Fanning ma‟ruza matni


Prozelitizm keltirib chiqarayotgan salbiy oqibatlar



Download 0,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/57
Sana30.05.2022
Hajmi0,87 Mb.
#620568
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57
Bog'liq
Диншунслик маърузалар матни

Prozelitizm keltirib chiqarayotgan salbiy oqibatlar.
Konstitutsiyada din erkinligi va din davlatdan ajratilganlik tamoyili 
ta‟minlanadi. Biroq 1998 yilda qabul qilingan din to„g„risidagi qonun ko„p 
huquqlarni ro„yxatdan o„tgan diniy guruhlar bilan cheklaydi va qanday guruhlar 
ro„yxatdan o„tishi mumkinligini cheklaydi. Prozelitizm, diniy adabiyotni olib qirib 
tarqatish va xususiy tarzda diniy ta‟lim berish kabi hatti-harakat bilan qonun 
taqiqlarini buzgan shaxslar jinoiy javobgarlikka tortiladilar.


83 
Oxirgi yillarda aksariyat diniy jamolarda shart-sharoitlar yaxshilanishiga 
qaramay hisobot davrida diniy erkinliklarni hurmat qilish darajasi bir necha 
sohalarda pasayib ketdi. Ketma-ket kelgan ikki yil davomida Hizbut-tahrir (HT) 
kabi ekstremist guruhda a‟zolik tufayli ozodlikdan mahrum qilingan shaxslarning 
soni kamaygan ko„rinsa-da, hukumat diqqat-e‟tiborini Turk musulmon guruhi 
“Nur”ga, qaratib kamida 42 nafar “Nur” guruhi a‟zisi deb gumon qilinganlarni 
hibsga olib ulardan ko„plarini olti yildan 12 yilgacha muddatlarga ozodlikdan 
mahrum qilishga hukm qildi. Hukumat ruxsat bilan faoliyat ko„rsatayotgan 
masjidlarda ibodat qiladigan dindorlar ishlariga aralashmadi va asosiy yo„nalishda 
hisoblangan boshqa guruhlar faoliyatiga ijozat berdi. Ozchilik tashkil qilgan ba‟zi 
diniy guruhlar ro„yxatdan o„tmaganicha qoldi, chunki ular qonunda belgilangan 
ro„yxatdan o„tish qat‟iy talablariga javob bera olmadilar. Bu guruhlar, ayniqsa 
prozelitizm bilan shug„ullanayotgan, deb qaralganlar ustiga reydlar uyushtirildi, 
ta‟qib va yetakchilari va a‟zolarining hibsga olinishini boshdan kechirdilar
ba‟zilariga esa jinoiy ayblar qo„yildi.
Missionerlarning maqsadlari siyosiy bo„lgani uchun ham xatarli va 
tashvishlanarlidir. Chunki natija bevosita mamlakat xavfsizligiga daxldordir. 
Ularning kirdikorlari bu nuqtai nazardan baholanmog„i va chora-tadbir ham shunga 
ko„ra olinmog„i lozim. Aks holda, biz kelajak avlodga kuchli, ozod va obod 
vatanni emas, balki xalqining ruhi-dili bir-biriga begona, shu tufayli qator 
muammolarga botgan, parokanda, ma‟naviy ziddiyatlar avj olgan, binobarin, zaif 
va qaram bir o„lkani qoldirgan bo„lamiz. 
Missionerlikning oshkora, quturgan ko„rinishi tarixdagi Birinchi va Ikkinchi 
salb urushlari (krestoviy poxod) misolida yanada yaqqol ko„rinadi. Ibn Asiyr o„z 
tarix kitoblarida xristian bosqinchilari bo„lmish salbchilarning salb yurishlari 
vaqtida Quddusga kirishlarini shunday bayon qiladi: “Faranjlar (ya‟ni, 
yevropaliklar) Quddusni bosib olgach, Sha‟bon oyining yettinchi kuni, juma kuni 
ertalab, shaharga kirib kelishdi. Ular bir hafta davomida musulmonlarni qilichdan 
o„tkazib, qirg„inbarot qilishdi...”. 
Birinchi salb yurishi (1096-1099 yillar) davrida xristianlarning ellik ming 
nafar lashkari Quddusni qamal qilishdi. Shahar xalqi holdan toygan, dushman bilan 
kurashishga ortiq madori yo„q edi. Qamaldan qutulish umidi butunlay uzilgach, 
mol va jonlarining xavfsizligi ta‟minlanishi sharti bilan dushmanga taslim 
bo„ldilar. Salbchi lashkarboshilar Masjidi Aqsoga kirganlarning omon qolajaklarini 
bildirdi. Lekin ular so„zlarida turmadilar, jon saqlash maqsadida masjidga 
berkingan qariyalar, ayollar va bolalar ayovsiz bo„g„izlandi. Jome‟ tizza bo„yi 
qonga botdi. Shaharning yosh-qari, erkak-ayol musulmon va yahudiylardan iborat 
yuz mingga yaqin aholisi qatl etildi.
Salbchilar amiri Rim papasiga yozgan maktubida bunday degan edi: 
“Quddusda birorta musulmon qolmadi, hammasi qatl etildi. Sulaymon masjididagi 
musulmonlarning qoni esa otlarimiz tizzasiga yetdi...!” 
Bu voqealardan sakson sakkiz yil o„tib, ya‟ni, 1187 yilda buyuk lashkar boshi 
Salohiddin Ayyubiy (1138 – 1193 yillar orasida yashagan) Quddusi sharifni yana 
qaytarib oldi. Lekin salbchilarga o„zlari qilgandek muomala qilmadi. Salohiddin 
dushmanlarga qirq kun muhlat ichida shaharni tark etishga amr etdi. 


84 
“Rim papasi va boshqa diniy rahnamolar boshchiligida Islom olamiga qarshi 
qayta-qayta salb yurishlari qildilar. Yuz yillar davomida fan-madaniyat va ilm 
markazi bo„lib, Ovro„paga nur sochib turgan Andalus davlatini yer yuzidan supurib 
tashladilar. Ularning vahshiyligidan beshikdagi bolalar ham beomon bo„ldi. 
Musulmon nomi bo„lsa bo„ldi, bitta qo„ymay qirdilar. Musulmonlarning qonini 
daryo qilib oqizdilar. Ularning qonli yurishlari tufayli O„rta yer dengizining moviy 
suvi qirmiziga aylandi. Salbchi nasorolar dengizdan o„tib musulmon yurtlarini 
ishg„ol qildilar. Qon to„kdilar. Zulm o„tkazdilar. Keyinroq kelib esa, barcha 
musulmon davlatlarni masihiy davlatlar o„z mustamlakasiga aylantirdi. Jahonda 
buyuk jug„rofiy kashfiyotchilar sifatida nomi mashhur bo„lgan ovro„palik shaxslar 
aslida musulmon yurtlarni bosib olishga tayyorgarlik ko„rish ayg„oqchilari 
ekanligi, ular safarga chiqishdan oldin Papaga xristian dini uchun yangi joylar va 
yangi qavmlar topib berishni va‟da qilib, uning duosi va iznini olganliklari ma‟lum 
va mashhurdir. 

Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish