Fan-ta'lim taraqqiyotida innovatsion yondashuv va zamonaviy tendensiyalar


Ta’lim -fan-ishlab chiqarish tizimini mukammallashtirish muhim masala



Download 67,58 Kb.
bet2/10
Sana21.04.2022
Hajmi67,58 Kb.
#568328
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Fan-ta\'lim taraqqiyotida innovatsion yondashuv

Ta’lim -fan-ishlab chiqarish tizimini mukammallashtirish muhim masala
04.07.2007
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: Nigmatulla Mo'minov.

O‘tgan asrning 50-60 yillari jahon ta’lim sohasining rivojida alohida o‘rin tutgan. Ta’lim ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning asosiy omili va uni egallashga har bir fuqaro huquqli deb qabul qilingan. Shu tariqa jamiyatda oliy ma’lumotga bo‘lgan ehtiyoj va intilish o‘sib boravergan. Oliy o‘quv yurti jamiyatning ishlab chiqarish bilan bir qatordagi bo‘lagiga aylanaborgan.


Ma’lumki, jamiyatning rivojlanish qonuniyatlari birinchi navbatda, moddiy ishlab chiqarishning o‘sishi oliy o‘quv yurtlarining rivojlanishiga bevosita ta’sir etadi. Shu sababli ham oliy o‘quv yurtining jamiyat rivojlanishidagi integratsiyasi muhim ahamiyatga egadir. Ma’lumki, integratsiyaning quyidagi jarayonlari mavjud:
• o‘z ichiga iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va boshqa ko‘rinishlarni qamrab olgan davlatlararo integratsiya;
• konsentratsiya, kooperatsiya ko‘rinishidagi va o‘z ichiga sanoat, agrosanoat, ilmiy-ishlab chiqarish komplekslarini qamrab oluvchi ishlab chiqarish integratsiyasi;
• bilimning turli xil shakldagi birlashuvi;
• bilimning, fanlararo tadqiqotlarni, ilmlararo kooperatsiya va fanning ishlab chiqarish bilan mujassamlangan turli xil shakldagi fan integratsiyasi;
• ijtimoiy integratsiya.
Integrallashtirish samarasi rivojlanayotgan turli xil elementlarning o‘zaro uyg‘unlashuvi bo‘lib hisoblanadi. Elementlararo ichki aloqalarning kompleksliligi, epchiligi o‘z navbatida, markazlashtirilgan boshqaruv omillarining kuchsizlanishiga va o‘zini-o‘zi boshqaruv omilining o‘sishiga olib keladi. Elementlararo aloqaning optimal tarqalishi yangi samarani kelib chiqishiga olib keladi. Shunday qilib, universallashtirish u yoki bu xususiyat va vazifalar miqdorining o‘sishi, uyg‘unlashtirish jarayoni esa sifat ko‘rsatkichlarga ega bo‘ladi. Universallashtirish va uyg‘unlashtirish ko‘rinishlari albatta, oliy o‘quv yurtlarida ham namoyon bo‘ladi. Bu yerda asosiy element kelajak mutaxassisi va uni shakllantirish talab vositalari (o‘quv qo‘llanma, o‘quv jarayonining shakl va usullari, o‘qitishning texnik vositalari, ilmiy-tadqiqot ishlari)dir.
Shu tufayli mutaxassislarni tayyorlashni intensifikatsiyalashdagi integrativ omillar bu universallashtirish va uyg‘unlashtirish bo‘lib hisoblanadi. Oliy o‘quv yurtidagi integratsiya jarayonlari mazmunan jamiyatdagi integratsiyaga o‘xshashdir. Ishlab chiqarish va fan sohasidagi integratsiya jarayonlari oliy o‘quv yurtlaridagi integratsiya jarayonidan kuchliroqdir. Chunki korxona va ilmiy tadqiqot muassasalari oliy o‘quv yurti mahsulotlariga buyurtmachi va iste’molchi bo‘lib hisoblanadi.
Mutaxassislar tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan integrativ holat jamiyatda ijtimoiy-iqtisodiy o‘sishning tezlashishiga muvofiqlashib borishi zarur. Keng miqyosdagi mutaxassis salohiyati asosan uning ko‘p qirrali tarzda tayyorlanganligi va ilmiy, amaliy muammolarni hal etishda uyg‘unlik bo‘lib hisoblanadi. Bunday mutaxassis chuqur nazariy va amaliy bilimga ega bo‘lib, fan bilan ishlab chiqarishdagi muammolarni hal etish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Oliy o‘quv yurtlarida barcha metodik vositalar bilan ta’minlash masalasi kundalik vazifaga aylanib bormoqda. Texnik vositalar esa kompyuterlarni qo‘llash asosida mukammallashib bormoqda. O‘quv jarayonidagi integratsiyani kuchaytirishning muhim shartlaridan biri oliy o‘quv yurtlariaro kooperatsiya, ikkinchisi esa fan va ishlab chiqarish bo‘yicha integratsiya bo‘lib hisoblanadi. Masalan, agar oliy o‘quv yurti ichidagi kooperatsiya o‘z ichiga kafedralararo va fakultetlararo o‘quv tadqiqot, kompyuterlardan jamoa tarzida foydalanish, o‘qitishning zamonaviy vosita va uslublarini joriy etishga oid maxsus xizmatlardan foydalanish bo‘lsa, oliy o‘quv yurtlariaro kooperatsiya esa ilmiy tadqiqotlarga xizmat qiluvchi oliy o‘quv yurtlariaro markazlar (eksperimental bazasi bilan birga, tajriba-konstruktorlik byurolar, laboratoriyalar majmuasi, hisoblash texnikasi, ilmiy-texnikaviy axborot va shu kabilarni birlashtiruvchi)ni tashkil etish bo‘lib hisoblanadi.
Oliy o‘quv yurtlarining ishlab chiqarish va fan bilan ijodiy hamkorligining rivojlanishi muhim masalalardan biri hisoblanib kelmoqda. Ushbu masalaning hal etilishi mutaxassislarni birgalikda shakllantirish va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, kadrlarni qayta tayyorlash va ular malakasini oshirish, mutaxassislarni rejalashtirish, taqsimlash, ulardan foydalanish yo‘lidan olib borilmoqda. Aloqalarning kuchayishi kadrlarni moddiy-texnika bazalari (asbob-uskunalar, ishlab chiqarish maydonlari)ni maqsadli birlashtirish yo‘llanmasida rivojlanmoqda. Ishlab chiqarishda kafedralar filiallari tashkil etilmoqda. Yosh mutaxassislar va ularning mehnat faoliyatidagi qarama-qarshilik mutaxassisning ta’lim olish jarayonidagi ishlab chiqarish va fanlararo integratsiyasining qanday tashkil etilganligiga bog‘liq. Agar ta’lim jarayonidagi integratsiya talab darajasida bo‘lmasa, u holda mutaxassisning mehnat faoliyatiga moslashuv muddati cho‘zilib ketadi. Hozirgi zamon ishlab chiqarishi mutaxassisdan olingan bilimlarni keng miqyosda qo‘llashni taqozo etadi. Yosh mutaxassislar va ularning mehnat faoliyatidagi qarama-qarshilikning kuchayishida ishlab chiqarishning roli beqiyosdir. Agar ishlab chiqarish yosh mutaxassisga muhtoj bo‘lsa, mutaxassis oliy o‘quv yurtini bitirmasdan avval muloqotda bo‘lishi, bilimini sinovdan o‘tkazishi, ko‘nikma hosil qildirishga sharoit yaratishi kerak. Ishlab chiqarishdagi xodimlar bandliklarini pesh qilib, yosh mutaxassislar bilan tajriba va ko‘nikmalarini shakllantirish b’yicha ustozlikni amalga oshirishga intilishmaydi. Shuning uchun o‘quv jarayonining o‘ziga fan va ishlab chiqarish xodimlarini iloji boricha, jumladan, ma’ruza o‘qish, amaliy mashg‘ulotlarni olib borish, ekskursiyalar tashkil etish, xolis suhbatlar o‘tkazish, to‘garaklar tashkil etish, u yoki bu grant, loyihalariga jalb qilish va shu kabilarga ko‘proq jalb etish maqsadga muvofiqdir. Bu esa o‘z navbatida, o‘quv jarayonini rejalashtirishga o‘zgartirishlar kiritishni taqozo etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, o‘rta maxsus kasb- hunar ta’limi markazi muassasalari kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash maqsadida tasdiqlangan o‘quv reja va dasturlar asosida olib boriladigan mashg‘ulotlar nazariya va amaliyot o‘rtasidagi mutanosiblik hamda ko‘nikmani ta’minlaydi. TATU qoshidagi markaz yo‘nalishi o‘qitishning interaktiv metodlarini, Internetning global tarmog‘idan foydalangan holda, pedagoglarning, mutaxassislarning, ARM rahbarlarining tanqidiy hamda ijodiy tafakkurini rag‘batlantirishga, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan.
Ushbu markaz informatika va axborot texnologiyalari, oliy ta’lim fanlari va ARM yo‘nalishida zamonaviy axborot texnologiyalari hamda avtomatlashtirilgan axborot resurslari, barcha turdagi oliy o‘quv yurtlari, muassasalar hamda vazirlik, idoralar xodimlarini malaka oshirish, qayta tayyorlash ishtiyoqi va istagini hozirjavoblik bilan qondirishga hamda ular bilan hamkorlikda ishlashga tayyordir. Mazkur markaz o‘z faoliyatida eng iqtidorli, tajribali akademiklar, professor-o‘qituvchilar, amaliyotchi-mutaxassislarning ko‘magidan foydalanadi.
ARMning tashkil etilishi va rivojlantirilishida fan va ishlab chiqarish bilan aloqani kuchaytirish muhim ahamiyat kashf etadi, albatta, ARM rahbarlari faqatgina mavjud kitoblar, darsliklar, qo‘llanmalar, risolalar, resurslarga tayanib emas, balki turli xil sohalardagi mutaxassislarga, fuqarolarga kerak bo‘ladigan ma’lumotlar bazasini yaratish bilan ham shug‘ullanishlari kerak. Mamlakatimiz istiqloli bilan vaqtincha paydo bo‘lgan «axborot bo‘shlig‘i»ni tugatish jarayoni davom etmoqda.
Respublikamiz Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi «Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori asosida Respublika bo‘yicha mingga yaqin ARMlari tashkil etildi. Ushbu ARMlar Prezidentimiz qarorida belgilangandagidek, ma’lumot bazalarini tashkil etish va aholiga, mutaxassislarga, tadbirkorlarga talab etilgan darajada axborot resurslarini tayyorlab berishlari taqozo etiladi. Ma’lumotlar bazalarini tashkil etishda o‘ziga xos tizim yaratilishi va bu tizim bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak. Ya’ni aholiga, mutaxassislarga, tadbirkorlarga qanday axborotlar kerakligi nuqtai nazaridan masalan, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha (jumladan, sanoat va qishloq xo‘jaligi va h.k.) ketma-ketlik tuzib chiqilishi talab etiladi. Agar tadbirkor u yoki bu ARMga u yoki bu zamonaviy texnologiya bo‘yicha murojaat qilsa, eng so‘nggi yutuqlarga asoslangan ma’lumotni ola bilishi va ish faoliyatida foydalana olishiga sharoit tug‘dirilishi kerak. Ana shundagina axborot resursidan foydalanish mazmun mohiyati bilan bozor iqtisodiyoti tamoyillariga mos tushishi va o‘z navbatida, ARM byudjetdan tashqari, mablag‘larga ega bo‘lishi mumkin. Buning uchun esa ARMlar fan, ishlab chiqrish davlat va nodavlat korxonalari bilan chambarchas aloqa bog‘lab ish yuritishlari taqozo etiladi. Xalq xo‘jaligi tarmoqlari oliy o‘quv yurti bilan ishlab chiqarishning integratsiyasiga alohida e’tibor qaratishlari va bu ishni jamiyat rivojlanishidagi muhim omillardan biri deb hisoblashlari talab qilinadi. Oliy o‘quv yurtini fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasining muhim maqsadlaridan biri mutaxassislarni shakllantirish uchun o‘zaro kelishgan tarzda ularning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini yaxshilash, g‘oyaviy-siyosiy, madaniy-tarbiyaviy, sport, dam olish va shu kabi ishlarni rivojlantirish bo‘lib hisoblanadi.
Oliy o‘quv yurtlari uchun ishlab-chiqarish ilmiy muassasalar bilan integratsiyani rivojlantirishda kapital qurilish, o‘quv-ilmiy maqsadlar uchun ma’lum miqdorda mablag‘ olish maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari, olib boriladigan xo‘jalik shartnomalaridan tushadigan daromadning asosiy qismini moddiy-texnika bazani rivojlantirishga yo‘naltirish ham nazarda tutiladi.
O‘quv jarayonida korxonaning moddiy-texnika bazasidan foydalanish yosh mutaxassislarni tayyorlash uchun sarflanadigan xalq xo‘jaligi xarajatlarini bir necha marta kamaytirishga olib kelishi mumkin. Ushbu masalalarni hal etilishida O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi olib borayotgan ishlarni yaqqol misol qilib keltirish mumkin. Agentlik tasarrufidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) agentlik tarkibidagi hamma korxona, muassasalar bilan mustahkam hamkorlik aloqalari o‘rnatgan bo‘lib, kafedra filiallari tashkil etilgan, agentlik TATUning kapital qurilishlariga, binolari ta’miriga, barkamol yosh avlodni tarbiyalashdek muhim ishga o‘z hissasini qo‘shmoqda. O‘zbektelekom bir necha yil davomida TATU talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalarga bepul tushlik tashkil etishga, moddiy yordam ko‘rsatib kelmoqda. Oliy o‘quv yurtini ishlab chiqarish va fan dargohlari bilan integratsiyasini kuchayishi tabiiy tarzda kadrlarni qayta tayyorlash va ular malakasini oshirish sifatini oshirishga ham bilvosita ta’sir etadi. Bir so‘z bilan aytganda, «ta’lim-fan-ishlab chiqarish» tizimini mukammallashtirish hozirgi kun talabi desak, xato bo‘lmaydi.
Taʼlim oʻz ildizlarini ilm-fan va ishlab chiqarish, ijtimoiy turmush, bir soʻz bilan aytganda, hayot bilan bogʻlay olgan, ichki va turdosh tarmoqlar bilan har tomonlama integratsiyaga kirishgan taqdirdagina oʻz oldiga qoʻygan natijalarga erisha oladi, fan, taʼlim-tarbiya va iqtisodiyotning oʻzaro chuqur, har tomonlama uzluksiz aloqasini taʼminlay olgan va jamiyat hayotining barcha sohalariga tatbiq eta olgan davlat esa taraqqiyotga erishadi. Bu borada mamlakatimiz taʼlim sohasida salmoqli ishlar amalga oshirilayotganligi hech kimga sir emas. Taʼlim tizimini tubdan takomillashtirish, oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlashning maqsadli yoʻnalishlarini aniqlash, ayniqsa, pedagog kadrlarning kasbiy malakalari va bilim saviyasini uzluksiz yuksaltirish eng dolzarb masalalardandir. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil uchun moʻljallangan eng muhim ustuvor vazifalar toʻgʻrisidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida ham dolzarb masalalar qatorida ilm-fan va taʼlim, taʼlim va ijtimoiy-iqtisodiy hayot munosabatlariga alohida urgʻu berilganligi bejiz emas. Modomiki, taʼlim tizimining markazida inson kapitali, uni toʻgʻri taqsimlash, undan samarali foydalanish va maqsadli yoʻnaltirish turar ekan, bunda maktabgacha, umumiy oʻrta va oliy taʼlim tizimini jamiyatning barcha manfaatdor tomonlari, taʼlim jarayonining barcha subyektlari bilan yaxlit bir butunlikda bugungi kun talablari asosida tashkil etish hamda taʼlimning toʻliq uzluksizligiga erishish oldimizda turgan muhim vazifalardandir.
Keyingi yillarda yuz berayotgan tub oʻzgarishlar jamiyat hayotining barcha sohalariga yangicha innovatsion yondashuvlar, mavjud qarashlar, tushunchalar va munosabatlarni taraqqiyot koʻzgusi va samaradorlik mezonlari bilan qayta koʻzdan kechirishni taqozo etmoqda. Istiqlol yillarida taʼlim va kadrlar tayyorlash sohasida koʻplab ijobiy ishlar amalga oshirilganini taʼkidlagan holda, aytishimiz joizki, maqsadlar va ularga erishish usul va vositalarini aniq belgilay olmaslik, mehnat bozori talablarini chuqur oʻrganmaslik, undagi talab va taklifning nomuvofiqligi, odamlarning ijtimoiy ahvoli va xohish-istaklarini inobatga olmaslik oqibatida anchagina jiddiy xato va kamchiliklar ham kuzatildi. Natijada, “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da nazarda tutilgan talablar toʻliq ijrosini topmadi. Oʻtgan yillar davomida biz barcha sohalar kabi taʼlim va kadrlar tayyorlash sohasida ham oʻzimizga xos va mos yoʻlni topishga koʻproq eʼtibor qaratdik.
Darhaqiqat, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev soʻnggi yillarda taʼlim sohasini isloh qilishga, kadrlar tayyorlash sifatini tubdan takomillashtirishga, xususan, tizimga rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasini tatbiq etishga jiddiy eʼtibor qarata boshladi. Bu boradagi islohotlar 2017 yil 14 martdagi “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2017 yil 20 apreldagi “Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2017 yil 22 maydagi “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2017 yil 8 avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi, 2017 yil 30 sentyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Prezident Qarorlarida oʻz aksini topgan. Eʼtibor beradigan boʻlsak, mazkur qarorlarda uzluksiz taʼlim tizimining deyarli barcha turlari qamrab olinganligini koʻrishimiz mumkin. Qolaversa, “2017–2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi”da ham taʼlim sohasini tubdan takomillashtirishga eʼtibor qaratilgan. Taʼlim tizimini rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan mazkur hujjatlarning barchasida sohaga innovatsiyalarni kiritish, xorijiy tajribalarni oʻzlashtirish, ijodiy yondashuvlarni qoʻllab-quvvatlash, taʼlim turlari oʻrtasidagi integratsiya jarayonlarini kuchaytirish bilan bogʻliq umumiy jihatlar mavjud.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3152 sonli Qarori bilan Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti tashkil qilingan edi. Qaror bilan institutga viloyatdagi maktabgacha, maktab va maktabdan tashqari taʼlim muassasalarining tarbiyachilar, boshlangʻich sinf oʻqituvchilari, ayniqsa, aniq fanlar va chet tillari boʻyicha oʻqituvchilarga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish, tumanlar va qishloq joylaridagi taʼlim muassasalarini yuqori malakali pedagog kadrlar bilan taʼminlash hamda xalqaro standartlar darajasiga mos oliy maʼlumotli pedagog kadrlar tayyorlash vazifasi yuklatilgan. Mazkur vazifalardan kelib chiqib bugungi kunda institut oʻzining asosiy strategik yoʻnalishlari va rivojlanish konsepsiyasini ishlab chiqdi.
Toshkent viloyati taʼlim tizimida mavjud kamchiliklarni oʻrganish va ularning tahlili shuni koʻrsatdiki, pedagogik taʼlim yoʻnalishlarini muvofiqlashtirish, istiqbolni rejalashtirish, taʼlim bosqichlari oʻrtasidagi aloqa va integratsiyaning sustligi, taʼlim subyektlari faoliyatidagi tarqoqlik hududda pedagog kadrlarga boʻlgan ehtiyojning qondirilmasligi va taʼlim sifatining pasayishiga sabab boʻlgan. Shundan kelib chiqqan holda institut Toshkent viloyatida pedagogik taʼlim innovatsion klasterini yaratish bilan bogʻliq yangi tizimni oʻzining ustuvor strategik yoʻnalishi sifatida belgilab oldi va shu tizim asosida muayyan ishlarni amalga oshirdi. Ushbu tizim yengil sanoat, qishloq xoʻjaligining qator tarmoqlari hamda iqtisodiyotning ishlab chiqarish tarmoqlarida samarali hisoblangan klaster usulini taʼlim jarayoniga tatbiq etishni nazarda tutadi. Darhaqiqat, ishlab chiqarish tarmoqlarida xomashyoni yetishtirish, qayta ishlash va tayyor mahsulotga aylantirish hamda uni realizatsiya qilish ketma-ketligi zanjiri mavjud boʻlib, ushbu ketma-ketlik pedagogik taʼlim tizimida ham inson kapitali koʻrinishida mavjud. Bu esa ishlab chiqarishda samarali boʻlgan klaster modelini taʼlim tizimiga joriy etish nazariy jihatdan mumkin ekanligini koʻrsatadi.
Pedagogik taʼlimning jamiyat barqaror rivojlanishidagi yuqori ijtimoiy ahamiyatidan kelib chiqqan holda zamonaviy talablar, tizimdagi muammolar va ularni hal qilishda fan va taʼlim boʻgʻinlari oʻrtasidagi aloqadorlikni taʼminlash uzluksiz pedagogik taʼlimni klaster rivojlanish tizimiga oʻtkazish zaruratini taqozo etmoqda.
Pedagogik taʼlim innovatsion klasteri uzluksiz taʼlim tizimidagi barcha taʼlim turlari, ilmiy tadqiqot institutlari va markazlari, amaliyot bazalari, ilmiy va ilmiy-metodik tuzilmalarning bir butunligi boʻlib, ularning birgalikdagi vazifalar taqsimlangan faoliyati pedagogik taʼlim tizimini sifat jihatidan yangi darajaga koʻtarish imkonini beradi. Binobarin, klasterning asosiy maqsadi oʻz tarkibiga kiruvchi taʼlimiy-ilmiy-innovatsion salohiyatni nafaqat yuqori fuqarolik va kasbiy layoqatlilik darajasi bilan, balki raqobatbardoshligi, yangiliklarni qabul qila olish qobiliyati, yangi taʼlim dastur va texnologiyalarini loyihalash hamda amalga oshira olish qobiliyatiga ega zamonaviy taʼlim mutaxassislarini tayyorlash uchun birlashtirishdir.
Pedagogik taʼlim rivojlanishining klaster tizimi taʼlim berish, oʻquv adabiyotlarini yaratish, pedagog kadrlar ilmiy salohiyatini oshirish, taʼlim va tarbiya uzviyligi bilan bogʻliq umumiy yoʻnalishlarda faoliyat olib boradi. Ayni paytda bu umumiy yoʻnalishlar taʼlimni boshqarish va tashkillashtirish, taʼlim turlari va yoʻnalishlari oʻrtasida uzviylik va integratsiyani taʼminlash, oʻqitish metodlari va vositalaridan foydalanish kabi yoʻnalishlarda xususiylashadi.
Quyidagilar klaster tizimining subyektlari sifatida ishtirok etadi:
– talabalar, magistrantlar va doktorantlar pedagogik amaliyot oʻtaydigan, taʼlimiy, ilmiy tadqiqotchilik, innovatsion va loyihalashtirish faoliyatini olib boradigan oʻquv va tajriba eksperimental baza vazifasini oʻtaydigan maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, oliy va qoʻshimcha taʼlim muassasalari;
– taʼlimning turli darajalaridagi yangilanishlarga muvofiq ravishda kattalarning qoʻshimcha taʼlimi tizimi muassasalari, bolalar va oʻsmirlarning maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi pedagogik kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish muassasalari;
– hamkorlikdagi ilmiy tadqiqot faoliyati bilan shugʻullanayotgan va uni belgilaydigan ilmiy va ilmiy-metodik tuzilmalar, markazlar, ilmiy tadqiqot institutlari;
– pedagogik hamjamiyatlar, tashabbuskor jamoalar, jamoat birlashmalari, davlat va nodavlat tashkilotlari;
– xorijiy oliy taʼlim muassasalari va ilmiy markazlar.
Klaster tizimi har biri alohida faoliyat olib boradigan subyektlarni umumiy maqsad atrofida birlashtiradi va ayni paytda har bir subyekt umumiy maqsaddan kelib chiqqan holda xususiy manfaatdorlik asosida ish yuritadi. Klaster tizimi subyektlari bir-birini qoʻllab-quvvatlaydi va nazorat qiladi, har biri alohida klasterning maʼnaviy va intellektual maydonini yaratadi, ijtimoiy taʼsiri hamda ahamiyatini kengaytiradi.
Pedagogik taʼlim innovatsion klasteri aloqadorlik, uzviylik, izchillik, vorisiylik, zamonaviylik, yoʻnaltirilganlik, manfaatdorlik tamoyillariga asoslanadi.
Pedagogik taʼlim klasteri faoliyatining asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:
– pedagogika sohasida samarali vorisiylikni taʼminlash va eng yaxshi oʻquvchilarni pedagog kasbiga targʻib qilish;
– pedagoglarning kasbiy tayyorgarligini amaliyotga tayangan holda va manfaatdor subyektlar bilan samarali aloqasini intensiv taʼminlagan holda olib borish;
– boʻlajak taʼlim mutaxassislarini innovatsion tajribaga ega boʻlgan amaliyotlar bazasida tayyorlash muhitini yaratish;
– yosh mutaxassislarning kasbiy koʻnikmalarni egallash davrini qisqartirish;
– talabalarni bugungi jadal rivojlanish jarayonlarida bevosita ishtirok etishini taʼminlash;
– pedagogik taʼlimda yangi avlod oʻquv, oʻquv-metodik, ilmiy adabiyotlar, vositalar va didaktik materiallar majmuasini yaratish;
– pedagogik taʼlim ilmiy, ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish;
– pedagogik taʼlimni rivojlantirishning dolzarb masalalari atrofida intellektual resurslarni integratsiyalash;
– taʼlim, fan va pedagogik amaliyotning turli shakl va turlarini izlab topish va taʼlimga tatbiq etish;
– taʼlim va tarbiya uzviyligini taʼminlovchi mexanizmlarni takomillashtirish;
– pedagog kadrlarni tayyorlashda maktabgacha, oʻrta taʼlim va OTM hamda boshqa talabgorlar bilan oʻzaro tezkor qayta bogʻlanish imkoniyatini yaratish;
– pedagogik taʼlim boʻgʻinlari oʻrtasidagi aloqadorlik, bogʻliqlik va hamkorlik zaruriyatini ilmiy asoslash.
Ushbu maqsadlardan kelib chiqqan holda pedagogik taʼlim innovatsion klasteri quyidagi vazifalarni bajaradi:
– viloyatdagi taʼlim muassasalari uchun zamonaviy bilim va malakaga ega pedagog kadrlarni tayyorlash;
– taʼlim sifatini oshirishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish;
– pedagogika sohasida ilmiy faoliyatni izchil yoʻlga qoʻyish;
– taʼlimning asosiy (darslik) va yordamchi (lugʻatlar, qomuslar, elektron manbalar va b.) vositalari mazmun-mohiyatining taʼlim bosqichlari kesimidagi uzviyligi va uzluksizligini taʼminlash;
– viloyatdagi taʼlim muassasalari oʻqituvchilarining bilim saviyasidagi boʻshliqlarni toʻldirish maqsadida viloyat Xalq taʼlimi boshqarmasi bilan hamkorlikda muddatli oʻquv kurslari tashkil qilish;
– umumtaʼlim maktablarida fanlarni oʻqitish bilan bogʻliq muammolarni bartaraf qilish maqsadida viloyat Xalq taʼlimi boshqarmasi bilan hamkorlikda ilmiy-amaliy seminarlar tashkil qilish;
– institutdagi professor-oʻqituvchilarning ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida ilmiy tadqiqot institutlari, ilmiy markazlar va tayanch oliy taʼlim muassasalari bilan ilmiy hamkorlikni kuchaytirish;
– umumtaʼlim maktablarida ilmiy tadqiqot olib borish layoqatiga ega oʻqituvchilarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish;
– pedagogika sohasidagi ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻzlashtirish maqsadida yetakchi xorijiy OTMlarga stajirovkalarni amalga oshirish.
Ayni paytda, pedagogik taʼlim innovatsion klasteri institutning asosiy ilmiy tadqiqot yoʻnalishi sifatida belgilangan boʻlib, hozirda oʻttizdan ortiq professor-oʻqituvchilar mazkur ilmiy tadqiqot yoʻnalishida izlanishlar olib borishmoqda. Barcha saʼy-harakatlarimiz muhtaram Prezidentimiz qarorida belgilangan vazifalar ijrosini toʻliq taʼminlash, viloyatning pedagog kadrlarga boʻlgan ehtiyojini sifatli qondirish, sohaga ilgʻor xorijiy tajribalarni jalb qilgan holda zamonaviy raqobatbardosh pedagog kadrlar tayyorlashdan iboratdir. Bu bilan institut jamoasi “Harakatlar strategiyasi”da belgilangan ustuvor yoʻnalish va vazifalarning ijrosini taʼminlash hamda hayotga tatbiq etilishida oʻzining kamtarona hissasini qoʻshgan boʻladi.
Xulosa oʻrnida shuni alohida taʼkidlash lozimki, jamiyatimizning bugungi rivojlanish bosqichida pedagogik taʼlim innovatsion klasteri taʼlimda ichki va tarmoqlararo aloqadorlikni taʼminlaydigan, ilmiy tadqiqot, ilmiy-metodik muassasalarda toʻplangan tajriba va erishilgan ilmiy yutuqlarni taʼlim hamda ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha jabhalariga yetib borishini samarali amalga oshiradigan yaqin kelajakdagi eng muhim tizim sifatida taqdim etilmoqda. Bunda taʼlim muassasalari va jamiyat boshqa manfaatdor tomonlarining oʻzaro uzviy va uzluksiz aloqasini taʼminlash, taʼlim jarayonining pirovard mahsuli – har tomonlama yetuk pedagog kadrlarni yetishtirish va jamiyatga naf keltirishi uchun ilmiy, ijodiy, maʼnaviy, iqtisodiy imkoniyatlar yaratish maqsadga muvofiqdir. Chunki kadrlar bilim saviyasi va raqobatbardoshligi iqtisodiy ishlab chiqarish, sanoat, qishloq xoʻjaligi va jamiyatning boshqa sohalari taraqqiyoti va raqobatbardoshligining asosidir. Boshlagan har bir ishimizdagi sifat va samara aynan shu masala bilan chambarchas bogʻliqligini rivojlangan mamlakatlar tajribasi va qolaversa hayotning oʻzi yaqqol koʻrsatib turibdi. 
amonaviy sharoitlarda jahon fani va innovatsiya faoliyatining yutuqlaridan keng foydalanish jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarini izchil va barqaror rivojlantirishning, mamlakatning munosib kelajagini barpo etishning muhim omili bo‘lib bormoqda.
O‘tgan davrda fan va texnologiyalarni rivojlantirish sohasida zarur infratuzilma yaratildi, muayyan intellektual va texnologik salohiyat shakllantirildi.
Shu bilan birga, quyidagi tizimli muammolarning mavjudligi, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish uchun mavjud imkoniyatlar va salohiyatdan yetarlicha foydalanmaslik ko‘zlangan islohotlarning samarali amalga oshirilishiga hamda mamlakatning jadal innovatsion rivojlanishiga to‘sqinlik qilmoqda, xususan:


Download 67,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish