Falsafiy antropologiya (inson haqidagi (ta'limot)



Download 117 Kb.
bet2/15
Sana27.05.2022
Hajmi117 Kb.
#611581
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Falsafiy antropologiya (inson haqidagi (ta\'limot)

insonning tabiiy va g‘ayritabiiy kelib chiqishi haqidagi konsepsiyalar doirasida birlashtirish mumkin.
Insonning kelib chiqishi haqidagi birinchi yondashuv insonning paydo bo‘lishiga olib kelgan tabiatning qonuniy rivojlanishi g‘oyasidan kelib chiqadi. Bunda inson jonsiz, keyinchalik esa – jonli moddaning tabiiy evolyusiyasi mahsuli sifatida qaraladi. Mazkur konsepsiya 1859 yilda inson kelib chiqishining tabiiy-ilmiy talqiniga asos bo‘lgan Ch.Darvinning «Hayvon va o‘simlik turlarining kelib chiqishi haqida» deb nomlangan mashhur asarini e'lon qilgan evolyusion nazariyasiga tayanadi va hozirgi vaqtda molekulyar biologiya va gen injeneriyasi sohasida erishilgan eng so‘nggi yutuqlar ta'sirida o‘z shakl-shamoyilini sezilarli darajada o‘zgartirib, aksariyat olimlar uchun ularning ilmiy faoliyatida o‘ziga xos dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.
Yana shuni ham ta'kidlab o‘tish lozimki, insonda nafaqat o‘ta rivojlangan tirik jonzotlar, balki o‘ta sodda mavjudotlar bilan ham kuchli genetik o‘xshashlik mavjud. Xususan, shimpanze bilan bunday o‘xshashlik 98% ni, kalamush bilan – 80% ni va hatto banan bilan – 50% ni tashkil etadi.
Biroq, shuni ta'kidlash lozimki, «tabiiy» yondashuv tarafdorlari inson kelib chiqishining dunyoviy konsepsiyasiga ham (masalan, darvinchilar bilan bog‘liq holda bo‘lganidek), kosmik konsepsiyasiga ham tayanishlari mumkin.
Ikkinchi yondashuv insonga, Xudo yoki kosmik Aql mehnatining mahsuli sifatida qarab, uni g‘ayritabiiy asosdan keltirib chiqaradi. Garchi bu konsepsiya isbotlanganlik jihatidan birinchi ta'limotga hozirgi zamon tabiatshunosligi nuqtai nazaridan yon bersa-da, lekin falsafiy nuqtai nazardan u insonning tabiiy-ilmiy kelib chiqishi konsepsiyasi kabi mavjudlik huquqiga egadir, zero birinchi yondashuv ham, ikkinchi yondashuv ham oqilona asoslangan va uzil-kesil dalil-isbotlar keltirmaydi.
esa umuman ochiq masalalar hisoblanadi, chunki ular xususida mavjud bilimlar shu qadar oz, yuzaki va muammolarga to‘laki, bunday bilimlarga asoslangan mulohazalar (boshqacha mulohazalar umuman mavjud emas) o‘zining ishonchlilik darajasiga ko‘ra taxminiy xususiyatga ega bo‘lishi mumkin.
Ammo fan o‘z kuchini yo‘qotgan, yoki, hali kuchga to‘lmagan joyda aniq ta'riflar, bir xillashtirilgan til, yagona metodologiya va ishonchli dalillar bilan cheklanmagan falsafa o‘zini erkin his qiladi. Bu muayyan soha – antropologiyada o‘z ifodasini topadi.
Falsafa «boqiy» masalalarni o‘rganar va butun borliqning dastlabki asoslari va muhim qadriyatlarini aniqlashga harakat qilar ekan, u uzil-kesil yechimlar va shak-shubhasiz javoblar olishga da'vogarlik qilmaydi. Sinovdan o‘tkazilgan dalillar va isbotlangan asoslarning yo‘qligi uni xijolatga solmaydi, zero falsafa intuitsiya, g‘oyibona ta'sir, ilhom, mantiqiy kuchga asoslangan farazlar, taxminlar, to‘ldirishlar bilan kifoyalanadiki, bu unga mavjud bilimlar va shakllangan tasavvurlar doirasidan chetga chiqib, aniq isbotlangan ilmiy yechimga ega bo‘lmagan narsa yoki hodisani o‘zgacha tarzda, erkin tushuntirish imkonini beradi. Shu tariqa falsafa insonni bilish chegaralarini kengaytirib, uni nafaqat yuqoriroq darajaga ko‘taradi, balki yangi muammolarni qo‘yish imkonini beruvchi yangicha yondashuvlar, o‘zgacha nuqtai nazarlar va eng muhimi – eski muammolarning yangicha talqinlari bilan boyitadi.
Shu ma'noda S.Sheroziyning «Inson nimadan boshlanadi?», degan savolga hyech ikkilanmasdan: «Inson marhumga motam tutishdan boshlanadi», deb javob beradi7. Dunyoga keldimu, bozorga bordim, kafanni oldimu, mozorga bordim8.
Shunday qilib, haqiqiy falsafada muayyan masalalar, ayniqsa inson bilan bog‘liq murakkab masalalar xususida bir xil fikrlash hollari kuzatilmaydi. Bundan farqli o‘laroq, fanda bir fikrlilik u yoki bu muammoning uzil-kesil yechimi topilganidan dalolat beradi. Masalan, «abadiy dvigatel»ni yaratish masalasi xususida olimlar orasida to‘la bir fikrlilik hukm suradi: hozirgi zamon tabiatshunosligi qonunlariga muvofiq bunday dvigatelni yaratish mumkin emas. Ammo fandan farqli o‘laroq, falsafaning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u har qanday hodisani o‘rganish va tushunishda tayaniladigan qadriyatlar va mo‘ljallar tizimidan tashkil topadi. Ayni shu sababli bu yerda u yoki bu faylasufning dunyoni qanday tushunishi, uning hayotga munosabati, ayniqsa, muhim rol o‘ynaydi. U qaysi aksiomalarni ilgari surishi, qaysi ustuvorliklarni qayd etishi, nimani muhim deb hisoblashi, nimaga ishonishi yoki ishonmasligidan faylasufning boshqa narsalarga bo‘lgan tegishli munosabati, uning umumiy va xususiy masalalarga doir falsafiy pozitsiyasi kelib chiqadi.
Shunday qilib, bilimni umumiy maxrajga keltirish an'anasi uzoq vaqt hukm surgan fandan farqli o‘laroq, falsafa har xil, shu jumladan bir-birini istisno etadigan nuqtai nazarlarni ilgari suradi, ayni bir hodisalar va ob'ektlarni tushunishga nisbatan har xil yondashuvlarni ta'riflaydi. Insonni tushunishga doir turli-tuman falsafiy konsepsiyalarning ko‘pligi ayni shu hol bilan izohlanadi. Bu konsepsiyalarda inson azaldan dam umumiy obraz sifatida, dam o‘z individual borlig‘idagi muayyan odam sifatida, dam boshqa odamlar, jamoa, jamiyat, insoniyat bilan, nihoyat, tabiat, kosmos bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan aqlli mavjudot sifatida talqin qilinadi.

Download 117 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish