Farg’ona davlat universiteti tarix yo’nlishi va tarix fakulteti



Download 23,83 Kb.
Sana14.02.2022
Hajmi23,83 Kb.
#447652
Bog'liq
Mustaqil ta\'lim

FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI


TARIX YO’NLISHI VA TARIX FAKULTETI
18-70 3-KURS TALABASI JO’RABOYEV BAHODIRNING
O’ZBEKISTONNING MADANIYATI VA SAN’ATI FANIDAN
MUSTAQIL TA’LIM ISHI

Mavzu: Qadimgi Xorazm madaniyati.


Reja
1. Kirish
2. Qadimgi Xorazm ibtidoiy davrda
3. Qadimgi Xorazm Davlatchiligi
4. Xulosa

Kirish


  1. Mamlakatimiz hududida mavjud bo’lgan 4000 dan ziyod moddiy va ma’naviy obida umumjahon merosining noyob namunasi sifatida Yunesko ro’yxatiga kiritigani ham bu fikrni tasdiqlaydi.

Xorazmda aniq ilmlar erta davrlarda rivojlangan ulardan amaliy ishlarda keng foydalanilgan Qadimgi Xorazmlik mutaxassis muhndislar katta sug’orish inshotlarini qurish jarayonida yoki qa’la qurilishida ko’plab gometrik o’lchov usullarini keng qo’llab, o’z davri uchun ajayib yutuqlarga erishganlar. Buyuk Xorazmlik olim Abu Rayxon Beruniy Xorazmning o’zini Amudaryonnig mahsuli degan. Bir paytlar daryo balxor tog’lari yaqinidan o’tib, Kaspiy dengizga quyilgani, uning bu o’zini atrofida 300 dan ortiq Shahar va qishloqlar joylashganligi aytgan va bu so’zlarga Ptolomeydan dalillar keltirilgandi. Ularning xarobalari bugungi kungacha saqlanib qolgan. Shaharsozlik tarixidaqadimgi davrlardan ma’lum bo’lishicha, bir guruh memor-muhandislar tomonidan tayyorlangan bo’lg’usi qurulishning loyihasi hukumdorlar saroyida muhokamaga qo’yilgan. Qadimgi Xorazm shaharsozlik va me’morchlik hozirgi vaqtlardagi qurulish ashyolari va qurulish usullari o’rtasidagi bog’anishlarda bir oz o’zgarishlar yuz bergan. So’ngi davrlarda aholi turar joylari va shaharsozlikda asosan, qala’lardagi qurulishlarda pishtgan g’ishtlar ko’p qo’llanilmoqda.

  1. Arxeologik tadqiqotlar hoirgi xorazm vohasiga, Amudaryoning quyi oqimi, Orol dengizining janubi sarhadlaridan to Sirdaryogacha bo’lgan keng maydonda Mil avv.VI-III ming yilliklarda tuli urug’ qabilalarning yashab kelganligi aniqlangan. Topilgan ashyoviy yodgorliklar, ajdodlarimizning qadimdan Sayla uylarda yashab, ovchilik va baliqchilik bilan tirikchilik qilganliklarni tasdiqlandi. Mil avv. III-ming yilliklarning oxiri va II-ming yilliklarnnig boshlari ibtidoiy odamalar hayotida qadimgi tosh qurollar bilan birga qo’yilgan. Cho’l va sahrolarda chorvachilik, daryo qirg’oqlarida esa ibtidoiy dexqonchilik bilan shug’ullangan . Mil avv II-ming yilllikning oxiri va I-ming yilliklarning boshlarida Xorazmvohasida yashagan ibtidoy hayotda temirfan foydalanish boshlanadi. Temirdan yasalgan mrhnat va tosh qurollarning ihtiro qilinish bilan ular xayotda keng o’zgarishlar yuzaga keldi. Mehnat taqsimoti chuqurlashib, chorvachilik, dexqonchilik va hunarmandchhilik alohida kasb sifatida ajralib chiqadi. Odamlar tirikchilik qilish qulay bo’lgan ma’lum hududlarga to’plana boshladilar. Daryo qirg’oqlarida dexqonchilik maydonlari kengaydi. Daryolarda suv chiqarilib, dexqonchilik maydonlari shakllana boshladi. Atrofi qo’rg’on bilan o’rab olingan qa’la-qishloqlar vujudga keldi. Ibtidoiy chaylalar o’rnini paxsa, xom g’isht va yog’ochdan qurulgan uylar egallay boshlandi. Ishlab chiqarishning rivojanishi, mehnat qurollarining takomillashuvi va turmush tarzining o’zgarishi ibtidoiy odamlar hayotini tartibga solishni, uni boshqarishini taqozo etadi. Jamoa azolarining hayotini boshqarishning ilk ko’rinishlari aynan urug’-qabilachilik davridayoq vujudga kelgan.

Urug’ jamoalari qadim zamonlardan biro ta –onadan tarqalgan qon-qarindoshlarning dastlabki uyushmalari edi. Tirikchilik tashvishi va tashqi dushmanlardan saqlanishzaruryati ibtidoiy odamlarning qon-qarindoshlikkka asoslangan uyushmasi shakllanishiga olib kelgan edi. Urug’ jamoalariga urug’ boshliqlari urug’ oqsoqollari boshchilik qilgan. Urug’ boshliqlari kundalik hayotda masalalarni oqsoqollar kengashi a’zolari yordamida hal etishgan. Urug’ qabilalarda kohinlar va ruhoniylarning mavqei yuqori bo’lgan. Xorazmliklar juda qadimdan ajdodlar ruhiga sig’ingan , olovni –quyoshni yerni va suvno muqaddas deb bilish, ularga topinish odatlari bo’lgan. Bu diniy udumlar islomgacha davom etgan bo’lib, shularning rasm-rusmlari kohin oshpastlar ibodatxonalarda doimo yonib turgan olovning o’chib qolmasligini ta’min etish uchun ham ma’sul bo’lganlar. Xalqimizda hozirgacha saqlanib kelinayotgan “otag’asi” degan tushuncha uzoq tarixga ega. Bu hududda yashagan qon-qarindosh , tili,dini, urf-odatlari bir-biriga yaqin o’nglab urug’lar yashadi yuksakroq etnik uyushmaga,qabilaga birlashdilar. Xullas Xorazmda ibtidoiy odamlarning manzilgohlari mavjudligini arxeologik tadqiqotlar orqali bilib oldik.
“Xorazm” atamasi uch xil jihatdan izohlash mumukin . “Xorazm” lug’aviy tushuncha sifatida “Xorazm” vohasi sifatida “Xorazm” viloyat sifatida “Xorazm” nomi dastlab zardushtiy dinining ilohiy kitobi bo’lmish “Avesto” va “hevarezm” tarzida berilgan. Ma’lumki “Avesto kitobi dar tilida yozilgan. Nemis arabshunos olimi E.Zaxaunnnig fikricha , atama ikki qismdan iborat bo’lib, “xayrli” – oziq-ovqat, “zem” yer manosini bildiradi. Demak xorazm oziq-ovatga boy mamlakat deganidir.
Qadim zamonlarda xoramliklareron tilining mahalliy shevasida gapirganlar va yozganlar. Islom dinini qabul qilgandan keyin xato XI-asrda ham ular eron lohjasida gairganlar. Bu sabab nafaqat xorazmning Eron bilan yonma-yon, chagaradosh bo’lishi, balki Ahmoniylar sulolalarining O’rta Osiyoda, jumladan xorazmda ko’p asrlar davomida xukumdorlik qilganligida hamdir. Xorazmshohlar davridaham fors tilidan ishlarni yuritish, muhokama tili sifatida foydalanilgan.
Ahmoniylarning qadimgi oromiy yozuvlarida (Mil.avv.VI-IV asrlar) jumladan Behistun va Persepol yozuvlarida “Xorazm” nomi “Xvarizm” shaklida qadimgi forz asarlarida esa “Xuvarazmis” shaklida uchraydi. Yangi fors yozuvlaridabu so’zning birinchi qismi “Xvar” (X war) past, tubdan manosini bildirsa, ikkinchi qismi “Zmi” yer manosini anglatadi, Bu yerda “Xuvarazmis” asl ma’nosi pastlik past tekislikda joylashgan yer demakdir.
Qator sharqshunos, arabshunos, tarixshunos, tarixchi arxeolog olimlar jumladan Klimppert, Lerx “Xuvarazmis” tushuncha “past yer” yer ma’nosini bildiradi, degan fikrdalar, Савелалаев va Греков lar bu so’zning birinchi “Xvar” qismini xurshod- “quyosh”. “oftob” so’zi bilan bog’lab , “quyoshli o’lka”, “oftobli yer” Zaxau va Peygarevlar, “Xvar” elementining yangi fors tilidagi Xuradan eyish so’zi bilan bog’lab, Xorazm xosildor yerlar va yerusti va shpchel. “Xorazm” bu “xor zamin”, yomon yer – degan Vemberi – “Xox+razm “M.N.Bogamov fikricha, “Xorazm toponimi qadim fors tilining “Xvarazam” shaklidan kelib chiqqan bo’lib, chorva mollarini boqish uchun qulay bolgan yerlar, musthkam qal’alar bilan qurulgan o’lka ma’nosini bildiradi.
S.P.Tolstov “Mamlakatlarning qadimiy nomlari aksar hollarda etnik (xalq,qabila) ismlari bilan bu ismlar afsonalardan olingan. “Xorazm” Xvarri zamin, ya’ni Xuvardagi qabilasining yeri” degan ma’noda bilishi mumkingini aytadi.
Xorazmlik olimlar O.Madrahimov va Z.Do’simovlar bu fikrga qo’shilib, “Xorazm” so’zi “Xorazm zam” Xuridlar makoni, yeri ma’nosini bildirib, qabila nomi bilan bog’liq deb tushuniladilar. M.Ermatovning fikricha, “Xorazm” nomi “Baliqqa boy yurt”, “Baliq ovlab iste’mol qiluvchi baliqlar yurti” degan manoni bildiradi. Uning ta’kidlashicha, o’rta asrlaardavriga xos O’rta Osiyo yozma manbalarida, shu jumladan al-Beruniy, Al-Muqaddasiy va Gardiziylarning asarlarida “Xorazm” nomi Xvarezm deb yozilgan va ularda bu nomga”go’sht o’tin” ma’nosi bildirgan. Bu so’zning birinchi qismi “Xvari” go’sht, baliq go’shti ikkinchi qismi “zm”, “zem- er mamlakat ma’nosini bildiradi.




Download 23,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish