Eynshteyn gipotezasi. Yorug'likning kvant nazariyasi Plankning nurlanish energiyasi chastotaga proporsional degan g'oyasiga asoslanadi. Bu g'oyaga asosan, nurlanish ha ga teng diskret energiya tarqaladi



Download 71,24 Kb.
bet1/4
Sana19.03.2022
Hajmi71,24 Kb.
#500670
  1   2   3   4
Bog'liq
Eynshteyn gipotezasi


Eynshteyn gipotezasi. Yorug'likning kvant nazariyasi Plankning nurlanish energiyasi chastotaga proporsional degan g'oyasiga asoslanadi. Bu g'oyaga asosan, nurlanish ha ga teng diskret energiya tarqaladi. Eynshteyn yorug'likning korpuskulyar tabiatiga aniqlik kiritib, yorug'lik diskret zarralar - yorug'lik kvantlaridan iborat degan gipotezani berdi. Bunday fikrga Eyneshteyn mutlaq qora jism nurlanish energiyasining fluktuatsiyasini o'rganish asosida kelgan edi. U nurlanish har biri ho ga teng bo'lgan n = E/h(o ta yorug'lik kvantlaridan iborat bo'lishi kerak va bu yorug'lik kvanti butunligicha nurlanishi, yutilishi mumkin, deb hisobladi. Keyinchalik bu yorug'lik kvantlari fotonlar deb ataldi. Elektromagnit nurlanishning elementar zarrasi, yunoncha yorug'lik degan ma’nodagi so'zdan kelib chiquvchi foton termini, dastlab, amerikalik olim G. N. Lyuis tomonidan 1929-yili fanga kiritilgan. Yorug'likning har bir kvant zarralari - fotonlar chastotaga bog'liq tenglik bilan aniqlanuvchi energiyaga ega bo'ladi. Masalan, ko'rinuvchi yorug'lik fotonlarining energiyasi -1 0 14 J atrofida bo'ladi. Ma’lumki, nisbiylik nazariyasiga asosan, m massali zarra energiyasi Foton yorug'lik zarrasi bo'lib, u yorug'lik tezligida tarqaladi. Fotonning tinchlikdagi massasi noldan farqli desak v = с bo'lganda 5.1.3. Yorug'likning kvant xossalari holda e= h(o (1) e= me2 ga teng. (2) formulaga asosan m{—» oo bo'ladi. Bunday bo'lishi 19 www.ziyouz.com kutubxonasi mumkin emas. Shuning uchun yorug'lik tezligida harakatlanuvchi fotonning tinchlikdagi massasi nolga teng. U faqat yorug'lik tezligidagina mavjud bo'lib, yorug'lik kvanti hisoblanadi. Nisbiylik nazariyasidan ma’lumki, zarraning energiyasi impuls bilan quyidagi bog'lanishga ega: E =\j p2c2+rr^c* (4) Bu ifodani tinchlikdagi massasi nolga teng bo'lgan foton uchun (m0=0) E = c P (5) ga teng deb yoza olamiz. Bundan P = Etc = Aco/c (6) ekanligini topamiz. Bu foton impulsidir. (6)ni k = со/с to'lqin soni orqali shunday yozamiz: P = Йш/с = hk (7) yoki (7)ni impuls yo'nalishda (yorug'lik tarqalishi yo'nalishida) bo'lgan to'lqin vektorini kiritib, foton impulsining vektor ko'rinishidagi ifodasini hosil qilamiz: P = № (8) Foton moddiy zarralar kabi energiyaga, impulsga ega (elektr zaryadga, magnit momentga, dipol momentga ega emas). Yorug'lik kvanti - foton haqidagi Eynshteyn gipotezasining to'g'riligi tezda tajribalarda tasdiqlandi. Bote, Ioffe va boshqalar tomonidan o'tkazilgan tajribalar hamda fotoeffekt, Kompton effekti, yorug'lik oqimining fluktuatsiyalanishi kabi juda ko'p hodisalar yorug'lik kvantlari haqidagi g'oyani to'la tasdiqladi. Biz bulaming ba’zilari bilan qisqacha tanishib o'tamiz. Yorug'lik bosim i. Kvant tushunchalar asosida yorug'lik bosimi oson tushuntiriladi. Foton impulsga ega desak, vaqt birligida tushayotgan fotonlarning birlik yuzaga ta’siri yorug'lik bosimini hosil qiladi, deb hisoblash mumkin. Birlik vaqt ichida birlik yuzaga tik tushayotgan fotonlar soni N ga teng deylik (ba’zan bu oqim zichligi deyiladi). Bunda jism fotonlami butunlay yutishi yoki butunlay qaytarishi yoki qisman yutib, qisman qaytarishi mumkin. Lekin tabiatda yorug'likni qisman yutib, qisman qaytaruvchi jismlargina mavjud. Jismlardagi yorug'likni (fotonlami) qaytarish qobiliyatlarini tavsiflovchi kattalik - qaytarish koeffitsiyentini \ bilan belgilaymiz. Bunday jismlar fotonlarning qismini qaytaradi, (1 - £)iV qismini yutadi. Bitta foton impulsi P - eJ с ga, qaytgan fotonlar impulsi www.ziyouz.com kutubxonasi N • е/с ga teng. Lekin qaytgan fotonlar, xuddi zarralar idish devoriga urilib qaytishida jismga ikki marta ortiq impuls bergani kabi, fotonlar sirtga ikki marta katta impuls beradi, ya’ni fotonlaming sirtdan qaytganda bergan impulsi 2^Ve/c ga teng bo'ladi. Fotonlaming yutilgan qismi (1 - QNdc ga teng impuls beradi. Jismga fotonlar tomonidan berilgan natijali impuls P = 2 yVe/c + (1 - QNdc = (1 +&E/c (9) ga teng bo'ladi. Vaqt birligida birlik yuzaga tushayotgan fotonlar E = Ne ga teng energiyaga ega deb yorug'likning jism sirtiga bergan bosimi P = (1 +QEIc (10) ga teng ekanligini topamiz. Yorug'lik bosimini dastlab 1901-yili P. N. Lebedev tajribada qattiq jismlarda, keyinchalik gazlarda o'rgandi. U o'tkazgan tajribalar asosida yorug'lik bosimini o'lchashga erishdi. Tajribalar (10) formulaning to'g'riligini tasdiqladi. Fotoeffekt. Yorug'lik kvantlari haqidagi g'oyaning to'g'riligini tasdiqlovchi hodisalardan biri fotoeffektdir. Bu hodisani dastlab 1887- yili Gers tajribada rux sharchalar oralig'ini ultrabinafsha nurlar bilan yoritib, ular oralig'ida elektr uchqunlarinin
Keyinchalik Stoletov bu hodisani mukammal tekshirdi. Gers,
Galvaks, Stoletov, Lenard (F. Lenard 1905-yili katod nurlar tadqiqotlari
uchun Nobel mukofotini olgan) va boshqalar o'tkazgan tajribalarda
moddalaming yorug'lik ta’sirida manfiy zaryadlangan zarralar -
elektronlar chiqarishi aniqlandi. Shuning uchun yorug'lik ta’sirida
moddadan elektronlar chiqarilishi fotoeffekt deb ataldi. Ko'pincha
yorug'lik ta’sirida qattiq yoki suyuq moddalardan elektronlar chiqishi
tashqi fotoeffekt deb ataladi.
Yorug'lik ta’sirida fotoeffekt hodisasini kuzatish qurilmasi 1-
rasmda ko'rsatilgan bo'lib, bunda vakuum hosil qilingan idish ichiga A anod va К katod o'rnatilgan

Ular oralig'ida potensiallar ayirmasi hosil


qilingan. ZanjirdatokA ampermetryordamida aniqlanadi. Qurilmadagi
kvarsdan qilingan С teshik orqali К katod ultrabinafsha nurlar bilan
yoritilmaganda zanjirda tok bo'lmasHgini, tok faqat katod ultrabinafsha
nurlar bilan yoritilganda hosil bo'lishini ko'rsatadi. Demak, tokning
hosil bo'lishini ultrabinafsha nurlar katoddan elektronlar chiqarishi
bilan izohlash mumkin.
Tajribalar yordamida yorug'lik intensivligi, potensiallar farqi va
zanjirdagi tok kuchlari o'rtasidagi qonuniyatli bog'lanishlar aniqlandi.
Berilgan intensivlikda tok kuchining kuchlanishga bog'liqligi chizmada
voltamper egri chizig'i bilan tasvirlanadi. Voltamper egri chizig'i
2-rasmda ko'rsatilgan bo'lib, uning o'ziga xos ikkita xususiyati muhim
ahamiyatga ega. Birinchidan, berilgan intensivlikda potensiallar farqini
orttira borish bilan tok kuchi ham ortib, shunday qiymatga erishishi
mumkinki, bundan keyin kuchlanish ortishi bilan tok kuchi ortmay
qoladi Odatda zanjirda hosil bo'lgan bunday tok to'yinish
toki deyiladi. Undan foydalanib, berilgan intensivlikda katoddan
chiqqan barcha elektronlar sonini aniqlash mumkin. Ikkinchidan, kuchlanishni
kamaytirib V= 0 bo'lganda ham zanjirdagi tok nolga teng
bo'lmasligini, u faqat kuchlanishning ma’lum to'xtatuvchi potensial deb
ataluvchi qiymatida nolga aylanishini ko'rsatadi. Kuchlanishning
bunday qiymatida katoddan chiqqan barcha elektronlar to'xtatuvchi
potensialni - anod va katod oralig'idagi elektr maydonni yengib o'tolmaydi.
Bu shart elektronlarning boshlang'ich kinetik energiyasi to'xtatuvchi
maydon energiyasiga (eV) teng bo'lganda bajariladi:
mvV 2 = eV (11)
Demak, (11) formulaga asosan tok kuchi nolga teng bo'lgan to'xtatuvchi
potensialni bilgan holda, elektronlarning maksimal tezligini
(energiyasini) aniqlash mumkin.
Tajribalar asosida fotoeffekt hodisasining quyidagi qonuniyatlari
aniqlangan:
1. Vaqt birligida ajralib chiqayotgan elektronlar soni yorug'lik intensivligiga
proporsional
2. Katoddan ajralib chiquvchi elektronlar tezligi (energiyasi)
yorug'lik intensivligiga bog'liq bo'lmay, faqat chastota va katod yasalgan
modda tabiatiga bog'liq.
Bulardan tashqari, o'tkazilgan tajribalardan fotoeffekt hodisasini
o'rganish asosida juda muhim bo'lgan to'yinish tok kuchi tushayotgan
yorug'lik oqimiga proporsional bo'lishi, har bir modda uchun
fotoeffektning qizil chegarasi mavjudligi va fotoeffekt inersiyasiz ro'y
berishi kabi xulosalar olingan.
Klassik tasavvurlarga asosan fotoeffektning yuqoridagi qonunlarini
tushuntirib bo'lmaydi. Chunki, klassik tushunchalarga asosan, elektronlaming
energiyasi yorug'lik intensivligiga proporsional bo'lishi kerak
va bu fikr tajribaga mos kelmas edi.
Fotoeffekt yorug'lik kvantlari - fotonlar yordamida quyidagicha tushuntiriladi.
Metalldagi elektronlar o'z-o'zidan metallni tashlab chiqib
ketolmaydi. Elektronni metalldan chiqarish uchun ma’lum ish bajariladi.
Bu ish chiqish ishi deyiladi. z=hm energiyali foton metallga tushib, elektron
bilan to'qnashishida unga o'z energiyasini beradi. Natijada elektron
energiyasi yetarli bo'lganda metalldan chiqib keta oladi va ma’lum tezlikka
ega bo'ladi. Boshqacha aytganda, energiyaning saqlanish qonuniga
asosan, foton energiyasi elektronni metalldan chiqarishga (chiqish ishi A
ga) va ma’lum kinetik energiyaga (mv2/2 ) ega bo'lishiga sarflanadi:

Download 71,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish