Falsafaga kirish



Download 4,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/260
Sana23.07.2022
Hajmi4,3 Mb.
#845035
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   260
Bog'liq
FALSAFAGA KIRISH MARUZA MATNI wecompress.com - копия

 
Аnnotation 
The Textbook bes included in scholastic literature third общепрофессионального block 
of the curriculum and corresponds to the contents of the standard plan and State standard. In 
book are broadly engulfed and is illuminated influence social-history conditions of the shaping 
the worldoutlook of the person, the forms of the worldoutlook and their differences friend from 
friend, particularities of the philosophical worldoutlook, history stages of the development of the 
science as worldoutlooks, intercoupling the science and worldoutlooks, scientific rationality, 
acsiology, praksiology, social forecasting and theoretical bases of the questions globalize with 
standpoint of the updated thinking. Or, for present-day day in understanding the world and 
person, as well as contradiction in social process philosophical thinking plays the important role. 
The Book is recommended for student all high school directions philosophy it is wrought
bachelor and all who is interested by philosophical problem, trainee competitor-researcher, 
independent researcher, professor, teacher. 
 
 
 
 
 
 
 



KIRISH 
Falsafa – bilim va ma’naviy madaniyatning qadimiy va ayni paytda navqiron 
sohalaridan biri. Miloddan avvalgi VII–VI asrlarda Hindiston, Xitoy va 
YUnonistonda vujudga kelgan falsafa keyingi asrlarda odamlar diqqat markazidan 
o‘rin olgan ongning barqaror shakliga aylandi. Inson tafakkuri bilan bog‘liq 
savollarga javob izlash, ayni paytda dunyoqarashga doir savollarni qo‘yish barcha 
faylasuflarning maslagi va maqsadi bo‘lib qoldi.
Falsafa o‘zining paydo bo‘lgan paytidan boshlab dunyo haqidagi bilimlar 
tizimida alohida o‘rin egallab keladi. Bu avvalambor shu bilan izohlanadiki, 
falsafaning o‘zagini, u yoki bu faylasufning pozitsiyasidan qat’i nazar, inson 
muammosi, uning dunyo bilan o‘zaro munosabatlari masalalari, inson va dunyo, 
insonning undagi o‘rni va roli muammolari tashkil etadi. Falsafa dunyo haqidagi, 
inson borlig‘ining mohiyati to‘g‘risidagi bilimlarning umumiy tizimini yaratish 
orqali inson dunyoqarashining nazariy asosi sifatida maydonga chiqadi. 
SHu tufayli ham falsafa barcha zamonlarda insonga turli hayotiy vaziyatlarda 
mo‘ljal olishga yordam bergan, unga turmushda o‘z taqdirini o‘zi belgilashga 
ko‘maklashgan. Inson tinimsiz o‘zgarayotgan dunyoda to‘g‘ri mo‘ljal olishi uchun, 
olamshumul muammolar tobora keskinlashib borayotgan hozirgi sharoitda esa 
insoniyat yashab qolishini ta’minlashning o‘ta murakkab vazifalarini echishga 
oqilona yondashish malakalarini shakllantirish uchun falsafani o‘zlashtirish 
zarurligini izohlash mumkin.
Bugungi kunda har bir inson hayotga, o‘zini qurshagan muhit va voqelikka 
oqilona munosabatni shakllantirishi davr talabi hisoblanadi. Biroq bunday 
munosabat insonga ona suti bilan kirmaydi. Dunyoga, hayotga oqilona 
munosabatning paydo bo‘lishi insondan falsafani, falsafiy madaniyatni 
o‘zlashtirishni taqozo etadi. Oqilona fikrlash ko‘nikmalari, falsafiy madaniyat 
shakllanishi uchun inson ko‘p kuch-g‘ayrat sarflashi, o‘zining intellektual 
imkoniyatlarini ishga solishi lozim, zero falsafa inson borlig‘ining teran 
qatlamlariga nazar tashlaydi, dunyoning mazmun va mohiyatini anglab etishga yo‘l 
ochadi, sog‘lom aql bilan tushunib bo‘lmaydigan narsalar va hodisalar haqida 
mulohaza yuritishga majbur etadi.
Falsafani ko‘pincha kundalik hayot voqeligidan o‘ta uzoq bo‘lgan mavhum 
bilim sifatida tushunadilar, aslida, bu to‘g‘ri emas. Aksincha, falsafaning eng 
muhim, eng chuqur muammolari ildizlari aynan hayotga borib taqaladi, falsafa fani 
ilmiy qiziqishlarining markaziy maydoni ham shu erda joylashgan; falsafaning 
ko‘p sonli tushunchalari va kategoriyalari, fikrlash usullari va uslublari esa, aslini 
olganda, hayot voqeliklarini ularning barcha ziddiyatlari va o‘zaro aloqalari bilan 
birga to‘liq va teran anglab etish vositalaridan boshqa narsa emas. Bunda shuni 
e’tiborga olish lozimki, voqelikni anglab etishga harakat qiluvchi falsafada mazkur 
jarayon voqelikka, eskirgan va o‘z umrini yashab bo‘lgan narsalarga tanqidiy ko‘z 
bilan qarashni va shu bilan bir vaqtda, uni inson manfaatlarida yanada 
rivojlantirish imkoniyatlari, vositalari va yo‘llarini real hayotning o‘zida, uning 
qarama-qarshiliklarida qidirishni nazarda tutadi. Voqelikni o‘zgartirish jarayonlari, 



amaliyot falsafa o‘z muammolarini echishiga turtki beruvchi, inson tafakkurining 
asl mohiyati va qudrati to‘laqonli namoyon bo‘luvchi birdan-bir soha hisoblanadi.
Mazkur kitob «Falsafaga kirish» deb ataladi. Uning vazifasi falsafani 
o‘rganayotganlarga bu fan tarixi va muammolari, uning vositalari va metodlari, 
tushunchalari va kategoriyalari haqida dastlabki tasavvur hosil qilishga 
ko‘maklashishdan iborat. Falsafiy muammolar, yo‘nalishlar va oqimlar boyligi va 
rang-barangligini bir darslik doirasida to‘liq yoritish, albatta, mumkin emas, bu 
erda gap faqat falsafaning dastlabki tarixi va uning eng muhim muammolari 
to‘g‘risida umumiy bilimlar berish haqida borishi mumkin.
Boshqa har qanday o‘quv adabiyotida bo‘lganidek, bu kitobda ham falsafani 
o‘rganayotgan har bir inson o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan bilimlarning muayyan 
yig‘indisi bayon etiladi. Ammo bu ishning bir tomonigina, xolos; muhimi 
shundaki, falsafani o‘rganish oqilona fikrlash madaniyatini, ya’ni tushunchalar 
bilan erkin ish ko‘rish, u yoki bu mulohazalarni ilgari surish, asoslash va tanqid 
qilish, masalaning muhim jihatlarini uning ikkinchi darajali jihatlaridan ajratish
rang-barang hodisalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni ochib berish, nihoyat, atrof 
borliqdagi ziddiyatlarni aniqlash va tahlil qilish, demak, uning o‘zgarish va 
rivojlanish jarayonlarini ko‘rish ko‘nikmalarini tarbiyalash imkonini beruvchi 
o‘ziga xos bir maktabdir. Falsafa yordamida shakllantiriladigan oqilona tafakkur – 
bu o‘zboshimchalikka yo‘l qo‘ymaydigan va o‘zining haqligini himoya qila 
oladigan asosli, intizomli, izchil tafakkur va ayni paytda o‘tkir, erkin va ijodiy 
tafakkurdir. 
Taklif qilinayotgan darslik falsafa asoslarini o‘zlashtirishga yordam beradidi. 
Darslik falsafiy oqimlar, yo‘nalishlar va muammolar boyligi va rang-barangligini 
to‘liq yoritishga da’vogar emasligini uning nomi («Falsafaga kirish») ham 
tasdiqlaydi. SHunga qaramay, u falsafani o‘rganishga kirishgan insonlarga mazkur 
fan predmeti va tarixi, uning asosiy muammolari, falsafa tili, metodlari, 
kategoriyalari va hokazolar haqida dastlabki tasavvur hosil qilishga yordam beradi.

Download 4,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish