Ertifikatlashtirish bo‘yicha


SERTIFIKATLAShTIRISh HAQIDA MA’LUMOT



Download 128,5 Kb.
bet3/5
Sana11.01.2022
Hajmi128,5 Kb.
#344778
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5298799434811839809

SERTIFIKATLAShTIRISh HAQIDA MA’LUMOT

Vazirlar Mahkamasi qoshidagi O‘zbekiston standartlashtirish agentligi O‘zbekiston Respublikasida sertifikatsiyalashtirish bo‘yicha Milliy idora hisoblanadi. O‘zbekiston Davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatsiyalashtirish markazi quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

- sertifikatsiyalashtirish doirasida davlat siyosatini olib borish, sertifikatsiyalashtirishni o‘tkazish bo‘yicha umumiy qonun-qoidalarini belgilaydi, hamda ular haqidagi maxsus ma’lumotlarni chop etib boradi;

- sertifikatsiyalashtirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha dastur loyihalarini ishlab chiqadi va uni ko‘rib chiqish uchun Davlatga tavsiya etadi;

- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda xalqaro sertifikatsiyalashtirish tizimiga bog‘lanadi, undan tashqari sertifikatsiyalashtirish natijalarini o‘zaro tan olishligi haqida kelishib olinadi, hamda sertifikatsiyalashtirish masalalari bo‘yicha boshqa davlatlar bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi;

- majburiy sertifikatsiyalanishi kerak bo‘ladigan mahsulotlar turini aniqlaydi;

- bir turdagi mahsulotni sertifikatsiyalashtirish bo‘yicha idoralarni akkreditlashtirish;

- sertifikatsiyalashtirish bo‘yicha akkreditlangan idoralar, sifatni boshqarish tizimi, sertifikatsiyalangan mahsulot, sifat bo‘yicha sinov laboratoriyalari, ekspert auditorlarni Davlat reestridan o‘tkazadi;

- bir turdagi mahsulot va sinov laboratoriyalarini sertifikatsiyalashtirish bo‘yicha akkreditlangan idoralarni sertifikatsiyalashtirish qonun-qoidalariga rioya qilishda Davlat nazoratini o‘tkazadi.

Sertifikatsiyalashtirish doirasida O‘zbekiston standartlashtirish agentligining moliyaviy manbai bo‘lib, davlat byudjeti, hamda xizmat haqi hisoblanadi.

Mahsulot birligini sertifikatsiyalashtirish bo‘yicha akkreditlangan idoralar:

- birlik mahsulot sertifikatining tizimini yaratadi va uning funksionalligini ta’minlaydi;

- sertifikatsiyalashtirish ishlarini tashkil qiladi va o‘tkazadi;

- rasmiylashtiradi, milliy yoki xalqaro muvofiqlik sertifikatini beradi;

-sertifikatsiyalashtirilgan mahsulotlarni nazorat qilib boradi.

Sertifikatsiyalashtirish ob’ektiga mahsulot, xizmat, hamda sifat tizimi kiradi.

O‘zbekiston standartlashtirish agentligi, sertifikatsiyalashtirish bo‘yicha idoralar O‘zbekiston standartlashtirish agentligi tomonidan tan olingan yoki akkreditlangan, sertifikatsiyalash-tirish doirasida nazorat idoralari, sinov laboratoriyalari, sifat bo‘yicha ekspertlar-auditorlar, undan tashqari korxona va tashkilotlar, sertifikatsiyalashtirilgan mahsulotlar, jismoniy shaxslar sertifikatsiyalashtirish sub’ekti deyiladi. Sertifikatsiyalashtirish sub’ektlari-milliy sertifi-katlashtirish tizimi ramkasida yuridik shaxslarning sertifikatsiyalashtirish tizimini yaratish. Yuridik shaxslar sertifikatsiyalashtirish tizimi O‘zbekiston standartlashtirish agentligining belgilangan tartibda majburiy Davlat qaydnomasidan o‘tgan bo‘ladi.

Sertifikatsiyalashtirishda quyidagi asosiy tushunchalar mavjud:

- milliy sertifikatsiyalashtirish tizimi-davlat miqyosida ta’sir etuvchi tizim bo‘lib hisoblanadi;

- mahsulot sertifikati-belgilangan shartlarga mahsulotning bog‘liqligini tasdiqlash bo‘yicha faoliyati;

- bog‘liqlik sertifikati – belgilangan shartlarga sertifikatsiyalashgan mahsulotning bog‘liqligini tasdiqlash uchun sertifikatsiyalashtirish tizimi qoidalari bo‘yicha berilgan hujjat;

- muvofiqlik belgisi- belgilangan tartibda belgining qayd etilishi bo‘lib, mahsulot yoki hujjat xizmatga markirovka qilinadi, ya’ni ushbu mahsulot yoki xizmat turi aniq standart yoki boshqa me’yoriy hujjatlarga bog‘liq bo‘ladi;

- bittalik mahsulotni sertifikatsiyalashtirish tizimi sertifikatsiyalashtirish tizimi bo‘lib, belgilangan mahsulot, ish yoki xizmatga tegishli bo‘lib, shu yo‘sindagi aniq standart va qoidalarda qo‘llaniladi;

- sinov laboratoriyasini akkreditlashtirish – sinov laboratoriyasining ma’lum sinovlar yoki sinovlarning ma’lum turlarini amalga oshirishni rasmiy jihatdan tan olish;

- sifat bo‘yicha ekspert-auditorlar – sertifikatsiyalashtirish sohasida muassasa va korxonalar faoliyatini baholash va nazorat qilish huquqiga ega bo‘lgan attestatsiyadan o‘tgan shaxs. Ekspert-auditorlar faqat nazorat qilibgina qolmay, balki maslahatlar ham beradi;

- sertifikatsiyalashtirish doirasida nazorat idorasi –sertifikatlangan mahsulotni baholash va sifatni boshqarish tizimi sertifikatsiyasi bo‘yicha idora topshirig‘iga binoan belgilangan tartibda akkreditlangan bo‘ladi;

- nazorat inspeksiyasi – sertifikatsiyalashgan mahsulotni qaytadan baholash, sifatni boshqarish tizimi yoki ishlab chiqarish, sertifikatsiyalashtirish bo‘yicha idoraning faoliyati, belgilangan shartlarga bog‘liqligini tasdiqlash maqsadidagi sertifikatsiyalashtirish va akkreditlashtirishda belgilangan sinov laboratoriyasi.

Sertifikatsiyalashtirishning asosiy maqsadi va vazifalari quyidagilardan iborat:

- mahsulotni tarqatish, insonlarning hayotiga xavf soluvchi favqulodda bo‘ladigan hodisalarni oldini olish chora tadbirlarini, yuridik va jismoniy shaxs buyumlari, atrof-muhit ta’sirlarini nazorat qilib borish;

- mahsulot sifatini yaxshilash va uning jahon bozorlarida raqobatbardoshligini oshirish;

- xalqaro iqtisodiy, ilmiy-texnik va xalqaro savdoda tadbirkorlarni qo‘shma korxonalarda ishtirok etishi uchun sharoit yaratib berish;

- mahsulot ishlab chiqaruvchilarning vijdonsizligini iste’molchilardan himoyalash;

- ishlab chiqaruvchilarning mahsulot sifat ko‘rsatkichlarini tasdiqlashdan iborat.

Sertifikatsiyalashtirish doirasiga bo‘lgan munosabat hozirgi qonunlar va O‘zbekiston Respublikasi qonunlashtirilgan aktlari yordamida tartibga keltirib turiladi.




Download 128,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish