %.
Yechish: CrCℓ3 + 6KOH = K3

Umumiy holda:
24. 200 g 20 % li NaOH eritmasiga 250 g mis kuporosi (CuSO4 ∙ 5H2O) qoʻshildi. Hosil boʻlgan choʻkmaning massasini va eritmadagi moddalarning konsentratsiyalarini aniqlang. J: 20% CuSO4, 18%Na2SO4,49g Cu(OH)2
25. Kaliy permanganatning 3276 g 10% li eritmasi orqali azot va oltingugurt (IV) oksiddan iborat 162,8 l aralashma oʻtkazildi. Gazlar aralashmasining havoga nisbatan zichligi 1,276 ga teng boʻlsa, hosil boʻlgan eritmadagi moddalarning massa ulushlarini aniqlang.
J: KMnO4=6,32 %,H2SO4=2,08 %; MnSO4=3,21 %, K2SO4=1,85 %
26. 350 ml 0,25 mol ∕ l konsentratsiyali kaliy sulfat eritmasiga 10% li oleum qoʻshildi. Bunda KHSO4 va K2SO4 ning konsentratsiyalari tenglashgan boʻlsa, qoʻshilgan oleumning massasini hisoblang. J: 3,27 g.
Yechish: Kaliy sulfat eritmasidagi tuzning massasini topamiz:
g K2SO4
H2SO4 + K2SO4 = 2KHSO4
g tuz reaksiyaga kirishgan boʻlsa, eritmada (15,225 - ) gramm K2SO4 qoladi.
Reaksiya tenglamasi boʻyicha 174 g K2SO4 dan 272 g KHSO4 , g K2SO4 dan esa KHSO4 hosil boʻladi:
Masala sharti boʻyicha eritmada qolgan K2SO4 ning massasi hosil boʻlgan KHSO4 ning massasiga teng; ya’ni 15,225 - = ni yechib =5,94 g ga ega boʻlamiz. Reaksiya tenglamasi boʻyicha 98 g kislota bilan 174 g tuz reaksiyaga kirishadi:


90+12,25=102,25 g kislota.

27. Tarkibida alyuminiyxlorid va xlorid kislota saqlagan 300 ml eritma 107,1 ml 7 mol ∕ l konsentratsiyali ishqor eritmasi bilan reaksiyaga kirishadi. Hosil boʻlgan choʻkma qizdirilganda 7,65 g quruq modda olingan boʻlsa boshlangʻich aralashmaning konsentratsiyasini aniqlang.
J: 0,5 mol∕ l alyuminiy xlorid; 1 mol ∕ l xlorid kislota.
28. 200 ml suvda 0,7 g litiy eritilganda hosil boʻlgan eritmaning konsentratsiyasinianiqlang. J: 1,2 %
29. 500 g suvdan foydalanib 14,79 % li bariy gidroksid eritmasini tayyorlash uchun necha gramm bariy metalli kerak boʻladi? J: 67,2 g.
Yechish:

formulaga qiymatlarini qoʻyamiz.
7395 +11,85 = 124,82 tenglamaga ning qiymati ni qoʻyamiz: 7395+11,85 dan =67,2 kelib chiqadi.

Diagonalga qoʻyamiz:

Suvning massasi masala sharti boʻyicha (500g) berilgan. Bundan

30. 14,2 % li eritma tayyorlash uchun 100 g suvda necha gramm bariy eritish kerak ? J: 12,8 g
31. 300 g 8 % li eritma tayyorlash uchun qancha suv va natriy kerak boʻladi ? J:13,8 g natriy va 286,2 g suv .
32. 2 % li Ba(OH) 2 eritmasini tayyorlash uchun 1000ml suvda necha gramm bariy eritish kerak ? J: 16,3 g
33. 500 g suvdan foydalanib 14,79 % li bariy gidroksid eritmasini tayyorlash uchun necha gramm bariy metalli kerak boʻladi? J: 67,2 g.
Yechish:

formulaga qiymatlarini qoʻyamiz.
7395 +11,85 = 124,82 tenglamaga ning qiymati ni qoʻyamiz: 7395+11,85 dan =67,2 kelib chiqadi.

