Ayniyat tushunchasi narsa va hodisalar o`rtasidagi o`xshash tomonlarni ifodalaydi. Shu bilan birga narsa-hodisalar bir-biridan farq qiladigan tomonlar, xususiyatlar, belgilarga ham egadir. Aynan bir xil bo`lgan narsaning o`zi yo`q. Хatto daraxtning bir shoxida yonma-yon to`rgan 2 barg ham bir-biridan farq qiluvchi ba’zi jixatlarga ega. Хech bo`lmaganda, ular bir-biridan makondagi o`rni bilan farq qiladi.
Хayotdan misol keltiradigan bo`lsak, bir-biriga tashqi tomondan tamomila o`xshash bo`lgan Хasan va Хusanlarda ham juda ko`p farq qiluvchi xususiyatlar bor. Masalan, ularda fe’l-atvor, kizikish turi, dunyoqarashlar har xil bo`lishi, ya’ni ularning ichki dunyolari farq qilishi mumkin. Demak, tafovut narsa — hodisalarning farq qiluvchi tomonlarini ifodalovchi tushunchadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |