Evolutsion biologiya va biologik xilma-xillik



Download 14,84 Kb.
Sana08.04.2023
Hajmi14,84 Kb.
#925878
Bog'liq
Madina


EVOLUTSION BIOLOGIYA VA BIOLOGIK XILMA-XILLIK

Reja:
1. Evolutsion biologiya va uni yo’nalishlari


2. Evolutsiyaning sintetik nazariyasi
3. Biologik xilma-xillik va uni baholash

1. Evolutsion biologiya va uni yo’nalishlari



Organik olam evolutsiyasi to’g’risida mulohaza yuritganda nima sababdan barcha tirik mavjudodlar oddiydan murakkablanish tomon bir xil rivojlanmagan, ular orasida soda va murakkab tuzilishga ega bo’lgan mavjudodlar mavjud, degan savol tug’ilishi mumkin. Fan oldidagi bu muammoni rus olimlaridan A. N. Seversov va I. I. Shmalgauzen ijobiy hal qiladilar. Ma’lumki, Darvin o’z davrida evalusion jarayon organizmlarning tinmay muhit sharoitiga mumkin qadar ko’proq moslanishidan iborat ekanligini aytib o’tgan edi. Atrof-muhitning tarixiy davrlar mobaynida keng yoki tor doirada o’zgarishi odatda organizmlar umumiy yoki xususiy moslanishlarni keltirib chiqaradi. Umumiy moslanish hayot uchun nihoyatda zarur bo’lgan organlar sistemasining takomillashuvi bilan aloqador. Agar muhit sharoitning o’zgarishi bilan: 1) bir turga mansub individlar soni ortsa; 2) ular ishg’ol qilgan areal kengaya borsa; 3) tur zaminida yangi populyatsiyalar, kenja turlar, turlar va boshqa taksonlar hosil bo’lsa, bu jarayon biologik yuksalish (progress) deb ataladi. Hozirgi vaqtda Markaziy Osiyo mintaqasida boshqa qushlarga nisbatan Hindiston maynasi biologic progress holatidadir. Yashash joyiga nisbatan instinktning yo’qligi, tanasining bir muncha yirikligi, tajavuzkorligi, xilma-xil oziqlar bilan oziqlanishi, tez urchishi, ularning yashash uchun kurashda g’olib kelib, son jihatdan tobora ko’paya borishiga, arealining kengayishiga sabab bo’lmoqda. Dastlab XX asr boshlarida Hindiston maynasi Markaziy Osiyoning chegara tumanlarida uchragan bo’lsa, hozirgi vaqtga kelib, uni shimoliy tumanlar hamda boshqa respublika va viloyatlarda ham ko’rish mumkin.A. N. Sevresov va I.I. Shmalgauzenlar biologik progressning asosiy yo’nalishlari haqida mulohaza yuritib, uni aromorfoz, idioadaptatsiya, umumiy degeneratsiya asosida bo’lishini aniqladilar.

Biologik progress har xil usulda amalgam oshadi. Uning birinchi usulida tarixiy jarayonda organizmlar hayot faoliyati uchun nihoyatda muhim bo’lgan organlar sistemalari takomillashadi. U morfofiziologik yuksalish – aromofoz deb тomlanadi. Ikkinchi usulda organism hayot faoliyati uchun ikkinchi darajali organlar sistemasi o’zgaradi va organizmlar tuzilishi murakkablashmaydu, lekin muhitga moslashadi. Uchinchi organizmlar tuzilishi murakkabdan soddaga o’zgarishi natijasida biologik progressga yo’liqqan bo’ladi.Morfofiziologik yuksalish deganda organizmlar tuzilishining umumiy darajasini, hayot faoliyati yuksalishini amalga oshiradigan evolutsion o’zgarishlar tushuniladi. Aromorfozlar yashash uchun kurashda ancha afzalliklar yaratadi va tirik mavjudotlarni yangi muhit sharoitida keng doirada yashashga imkon beradi.O’simliklarning suv muhitidan quruqlikda yashashga, spora bilan ko’payishdan urug’dan ko’payishga o’tishi, yopiq urug’lilarning kelib chiqishi aromofoz tipidagi yuksalishlardir. Umurtqali hayvonlarda nerv sistemasi, qon aylanish, hazm qilish, nafas organlarining murakkablasha borishi, baliqlar, suvda ham quriklikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar, sutemizuvchilar sinflarining kelib chiqishi ham organik olam evolutsiyasining aromorfoz yo’nalishida amalgam oshgan.Aromorfoz yo’nalish tufayli organic olam evolutsiyasida o’simliklarning, hayvonlarning tuzilishi, hayot faoliyati tobora murakkablashgan, ularning yangi-yangi guruhlari paydo bo’lgan, areali kengaygan, turkum, sinf, tip hosil bo’lish jarayoni tezlashgan. Aromorfoz yo’nalish uzoq davom etgan irsiy o’zgaruvchanlik va tabiiy tanlanish asosida ro’y bergan. O’simlik va hayvonlarning har qanday yirik taksonomik birligida aromorfoz tipidagi o’zgarishlarni ko’rish mumkin. Idioadaptatsiya organizmlarning muayyan yashash sharoitiga moslashuviga yordam beradigan evolutsion o’zgarishlardir. Aromorfozlardan farqli o’laroq, idioadaptatsiya umumiy moslanish emas, balki xususiy, juz’iy moslanishlar bilan aloqadordir. Ular organizmlar tuzilishi darajasini, hayot faoliyatini ajdodlarga nisbatan yuqoriga ko’tarmaydi. Hayvonlarda himoya rangi, mimikriya hodisasi, o’simliklarda shamol, hashoratlar, qushlar yordamida chetdan changlanish bo’yicha xilma-xil muvofiqlanishlar, meva va ularning tarqalishi bilan bog’liq moslanishlar idioadaptatsiya misol bo’la oladi. Hashoratxo’rlar turkumiga mansub hayvonlarning bazilari quruqlikda, suda yoki yer ostida yashashga moslashganligi ham idioadaptatsiya misoldir.Umumiy degeneratsiya tarixiy jarayonda murakkab tuzilishdan oddiy tuzilishga o’tish demakdir. Organik olam evolutsiyasining bu yo’nalishi o’rganizmlarning o’troq yoki parazit holda hayot kechirishi bilan uzviy aloqador. Masalan, assidiy lichinkasida xordali hayvonlarga xos nerv sistemasi xorda, ko’z rivojlangan bo’ladi. Keyinchalik lichinka o’troq hayot kechirishga o’tib, voyaga yetish jarayonida organizmda regressiv metomorfoz ro’y beradi. Xorda nerv sistemasining asosiy qismi yo’qolib qolgani tugunchaga aylangan bo’ladi.Odam parazitlari, cho’chqa solityori, tasmasimon chuvalchanlarda ichak bo’lmaydi, nerv sistemasi soda tuzilgan, mustaqil harakatlanish deyarli yo’q. Lekin ularda “xo’jayin” ichak devorlariga yopishish uchun so’rg’ichlar, kuchli rivojlangan ko’payish organi bo’ladi. Shuningdek, ko’pgina o’simliklarda, masalan, parazit holda yashovchi zarpechakda asosiy organlaridan biri barg bo’lmaydi, ildiz o’rniga poyada so’rg’ichlar hosil bo’lib uning yordamida “xojayin” o’simlikdan oziq moddalarni so’rib oladi. Zarpechak ko’plab meva, urug’ beradi. Uning mevasi o’tx’o’r hayvonlarning oziqlanish organlarida hazm bo’lmaydi. Shunday qilib, umumiy degeneratsiya organizmlar tuzilishini soddalashtirsa ham, biroq bu turdagi organizmlar sonining ko’p bo’lishiga, arealning kengayishiga, yangi sistematik guruhlarning taraqqiy etishiga, ya’ni biologik yuksalishga olib keladi. Hozirgi vaqtda hashoratlar, suyakli baliqlar, kemiruvchilarning ko’pgina guruhlari, gulli o’simliklar biologik yuksalish guruhlari progress holatidadir.Organik olamning rivojlanishida biologik yuksalish – progressiya qarama-qarshi o’laroq, bioligik regress ham uchraydi. Bioligik regressda muhit sharoitiga organizmlar yetarlicha moslasha olmganliklari sababli ularning: a) avloddan avlodga o’tgan sari individlar soni qisqradi; b) populyatsiyalar, turlar soni kamayadi.O’simliklardan ginklar oilasi, sutemizuvchilardan hashoratxo’rlar turkumiga kiruvchi faqat ikki turdan iborat vixuol avlodi biologik regress holatidadir.
2.Evolutsiyaning sintetik nazariyasi.

XX asrga kelib irsiyat va o'zgaruvchanlik, bir va har xil turga kiruvchi organizmlar orasidagi munosabatlar, tur strukturasi kabi masalalar atroflicha o'rganila boshlandi. Genetika, ekologiya, molekulyar biologiya singari biologiyaning yangi shoxobchalari

shakllandi. Mazkur fanlarning klassik darvinizm bilan qo'shilishi natijasida evolutsiyaning sintetik nazariyasi yaratildi. Bu nazariyaning asosiy qoidalari bo'lib:

1.Evolutsiyaning boshlang'ich materiali mutatsion va kombinativ o'zgaruvchanlik hisoblanadi.


2. Evolutsiyaning boshlang'ich birligi populyatsiya sanaladi.
3. Evolutsiyaning boshlang'ich omili populyatsiya to'lqini, genetik-avtomatik jarayonlar va alohidalanishdan iborat.
4. Har bir tur populyatsiyalardan tashkil topgan.
5. Tur morfologik, bioximik, fiziologik, ekologik, genetik jihatdan nisbatan farqlanuvchi, jinsiy jihatdan alohidalashgan kenja tur, populyatsiyalar majmuasidan tashkil topgan.
6. Genlar almashishi, oqimi faqat tur doirasida amalga oshadi.
7. Evolutsiya divergent, ya'ni bir ajdod turdan bir necha yangi turlar kelib chiqishi, ayrim hollarda esa yagona ajdod turdan yagona yangi tur kelib chiqishi ko'rinishida bo'ladi.
8. Evolutsiya asta-sekin kechuvchi uzoq muddatli jarayon bo'lib, bunda turlarning kelib chiqishi bir populyatsiyaning boshqa, yangi populyatsiya bilan almashishi orqali tavsiflanadigan evolutsion bosqich sanaladi.
9. Turning asosiy mezoni jinsiy alohidalanish ekanligi e'tiborga olinsa, mazkur mezonni jinsi yaxshi ifodalanmagan organizmlarga nisbatan tatbiq qilib bo'lmaydi.
10. Mikroevolutsiya tur doirasidagi, makroevolutsiya esa turdan yuqori taksonlardagi evolyutsion jarayonlarni ifodalaydi.
Evolutsiyaning boshlang'ich materiali mutatsion va kombinativ o'zgaruvchanlik hisoblanadi. Mutatsiyalar gen, xromosoma, genom va sitoplazmatik xillarga bo'linadi. Gen tarkibidagi nukleotidlar sonining ortishi, kamayishi yoki o'rin almashinishi o'zgaruvchanlikni keltirib chiqaradi. Mutatsiya tasodifan va ahyon-ahyonda uchraydi. Gen mutatsiyalarining takrorlanishi 10"6—10-8 ga teng. Xromosoma mutatsiyasi ayrim xromosomalarning biror qismi uzilib yoki ortib ketishi, o'rin almashinishi tufayli yuzaga keladi. Agar bir xromosomada bir necha yuz genlar borligi e'tiborga olinsa, u holda xromosoma mutatsiyalari juda katta o'zgarishlarga olib keladi.. Gen, xromosoma mutatsiyalariga qaraganda genom mutatsiyalar juda kam hollarda ro'y beradi.
Mutatsiyalarning ko'pchiligi zararli bo'ladi va tabiiy tanlanish orqali bartaraf etiladi.Ayrim mutatsiyalar organizm uchun shu konkret sharoitda foydali bo'lishi mumkin. Bunday hollarda mutatsiyalar organizm urchiyotganda kelgusi bo'g'inlariga beriladi. U urchish natijasida asta-sekin ko'paya boradi. Har qanday foydali mutatsiyaga ega bo'lsa ham yakka organizm hech bir payt evolutsion jarayonni hosil etolmaydi.
Evolutsiyaning boshlang'ich hodisasi. Uzoq vaqt davom etadigan mutatsion o'zgaruvchanlik, tabiiy tanlanish bir populyatsiya doirasida har xil genotipli organizmlarning populyatsiyada tutgan o'rnini, boshqacha aytganda, populyatsiya genofondini nisbatan o'zgartirishi mumkin. Populyatsiya genofondining o'zgarishi evolutsion jarayon tomon qo'yilgan dastlabki qadamdir. Populyatsiya genofondining o'zgargan yoki o'zgarmaganligini qanday bilish mumkin?
Odatda populyatsiya genofondidagi u yoki bu gen ta'sirida vujudga kelgan belgini turli xil organizmlarni bir necha bo'g'inlar-da sanash orqali ularning har bir bo'g'indan takrorlariish miqdori aniqlanadi. Ularning o'zaro nisbatini taqqoslash yo'li bilan populyatsiya genofondining o'zgargan yoki o'zgarmaganligi haqida mulohaza yuritiladi. 1928— 1929-yillarda Amerika genetigi Meller retsessiv letal mutatsiyalarini aniqlash usullarini ixtiro etdi va bu bilan mutatsiyalarni tajriba orqali o'rganish mumkinligini isbotladi. Populyatsiya genofondining uzoq davom etadigan, yo'naltirilgan o'zgarishlari evolutsiyaning boshlang'ich hodisasi deyiladi. Evolutsiyaning boshlang'ich omillari. Genlar dreyfi. Kichik populyatsiyalarda mutant allellarga ega individlar tez va tasodifiy o'zgarishi mumkin. Masalan, Rayt, bir necha oziqli probirkaga A geni bo'yicha geterozigota bo'lgan ikkitadan erkak va urg'ochi drozofilalarni joylashtirib, ularning nasllari ustida kuzatish o'tkazdi. Bir necha bo'g'indan so'ng probirkadagi drozofilalar tekshirilganda, ba'zi populyatsiyada faqat mutant gomozigota borligi, boshqa populyatsiya tarkibida u tamoman uchramasligi, uchinchilarida esa dominant ham retsessiv allel formalar borligi aniqlandi. Populyatsiya genofondidagi genlarning bunday tasodifiy o'zgarishi genlar dreyfi deyiladi.
3. Biologik xilma-xillik va uni baholash

Tabiatni Saqlash Xalqaro Ittifoqi ta'rifiga ko'ra bioxilma-xillik - hayotning barcha shakllari ko'rinishlari va uyushmalarining xilma-xilligidir. Bioxilma-xillik yoki biologik xilma-xillik termini Yerdagi barcha jonli narsalar - hayvonlar, o'simliklar, mikroorganizmlar, barcha genotiplar va ekosistemalarning xilma-xilligini anglatadi. Bu termin muayyan organizm haqidagi statistik tushuncha emas, balki u biologik dunyoning barcha qismlarining o'zaro bog'liqligini anglatadi. Odatda bioxilma-xillikni uch bosqichda ko'rib chiqiladi: turlar xilma-xilligi - ya'ni barcha o'simliklar va hayvonlarni, shuningdek qo'ziqorinlar va mikroorganizmlarni xilma-xilligi; genetik xilma-xillik - tur chegarasidagi genetik materialning xilma-xilligi; ekosistemalar xilma-xilligi - ekosistemalarning turli-tumanligi (masalan, o'rmon, tog', dasht yoki savanna, cho'l va h.k.). Bu barcha bosqichlar birgalikda bioxilma-xillik komponentlarini shakllantiradi. Bu xilma-xillik ekosistemalarni ishonchli faoliyat ko'rsatishiga ko'maklashadi hamda biologik boylik va moslashishning asosi hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligining O’rmon xo’jaligi Bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda joriy yilning 11 yanvar kuni qo’riqxonalar va milliy bog’lar kuni munosabati bilan "O’zbekiston: muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimi" mavzusida davra suhbatini tashkil etdilar.Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimi O’zbekistonning biologik xilma-xilligini muhofaza etishda asosiy o’rinni egallaydi. O’zbekistonning Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimiga 8 ta davlat qo’riqxonasi, Quyi-Amudaryo biosfera rezervati, 2 ta milliy tabiat bog’, 9 ta buyurtmaxona va jonivorlarning noyob turlarini ko’paytirish bo’yicha respublika "Jayron" ekomarkazi kiradi.Mazkur tizimda davlat tabiat qo’riqxonalari asosiy o’rinni egallaydi. O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq davlat qo’riqxonalari hududlari qat’iy muhofaza rejimi ostida bo’lib, unda yil davomida yovvoyi tabiatni muhofaza qilish borasida kuzatuvlar olib boriladi. Qo’riqxonalarning asosiy maqsadi qimmatli tabiiy ob’yektlar, landshaftlar, noyob va qimmatli o’simliklar hamda hayvonlarning irsiy fondini saqlab qolishdir. Bugungi kunda qo’riqxonalarda faoliyat olib borayotgan mutaxassislar aholi o’rtasida muhofaza etiladigan yovvoyi tabiat boyliklarining muhimligini anglash, Yer yuzidagi hayotni saqlashda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning o’rni bilan bog’liq keng targ’ibot-tashviqot ishlarini olib borishga da’vat etilgan.


Qator mamlakatlar bioxilma-xillikni muhofaza qilishda Milliy bog’larni rivojlantirishga xissalarini qo’shmoqdalar.

2011 yilning 26 avgust kuni O’zbekiston Respublikasi Hukumatining 243-sonli Qarori bilan 68717, 8 ga maydonga ega Quyi-Amudaryo davlat biosfera rezervati tashkil etildi. Mazkur rezervat "Baday-to’qay" davlat qo’riqxonasi bazasida tashkil etildi. Qo’riqlash hududi 11568, 3 ga bo’lib, qat’iy muhofaza rejimi ostidagi hudud hisoblanadi.Biosfera rezervati qo’riqxona va buyurtmaxona vazifalarini bajaruvchi muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toifasiga kiradi. U o’z faoliyatida biologik xilma-xillik hamda biologik resurslardan fuqarolar va xo’jalik yurituvchi sub’yektlar manfaatlari yo’lida ulardan barqaror foydalanishdek faoliyatni o’zida mujassam etadi.Biosfera rezervatlari nafaqat u joylashgan hududda istiqomat qiluvchi aholining tabiat bilan uyg’un holatda rivojlanish imkonini beradi, balki jamiyat ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Ushbu yondashuv O’zbekiston Respublikasining biologik xilma-xilligini muhofaza qilish bo’yicha Milliy strategiyasi va chora-tadbirlar rejasida o’z aksini topgan.


Hayvonlarning noyob turlarini ko’paytirish bo’yicha respublika markazi ("Jayron" ekomarkazi) maydonining kengaytirilishi mazkur yo’nalishda olib borilayotgan siyosatning yorqin misolidir. 2009 yilning 2 fevral kuni Buxoro viloyati hokimining 80-sonli qarori bilan 9369 ga maydon ekomarkaz balansiga o’tkazildi. Bugungi kunda ekomarkaz jayron, qulon, Prjeval otlari, buxoro tog’ qo’yi kabi jonivorlarning noyob turlarini ko’paytirish bilan shug’ullanadi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar bo’yicha asosiy me’yoriy-huquqiy hujjat bu - O’zbekiston Respublikasining 2004 yil dekabrda qabul qilingan "Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to’g’risida" gi Qonuni hisoblanadi.Mazkur Qonunga muvofiq muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi hukumat, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi: Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi, Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, Davlat geologiya qo’mitasi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat nazorati O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.Mazkur Qonun shuningdek, "Biologik xilma-xillik to’g’risida", "Yovvoyi hayvonlarning ko’chib yuruvchi turlarini muhofaza qilish to’g’risida" hamda "Xalqaro ahamiyatga ega bo’lgan suv-botqoqli hududlar to’g’risida" gi va boshqa Konvensiyalar yuzasidan olingan xalqaro majburiyatlarning amalga oshirilishini ham ta’minlab berdi.Flora va faunaning noyob turlarini tiklash hamda ko’paytirish bo’yicha har yili muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu hududlar qator yirik tadqiqot, izlanish va kuzatishlar uchun tabiiy baza bo’lib xizmat qilmoqda. Qo’riqlash hududlari mutaxassislarining ilmiy izlanishlari «Trudы zapovednikov Uzbekistana» ilmiy monografiyasiga jamlangan. Dastlabki nashrning chop etilganidan buyon 19 yil vaqt o’tdi (1996). Mazkur yillar mobaynida uning 7 ta nashri chop etilib, tabiat shaydolari va ilmiy guruhlarning sevimli ommabop kitobiga aylandi.
Bugungi kunda O’zbekistonda bioxilma-xillikni saqlash hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimini rivojlantirish sohasida qator xalqaro loyihalar amalga oshirilmoqda: "Qo’riqxonalar misolida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar milliy tizimi barqarorligini ta’minlash", "O’zbekiston neft va gaz tarmog’iga bioxilma-xillikni saqlash tamoyillarini joriy qilish" va boshqalar.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi tadbirlar sababli mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, maxsus vakolatli davlat organlari, jamoatchilik tashkilotlarining hamkorlikdagi faoliyatlari respublikaning muhofaza etiladigan tabiiy hududlarining yagona o’zaro bog’liqlik tizimini tashkil etishi lozim.Bioinformatika nuqtai- nazaridan olib qaraganda biologik xilma –xillikni baholash eng muhim harakatlardan hisoblanadi. bunda bioinformatiklarning asosiy vazifasi nobud bo’lib borayotgan turlarning butun genomini saqlash, DNK ketma –ketligini tahlil qilish, saqlash va kelajakda ushbu tur butunlay yo’qolib ketgan taqdirda uning genomidan foydalanib ularni qayta tiklashni maqsad qilib qo’yadi.
Xulosa

Atrof-muhitning tarixiy davrlar mobaynida keng yoki tor doirada o’zgarishi odatda organizmlar umumiy yoki xususiy moslanishlarni keltirib chiqaradi. Umumiy moslanish hayot uchun nihoyatda zarur bo’lgan organlar sistemasining takomillashuvi bilan aloqador. Agar muhit sharoitning o’zgarishi bilan: 1) bir turga mansub individlar soni ortsa; 2) ular ishg’ol qilgan areal kengaya borsa; 3) tur zaminida yangi populyatsiyalar, kenja turlar, turlar va boshqa taksonlar hosil bo’lsa, bu jarayon biologik yuksalish (progress) deb ataladi. Hozirgi vaqtda Markaziy Osiyo mintaqasida boshqa qushlarga nisbatan Hindiston maynasi biologic progress holatidadir. Yashash joyiga nisbatan instinktning yo’qligi, tanasining bir muncha yirikligi, tajavuzkorligi, xilma-xil oziqlar bilan oziqlanishi, tez urchishi, ularning yashash uchun kurashda g’olibkelib, son jihatdan tobora ko’paya borishiga, arealining kengayishiga sabab bo’lmoqda. Dastlab XX asr boshlarida Hindiston maynasi Markaziy Osiyoning chegara tumanlarida uchragan bo’lsa, hozirgi vaqtga kelib, uni shimoliy tumanlar hamda boshqa respublika va viloyatlarda ham ko’rish mumkin.


A. N. Sevresov va I.I. Shmalgauzenlar biologik progressning asosiy yo’nalishlari haqida mulohaza yuritib, uni aromorfoz, idioadaptatsiya, umumiy degeneratsiya asosida bo’lishini aniqladilar. Biologik progress har xil usulda amalgam oshadi. Uning birinchi usulida tarixiy jarayonda organizmlar hayot faoliyati uchun nihoyatda muhim bo’lgan organlar sistemalari takomillashadi. U morfofiziologik yuksalish – aromofoz deb omlanadi. Ikkinchi usulda organism hayot faoliyati uchun ikkinchi darajali organlar sistemasi o’zgaradi va organizmlar tuzilishi murakkablashmaydu, lekin muhitga moslashadi. Uchinchi organizmlar tuzilishi murakkabdan soddaga o’zgarishi natijasida biologik progressga yo’liqqan bo’ladi.

Biologik xilma-xillik termini Yerdagi barcha jonli narsalar - hayvonlar, o'simliklar, mikroorganizmlar, barcha genotiplar va ekosistemalarning xilma-xilligini anglatadi. Bu termin muayyan organizm haqidagi statistik tushuncha emas, balki u biologik dunyoning barcha qismlarining o'zaro bog'liqligini anglatadi. Odatda bioxilma-xillikni uch bosqichda ko'rib chiqiladi: turlar xilma-xilligi - ya'ni barcha o'simliklar va hayvonlarni, shuningdek qo'ziqorinlar va mikroorganizmlarni xilma-xilligi; genetik xilma-xillik - tur chegarasidagi genetik materialning xilma-xilligi; ekosistemalar xilma-xilligi - ekosistemalarning turli-tumanligi (masalan, o'rmon, tog', dasht yoki savanna, cho'l va h.k.). Bu barcha bosqichlar birgalikda bioxilma-xillik komponentlarini shakllantiradi. Bu xilma-xillik ekosistemalarni ishonchli faoliyat ko'rsatishiga ko'maklashadi hamda biologik boylik va moslashishning asosi hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. AL va KHK lari uchun “biologiya” darsligi.


2.Баратов П. Табиатни муҳофаза қилиш. Тошкент, «Ўқитувчи», 1991.
3.Бекназов Р.У., Ю.В. Новиков. Охрана природы Т.”Ўқитувчи” 1995.
4. Internet ma’lumotlari
www.ebi.ac.uk/embl
www.ddbj.nig.ac.jp
www. Ilm.uz
www.ziyo.uz
Download 14,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish