Etnik ustanovkalar


PSIXOLOGIK KIYOFANING MA’NAVIY MADANIYATDA NAMOYON BULISHI



Download 42,9 Kb.
bet3/4
Sana10.02.2022
Hajmi42,9 Kb.
#440847
1   2   3   4
Bog'liq
ETNIK USTANOVKALAR (6)

PSIXOLOGIK KIYOFANING MA’NAVIY MADANIYATDA NAMOYON BULISHI.

Milliy psixologik kiyofa va badiiy adabiyot.


Milliy psixologik kiyofa va uning milliy madaniyatga ta’siri.
Milliy psixologik kiyofaning shakllanishida makol va matallarni urni.

Milliy psixologik kiyofaning xususiyatlarini ularning ob’ektiv jixatdan namoyon bulishi orkali urganish mumkin. Garb faylasuflari asarlarida u yoki bu xalkka xos psixologik xususiyatlarni urganish, avvalo, ularning ma’naviy ijodiyotini taxlil kilishdan boshlanadi deb kursatilgan. CHunki xalk uz tarixini, turmush tarzini, orzu - istaklarini moddiy va ma’naviy namunalarida aks ettirib kelgan. Milliy psixologik kiyofaning turli-tuman tomonlari tekshiruvchi uchun bir karashda kandaydir faxmlab tushunib olishi kiyin bulgan vokelikdek bulib kurinishi mumkin. Bu albatta yuzaki karashda masalaning moxiyatiga chukur kirishishmasdan vujudga keladigan tushuncha. Aslida milliy psixologik kiyofa moddiy jixatdan kuzga tashlanib turadigan xarakterga ega bulib, fakat madaniyatning turli-tuman farmonlarini urganish orkali uni faxmlab olish mumkin.


Milliy san’at va adabiy asarlarda kishilarning vokelikning uziga xos idrok kilishi natijasida xosil bulgan tasavvurlari, tuygulari tab va didlari, fikrlashlari, maishiy turmushi, xarakter va temperamentlari aks etadi.
Milliy psixologik kiyofa ayniksa xalk ogzaki ijodiyoti-doston va ertaklarda, makol va matallarda, musika, kushik va rakslarda tula namoyon buladi. Uzbek xalki Gurugli, Alpomish, Toxir, Tumaris, SHirok va Xuja Nasriddin obrazlarida uz ma’naviy fazilatini, kuch-kudratini, orzu istagini, akl-zakovatini mujassamlashtirgan. Milliy zaminda yaratilgan bu kaxramonlar, bu millat va xalk vakillari ongi, kalbiga chukur borib, unga psixologik jixatdan ta’sir kursatadi. YOsh avlod bu kaxramonlarga uxshashlikka, ulardan namuna olishlikka, ular kilgan kaxramonliklarni takrorlashga xarakat kiladilar.
Nechoglik sabot bor yovkur Shirokda,r yigitov tupga kuksin bosar jim
Raximov ganimga tashlagan chogda, Alpomish shiddatin paykamagan kim?!.
deb yozadi bu tugrida Abdulla Oripov "Genetika" she’rida.
Adabiyot va san’at asarlardagi milliy obrazlar psixologik kiyofani urganish uchun zarur bulgan asosiy manbalar xisoblanadi. "Kimki Furkat va Oybek asarlarini chinakam urganar ekan-deb yozadi N. Jandildik-suzsiy u uzbek xarakteriga, kim Abay va Avezov asarlarini chukur singdirsa, kozok xarakteriga duch keladi".Mashxur yozuvchilar, bastakorlar, muykalam soxiblari xalk xayotini yakin bilganliklari uchun xam xalk xayotini tasvirlovchi ajoyib obrazlarni yaratganlar. Zero jaxon madaniyatining nodir asarlari doimo uz milliy zaminga ega buladi. F.Kuchelmanning yozishicha, Turgenev rus xalkining uziga xos xususiyatlarini, ularning slavyanlarga xos emotsionalligi bilan ajoyib tarzda, tugri tasvirlay olganligini kursatgan edi.
Ijtimoiy-tarixiy, sotsial-iktisodiy, tabiiy geografik shart-sharoitlar dastlab kishilarning tuygularida, tab va didlarida, fikr va xarakterlarida, ya’ni ularning psixologik kiyofalarida aks etib undan keyin psixologik kiyofa orkali milliy madaniyatning uziga xos xususiyatlarida nakkshlanib koladi. SHuning uchun xam milliy madaniyatda shu xalkning tabiat guzalliklarini kanday idrok etishi, sotsial tartiblari, uning tarixiy tarakkiyotining turli davrlaridagi tuygu va istaklari, mushoxada kilish usuli va xarakteri aks etadi. Bu xususiyatlar madaniyatda mustaxkam urnashib, shu millatning xozirgi vakillariga va kelajak avlodlarga, ajdodlarning psixik xususiyatlari tugrisidagi informatsiya sifatida doimo ta’sir etib turadi. Milliy psixologik xususiyatlarni bilib olishda badiiy adabiyot kup narsa berishi mumkin. M. Gorkiy adabiyotini "Insonshunoslik" deb atagan edi. SHuning uchun xam adabiyotshunoslikda xarakter problemasi markaziy urinlarni egallaydi. Adabiyotda xarakterlar epik xolatda uni shakllantiruvchi xamma shart-sharoitlarni ochib kursatgan xolda tasvirlanadi. SHu boisdan xam kaxramonning tipik xarakter xususiyatlarini chukur taxlil kilish, adabiyotni milliy psixologik kiyofani urganishda muxim manba kilib kuyadi. Amerikalik sotsial-psixologiklar D. Makgrenexen va A. Ueynlar nemis va amerikaliklarning milliy psixologik kiyofalari Germaniyada va AKSHda bir necha yillar mobaynida kushilib ketayotgan 45 ta mashxur pesada kanday namoyon bulganligini aniklashgan va tekshirish yakunlarini takkoslab juda ajoyib natijalarga duch kelishgan. Pesaning syujeti kuyidagi 6 ta mavzu: sevgi, axlok, idealllarni yaratish, xokimiyat uchun kurash, mansabparastlik va xukuk mavzularining kay darajada yoritilgan bulishligiga karab urganilgan.
Tekshirish natijalari kuyidagicha bulgan:

  1. Ideallik, falsafiy va tarixiy mazmunlar nemis pesalarida amerika pesalaridagiga karaganda kuprok yoritilgan;

  2. Nemis pesalaridagi kaxramonlar jamiyatdan ustun turishlikka xarakat kilgan xolda amerika pesalaridagi kaxramonlar oddiy kishilar bulib kurinishga xarakat kilishadi;

  3. Amerika pesalariga ayollar obrazi, nemis pesalaridagiga karaganda kuprok kiritilgan;

  4. Amerika pesalaridagi axlokiy tendensiyalar, nemis pesalarida esa ideal tendensiyalar xukmron bulgan;

  5. Xar ikkala mamlakat psalarida xam xokimiyatdan norozilik kayfiyati xukm surgan va xokazo;

Xar bir xalkda estetik idrok kilish va emotsional xolatlarni kechirish uziga xos ravishda utadi.
Akademik A.P.Barannikov uzining "Xind poeziyasining tasviri usuli" degan tadkikotida xind poeziyasida turli xayvonlar, ayniksa sigir, fil asarlari kabi obrazlarining kup uchrab turishligini kursatadi. Ma’lumki Xindistonda sigir mexr-muxabbatga loyik xayvon sifatida e’zozlanadi. Eng guzal ayollarni xatto malikani xam maktashganda sigirga taklid kilishadi. Uzbek adabiyotida Evropa badiiy adabiyotidagi kabi it sadokat, vafodorlik ramzi sifatida tasvirlansa, xind adabiyotida, aksincha, u yaramas, jirkanch maxluk sifatida tasvirlanadi. Milliy psixologik kiyofa, milliy madaniyatning xususiyatlari, uning ichki emotsionalligi makollar, matallar, uxshatish va nutkda yakkol namoyon buladi. Xar bir xalk uzining utkir makol va mataliga, tasviriy iborasiga ega. Tildagi bu tasvirlilik bevosita xalkning xayoti va maishiy turmushi, uning tarixi va tabiati bilan boglik buladi. Bu erda xalk uz did va ta’biga, uz buyoklari va moykalamiga, borlikni uziga xos ravishda idrok etuvchi san’tkor sifatida namoyon buladi. Filosof V.Dal makol va matallarni "xalkning yuruvchi akl-idroki", deb atagan edi. Makol va matallar, xikmatli gaplar tasodifan xayolga yoki tilga kelib kolgan shunchaki gaplar bulmasdan, necha asrlar, necha avlodlarning akl-zakovat chigiridan utib saykallangan xalk donoligidadir. Ajdodlarimiz yaratgan buday xikmatli gaplar necha avlodlarning ma’naviy extiyojlarini kondirib kelgan. Xar bir davr makol va matallar xazinasidan uz davr ruxiga mos keladiganini tanlab oladi. YUkorida uzbek xalkiga xos bulgan keksalarni xurmatlash, mexmondustlik, mexnatsevarlik kabi fazilatlarning keng rivojlanganligini aytib utgan edik. Xalkning bu psixologik xususiyatlari ular yaratgan kupgina makollarida uz ifodasini topgan. Milliy tuygu kayfiyat va temperament, ayniksa milliy rakslarda va musikada yorkin namoyon buladi. 1896 yil Nijniy Novgorod shaxridabulib utgan. Butun Rossiya kishlok xujalik kurgazmasida Rossiyada birinchi marta uzbek xalk sozandalari konsert berishgan. Mana shu konsertda bulgan M. Gorkiy keyinchalik bunday deb yozgan edi. "bir necha kun avval kurgazmadagi musikali tovushlar olamiga kandaydir yangi, goyat vazmin, kaygu-alamli kuylar okib kirdi… Dikkat bilan tinglar ekansiz, siz bu galati muzikaning mungli oxangida kandaydir uziga xos bir narsa yaratayotganini xis etasiz. Bu sarkash musikada cheksiz, bitmas-tuganmas gam-kaygular eshitiladi. Muvafakkiyatsizlik va turmush azob-ukubatlari xakida kuylovchi ogir musibatni anglatuvchi musika yangraydi".Darxakikat, oktyabr revolyusiyasigacha bulgan uzbek xalkining ogir turmushi, iktisodiy va siyosiy tengsizligi, boy va amaldorlarning kattik zulmi, milliy asorat xukuksizligi, ruxiyati ular yaratgan kuy va kushiklarda ifodalangan.
Xalk tomonidan yaratilgan musikalarda, raks va kushiklarda ayrim tadkikotchilar aytgan "tutkich bermas" va "anglab olinishi kiyin" bulgan milliy psixologik kiyofalar "manaman" deb kuzga yakkol tashlanib turadi. Buning uchun albatta shu xalk yaratgan musikani va boshka ijod maxsullarini dikkat bilan tinglash, unga razm sola bilish kerak. Rus xalki kuyini xind kuyidan, yoki uzbek raksini ukrain raksidan farklash uchun san’atdan chukur xabardor bulish zarur emas. F. Engels irland xalk ijodi tugrisida tuxtalib, xalk kuylarida irland millatining xislat va kayfiyati tula aks ettirilganini kursaib bergan edi. SHuni yana bir bor ta’kidlab kursatish kerakki, sinfiy jamiyatdagi madaniyatda milliy va sinfiy tomonlar doimo birga, bir-biriga boglik xolda mavjud buladi. Sinfiy jamiyat tarixining butun rivoji davomida millat ichidagi turli sotsial guruxlar, sinflar urtasidagi madaniy-maishiy turmushdagi tafovutlar chukurlashib borsa xam, lekin bu tafovut xalk madaniy-maishiy turmushining barcha tomonlarini tula kamrab olmaydi. Milliy va sinfiylik yagona, dialektik bir butunni tashkil etadi.
Milliy madaniyat sinfiy xususiyatlar bilan bir katorda, millatning psixologik kiyofasini, uning xayotini, turmush-tarzini va tabiatini aks ettirmasdan yashay olmaydi.

“Agar biz bu noyob san’atni saqlab qolish uchun bugun barchamiz birgalikda harakat qilmasak, ertaga, afsuski, kech bo‘ladi, kelgusi avlodlar, tarix bizni kechirmaydi”. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoev. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida xalqimizning yuksak badiiy ijodiyoti asosida yaratilgan nomoddiy madaniy meros durdonalarini asrab-avaylash, xalq og‘zaki ijodining qadimiy an’analarini tiklash va milliy qadriyatlarni izchil rivojlantirish, ijodiy uyushmalar hamkorligida baxshi va dostonchilar ijodining eng yaxshi namunalarini targ‘ib qilish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilda. Baxshichilik va dostonchilikka keng imkoniyatlar eshigi ochildi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Erta ko‘klamda baxshining ilhomi jo‘sh uradi. CHaraqlagan oftob, novdada ko‘z ochgan kurtak, iliq shabada, sabza maysalar zavqi ila ijodga kirishib, yangi qo‘shiqlar, matal va ertaklar to‘qiydi. SHu kezlarda biz ham do‘mbiraning sho‘x ohangi, baxshining jo‘shqin xonishini qo‘msab qolamiz. Uning xumori shunchaki xumor emas, balki qon-qonimizga singib ketgan ma’naviy-ruhiy ehtiyojdandir. Bu ehtiyoj ota-bobolarimiz minglab yillar davomida shu san’atdan bahramand bo‘lib kelgani boisdir balki. Xalq og‘zaki ijodi doimo xalqning badiiy tarixi, milliy va ma’naviy qadriyatlarining sarchashmasi bo‘lib kelgan. Ana shu bebaho ijodni asrlar osha sayqallab, ko‘z qorachig‘idek asrab kelgan baxshilarga istiqlol yillarida yuksak ehtirom va e’zoz ko‘rsatilmoqda. Baxshilar doston kuylovchilar demakdir. Doston – xalq og‘zaki ijodining eng yirik janrlaridan biri bo‘lib, u qahramonlik, ishqiysarguzasht, fantastik mazmunga ega bo‘lgan voqealarni bayon qiluvchi asar hisoblanadi. Qahramonlarning sarguzashtlari, o‘zaro munosabatlari va kechinmalarini keng ko‘lamda tasvirlaydigan liro-epik asar doston deyiladi. Filologiya fanlari nomzodi professor M.Saidov ta’rificha, og‘zaki ijoddagi dostonlarda she’riy va nasriy parchalardan iborat badiiy manba matn bo‘lishi kerak. Ikkinchidan, dostonning musiqasi bo‘lishi lozim. Uchinchidan, dostonni bir kishi ijro etganligi tufayli kuylovchi do‘mbira cherta bilishi yoki qo‘biz chala bilishi zarur. To‘rtichidan, dostonni kuylayotgan baxshi yaxshi ovozga ega bo‘lishi va qo‘shiq aytish mahoratini egallagan bo‘lishi zarur-deydi o‘z fikrlarining birida. Xalq og‘zaki ijodidagi dostonlar folklorshunos olimlarning diqqatini alohida o‘ziga jalb etgan, o‘zbek xalq og‘zaki ijodi tarkibiga eng ko‘p o‘rganilgan, katta munozaralarga sabab bo‘lgan, qolaversa, o‘zbek xalq og‘zaki ijodi merosini butun dunyoga ma’lum va mashhur qilgan janrdir. Dostonni olimlar senkretik janr deb hisoblaydilar. “Senkretik” so‘zi bu janrdagi asarlarda so‘z, musiqa, xonandalik, hofizlik, badiiy o‘qish, notiqlik, aktyorlik san’atlarining uyg‘un namoyon bo‘lishini izohlaydi. Haqiqatdan ham Bola baxshi, CHori baxshi Xo‘jamberdiev, SHomurod baxshi Tog‘aev, Qahhor baxshi Qodir baxshi o‘g‘li Rahimov ijrolarini bevosita ko‘rish va eshitish jarayonida yuqorida qayd etilgan san’atlarning to‘liq go‘zalikda uyg‘unlashuvini, qo‘shimcha ravishda bu ijrochi va ijodkorlarda badiha san’ati mahorati to‘liq namoyon bo‘lganini ko‘ramiz. Baxshichilikning yana bir o‘ziga xos xususiyati shundaki, bu san’atni soxtalashtirib bo‘lmaydi. Uning jozibasi jonli ijroda. Soz, badiiy-g‘oyaviy jihatdan yuksak asar uyg‘unligida Vatan madhi, bahodir alplar jasorati, yor vasli kuylanadi. Ularni tinglay turib, yaxshilikni ko‘ngilga joylab, yomonlikdan yuz o‘giramiz. Hatto Boychibor-u G‘irko‘klarning erga urayotgan tuyoqlari zarbini his qilamiz, Alpomishga elka tutib, Oybarchinga quloq tutamiz... Buning siri esa har bir so‘z, har bir ohangning o‘ziga xos fazilatini anglagan baxshining ijro mahoratida ekanligiga amin bo‘lamiz. Baxshi texnik vositalar guvohligidan ko‘ra bevosita tenglovchilar uchun tabiiy sharoitda doston ijro etganida o‘zini erkin his qiladi, badihago‘ylik qobilyatini yaxshiroq ko‘rsatish imkoniga ega bo‘ladi. Baxshi doston kuylayotganida o‘zining ijrosidan o‘zi zavqlangan payt bo‘ladi. Tenglovchilar baxshi mahoratidan bahra olib ehtirosli ovozlar chiqarishadi. Ana shunday holatda baxshining qaynashi ro‘y beradi. Tabiiy sharoitda qaynash tezroq amalga oshadi. Undan tashqari do‘mbira to‘ntarish odati ham bor. Ijrochi bir oz dam olish bahonasi bilan do‘mbira to‘ntaradi va xonadan havo olish uchun tashqariga chiqadi. “Baxshi” so‘zi “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da to‘rt xil ma’no berishi ko‘rsatilgan: 1- donishmand, 2-dostonlarni kuylovchi, 3-dam solib davolovchi tabib, 4-Buxoro xonligida qurilish mablag‘ini nazorat qiluvchi ma’nolarida kelgan.. YUqoridagi to‘rt ma’nodan uchtasi bevosita doston aytuvchilarga tegishli, desak xato bo‘lmaydi. CHunki xalq orasida baxshi bo‘lish uchun inson donishmand, aqlli bo‘lishi kerak, degan fikr qayta-qayta ta’kidlanadi. Ikkinchidan “baxshi” lug‘atda izoh berilishicha, xalq dostonlarini ijro etadi. Uchinchidan, qadim zamonlardan xalq tasavvuridagi baxshilar so‘zning mo‘‘jizaviy fazilatidan foydalanib kishilarni turli xastaliklardan forig‘ qiluvchi odamlar hisoblangan. Hozir va o‘tgan asrlarda baxshi davrasida ishtirok etgan odamlar doston eshitish bilan birga dardlaridan ham qutulganlar, turmush tashvishlaridan ozod bo‘lganlar, o‘zlarini engil sezganlar. O‘zbek folklorshunosligining asoschisi H.T.Zarifovning ma’lumot berishicha, baxshi mug‘ulcha va buryatcha “baxsha”, “bag‘sha” so‘zlaridan olingan bo‘lib, “ustod”, “ma’rifatchi” ma’nolarida qo‘llanilgan. Ma’lum bo‘ladiki, baxshi xalq tomonidan cheksiz hurmatga ega. E’zoz topgan hunar egalari ekan. Folklorshunoslikda baxshilarning turli nomlar bilan atalgani ham ma’lum. Xususan, YUzboshi, soqi, jirov, jirchi, oqin shular jumlasidandir. Ayni paytda baxshichilik va dostonchilik san’atining tarixi, baxshilar va dostonchilar ijodini mukammal o‘rganish, bu borada fundamental tadqiqotlar olib borish, xalq og‘zaki ijodi yodgorliklarini to‘plash, nashr etish yuzasidan yana ko‘pgina chora-tadbirlarni amalga oshirishga ehtiyoj sezilmoqda. Bu borada talaygina salmoqli ishlar rejalashtirilib, ommaga tadbiq etilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining shaxsiy tashabbuslari bilan Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida bo‘lib o‘tgan “Xalqaro baxshichilik” festivalining o‘tkazilishi ham aynan baxshilarga bo‘lgan katta e’tibor dalilidir. SHu o‘rinda aytib o‘tish joizki, Mamlakatimiz rahbarining “Xalqaro baxshichilik” festivalidagi so‘zlagan nutqida “Biz xalq ijodiyotini, turli o‘lkalarda baxshi, jirov, oqin, manaschi, shoir, oshiq kabi nomlar bilan ataladigan, o‘z timsolida ham shoirlik, ham sozandalik, ham xonandalik mahoratini mujassam etadigan insonlarning nodir iste’dodini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashimiz zarur. Bugun o‘z ishini boshlayotgan “Xalqaro baxshichilik” san’ati festivali ayni shunday ulkan va muhim maqsadga qaratilganini alohida ta’kidlamoqchiman”, degan edi.(1) Baxshilar ko‘ylaganda nafaqat ota-bobolarimiz, qolaversa, endigina o‘sib kelayotgan yosh avlod ham ijro etayotgan termalar orqali o‘zlariga kerakli bo‘lgan ma’naviy oziqa olishadi. Demak, baxshichilik va dostonchilikning o‘rni beqiyos. U xalqqa kimligini, kimning avlodi ekanligini o‘rgatadi va shu bilan birgalikda tarbiyaviy jihatdan keng qamrovli tushuncha bo‘lib bevosita xalqqa xizmat qiladi. Xalq qalbiga huzur va orom bag‘ishlash, mehnatkashlarning kayfiyatini ko‘tarish, ularni xushnud etish – san’atning oliy vazifasidir. E’trof etish joizki, bugun mamlakatimiz raxbari tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalar va tasdiqlangan qarorlar so‘zda, qog‘ozlarda emas, balki amalda bajarilayotgani va hayotga keng tadbiq etilayotgani haqiqatdir. O‘ylaymanki, baxshichilik va dostonchilik san’ati bundan keyin ham xalqimiznnig umrboqiy dostonlarini kuylovchi janrlardan biri sifatida millatimizning nomoddiy madaniy - merosi sifatida dunyo tarix zarvaraqlarida o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘lib qolaveradi. Tarixdan ma’lumki, har bir jamiyat o‘z qonun-qoidalari va me’yorlariga amal qilib kelgan. Bunday qonun-qoidalar, tartiblar mezoni ko‘p asrlar davomida muayyan jamiyat hayotida mustahkam o‘rin topgan din yoki odatlar asosiga tayangan. E’tiborli tomoni, O‘rta Osiyoning o‘rta asrlar davri an’anaviy jamiyatlarida ham islom dini va odat asoslaridan qaror topgan tartib-qoidalar, me’yorlar hukm 141 surgan. Ushbular jamiyat hayotini tartib, me’yorga solishi bilan ahamiyatga ega bo‘lishi barobarida, diniy hamda odat bilan bog‘langan urf, qadriyatlar barqarorligini ta’minlagan. Tarix fanida bu masalani xonliklar tuzumi, xususan, Buxoro amirligi misolida yoritib berish o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Boshqa xonliklar singari Buxoro amirligida davlat boshqaruvi islomiy sanalgan. Amirlik ijtimoiy tuzumida mavjud me’yoriy tartibotlar bir necha asrlardan beri mustahkam qaror topib kelgan shariat va odat asoslarida o‘z ifodasini topgan. Bular aholining diniy-ahloqiy turmush-tarzi, xo‘jalik hayoti, ishlab chiqarish munosabatlaridan tortib, boshqaruv tizimiga qadar amalda bo‘lgan. Jumladan, jamiyat va fuqarolik ishlarini qonun-qoidalar asosida tartibga keltirish, musulmonlarning diniy, ahloqiy, huquqiy, turmush va urf-odatlarga oid me’yorlari shariat bilan amalga oshirilgan. SHu bilan birga, amirlikda ilgari davrlardan saqlanib kelingan odatlar - ta’muli qadim, urf deb yuritilgan. Odat – (arab.“adat”) an’anaviy odatlar majmui bo‘lib, mulkiy va xususiy munosabatlarni belgilab bergan. Odatlar shariatdan farqli ravishda, urug‘-qabilachilik munosabatlarining qat’iy tartib-qoidalariga asoslangan va aholining oddiy huquqi sanalgan. Odatlarning tashkil topishi va rivojlanishida jamoa yig‘inlari, oqsoqollar kengashlari qarori muhim rol o‘ynagan [E. Karimov: 48]. Amirlik davlat boshqaruvida shariat qonunlari bilan birgalikda, odatlarning o‘rni ham muhim bo‘lgan. 1927 yilda Amir Olimxonning ishonarli elchisi Hoji YUsufbiy Parijda Millatlar Ligasi anjumanida so‘zga chiqib bu haqda shunday degan edi: “... Buxoro amirlari shariat va odat vojibotlariga suyanib hukm surardilar. Ulamo amirni payg‘ambar xalifasi va shariatning homiysi, deb bilardi. Amirning hayoti shariatga batamom mos edi. Buxoro xonlari o‘zbeklarning mang‘it sulolasidan bo‘lgan. Taxtga ko‘tarish paytida o‘zbek odatlariga ko‘ra, to‘shakchaga (u oq kigizdan tayyorlangan) amir o‘tiradi va uni sayyidlar, xo‘ja va mullalar ko‘tarib taxtga o‘tqazadilar” [Amir Olimxon:18]. Demak hukmdorlar iloji boricha din va odatga muvofiq bo‘lgan me’yorlarni birgalikda olib borishga harakat qilgan. Mang‘it hukmdorlarining legitimatsiya masalasi tadqiq etilgan ishda ta’kidlanishicha, me’yorlarga amal qilish tamoyili hukmdorning keyingi sinovlarga dosh berishi, qo‘l ostidagilarning uni hukmdor sifatida tan olishi, obro‘-e’tiborga erishuvida muhim sanalgan [A. Kyugelgen: 56]. Masalan, Amir SHohmurod islom huquqi me’yorlarining g‘oyaviy va amaliy kurashchisi sifatida e’tirof etiladi. Bu hukmdor davrida shariat me’yorlariga mutlaqo zid bo‘lgan va uning talablariga javob bermaydigan me’yorlarning amal qilinishi bekor qilingan. Biroq ta’kidlash lozim, Amir SHohmurod davrida devonxona ishlarida va soliq yig‘ish tizimida amalga oshirilgan islohatlarga qaramasdan, oddiy huquq sanalgan urflar ham o‘z kuchini saqlab qolgan. “Majmua al-arqom” asariga ko‘ra, agar amir harbiylarga alufa uchun, viloyat erlaridan suyurg‘ol yoki tanho in’om etadigan bo‘lsa, bunday erlar hukmdor buyrug‘i bilan bir qatorda, o‘sha joy odatiga binoan qayd etilishi muhim sanalgan [Mirza Bade’ Devon:19]. SHuningdek, har qanday o‘lchamdagi miqdor erlarni daftarga qayd etish urf asosida amalga oshirilgan. Raiyat tabaqasidan yig‘ib olingan soliq-to‘lovlar miqdori shariat bilan birga, odat tartibi bilan belgilangan. Tadqiqotchilarni ta’kidlashicha, amirlik xududining turli joylarida uzoq yillardan beri tartibga kirgan ta’muli qadim bo‘yicha soliqlar yig‘imi me’yori bo‘lgan. Ta’muli qadim bo‘yicha soliqlar va ularning miqdori qo‘shni tumanlarda turlicha olingan, bunda erning hosildorligi, sug‘orilish holati va unumdorligi kabi jihatlari e’tiborga olingan bo‘lishi lozim. Masalan, Denov bekligida qadimgi odatga muvofiq, har qo‘sh erdan 22 tanga qo‘sh puli, 1 man g‘alla mirobona solig‘i, 1 man g‘alla dorug‘a solig‘i va 1/6 miqdordan ziyodroq xiroj olingan [Z. Hakimova:40]. Yuqoridagilar kabi, amirlik sud-huquq tizimida jinoyatni aniqlash va jazoni belgilashda shariat qonunlari va asrlar osha saqlanib kelgan odob-ahloq qoidalari asosiy mezon sanalgan. Xususan, sud-huquq amaliyotida oddiy huquq sanalgan odatlar qo‘llanilgan. SHunga ko‘ra, odatlar orqali sud qilish faqat ko‘chmanchi aholi uchun emas, balki o‘troq aholi turmushida ham mavjud bo‘lgan. Ma’lum hudud, joy talab etgan odatga ko‘ra, o‘sha joyning o‘zida bitta sud vakili bo‘lgan yoki ba’zan bo‘lishi shart bo‘lmagani holda, mahalla yoki qishloq oqsoqoli tomonidan muammo hal etilgan. YA’ni, biron mahalla va qishloq aholisi o‘rtasida ma’lum masalada yuzaga kelgan mojaro, avval o‘sha joyning o‘zida oqsoqol tomonidan hal etishga chorasi ko‘rilgan. Bunda qozi yoki rais huzuriga tez-tez borish lozim ko‘rilmagan, chunki bu holat, mahalla-kuy obro‘yi yoki oqsoqol zimmasidagi vazifani ado etish bilan bog‘langan. SHunday holat ham kuzatilganki, qozilar mojarochi tomonlar muammosi yuzasidan qaror chiqarishdan avval, muammoni hal etishni avval o‘sha mahalla yoki qishloq oqsoqoliga havola etgan [U. Abdurasulov va b.: 139]. Xulosa qilib aytganda, Buxoro amirligi ijtimoiy tuzumida islom dini bilan birgalikda, odat asosida o‘rnatilgan ijtimoiy-syosiy, iqtisodiy ahamiyatdagi me’yor, tartiblar jamiyatning har bir ijtimoiy toifa, qatlamlari huquq va majburiyatlarida mustahkam o‘rin egallagan. Bular bir Man yoki botmon - og‘irlik o‘lchov birligi Buxoroda 8 pudga teng bo‘lgan. 142 tomondan, aholining ko‘p asrlik an’anaviy diniy-ahloqiy, xo‘jalik va boshqa sohalardagi urfodatlari, qadriyatlari barqarorligini ta’minlagan bo‘lsa, boshqa tomondan bunday tartib-qoidalar jamiyat hayotida turg‘unlikni yuzaga kelishiga ham muayyan darajada ta’sir ko‘rsatgan.

Download 42,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish