Fan: jamoat salomatligi,sohliqni saqlashni tashkil etish va boshqarish



Download 435,69 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana04.08.2021
Hajmi435,69 Kb.
#138472
1   2   3   4   5
Bog'liq
14.BOLALAR KASALXONASI

Ayollar maslaxatxonasining tarkibi, vazifalari 

va prinsiplari  

Ayollarga akusher-ginekologik  yordam ko'rsatadigan ambulatoriya 

tipidagi asosiy muassasalarga ayollar maslaxatxonasi ,akusherlik-

ginekologiya ilmiy tadqiqot markazining maslaxat tashxizqo'yish 

poliklinikasi kiradi.  

Qishloq joylarida birinchi bosqida   QVP, ikkinchi bosqichda tuman 

ayollar  maslaxatxonasi,  tuman markazi shifoxonasi akusherlik 

kompleksi va viloyat shifoxonalari  tomonidan ko'rsatiladi. 

Ayollar maslaxatxonasi-ayollarga barcha turdagi akusher 

ginekologik ambulatoriya yordamini ko'rsatuvchi davolash-

profilaktika muassasasi  hisoblanadi. 



Ayollar maslaxatxonasining tuzilishi: 

• boshliqlar 

•  ro'yxatxona 

•  akusher-ginekologlar xonalari 

• tuqqanlar, ginekologik kasalliklarga chalingan ayollarni 

qabul qilish xonalari: 

• sog'lom ayollarni qabul qilish xonalari 

• ruxan ayollarni tug'ruqqa tayyorlash xonasi 

• terapevt, teri-tanosil kasalliklari vrachi, stomatolog, ijtimoiy 

xuquqiy fizioterapiya, muolaja xonalari,dorixona, mamuriy 

xo'jalik bo'limi. 



Ayollar maslaxatxonasining asosiy vazifalari  

quyidagilardan iborat: 

  homiladorlik, tug'ruq, tug'ruqdan keyingi davrdagi asoratlarni, 

ginekologik kasalliklarni oldini olish, ayollarda sog'lom turmush tarzi 

ko'nikmalarini shakillantirish; 

  biriktirilgan xudud aholisiga davolash akusher-ginekologik yordamini 

ko'rsatish; 

  xomilador ayollarni barvaqt aniqlash va dispanser nazoratiga olish; 

  chala tug'ishni, perinatal xamda onalar o'limini kamaytirish bo'yicha 

yangi tashkiliy usullarni qo'llash; 

  sanitariya maorif ishni olib borish; 

  ekstragenital va genital kasalliklari bor ayollarga xomiladorlik lozim 

bo'lmaganda uni oldini olish bo'yicha profilaktik tadbirlar o'tkazish. 



Xomilador ayollarga davolash-profilaktika yordamini 

tashkil etish 

 

Xomilador ayollar birinchi bor ayollar  maslaxatxonasiga 



murojat qilganlarida ularga shaxsiy karta (F № III/h) 

to'ldiriladi. Ushbu kartada barcha tekshiruv ma'lumotlari 

qayd etilib boriladi. 

Xomilador ayollarni dispanserizatsiya qilinishini bosh 

prinsipiga ularga differensiyalashgan holda  tibbiy xizmat 

ko'rsatish kiradi. 




Xomilador ayollar salomatlik holatiga qarab  

3 –guruhga bo'linadi 

1. Sog'lom ayollar – ginekolgik kasalliklari bo'lmagan, 

xomiladorlik asoratsiz kechayotgan ayollar 

2. Amaliy sog'lom –ijtimoiy gigiyenik jixatdan risk 

omillarga ega, xomiladorlik asoratsiz kechayotgan 

ayol 

3. Bemor ayol –xomilador ayol ekstragenital va genital 



kasalliklarga chalingan 


Xomiladorlik normal kechayotgan va amliy jixatdan sog'lom 

ayollar xomiladorlik davrida 14-15 marta vrach akusher-ginekolog 

kuzatuvidan o'tadi: homiladorlikning birinchi yarmida  oyiga 1 

marta, 2 chi yarmida 2 –marta, 32 haftasidan boshlab oyiga 3-4 

marta kuzatiladi. 

Ginekologik kasalliklar ayollar konsultatsiyasiga murojat 

qilganlarida hamda xomiladorlik tufayli o'tkazilgan tibbiy 

ko'riklarda va statsionarlarda somatik kasalliklar bilan 

davolanayotgan payitda  aniqlanadi. Aholining umumiy 

kasallanishlar strukturasining 10-12% ni ginekologik kasalliklar 

tashkil etadi. Tadqiqotlar natijalariga ko'ra 1000 ta ayolga 170-300 

ta ginekologik kasalliklar  aniqlangan. 




Ginekologik kasalliklar strukturasi va uning turlari ayollarning 

yoshiga alohida bog'liq ekanligini qayd etish lozim. 

Ayollar 20-29  yoshida har 4 ni ayolga, 30-39 yoshida 3-chi 

ayolga, 50-59 yoshda xar 5 chi ayolga bitta ginekologik kasallik 

to'g'ri keladi. 

Ginekologik kasalliklarni o'z vaqtida aniqlash uchun tug'ruq 

yoshdagi (15-49 yoshli) ayollar xar yili bir marta tibbiy 

ko'rikdan o'tishlari lozim. Sanoat korxonalarida ishlovchi 

ayollar esa yillik 2 marta vrach  ginekolog ko'rigidan o'tishi 

lozim. 


Profilaktik ko'rikdan o'tuvchilar ro'yxati (F№ 048/x) tuziladi va  

xar bir ko'rikdan o'tgan ayolga «Profilaktik ko'rik kartasi» (F№. 

047/x) to'ldiriladi. 



Barcha tibbiy ko'rikdan o'tgan ayollarni 

dispanser nazoratiga olish uchun 3 ta  guruhga 

bo'linadi 

1. Sog'lom ayollar –menetrual funksiyaning kechishi 

bo'yicha xech qanday buzilishlar bo'lmagan, 

ginekologik kasalliklar, shikoyatlar yo'q. 

2. Amaliy sog'lom ayollar   - anamnezida ginekologik 

kasalliklar va ayrim funksional o'zgarishlar bor, 

ammo xozirgi kunda shikoyati yo'q. 

3. Bemor ayollar  - anamnezida ginekologik kasalliklar 

qayd etilgan shikoyatlar bo'lishi va bo'lmasligi ham 

mumkin, ob'yektiv tekshirishlarda ginekologik 

kasalliklar  qayd etiladi. 




Download 435,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish