davri o’zbek folklori VI asrdan XX asrning I-yarmigacha yaratilgan xalq og’zaki ijodi namunalarini o’z ichiga oladi. Bu davrda yaratilgan folklor asarlarida feodal munosabatlar bilan patriarxal -urug’chilik munosabatlarining, o’troq dehqonchilik bilan ko’chmanchilik hayoti tartiblarining yonma-yon yashaganligi, murakkab iqtisodiy munosabatlar, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar. qadimiy tasavvur va qarashlarning izlari ifodasini topganligi kuzatiladi. Chunonchi. folklor asarlari ijtimoiy taraqqiyotga bog’liq tarzda ijod etilgan. Ular xalq hayotidagi tarixiy o’zgarishlar bilan birga o’zgara borgan. Sinfsiz jamiyatdan sinfiy jamiyatga o’tish yuz bergach, folklor asarlari janriy jihatdan boyidi. Yangi-yangi janrlarda og’zaki ijod namunaiari paydo bo’ldi. Jumladan, ertaklar, eposning arxaik shakllari yuzaga keldi.
Jlk feodal davlatlaming shakllanishi davrida qahramonlik dostonlari yaratilgan. Keyinroq esa epik, lirik va tarixiy qo’shiqlar. og’zaki drama paydo bo’lgan.
O’zbek dostonchiligida XVI asr boshlaridan muayyan yangilanish bosqichi boshlangan. XV1I-XV1II asrlarda dostonchilik taraqqiyotida jiddiy ko’tarilish yuz bergan. XIX asrda esa u gullab-yashnagan. Demak, an’anaviy dostonlarning hammasi feodalizm davri mahsulidir. Ularning ko’pchiligida farovon o’lka va vatan mustaqilligi, chet el bosqinchilariga qarshi kurash g’oyasi muhim o’rintutadi. Jumladan, «Chambil qamali». «Rayhon arab», «Bektosh arab» kabi dostonlarda arab bosqinchilariga qarshi kurash tasvirlansa, «Guldursun» rivoyatida mo’g’ul istilochilariga qarshi xalq nafrati ifodalanadi. To’g’ri, bunda xalqning bosqinchilarga nisbatan munosabati ramziy ifodalarda, afsonaviy-mifologik salbiy obrazlar limsolida beriladi, to’g’ridan-to’g’ri ifodalanmaydi.
Feodalizm davri o’zbek folklorida ayrim tarixiy voqealar va shaxslar nomiga aloqador dostonlar, afsona va latifalar ko’p uchraydi. «Tulumbiy» (XV asr). «Shayboniyxon», «Oychinor» (XVI asr) kabilar bunga misol bo’ladi.
Feodalizm davrida yashagan mashhur shaxslar Imom Ismoil Buxoriy. Abu Ali ibn Sino, Bahouddin Naqshband, Amir Temur, Ulug’bek, Alisher Navoiy, Xoja Ahrori Valiy, Bobur, Mashrab haqida xalq juda ko’plab tarixiy afsona va rivoyatlar yaratgan. Shuningdek, Mashrab va Mahmud G’aznaviy nomi bilan bog’liq latifalar ham shu davrda to’qilgan. Ularda bu tarixiy shaxslarning real biografiyasi emas, to’qima biografiyasi beriladi. Feodalizmning so’nggi bosqichlarida folklordagi antifeodal, antiklerikal motivlar yanada kuchaygan. Xalq orasida yozma adabiyot namunalari keng tarqala boshlagan. Ayrim shaxslar o’zbek folklori asarlarini yozma adabiyotga yaqin ruhda qayta ishlab yoki aksincha, yozma adabiyot namunalarini «folklorlashtirib» yangi variantdagi asarlar yaratganlar. Buning natijasida qissalar (xalq kitoblari) yuzaga kelgan.
Feodalizmning oxiriga kelib, xalq ijodchilarining muayyan janrlarda professionallashuvi kuchayib, dostonchi. ertakchi, qo’shiqchi, askiyachi, masxabarbozlar ixtisoslashgan holda alohida ajralib chiqa boshlagan. Bu davrda marosim qo’shiqlari ba’zi o’zgarishlarga yuz tutdi. Ertaklar bilan topishmoqlarda majoziylik kuchaydi. Bir qator yangi janrlar (lirik va tarixiy qo’shiqlar. latifa va loflar, askiya va og’zaki drama) paydo bo’ldi.
Xullas. feodalizm davrida o’zbek folklorining janriy tarkibi to’la shakllandi va boyib, mukammallik kasb etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |