Farg’ona viloyati Qo’shtepa tumani 47-umumiy o’ta ta’lim maktabida o’tkazilgan Ustoz va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tadbir senariysi



Download 28,73 Kb.
Sana20.03.2022
Hajmi28,73 Kb.
#502291
Bog'liq
1- oktabr tadbir


Farg’ona viloyati Qo’shtepa tumani 47-umumiy o’ta ta’lim maktabida o’tkazilgan «Ustoz va murabbiylar «kuniga bag‘ishlangan tadbir senariysi.

Ustoz otangdek ulug‘.
1 – boshlovchi: Assalomu alaykum, aziz ustoz va bayram tadbiri mexmonlari!
2- boshlovchi: Assalomu alaykum mexribon murabbiylar! Xush kelibsizlar! Qadamlaringizga xasanot!
1 – boshlovchi: Bugun biz o‘z kalb qo‘rini, qo‘z nurini, mexr – muxabbatini, kelajagi buyuk yurtga barkamol avlodlarni – komil insonlarni tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifani zimmalariga olib, bu olijanob ishni sharaf bilan bajarishga bel boglagan ustozlarimizni, muallimu – murabbiylarimizni kutlash, e’zozlash maksadida tuplanganmiz.
2 — boshlovchi: Ukituvchilik azal – azaldan e’tiborli kasb xisoblanadi. Dunyoning xech kaysi mamlakatida ukituvchi – murabbiylarga nisbatan bu kadar e’tibor karatilmagan, e’zozlanmagan. Mamlakatimizda Respublika Prezidentining Farmoni bilan 1997 yildan boshlab 1 oktabr «O‘kituvchi va murabbiylar kuni» umumxalk bayrami sifatida nishonlanib kelinmokda.
Qo‘limga qalamni ushlatdi ilk bor,
Shu ondan qalbimda boshlandi baxor,
Undan-da buyukrok, ulug‘rok kim bor,
Ustozim, ustozim, Sizga ming ta’zim. 
1 – boshlovchi: Bayram tantanasini ochib berish uchun so‘z, maktabimiz direktori Yermatova Ziroat Bahodirovnaga.
2- boshlovchi: Xurmatli mexmonlar, aziz murabbiylar!
Navbat Sizlar uchun tayyorlangan bayram dasturining badiiy qismiga.
1 – boshlovchi: Marhamat! Bugungi shodiyona, kuy, qushiq va raqslar Sizlar uchun yangraydi. 
Mustaqil Vatanim, ozod diyorim,
Kalbimiz baxshida zamonamizga.
Ilgomchim uzingsan, kuylar kalb torim,
Jur buling, azizlar, taronamizga.
2- boshlovchi: Bu yorug olamda onadek mexribon, otadek gamxur, har birimiz uchun aziz va mo‘tabar bo‘lgan ulug zot – bu muallim va murrabbiylardir.
Ustozlar qo‘shig‘i
1 – boshlovchi: Aziz xalqimizning bir naqlida: «Sen odamlarga bir yil yaxshilik qilmoqchi bulsang, bugdoy ek, un yil yaxshilik qilmoqchi bulsang, ta’lim – tarbiya ber» — deyilgan. Shu bois qadimdan kishilar uz zurriyotlarini ustoz qo‘liga topshirar ekanlar. «Eti sizniki, suyagi bizniki» deb ustozga nisbatan ishonch bildirishgan.
2- boshlovchi. Ustozlar xaqida Suz ketganda beixtiyor begubor bolaligimiz, orzu – intilishlarga to‘la bolalik yillarimiz, ilk bora qulimizga kalam tutkazgan birinchi o‘qituvchimiz ko‘z oldimizda gavdalanadi.
Bizlarning har bir savolimizga chuqur e’tibor va bosiqlik bilan javob beruvchi, elning nazaridagi birinchi muallim. Sizlarga bugun qo‘limizni ko‘ksimizga qo‘yib tashakkur aytamiz.
1 – boshlovchi: Hayot ummonida bamisli mayoq
Yiroqlarga nazar tashlar ustozlar
Sodiq shogirdlarga berarkan saboq
Doimo hak yo‘lga boshlar ustozlar.
2 – boshlovchi:
Eng og‘ir damlarda vazminlik bilan,
Sabr ila matonat darsin o‘tarlar.
Ezgulik singdirib dillarga har dam,
Kelajakka totli meva tutarlar.
(Ustozlarga atalgan qo‘shiq va raqslaridan iborat dasturi namoyish qilinadi.)
1 – boshlovchi:
Azaldan ustozni ulug‘lar xalqim,
Ularga ezgulik tilamoq xaqqim,
Bunchalar buyuksiz, bunchalar zukko
Umringiz mo‘jiza – yetmaydi aqlim.
2 – boshlovchi:
Ustozni e’zozlash azaliy odat,
Shogirdining kamoli ustoz uchun baxt.
Millionlar qalbida so‘nmas mayoqsiz,
Bir duo tilamoq insoniy burchim.
2 – boshlovchi: Zero bu yuksak ishonchni oqlashda ustoz – muallimlarimizning doimo tayyor ekanliklariga xech shubxa yo‘q.
Sabr ham, toqat ham, bardosh ham sizsiz,
Goh quvonch, goh alam – ko‘z yosh ham sizsiz.
Har ikki olamda quyosh ham sizsiz.
Siz mening g‘ururim, iftixorlarim.
Tortilib, uylanib yashabsiz, bilsam,
Bir umr kuymanib yashabsiz, bilsam,
Ertam deb uylanib yashabsiz, bilsam.
Ey mening fidoyi, alp chinorlarim.
1 – boshlovchi: Qadrli ustoz! Hayot kitobini ochuvchi Sizsiz. Yaxshi – yomon kunlarimizning kuzatuvchisi ham Siz. Sizni ko‘rib shodlanamiz. Yuragimiz, kalbimiz bilan Sizga talpinamiz ustoz!
Mabodo hayotda qoqilsak, xato qilib qo‘ysak ularni to‘ldiruvchi, tuzatguvchi, unutguvchi ham sizsiz, aziz, muallim.
2 – boshlovchi: Darhaqiqat, ustoz buyuklar ichra buyuk zot. Zotan al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Beruniylarning ham ilm olamiga ilk tetapoyalari oddiy o‘qituvchi, ustoz ko‘magida tashlangan. O‘qituvchi – mash’ala. U o‘zi yonib, o‘zgalar yo‘lini yoritishga umrini bag‘ishlagan fidoyi insondir. Muallim – matonat timsoli. U mexr – muxabbat, ezgulik ramzi. Zero, bolaning murg‘ak qalbiga ezgulik urug‘ini qadagan, ilmga tashnalik, ota – ona, Vatanga mexr xissini uyg‘otadigan inson – o‘qituvchidir.
(Sahnada ustozlarga bag‘ishlangan qo‘shiq va raqs ijro etiladi.)
1 – boshlovchi: Muallim, murabbiy – mo‘tabar, muxtaram zot. Uni mo‘tabar qilgan – bolalarga cheksiz mehri, muxtaram qilgan – muxabbati.
Maktabga qadam qo‘ygan murg‘ak qalblar – nixollar muallim mexri, muxabbati, maxorati ila ulg‘ayadilar, dunyoni taniydilar. Shu sabab ularni e’zozlaymiz, qadrlaymiz. Shoir aytganidek:
Dedilar: dunyoda asli kim aziz?
Aytdilar: ustozdir, ustoz begumon.
Tag‘in aytdilarki: aziz shubhasiz
Ustoz qadriga yetolgan inson.
2 – boshlovchi: Ustozlar! Bugun sizlarni qancha olqishlasak, qancha sharaflasak shuncha oz!
Siz ustozlarning poyingizga guldastalar sochib xurmatlab e’zozlasak arziydi.
Bugun Sizlarni ulug‘ ayyomingiz bilan yana bir bor muborakbod etamiz.
Barcha ilmlarning kaliti sizda,
Saxovat nuri bor – bu qalbingizda.
Otasiz, onasiz, har o‘g‘il – qizga
Ustozim, ustozim, Sizga ming ta’zim.
1 – boshlovchi: Aziz, mehribon ustozlar, sizlarni yana bir bor bayramingiz bilan chin kalbimizdan tabriklaymiz.
Sizlarga salomatlik, barkamol avlodni tarbiyalash yo‘lidagi mashaqqatli, lekin sharafli ishingizda ulkan zafarlar va omad, oilangizda esa tinchlik, omonlik va shodu xurramlik tilaymiz.
2 – boshlovchi: Shogirdlaringiz va farzandlaringiz kamolini qurish barchangizga nasib etsin.
Shu bilan «O‘qituvchi va murabbiylar kuni» umuxalq bayram tadbiri nihoyasiga yetdi.
E’tiboringiz uchun raxmat, Sog‘ bo‘ling, omon bo‘ling
Sizning ta’limingiz olmagan kim bor, 
Siz-ku yuraklarda ilk ziyo yoqqan. 
Olimmi, shoirmi va yo san’atkor, 
Ilk bor sizga tomon ustoz deb boqqan 
Bitta harf dardida riyozat chekib, 
Oqibat ko‘kka ham chiqolgan inson. 
Ne ajab sizlarni baxtiyor etib, 
O‘rnidan dast turib, bosh egsa shu on. 
Buyuk Alisherbek lutf etgan misol, 
Savod o‘rgatdingiz qancha ranj bilan. 
Koplab bo‘larmikan bu qarzni alhol
Uzib bo‘larmikan yuzta ganj bilan.
Sof ezgulik tilagi,
U ham bizga onadir.
Ilm-u hikmat qasrida
Ilk ustoz yagonadir.
 
Тunlar sizga hamnafas,
Qog`oz, kitob uyulgan.
Qo`lingizda siyohdon
Dil mehringiz quyilgan.
 
Baholar a’lo, yaxshi,
Ayamaysiz maqtovni.
Charchamaysiz, hormaysiz,
Sabringiz baland tog`mi?! 
 

Download 28,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish