Bog'liq Iqtisodiyotni barqarorlashtirish muammolari
FarDu Iqtisodiyot yo`nalishi 20.144-guruh Talabasi Tadjiboev Metinbekning “Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash” Fanidan “Iqtisodiyotni barqarorlashtirish muammolari” mavzusida tayyorlagan KURS ISHI Mundarija Kirish…………………………………………………………………3
1.Iqtisodiy barqarorlik tushunchasi va uning mohiyati……………….5
2.Iqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o`sishga ta’sir etuvchi omillar….10
3.Makroiqtisodiy jarayonlarda milliy iqtisodiyotning ishlab chiqarish natijalarini ifodalovchi ko`rsatkichlar tushunchasi…………………..17
4.O`zbekistonda iqtisodiy barqarorlikni ifodalovchi ko`rsatkichlar tahlili va prognozi……………………………………………………………21
5.Mamlakatimizda iqtisodiy barqarorlik samaradorligini oshirish yo`llari………………………………………………………………...29
Xulosa…………………………………………………………………32
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati……………………………………34
Kirish Mustaqil O’zbekiston iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, yuqori o’sish sur’atlariga erishish, aholi turmush darajasini oshirish maqsadida islohotlarni olib bormoqda. Bu siyosatning qanchalik to’g’ri va puxta tashkil qilinishi mamlakatimiz iqtisodiyotining ertangi kunini belgilab beradi. Iqtisodiy islohotlarda tashqi iqtisodiy siyosat muhim o’rin tutadi. Shu boisdan mamlakatimizning tashqi iqtisodiy siyosatini o’rganish, uni atroflicha tahlil qilish muhim ahamiyatga egadir.
Mavzuning dolzarbligi shundan iboratki aynan samarali iqtisodiy barqarorlik siyosatini ishlab chiqib uni hayotga tadbiq qilish mamlakatimiz oldida turgan, hal qilinishi lozim bo’lgan eng ustuvor vazifalar hisoblanadi. Mavjud savdo siyosatini har tomonlama tahlil qilish, uning iqtisodiyotimiz uchun qay darajada mosligini tekshirish, tashqi faoliyatimizga to’siq bo’layotgan muammo va kamchiliklarni topish hamda ularni bartaraf qilish usullarini o’ylab topish zarurati tug’ilmoqda.Mamlakatimizning tashqi savdo siyosatini o’rganish, uni takomillashtirish yo’llarini qidirish, mamlakatimizning globallashuv jarayonida o’z iqtisodiy manfaatlarimizdan kelib chiqqan holda samarali siyosat yuritishga asos bo’lib xizmat qiladi. Bu masala iqtisodiy rivojlanishimizni belgilab beradigan, unga asos bo’lib xizmat qiladigan omil bo’lganligi sababli ham o’rganishga arzigulik hisoblanadi.
Ushbu kurs ishimiz ikki qismdan iborat bo’lib birinchi qismda iqtisodiy barqarorlik siyosatining nazariy asoslarini ochib berishga harakat qildik. Bunda asosan butun dunyoda tan olingan savdo siyosatini tashkil qilish usullari, bu siyosatning makroiqtisodiy ahamiyati haqida atroflicha to’ztalib o’tdik. Kurs ishimizning ikkinchi qismida esa aynan mustaqillik yillarida mamlakatimiz tomonidan tanlangan iqtisodiy barqarorlik siyosati va uni makroiqtisodiy ahamiyati, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishdagi rolini atroflicha yoritib berdik. Kurs ishimizdan asosiy maqsad biz tanlab olgan iqtisodiy barqarorlik siyosati mohiyatini anglab yetish, uni jahon tajribasi bilan solishtirish, uning o’tgan davr mobaynidagi natijalarini tahlil qilish, bu siyosatning takomillashtirilishi mumkin bo’lgan jihatlarini qidirib topishdan iboratdir,.shuningdek O”zbekiston Respublikasida tashqi faoliyatni olib borish muammolari va ularga yechimlar keltirib o’tishni asosiy maqsad qilib oldik.
Kurs ishini yozishda turli xil adabiyotlar, darsliklar, jahon banki va moliya tashkilotlarining statistikalari, internet resurslar, mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan tadqiqot markazlari izlanishlaridan foydalandik.