Diagonalga qoʻyamiz:

Suvning massasi masala sharti boʻyicha (500g) berilgan. Bundan

34. 1,39 g ishqoriy metall 100 g suvda eritilganda 4,72 % li eritma hosil boʻlgan boʻlsa, qaysi metall eritilganligini aniqlang. J: Li.
Yechish:

2Me+2H2O↔2MeOH+H2
= EMe= 6,96 ; demak, bu metall Li ekan.
35. 5 % li bariy nitrat eritmasini hosil qilish uchun 200 g 15 % li bariy nitrat eritmasiga necha gramm Na2SO4 ∙ 7H2O qoʻshish kerak ?
J: 20,4 g Na2SO4∙ 7H2O
Yechish: Reaksiya tenglamasini yozamiz;
Ba(NO3)2+Na2SO4∙7H2O=BaSO4↓+2NaNO3+7H2O
261g268 g 233 g z
, , ; dan oʻrniga qiymatlarni qoʻysak ; ni yechib
1000 + 0,67 = 3000 - 97,388 y
= ni oʻrniga qoʻysak1000 + 0,67∙ ;
=20,4g Na2SO4∙7H2O .
36. 5% li natriy nitrat eritmasini hosil qilish uchun 200g 15% li bariy
nitrat eritmasiga necha gramm Na2SO4∙7H2O qoʻshish kerak ? J: 16g
37. 5% li Na2SO4 eritmasini hosil qilish uchun 200g 15% li bariy nitrat eritmasiga necha gramm Na2SO4∙7H2O qoʻshish kerak ? J: 52,1g.
38. Sulfat kislotaning 10% li eritmasini hosil qilish uchun uning 100ml (ρ=1,3g/m) 40% li eritmasiga necha gramm BaCℓ 2∙2H2O qoʻshish kerak?
Yechish: 1-usul. Reaksiya tenglamasini yozamiz:
BaCℓ2 ∙2H2O + H2SO4 = BaSO4↓ + 2HCℓ + 2H2O.
g eritma tarkibida necha gramm H2SO4 borligini topamiz:

Tarkibida 52 g H2SO4 boʻlgan 130 g eritmaga mol BaCℓ 2 ∙ 2 H2O qoʻshilganda mol kislota reaksiyaga kirishadi va mol choʻkma (BaSO4) hosil boʻladi. Olingan eritmaning massasi :
ga , eritmadagi H2SO4 ning massasi esa ga teng boʻladi.
ga qiymatlarini qoʻyamiz:
dan 1300+110 =5200-9800
3900=9910 =0,394 mol BaCℓ2∙2H2O.
1 mol BaCℓ 2 ∙ 2H2O ------ 244 g
0,394 mol ----- = 96,02 g BaCℓ2 ∙ 2H2O.
2-usul. BaCℓ2 ∙ 2H2O + H2SO4 → BaSO4↓ + 2HCℓ + 2H2O.
244 g 98 g233 g

; ; .
dan
1300 + 24,9 - 9,55 = 5200 - 40,16 tenglamaga ning qiymati ni oʻrniga qoʻyib yechsak = 96,02g ga ega boʻlamiz.
39. 100 ml 5,5 M (ρ =1,1g/ml) xlorid kislota eritmasiga necha gramm kumush nitrat qoʻshilganda, hosil boʻlgan eritmada nitrat kislotaning massa ulushi 10% ga teng boʻladi?J: 31 g AgNO3.
40. 47 ml 25% li (ρ=1,08 g/ml) Na2CO3 eritmasiga necha gramm
CaCℓ 2 ∙ 6H2O qoʻshilganda Na2CO3 ning massa ulushi 10% ga teng boʻlgan eritma hosil boʻladi?J: 14,1 g CaCℓ 2 ∙ 6H2O.
41. 100g 15 % li H3PO4 eritmasiga 200 g 10% li KOH eritmasi qoʻshildi. Hosil boʻlgan eritmadagi moddalarning konsentratsiyalarini aniqlang. J: 5,92 % K2HPO4 va 3,6 % K3PO4 .
42. 147g 10 % li H2SO4 eritmasi orqali 4,48 l (n. sh. da) NH3 oʻtkazildi. Hosil boʻlgan eritmaning konsentratsiyasini aniqlang. J: 7,65 % NH4HSO4 va 4,39 % (NH4)2SO4.
43. Natriy gidroksidning 400g 1 % li sovuq eritmasi orqali 4,48 l
(n.sh.da) NO2 oʻtkazilganda hosil boʻlgan eritmadagi moddalarning konsentratsiyalarini aniqlang.J: NaNO3=1,04%; NaNO2=0,84%; HNO3=0,77%; HNO2=0,57%.
44. 25 ml (ρ = 1,1 g/ml) 20% li HCℓ eritmasiga 4 g FeS ta’sir ettirilganda hosil boʻlgan eritmadagi moddalarning massa ulushlarinihisoblang. J: 19,3 % FeCℓ2; 7,3% HCℓ;
45. 50 ml (ρ=1,3 g/ml) 3 molyar li kaliy karbonat eritmasiga 35,7 ml (ρ=1,2g/ml) 17% li rux xlorid eritmasi qoʻshildi. Hosil boʻlgan eritmadagi moddalarning konsentratsiyalarini (%) aniqlang. J:7,5% KCℓ; 5% li KHCO3; 9,44% K2CO3.
Yechish: 2ZnCℓ2+2K2CO3+ H2O =(ZnOH)2CO3 ↓+4KCℓ+CO2
K2CO3 + CO2 + H2O = 2KHCO3
46. 150 g 19,8 % li bariy bromid eritmasiga 23,7 g kaliy sulfit qoʻshildi. Hosil boʻlgan aralashma orqali 2,24ℓ SO2 oʻtkazildi. Hosil boʻlgan eritmadagi tuzlarning massa ulushini va choʻkmaning massasini aniqlang. J:14,1% KBr; 7,09% KHSO3; 8,83 % Ba(HSO3)2; 10,85 g BaSO3.
47. Massalari teng boʻlgan mis, temir va ruxdan iborat qotishmaning 6 grammiga 150 g 15 % li xlorid kislota qoʻshilganda hosil boʻlgan eritmada moddalarning massa ulushlarini hisoblang.
J: 2,95 % FeCℓ 2; 2,72 % ZnCℓ 2; 11,46 % HCℓ.
48. 50 ml (ρ =1,2 g/ml) 0,4 M natriy gidrosulfid eritmasi bilan 30 g 5 % li natriy gidroksid eritmasi aralashtirildi. Hosil boʻlgan eritmadagi moddalarning massa ulushlarini hisoblang. J: 1,73 % Na2S va 0,78 % NaOH.
49. 40 ml (ρ=1,15 g/ml) 0,25 molyar li kaliy digidrofosfat eritmasi bilan 40 g 1,5 % li kaliy gidroksid eritmasi aralashtirildi. Olingan eritmada moddalarning massa ulushlari qanday boʻladi? J: 1,88 % K2HPO4 va 0,17% K3PO4.
50. Vodorodga nisbatan zichligi 11,75 ga teng boʻlgan metan bilan asetilen aralashmasining 4,48 litri yondirilganda hosil boʻlgan gaz 240 g 14 % li kaliy gidroksid eritmasi orqali oʻtkazildi. Hosil boʻlgan eritmadagi tuzning massasini aniqlang. J: 10 g KHCO3 va 34,5 g K2CO3.

Download 200,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish