Fanidan O’quv – uslubiy majmua


Ekologik resurslarning ekskursiyani tashkil



Download 6,43 Mb.
bet175/237
Sana23.01.2022
Hajmi6,43 Mb.
#403269
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   237
Bog'liq
ekskursiya xizmatini tashkil qilish

11.1. Ekologik resurslarning ekskursiyani tashkil

qilishdagi o‘rni

Ekologik turizm o‘tgan asrning oxirlaridan boshlab jahon turizmi


industriyasiga asta-sekin kira boshladi. Butunjahon turizm tashkilotining

ma’lumotlari bo‘yicha keyingi besh yilda ekologik turizmda turistlar oqimi tobora

ko‘payib borayotganligi haqida xisob – kitob natijalari keltirilgan. Ushbu turizm

yo‘nalishida janubiy Yevropa, Janubiy – sharqiy Osiyo, kichik Osiyo, Xitoy va

Afrika qit’asidagi davlatlar oldingi o‘rinlarda borishmoqda. Albatta, qayd qilingan

geografik tabiiy manzillar betakror tabiat mintaqalar bo‘lib, doimiy bahor va yoz

iqlimiga ega bo‘lgan davlatlarning tabiatdagi biologik xilma-xillik resurslari,

sharoitlari bu mintaqalarda yil davomida turistlar oqimining ko‘payishini

ta’minlaydi, imkoniyatlar yaratadi. Hozirgi kunga kelib jahonda ekologik turizm
jadal suratlar bilan rivojlanib borayotgan turizmning tarmoqlaridan biriga aylandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlagandek «Go‘zal


geografik va tabiiy sharoitlar Respublikamiz hududida ekologik turizmni

rivojlantirish uchun g‘oyat qulaydir. Bu borada mamlakatning tog‘li hududlarida


joylashgan, zamonaviy jihozlangan sayyohlik majmualarida


qishki va noyob

sayyohlik


dasturlari
tashkil
etilgan.
Sayyohlikning
yangi

yo‘nalishi-yirik


206

qo‘riqxonalar va bog‘lar hududida tashkil etilgan
tabiatshunoslik turizmi


rivojlanmoqda»6.

Darhaqiqat, O‘zbekistonda ekologik turizm rivojlanib borishining yana bir

sababi turist o‘zi qiziqqan tabiat va uning tabiiy sharoiti, biologik resurslari bilan

tanishibgina qolmasdan, bu tabiat bag‘rida dam oladi, tabiat go‘zalligini chuqur


his
qiladi.


Uning
resurslarini
avaylash

xohish-istagi

paydo

bo‘ladi.



Respublikamizning ekologik turizm salohiyatini hisobga olganimizda ekologik

turizmni rivojlantirishning asosiy resurslari – 4 faslli tabiat mavsumlari, o‘zining

ekologik tizimlariga ega bo‘lgan 5 ta tabiiy landshaft bio-xilma-xilliklarida


endemik

(faqat


O‘zbekiston

tabiatida)

turlarning

mavjudligidan

iborat.


O‘zbekistonning

ekologik


turizmdagi

resurslar

salohiyatiga

alohida


to‘xtalganimizda, quyidagi ekoturizm manbalarini keltirish, tavsiflash masalaga
ravshanlik kiritadi.

O‘zbekiston 3,8 mln. gektarga ega bo‘lgan ovchilik – baliqchilik yer


maydonlariga ega, ulardan 1 mln. gektarini suv fondi tashkil etadi. Respublikamiz

faunasi 97 turdagi o‘txo‘r hayvonlar, 424 turdagi qushlar, 58 turdagi sudralib

yuruvchilar va 83 tur baliqlarga ega. Bulardan, O‘zbekiston Respublikasi «Qizil

kitobiga» o‘txo‘r hayvonlarning 24 turi, qushlarning 48 turi, sudralib


yuruvchilarning 10 turi, baliqlarning 18 turi va 78 turdagi umurtqasizlar kiritilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Botanika instituti ma’lumotlari

bo‘yicha, O‘zbekistonda hozirgi kunda 4148 tur o‘simliklar mavjud. Shulardan,

3000 turlari oliy, yovvoyi o‘suvchi o‘simliklar, ulardan 9 foizi endemiklardan

iborat. O‘zbekiston hududining muhofaza etilayotgan tabiiy hududlar tarkibida

2164 km2 ni tashkil qilgan 10 ta davlat qo‘riqxonasi, 6061 km2 ni tashkil etgan 2 ta

milliy bog‘ va noyob turlarga kiruvchi hayvonlarni ko‘paytirish respublika

markaziy – «Jayron» ekomarkazi, 12186 km2 maydonni tashkil etgan 17 ta davlat

buyurtmaxonalari mavjud. Keltirilgan ma’lumotlarga qo‘shimcha qilib qayd qilish

mumkinki, O‘zbekiston Markaziy Osiyoning o‘rtasida, ekologik turizmning


rivojlanishi


uchun
qulay
transport,
geografik
hududlarida
joylashgan.

6
Экологический вестник. Ж. Тошкент, № 6, 2007.

207

Ekspertlarning ma’lumotiga qaraganda ekoturizm sayyohlik bozorining 10-20 %ini

qamrab olgan, o‘sish sur’ati esa umumiy turizm industriyasining o‘sish sur’atidan

2 – 3 marotaba oshib ketdi. Shuning uchun ham bugungi kunda ekologik turizmni


rivojlantirish asoslarini va ekologik resurs maskanlariga turistik marshrutlar

tuzishning uslubiy asoslarini ishlab chiqish zarur bo‘lmoqda.

O‘zbekistonlik ekolog olimlarning fikricha, – ekoturizm ma’rifiy-ma’naviy
tushunchalar ostida ekoturistlarning ekzotik tabiiy hududlarga, ularning hayvonot

va o‘simliklar dunyosiga, tabiiy hududlarning tarixiy yodgorliklariga, arxeologik


topilmalariga, geologiyasiga, paleontalogiya qoldiqlariga sayohatlari kabi tabiat

bilan bog‘liq majmualar kiradi.

Ekoturizmning maqsadi – hozirgi va kelajak avlodlarning ekologik xavfsizligi

va barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun tabiatdan turistik yo‘nalishda oqilona

foydalanishdir. Ekoturizmning maqsadini amalga oshirish uchun «O‘zbekistonda

ekologik turizmni rivojlantirish konsepsiyasi» da keltirilgan rejaviy dasturni


keltirish kifoya qiladi. Bu konsepsiyada respublikamizda ekologik turizmni
rivojlantirish uchun quyidagi vazifalarni bajarish muhimligi alohida qayd qilingan:

 ekoturizm industriyasini shakllantirish uchun maxsus qonunlarni ishlab


chiqish va ularning huquqiy mexanizmini yaratish;

 ekoturistik fan, ta’lim va amaliyotning nazariy asoslarini ishlab chiqish;

 aholining ekologik ongi va madaniyatini ekoturizm orqali o‘stirish;

 ekoturizm yo‘nalishidagi ta’lim va tarbiyani yo‘lga qo‘yish;

 ekoturizm bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash;

 ekoturistik ob’ektlarni har tomonlama baholash va ularning kadastrini olib


borish;

 ekoturizm monitoringi va istiqbolini olib borishni yo‘lga qo‘yish;

 milliy davlat hududlarini ekoturizm bo‘yicha rayonlashtirish;

 davlatlarning va xalqaro jamiyatning ekoturizmga oid taktik reja va


strategik dasturlar va tadbirlarini ishlab chiqish;

 biologik xilma-xillikni saqlash.

208
Qayd qilingan vazifalarni bajarishda quyidagi ekoturistik tamoyillarni, ya’ni

ekologik munosabatlarni turizm orqali tartibga solishga yo‘naltirilgan qoidalarga

qattiq, ma’suliyat bilan rioya qilish talab qilinadi:


 ekoturizmda
tabiatni
muhofaza
qilish
va
barqaror
rivojlanish

masalalarining ustuvorligi;



 ekoturizmning
tarixiy,
madaniy
va
boshqa
turizm
turlari
bilan

bog‘langanligi;

 turizm va servis sohasi yo‘nalishidagi barcha ta’lim muassasalarida

ekoturistik o‘quv kiritilishining maqsadga muvofiqligi;

 mahalliy aholining ekologik ongi va madaniyatini o‘stirishda ekoturizmni


jalb qilish zaruriyati;

 tabiatdan oqilona foydalanish va tabiatni muhofaza qilishning mazmunini


ekoturistik marshrutlarda aks ettirish;

 davlat, jamiyat, mahalliy boshqaruv idoralarining ekologik turizmdan


manfaatdorligi;

 ekoturizmda ekologik ijtimoiy-iqtisodiy manfaatdorlikning yagonaligi;

 ekoturizmda milliy g‘urur va iftixorni shakllantirishning zarurligi.

Qayd qilingan tamoyillarning bajarilishi O‘zbekistonda ekologik turizmni

jadal rivojlantirishning asoslarini ta’minlaydi.

Ekoturizmni rivojlantirish bo‘yicha «O‘zbekistonda ekologik turizmni

rivojlantirish konsepsiyasi» qabul qilingan. Ushbu konsepsiyaning 1.4. bandida –

ekoturizmning ijtimoiy-iqtisodiy masalalari yechimini topishi lozim bo‘lgan


dolzarb masalalari qayd qilingan. Ular quyidagilar:

ekoturizm ob’ektlarida aholini ish bilan ta’minlash, ijtimoiy muhofaza


qilish muammolarini hal qilish;



ekoturizm qadamjoylarida kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish orqali



qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish, turistik infratuzilmalarni hosil qilish;

209


ekoturizmning jahon talablariga javob beraoladigan moddiy – texnik,


axborot–tahliliy

bazasini


yaratish

xizmat


ko‘rsatish

va

servis



sohasini

rivojlantirish;



ekoturizm maskanlarini elektr energiyasi va issiq suv bilan ta’minlash


maqsadida ekologik toza, qayta tiklanuvchi muqobil energiya qurilmalari

yordamida foydalanishni keng yo‘lga qo‘yish.



Download 6,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish