Etnologiyaning zamonaviy muammolari



Download 17,15 Kb.
Sana01.02.2022
Hajmi17,15 Kb.
#424192
Bog'liq
Etnologiyaning zamonaviy muammolari


Etnologiyaning zamonaviy muammolari.
0 ‘tgan XX asr oxirgi choragida etnologiyada yangicha yo‘nalishlarning paydo boiishi mazkur fan doirasida bajarilayotgan tadqiqotlarning ham tubdan, ham mazmunan, ham mohiyatan o‘zgarishiga olib keldi. Aynan shu davrdan boshlab tadqiqotchilar tomonidan an’anaviy ko‘rinishni oigan uzoq yurtlardagi o‘ziga xos ekzogamik madaniyatlar emas, balki, zamonaviy jamiyatlarni o‘rganishga ko'proq e’tibor qaratila boshlandi. Natijada qator yangi nazariyalar va maktablar paydo boidi. Tadqiqotchilar tomonidan etnologiyaning o‘ziga xos yangi yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy ishlar bajarila boshlandi. Jumladan, G ‘arbiy Yevropa ilmida ijtimoiy etnologiya, huquqiy etnologiya, siyosiy etnologiya, diniy etnologiya, xo‘jalik (iqtisodiy) etnologiyasi shakllandi va istiqbolli rivojlanib bormoqda. Umuman olganda, hozirgi davrda etnologiya sohasida tadqiqot olib boruvchi yoki ushbu fanga qiziauvchilar: ♦ Insoniyat o‘zini o‘rab turgan tevarak atrofni qanday holda tasawur qiladi? ♦ Odamlar tasawurida moddiy olamdagi predmetlar qanday ma’no kasb etadi va ushbu qarashlarning o‘zgarish jarayoni qanday kechadi? ♦ Madaniyatlararo munosabatlar an’anaviy va zamonaviy madaniyatlarga qanday ta’sir o‘tkazadi? ♦ Dunyoning etnik manzarasi o‘zida nimani aks ettiradi va bu manzaraning o'zgarishi qanday mexanizmlar asosida yuz beradi? ♦ U yoki bu madaniyat vakillari sodir boiadigan o‘zgarishlarga qay tarzda moslashuvi va o‘z navbatida, uning yashayotgan jamiyatiga moslashishi qanday meyorlarga asoslanadi? ♦ Zamonaviy industrial jamiyatda etno-milliy madaniyatlarning roli va o‘rni qanday? ♦ Har qanday holatda etnos vakillari tafakkurida nima o‘zgarmaydi yoki nima butkul unutilishi yoxud o‘zgarishi mumkin va o‘z navbatida bu jarayon qanday kechadi? ♦ Madaniyatlarning ichidagi o‘zaro bogiiqlik va aloqalar qay tarzda yuz beradi? 25 ♦ Etnik madaniyatda barcha tizimni mustahkam ushlab turuvchi va jamiyat hayotida sodir boiadigan o‘zgarishlar jarayonida himoya qiluvchi' mustahkam o‘zgarmas qism, asos mavjudmi? — degan qator savollar zanjiriga to'g'ri javob izlaydi. Shubhasiz, mazkur muammolarning aksariyati oxirgi o‘n yilliklarda etnologlar diqqat-e’tiborini o‘ziga jalb etib, ilmiytadqiqot muammosiga aylandi. Bu borada, ayniqsa, G ‘arb mamlakatlarida so‘nggi o‘n yilliklarda etnologiya fani «postmodern izm» falsafasiga asoslangan bo‘lib, bunda bevosita ijtimoiy guruhlar orasidagi etnoslararo jarayonlarni tadqiq qilish asosiy maqsad-muddaolardan biri hisoblanadi. Shuningdek, lokal va global jarayonlarni tadqiq etishda olimlar tomonidan tadqiqiy tanlash masalasiga e’tibor kuchaydi. Bunda jamiyat hayotidagi barcha jarayonlar emas, balki etnos va madaniyatning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, eng muhim deb hisoblangan qarashlargina tadqiq qilinmoqda. Boshqacha ifodataydigan bo‘lsak, bajarilayotgan tadqiqotlarda asosiy e’tibor insoniyatning rivojlanish bosqichlari, ya’ni uning zaminda paydo bolganidan to hozirgi davrgacha bo‘lgan tarixiy yo‘lining global miqyosdagi tavsifiga emas, balki muammoviy tanlanish asosidagi tadqiqotlarga qaratilmoqda. Zero, rivojlangan mamlakatlarda etnologiya yo‘nalishida bajarilayotgan ilmiy ishlarning aksariyati jamiyat hayotida aynan muhim va dolzarb deb e’tirof etilgan ijtimoiy muammolar doirasida amalga oshirilmoqda. Dunyo miqyosida olib borilayotgan etnologik tadqiqotlar orasida Rossiya etnologiya maktabi o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Rossiyada XX asrning 90-yillaridan boshlab ayrim tadqiqotchilar tomonidan etnos nazariyasi rad etilib, etniklik va madaniy antropologiya yo‘nalishidagi tadqiqotlar bajarilmoqda. Rossiyaning markaziy shaharlarida, xususan, Sankt-Peterburg Davlat universitetida madaniy antropologiya va etnik sotsiologiya kafedrasi tashkil etiidi, Yevropa va AQSh olimlarining jiddiy muhim asarlari tarjima qilina boshlandi. Antropologiya va etnologiyaga oid qator o‘quv qo‘llanmalari, ilmiy asarlar chop etiidi. Ushbu fan sohasida Rossiyadagi eng yirik ilmiy markazlardan biri Mikluxo Maklay nomidagi Etnografiya institutining nomi ham Etnologiya va antro26 pologiya instituti deb o‘zgartirildi hamda institutning tadqiqot mavzulari ham mazkur yo‘nalishlarga moslashtirildi. Yurtimizda esa mustaqillik davrida Respublikamizning turli tarixiy-etnografik mintaqalari, jumladan, Farg‘ona vodiysi, Janubiy 0 ‘zbekiston, Buxoro va Xorazm kabi tarixiy-etnografik mintaqalari etnologiyasi va bu mintaqalar aholisi etnomadaniyat id agi mahalliy xususiyatlar, moddiy va ma’naviy madaniyatdagi transformatsion, etnoslararo jarayonlar, mamlakatimiz hududida istiqomat qiluvchi turli diasporalar* va irredentlar* etnologiyasi, an’anaviy va zamonaviy etnomadaniy jarayonlar, zamonaviy shahar muhitida an’anaviy milliy qadriyatlarning saqlanib qolish omillari, zamonaviy etnik jarayonlar kabi ko‘plab mavzularda tadqiqotlar bajarilmoqda. Bir so‘z biian aytganda, etnologiyaning tadqiqot mavzusi doimiy ravishda kengayib bormoqda va bu esa ma’lum ma’noda fanga mukammal ta’rif berish imkonini cheklamoqda. To‘g‘ri, bugungi kunga qadar turli uslubiy qarashlar va g‘oyalar asosida etnologiyaga berilgan o‘nlab ta’riflar mavjud boiib, ular etnologiyaning ayrim muhim tomonlarinigina o‘ziga qamrab olgan. Xulosa qilib aytadigan b o isak , etnologiya - turli etnik guruhlarning shakllanish va rivojlanish jarayonini, ulardagi etnik о ‘zlikni anglash, madaniy boshqaruv shakllari hamda jamoaviy munosabatlar qonuniyatlarini, shaxslararo aloqalarni hamda ijtimoiy muhitni о ‘rganuvchi fandir. Shubhasiz, mazkur ta’rifni etnologiyaga berilgan eng maqbul va mazkur fanning barcha xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan yakuniy mukammal ta’rif, deb bo'lmaydi. Kelgusi avlod tadqiqotchilari tomonidan etnologiyaning yanada mukammal va barcha mutaxassislar tomonidan e’tirof etiladigan ta’rifi yaratilsa, ajab emas. Hozirgi davrda zamonaviy etnologiyaning tadqiqot maydoni ancha keng bo‘iib, uning turli yo‘nalishlari u yoki bu ko‘rinishda mazkur fanga yaqin bo‘lgan yondosh fanlar bilan tutashib ketgan. Ayniqsa, etnologiya sotsiologiya, madaniyatshunoslik, psixologiya, antropologiya, siyosatshimoslik, folklorsnunoslik kabi fanlar bilan uzviy bog‘liq holda taraqqiy etib bormoqda.
Download 17,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish