Elеktrolit eritmalari nazariyasi va massalar ta'siriy


III. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR



Download 322 Kb.
bet2/8
Sana31.12.2021
Hajmi322 Kb.
#256901
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Abdurahmonova Mumtozbegim

III. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. ......................................................17



KIRISH

Kimyoviy analiz muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Deyarli barcha kimyo qonunlari kimyoviy analiz usullari yordamida topilgan. Turli materiallar, buyumlar, minerallar, Oy tuprog‘i, uzoq sayyora va boshqa osmoniy jismlar hamda ularning tarkiblari kimyoviy analiz usullari orqali aniqlangan. Davriy sistemadagi bir qator elementlar (argon, germaniy va b.) ham aniq analitik usullar orqali topilgan.

Kimyoviy analiz umumiy, anorganik, organik va fizik-kimyo fanlari kabi mustaqil fanlar qatorida o‘rganiladi.

Kimyoviy analiz fanining vazifasi moddalarning va ular ara- lashmalarining kimyoviy tarkibini (atom, molekula), ularning ichki tuzilishini aniqdashga yordam beradigan kimyoviy analiz usullarini ishlab chiqish hamda nazariy jihatdan asoslashdan iboratdir. Analiz qilishdan avval moddani identifikatsiya qilish, ya’ni uning sifat tarkibini aniqlash masalasi hal qilinadi, so‘ngra moddaning miqdoriy tarkibini aniqlashga o‘tiladi.

Kimyoviy analiz moddaning kimyoviy tarkibi, miqdori va uning tuzilishini aniqlash usullari haqidagi fandir. Uning vazifasi kimyo fanining nazariy asoslarini keng miqyosda o‘rganish asosida analizning yangi usullarini ishlab chiqish va ularni amalda tatbiq etishdan iborat. Kimyoviy analizning nazariy asoslarini tabiat qonunlari, jumladan, D.I. Mendeleevning davriy qonuni, modda massasi va energiyaning saqlanish qonuni, modda tarkibining doimiyligi qonuni va massalar ta’siri qonunlari tashkil etadi.

Kimyoviy analiz fizika, organik kimyo, anorganik kimyo, fizik va kolloid kimyo, elektrokimyo, kimyoviy termodinamika, eritma nazariyalari, informatika nazariyasi va boshqa ko‘pgina fanlar bilan chambarchas bog‘langan.

Biror moddaning tabiatini va uni tashkil etgan elementlarning miqdorini aniqlash uchun oldin uning sifat tarkibi, so‘ngra moddaning miqdoriy tarkibi aniqlanadi. Shunday qilib, kimyoviy analiz sifat va miqdoriy analizlarga bo‘linadi.

Kimyoviy analiz kriminalistikada ham keng qo‘llaniladi. U arxeologiyada, dunyo okeani va atmosferasini o‘rganishda, yangi kosmik apparatlar yaratishda, quyosh sistemasidagi planetalarning atmosferasini va tuprog‘ining tarkibini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Qurilish materiallarining asosi hisoblangan silikatlar va qovushtiruvchi moddalar murakkab kimyoviy tuzilishga ega va tarkibida SiO2, Fe2O3, FeO, Al2O3, CaO, MgO, K2O, Na2O va boshqalar bo‘ladi. Shuning uchun ularni analiz qilishda kimyoviy analiz kompleks usullardan foydalaniladi. Ulardan qanday mahsulot ishlab chiqarish mo‘ljallanganiga qarab xomashyo tarkibi o‘zgartiriladi. Mineral xomashyo tekshirilganda uning asosiy komponentlari miqdoriy aniqlanadi. Masalan, deraza oynalari ishlab chiqarishda xomashyo tarkibida FeO va Fe2O3 ning miqdori 0,1% dan oshmasligi kerak, aks holda shisha sariq yoki yashil rangli bo‘lib qoladi. Kimyoviy analiz qo‘lda, avtomatlashtirilgan (yarim avtomat) va avtomatik usullarda bajariladi. Hozirgi vaqtda ishlab chiqarishda, asosan, kompleks avtomatlashtirilgan texnologiyalarda avtomatik analiz usulidan foydalanilmoqda. Atrof-muhitni muhofaza qilishda kimyoviy analizning ekspress usullaridan foydalaniladi. Masalan, suvda va havoda zaharli aralashmalar paydo bo‘lganda darhol uni yo‘qotish va oldini olish talab qilinadi. Yadro reaksiyalari, oziq-ovqatlar va boshqalar o‘rganilayotganda tezlik bilan analiz o‘tkazish kerak bo‘ladi. Kimyoviy nazoratni avtomatik usulda bajarish inson mehnatini yengillashtiradi, mahsulot tannarxini arzonlashtiradi, mahsulot ishlab chiqarilishining uzluksiz nazorat qilib turilishini va ishlab chiqarishning texnologik parametrlari bir xil me’yorda saqlanishini ta’minlaydi yoki kerakli yo‘nalishga o‘zgartiradi. Fizik-kimyoviy analiz usullari kimyoviy reaksiyalar vaqtida sodir bo‘ladigan fizikaviy o‘zgarishlarni aniqlashga asoslangan.Masalan, kolorimetrik analizda tekshirilayotgan modda tarkibidagi ion va molekulalar rangli eritmadan o‘tganda qaysi nurning yutilishiga qarab modda tarkibi haqida fikr yuritiladi. Xromatografik analizda modda tarkibidagi ionlar kolonkadagi adsorbentga turlicha yutilishi va rangi bir-biridan ajralishiga qarab tekshirilayotgan moddada qanday ionlar borligi aniqlanadi. Analizning fizikaviy va fizik-kimyoviy usullari aniqlik darajasidan tashqari turli xil asboblar yordamida bajarilishi bilan ham kimyoviy analizdan farq qiladi.


Download 322 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish