Etika va estetika



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/112
Sana25.03.2022
Hajmi2,55 Mb.
#510249
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112
Bog'liq
Etiket (1)



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
 
 
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI
O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI 
 
 
IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI
“ETIKA VA ESTETIKA” KAFEDRASI 
 
LA’LIXON MUHAMMADJONOVA
FERUZA OBIDJONOVA 
 
 
 
ETIKET 
O‘quv qo‘llanma 
Toshkent - 2017



Falsafa fanlari nomzodi, dotsent B.E.Husanovning
umumiy tahriri ostida tayyorlangan. 
 
 
 
MUALLIFLAR: 
 F.F.N. L.A. MUHAMMADJONOVA 
F.F.N. F.A.OBIDJANOVA 
 
TAQRIZCHILAR: 
F.F.N. D.S.QODIROVA – 
Ijtimoiy fanlar 
fakulteti “Etika va estetika” kafedrasi dotsenti v.b 
P.F.N.
K.A.FARFIYEVA 
– I.Karimov nomidagi 
Toshkent Davlat texnika universiteti, “Falsafa va 
milliy g‘oya” kafedrasi mudiri.
 
Mazkur o‘quv qo‘llanma Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti 
Ijtimoiy fanlar fakulteti ilmiy uslubiy kengashida ko‘rib chiqilgan va nashrga tavsiya etilgan.
 
 



KIRISH 
 
Texnika asri kishisining jamiyat bilan bo‘lgan munosabatlaridagi har 
qanday faoliyatiga beriladigan baho, avvalambor, uning tashqi jihatlariga 
e’tibordan boshlanadi. Ya’ni har bir kadrning malakali mutaxassis bo‘lib yetishishi 
uchun axloqiy madaniyat hamda turmush estetikasi borasidagi nazariy hamda 
amaliy ko‘nikmalarni egallashi lozim ekanligi sir emas. Shu sababli ham etiketning 
insonda qat’i odob qoidalarini go‘zal xatti-harakatlar bilan uyg‘unlashtiruvchi 
sohalardan biridir. Zero kishilarning o‘zaro munosabati ijobiy tus olsa, jamiyat va 
shaxs ravnaqi uchun muvaffaqiyatli kechadi.
Ma’lumki, estetik va axloqiy madaniyat kishilik jamiyatining tarkibiy 
qismi hisoblanadi. Uning asosini jamiyatda inson o‘zini qanday tutishi kerakligini 
belgilab beruvchi axloqiy me’yorlar tashkil etadi.
“E
tiket

atamasi, dastlab, Fransiyada Lyudovik XIV davrida paydo bo‘lib, 
O‘rta asrlarda Yevropada nafaqat madaniyat belgisi, balki kiborlar (aristokrat) va 
oqsuyaklarni oddiy xalqdan ajratib turuvchi odob qoidalari sifatida xizmat qilgan. 
Biroq, dastlab olmon mumtoz falsafasining namoyandalari, keyinroq esa ruhiy 
tahlil axloqshunoslari bu kabi “odob qoidalari” inson erkinligi va ruhiy salomatligi 
uchun zararli ekanligini ta’kidlaydilar. Chunki o‘ta sertakalluflik, faqatgina jamiyat 
oldidagi obro‘si uchun qilinadigan yuzaki odoblar ikkiyuzlamachilik sifatida 
mulozamatni me’yordan chiqargan va uni qabul qilgan insonga ham ruhiy jihatdan 
aks ta’sir ko‘rsatadi, deydilar. Bunday fikrlar bugungi kunga kelib etiket yoki 
zamonaviy odob qoidalariga nisbatan bir tomonlama yondashuv ekanligi tushunib 
yetilmoqda. 
Ma’lumki, xalqimiz azal-azaldan odob qoidalarini o‘rganish, o‘zlashtirish 
va unga amal qilishni komillikka yetishishning muhim yo‘li sifatida e’tirof etadi. 
Shuning uchun axloq, axloq ilmi, muomala madaniyati va go‘zal turmush tarzini 
shakllantirish masalalariga jiddiy e’tibor berib kelganlar. Ayniqsa, bugungi 
globallashuv va axborotlashuv davriga kelib insonlararo axloqiy munosabatlar 
tizimi yangi ko‘rinish oldi. Endilikda odamlarda turmush tarzini go‘zallashtirishga 
ehtiyoj tobora ortib bormoqda.
Talabalarga o‘quv qo‘llanma tarzida “Etiket” nomi bilan ilk marta taqdim 
etilayotgan ushbu uslubiy adabiyot etiketning axloqiy-estetik mohiyati, vujudga 
kelishi, insoniy munosabatlardagi o‘rni hamda oila etiketi, er va xotin o‘rtasidagi 
munosabatlar etiketi, oiladagi muomala madaniyati, biznesmen etiketi, marosim 
etiketi, mobil telefondan foydalanish etiketi, oilaning yoshi kattalar bilan bo‘lgan 
etiketiga doir zamonaviy mavzularning ilmiy asoslari tahlil qilingan. Muomala va 
muloqot madaniyati, kundalik turmush tarzi odobi, milliy va umuminsoniy axloq 
ko‘rinishlariga doir qiziqarli ma’lumotlar berilgan.

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish