II bob. SHarq mutafakkirlari ilmiy merosining yoshlar tarbiyasidagi amaliy ahamiyati.
2.1. Buyuk allomalar ilmiy merosi yoshlar ongida milliy mafkura va ekologik madaniyatni shakllantirishdagi asosiy manba sifatida.
Tabiat hodisalarining takomillashib, tadrijiy rivojlanib borishidagi tushuncha va ta‘limotlar, insonning tabiat bilan bog‘liqligi to‘g‘risidagi ma‘lumotlar ilk marotaba ―Avesto‖da hamda SHarq Renessansi davrida ijod etgan allomalarimizning asarlarida o‘z ifodasini topgan. Qolaversa, Amir Temur, Alisher Navoiy singari buyuk davlat arboblari ham o‘z navbatida obodonchilik, sug‘orish, bog‘-rog‘lar barpo etish ishlarini har doim qo‘llab-quvvatlaganlar. Tabiatga bo‘lgan ehtirom va uning sirlarini anglab yetishga intilish buyuk ajdodlarimizning bebaho ilmiy durdonalarida namoyon bo‘lib, jahon ilmiga beqiyos hissa bo‘lib qo‘shilgani biz uchun faxrlidir.
Darhaqiqat, insoniyatning intellektual tarixida chuqur iz qoldirgan ilmiy maktab -
Xorazm Ma‘mun akademiyasida keng faoliyat olib borgan Abu Rayhon Beruniy
insoniyatning buyuk daholaridan biridir. Tarixiy manbalarda aytilishicha, ulug‘ qomusiy alloma 150 dan ziyod asar yozgan. Ulardan to bizgacha faqat 31 tasi yetib kelgan.
Davlatimiz rahbari ta‘kidlaganidek, ―Beruniy dunyo ilm-fanida birinchilardan bo‘lib dengizlar nazariyasi va Yerning sharsimon globusini yaratish yuzasidan o‘ziga xos yangi g‘oyalarni taklif etdi, Yer radiusini hisoblab chiqdi, vakuum, ya‘ni bo‘shliq
holatini izohlab berdi, Kolumb sayohatidan 500 yil oldin Tinch va Atlantika okeanlari ortida qit‘a mavjudligi haqidagi qarashni ilgari surdi, minerallar tasnifi va ularning paydo bo‘lish nazariyasini ishlab chiqdi, geodeziya faniga asos soldi. SHuning uchun ham XI asr butun dunyodagi tabiiy fanlar tarixchilari tomonidan ―Beruniy asri‖ deb atalishi bejiz emas
Albatta, milliy ma‘naviyatimiz ildiziga chuqur singib ketgan va asrlar osha uning takomil bosqichlarida chuqurlashib, teranlashib borgan xalqimiz qadriyatida tabiatga bo‘lgan ehtirom beqiyosdir, yurtimizda uni e‘zozlash an‘anasi esa insoniyat tarixi qadar kadimiydir. Umuman aytganda, atrof-muhitga munosabat, uni anglab yetishga bo‘lgan intilish SHarq, ayniqsa, Markaziy Osiyo xalqlari tarixida o‘zgacha xususiyatga ega. CHunonchi, Abu Rayhon Beruniy ―Saydana‖ asarida 1118 turdagi dorivor o‘simlikka, shundan 750 o‘simlik va 101 ta hayvonga batafsil ta‘rif beradi. U o‘z ishida 4500 ta arab, yunon, hind, fors, xorazm, so‘g‘d, turk va boshqa tillarga oid o‘simlik nomlari, hayvonlar, minerallar va ulardan olinadigan mahsulotlar haqida ma‘lumot to‘plab, o‘sha davr dorishunoslik atamalarini tartibga solishga o‘zining beqiyos hissasini qo‘shgan.
―Buyuk yurtdoshimizning o‘zining ilmiy-nazariy tadqiqotlari, tajribalarida tabiatdagi barcha hodisalar muayyan tabiiy qonuniyat asosida yuz beradi, tashqi kuchning ta‘siri uni izdan chiqarishi mumkin, degan xulosaga keladi. Bu bugun o‘z isbotini topgan haqiqatdir. Insoniyat tabiatdan foydalanishda tabiat qonunlariga emas, aksincha, shaxsiy manfaatlariga asoslanib faoliyat ko‘rsatishi oqibatida tabiatdagi muvozanatning sezilarli darajada buzilgani, ya‘ni, dunyoning turli burchaklarida tabiiy ofatlar: suv toshqinlari, zilzilalar, o‘rmon yong‘inlari va boshqa shu kabi talofatlarning ro‘y berayotgani hech kimga sir emas. Inson tabiiy muhitga ta‘sir etar ekan, uning o‘zi ham ―aks ta‘sir‖ga duch kelmoqda‖12.
Abu Rayhon Beruniyning ―Agar insonlar tabiatga nisbatan zo‘rovonlik qilib, uning qonunlarini qo‘pollik bilan buzsalar bir kun kelib tabiat ularning boshiga shunday kulfatlarni solishi mumkinki, buni hech qanday kuch qaytara olmas‖ - degan so‘zi bugungi global ekologik muammolarning bundan 1000 yil oldin bashoratidan darak beradi.
Beruniy mamlakat obodonchiligi ilm-fanning ravnaqiga bog‘liq bo‘lsa,
yoshlarning baxt-saodati va kamolotini uning bilimi, axloqi va ma‘rifatida deb biladi.
SHuning uchun u yoshlarni ilm-ma‘rifatga chorlaydi. Beruniy yoshlardan
raxmdil, mexribon, kishilarga iltifotli, xayrihoh, bo‘lishni, najotsiz odamga qo‘l cho‘zishni, makkorlik, ayyorlik, adolatsizlik, boylikka xirs qo‘yish, yolg‘on gapirish kabi sifatlarga yo‘l qo‘ymaslikni talab qiladi.
Beruniy insonni tabiatning eng oliy kamoloti deb qaraydi. U insonning
ma‘naviy qiyofasidagi barcha axloqiy xislatlarni yaxshilik va yomonlik kabi 2 turga bo‘ladi.
―Beruniy inson va axloqiy tarbiya xaqida fikr yuritar ekan, «insonga yer yuzini
obod etishi va uni boshqarib turishi uchun aql-zakovat ato etilgan, shuning uchun xar bir inson yuksak axloqli bo‘lishi lozim», - deydi‖13.
Aqliy tarbiya, deydi Beruniy, kishining tafakkurini
rivojlantirib, dunyoqarashini kengaytiradi. Uning
o‘z-o‘zini anglab yetishiga ta‘sir etadi.
Mutafakkir inson kamolotida mexnat va mexnat tarbiyasi hakida muhim
fikrlarni bayon etadi. U xar bir hunar egasining mehnatiga qarab turlarga bo‘ladi.
Og‘ir mexnat sifatida binokor, ko‘mir qazuvchi, hunarmand, fan soxiblari
mehnatini keltiradi. Ayniqsa, ilm ahli, olimlar mehnatiga alohida e‘tibor beradi va hayrihoh bo‘lishga chaqiradi. SHu bilan birga og‘ir mehnat qiluvchi konchilar, yer ostida ishlovchilar, dexqonlar xaqida gapirib, ularning mexnatini rag‘batlantirib turish kerak deydi.
Olim bolalarni mehnatga o‘rgatish metodlari, yo‘llarihaqida xam fikr yuritadi. U bolalarni eng kichik ilk yoshidan mehnatga o‘rgatish kerak deydi.
Beruniy «Minerologiya» asarida faqat qimmatbaho metallar, toshlar xaqida
emas, xunarmandchilikka oid, shogird tayyorlash jarayoni, ustalarning hunar o‘rgatish metodlari xaqida qimmatli fikrlar bildiradi.
«Saydana» nomli mashxur asarida esa sharqdagi dorivor
o‘simliklarning tavsifi bayon qilingan. Beruniy inson kamolotida 3 narsa muxim rol o‘ynaydi deydi.
1.Irsiyat.2.Muhit.3.Tarbiya.
―Beruniyning ilmiy bilimlarni egallash yo‘llari, usullari xakidagi fikrlari xozirgi davr uchun ham dolzarbdir. o‘kuvchiga bilim berishda u:
-o‘quvchini zeriktirmaslik; bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni o‘rgatavermaslik;
-uzviylik, izchillik;
-yangi mavzularni qiziqarli, asosan, ko‘rgazmali bayon etish vaxokazoga
e‘tibor berish kerakligini uqtiradi‖14.
Olim fan soxasidagi yodgorliklarni, ilmiy bilimlarga oid koldirilgan barcha
Do'stlaringiz bilan baham: |