Факультeти



Download 490,85 Kb.
bet7/20
Sana22.07.2022
Hajmi490,85 Kb.
#839959
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Bog'liq
2-ICHB-19KURS.ISHI.ALIYEVICH

Strategik rejalashtirish jarayoni
Strategik rejalashtirishning muhim bosqichlari quyidagilardir:



  • Strategiyani shakllantirish;

  • Strategiyaga aniq shakl berish;

  • Baholash va nazorat.







Strategiyani shakllantirish A

Strategiyaga aniq shakl berish
B

Baholash va nazorat
C

Ushbu bosqichlarga qisqacha ma‘lumot beramiz. A bosqichi to‘rtta qadamdan iborat:


1-qadam. Korxonaning iqtisodiy faoliyati maqsadlarini aniqlash.

Bu qadamda quyidagi savollarga javob topish kerak: bozor – mahsulot munosabati qanday bo‘lishi kerak? Qanday hududiy bozorlarga chiqamiz? Korxona funksiyalari qanday belgilanishi lozim? So‘nggi savolni aniqlashtirish uchun quyidagi misolni ko‘ramiz: korxona o‘z mijozlariga mahsulotni avtomashinada yetkazib beradi. Bunday korxona o‘zini transport korxonasi deb hisoblaydi va asosiy funksiyasini aniqlaydi. Ammo asosiy funksiya keng na‘noda ko‘rib chiqiladi, masalan, ta‘minot xizmatlarini ko‘rsatish. Agar korxona faqat mahsulot tashish emas, balki boshqa xizmatlarni ham bajarsa, masalan, o‘rash, qutilarga joylashtirish, hujjatlar bo‘yicha hisobga olish va h.k. xizmatlarni ko‘rsatsa, ta‘minot xizmatlarini ko‘rsatuvchi hisoblanadi.




2-qadam. Tashqi muhitdagi omillar (tashqi tahlil).

Tashqi muhit deganda, korxona faoliyatiga ta‘sir etuvchi tashqi holat majmuasi tushuniladi. Strategik qarorlarni qabul qilish uchun hamma omillar ham muhim emas. Tarmoqning rivojlanishiga ta‘sir etuvchi omillar, ya‘ni hukumat siyosati (subsidiyalar, atrof muhitni himoya qilish bo‘yicha talablar, umumiy


iqtisodiy holat, konyunktura, jahon savdosi) va texnologiya sohasidagi yaratmalar muhim o‘rin egallaydi. Ko‘p hollarda bu oxirgi omil hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga katta ta‘sir ko‘rsatadi. Ikkinchi qadam tashqi muhitda korxona kutishi mumkin bo‘lgan imkoniyatlar va xavflar to‘g‘risida tushuncha beradi.


3-qadam. O’z-o’zini tahlil qilish (ikkinchi tahlil).

Ikkinchi qadamda aniqlangan xavflardan saqlanish hamda mavjud imkoniyatlardan foydalanish uchun korxona imkoniyatlarini bilish zarur, uning kuchli va kuchsiz tomonlarini tahlil qilish kerak. Bu yerda so‘z ikkinchi tahlil, korxonadagi holatning tahlili to‘g‘risida bormoqda. Korxona ichidagi holat ham tashqi omillar singari o‘zgarishlarga o‘xshashdir. Ba‘zi bir holatlar ta‘sirida ijobiy omillar salbiyga, salbiylari esa ijobiyga aylanishi mumkin. Korxona kuchi va quvvatini aniqlovchi ishlab chiqarish faoliyatining ko‘plab ko‘rinishlari mavjud. Ichki tahlilda quyidagi asosiy funksiyalar hisobga olinadi:



  • Moliya (moliyaviy holat, xarajatlar tarkibi);

  • Mehnat resurslari (malakali bilim va qobiliyat, ishga munosabat, qo‘nimsizlik);

  • Mahsulotni sotish va marketing (bozorni ko‘rib chiqish, sotish apparati);

  • Mahsulot ishlab chiqarish (samara, texnologiya);

    1. Tadqiqotlar va yaratmalar (yangi mahsulot turlarini yaratish, yangiliklar kiritish).

4-qadam. Strategiyani shakllantirish.

Barcha ishlar to‘g‘ri boshqarilsa, 1-qadamda aniq maqsad qo‘yiladi, 2- qadamdan so‘ng tashkilotga tashqaridan qanday xavf va imkoniyatlar borligi aniq bo‘ladi. Navbatdagi 3-qadamdan so‘ng tashkilotning kuchli va kuchsiz tomonlarini bilamiz. Imkoniyatlar va xavf-xatarni kuchli yoki kuchsiz tomonlar bilan bog‘lash kerak. Bunday munosabat asosida qo‘yilgan maqsadga erishishga yordam beradigan strategiya yaratiladi.


Albatta, bu ishlarni aytish oson, ammo bajarish birmuncha murakkabdir.
B bosqich. Strategiyaga aniq shakl berish.

Strategiyaga aniq shakl berish, bu – korxona faoliyatiga mos keluvchi dasturlar, rejalar va budjetlar ta‘sirida shakllantirilgan strategiyani nazarda tutamiz. Bularga operativ menejment (bo‘lim menejerlari, biznes menejerlari va funksional darajadagi menejerlari) javob beradi.




C bosqich. Baholash va nazorat.

Baholash va nazorat – faoliyat va uning natijalari avval rejalashtirilgani bilan solishtiriladigan jarayondir. Baholash strategik rejalshtirishning so‘nggi bosqichi bo‘lgani bois u avvalgi jarayon bilan qator aloqaga ega bo‘ladi. Barcha farq qiluvchi ko‘rsatkichlar qayd qilinadi, ularning sabab va oqibatlari aniqlanadi. Zarur hollarda strategiyaga o‘zgartirishlar kiritiladi.





    1. Download 490,85 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish