Yo‘q,
Endi ko‘nglingdan chiqarolmaysan,
Umringda quyoshday porlayveraman.
Ming yillar qa’riga ketganingda ham,
Men seni samoday chorlayveraman.
Ismingni tonglarga yozaman mahtal,
G‘unchalar bargida uxlayveraman.
Yo‘q, baxting meningsiz bo‘lolmas tugal,
Men seni har lahza yo‘qlayveraman.
Otashman,
Dengizman,
Samoman,
Nurman,
Jism-u jahoningni o‘rayveraman,
Ayt, qanday topasan qochmoqqa imkon ―
Men seni Xudodan so‘rayveraman.
Men ― so‘nggi tomchiman,
Yagona najot.
Faqat sen ichgin deb qistayveraman.
Qo‘llarimda qoldi
Eng so‘nggi hayot,
O‘lsam ham, ishqingni istayveraman!
©Zebo Mirzo
Do'stlaringiz bilan baham: |