E’tiboringiz uchun rahmat



Download 491,71 Kb.
bet1/4
Sana18.07.2022
Hajmi491,71 Kb.
#823277
  1   2   3   4
Bog'liq
5 Tasavvuf ilmining paydo bo‘lishi

Tasavvuf ilmining paydo bo‘lishi.

Pedagogika nazariyasi va tarixi

REJA:

  • Tasavvuf islom bag‘rida paydo bo‘lgan ta’limot.
  • Qur’oni karimdagi sufiyona oyatlar, hadislar (jumladan, “Man arafa nafsihi arafati rabbihi”, ya’ni “Kimki o‘zini tanisa, rabbini taniydi” kabi ), Ahli suffa jamoati,
  • Hazrati Payg‘ambar s.a.v.ning faqirlik va go‘shanishinlik xislatlari.
  • Ishq bilan poklanib Xudo vasliga etish g‘oyasi. Me’roj va tasavvuf. Ilohiya muhabbat.
  • Tasavvufning uch tarkibiy qismi (tariqat, ma’rifat va haqiqat) va uning shariat bilan bog‘liqligi.
  • Tasavvuf ta’limotining asosiy talablari (riyozat, irodat, muhabbat, uzlat, saodat) va taraqqiyot bosqichlari.
  • Davrlashtirish usullari.
  • Tasavvufni o‘rganish manbalari; “Tazkirat ul-avliyolar”, manoqiblar, holnomalar, adabiy va tarixiy asarlar.
  • Shuningdek, Ibn Arabiy, Farididdin Attor, Jaloliddin Rumiy, Kalobodiy, Qushayriy, Hujviriy, Sarroj, Shabustariy kabi nazariyotchilarning asarlari. Eron, Misr va Turkiyada nashr bo‘lgan lug‘at va qomuslar haqida ma’lumot.

Tasavvuf tadrijiy taraqqiyotga ega ta’limot bo‘lib, islom olamida VIII asrning o‘rtalarida paydo bo‘lgan. Dastlab u zohidlik harakati ko‘rinishida kurtak yoyadi. Gap shundaki, hazrat Muhammad Mustafo sallallohu alayhi vasallam vafotlaridan keyin musulmonlar jamoasi ichida bo‘linish yuz beradi, ayniqsa, xalifa Usmon raziyallohu anhu zamonida boylikka ruju qo‘yish, qimmatbaho tuhfalar bilan qarindosh-urug‘lar, yaqin do‘st-birodarlarni siylash rasm bo‘ladi. Umaviya xalifaligi davriga kelib esa, saroy hashamlari, dabdabali bezaklar, oltin-kumushga berilish, xazina to‘plash avj oldi. Ya’ni diniy mashg‘ulotlar, Xudo yo‘lidagi toat-ibodat o‘rnini dunyoviy ishlar, dunyo moliga muhabbat egallay boshladi. Bu hol diniy amrlarni ado etishni har qanday dunyoviy ishlar, boyliklardan ustun qo‘ygan e’tiqodli kishilarning noroziligiga sabab bo‘ldi. Ular orasida hadis to‘plovchi muhaddislar, ilgaridan qashshoq bo‘lib, uy-joy, mol-mulkka e’tibor qilmagan sahobalar ham bor edi. Bularning bir qismi dinni himoya qilib, ochiq kurashga otlangan bo‘lsalar, ikkinchi qismi qanoat va zuhdni («zuhd» so‘zidan «zohid» so‘zi kelib chiqqan) asosiy maqsad qilib olib, saroy ahli va sarvatdorlar, boylar axloqiga qarshi norozilik belgisi sifatida tarkidunyochilik g‘oyasini targ‘ib etib, ijtimoiy faoliyatdan butunlay chetlashganlar, surunkali toat-ibodat bilan shug‘ullanganlar.
Kufa, Bag‘dod, Basra shaharlarida tarkidunyo qilgan zohidlar ko‘p edi, aytish kerakki, ularning obro‘-e’tibori ham xalq orasida katta bo‘lgan. Chunonchi, Uvays Qaraniy, Hasan Basriy kabi yirik so‘fiylar aslida zohid kishilar edilar, shuning uchun bu zotlarning nomi shayxlar va so‘fiylar haqidagi tazkiralarda zohid sifatida tilga olinadi, ba’zi mualliflar esa ularni so‘fiylar qatoriga qo‘shmaganlar ham.

Download 491,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish