Forexni o`rganish bo`yicha darslar to`plami



Download 9,48 Mb.
bet1/2
Sana26.02.2022
Hajmi9,48 Mb.
#470233
  1   2
Bog'liq
Forex darsligi


FOREXNI O`RGANISH


BO`YICHA DARSLAR TO`PLAMI
ISH REJA:
Ushbu o`tish kursi va darslar to`plamini tuzishdan maqsad Forexga qiziquvchi va
boshlang`ish bazoviy va fundamental bilim olish istagan qiziquvchilar uchun mo`ljallangan siz ushbu kurs davomida forex nimaligi u qanday biznesligi, u sizga to`g`ri keladimi yoki yo`q, uning barcha qirralarini o`rganib chiqasiz va o`zingiz hulosa chiqarasiz. Darslar sodda va tushinarli qisqa qilib tushintirilgan. Kerakli vosita va materiallar qo`shimcha malumotlar bilan to`ldirilgan. Darslardan muallif ruxsatisiz foydalanish qat`iyan taqiqilanadi.
Produced by Nozim Lee 2016.03.01
MUNDARIJA
1.Forex bilan tanishish. Forex nima?
2.Forexda ish boshlash uchun nimalar kerak va qanday ish boshlanadi?
3.Elektron pochta ochish
4.Elektron kashalok ochish
5.Broker haqida. Broker bilan tanishish
6.Broker saytidan ro`yxatdan o`tish va Demo hisob raqam ochish
7.Metatrader 4 terminalini kompyuterga o`rnatish a uning tavsifi
8.Savdo boshlash va savdodagi asosiy tushinchalar
9.Lot nima. Lot haqida tushuncha
10.Forexdag asosiy tushunchalar tavsifi
11.Buy va Sell buyruqlari haqida
12.Valyuta birliklari va uning tavsifi
13.Grafiklar haqida
14.Time frame Vaqt birliklari
15. 4 va 5 raqamli kotirovkalar haqida
16.Depozitni sug`urtalash Stop Loss va Take Profit haqida
17.Bozorni taxlil qilish va taxlil turlari
18.Fundamental taxlil qilish
19.Texnik taxlil va uning turlari bozorni texnik tomondan taxlil qilish
20.Qo`shimcha taxlillar, Texnik taxlilning qo`shimcha jihatlari
21.Indicatorlar haqida
22.Indicatorni savdo terminaliga o`rnatish
23.Pullik Indicatorni terminalga o`rnatish
24.Savdo Sessiyalari.Kunni qay vaqtida savdo qilgan maqul?
25.Grafik Taxlil qilish

26.Indicator orqali Taxlil qilish


27.Parabolic SAR Indikatori orqali taxlil qilish va Amaliy savdo
28.Stoxastik Indikatori orqali taxlil va amaliy savdo
29.MACD indicatori orqali Taxlil qilish
30.Bill Wilyams indicatorlari orqali taxlil. Alligator hujumi
31.Fractal Indicatori orqali taxlil qilish
32.Sell Limit va Buy Limit Kechiktirligan bitim tuzish
33.To`lqinlanish(volnavoy analiz) orqali taxlil qilish
34.Yapon shamlari(svechnoy analiz) orqali taxlil qilish
35.Qo`llab quvvatlash va qarshilik satxi asosida taxlil qilish
36.Terminal buzilib qolganda uni sozlash
37.Demoda samarali savdo qilish
38.Bozorga kirish va chiqish. Orderni o`zgartirish va sozlash
39.Forexda oson pul toppish usullari
40.Telefonda savdo qilish. Terminalni telefonga o`rnatish va unda ishlash
41.Sovetnik(robotlar) haqida
42.Sovetnikni terminalga o`rnatish
43.Sovetnik bilan ishlash. Sovetnikni test qilish va uni sozlash
44.Broker bilan shartnoma tuzish va Real hisob raqam ochish
45.Broker Bonuslari haqida
46.Konkurslar haqida va ularda qatnashish va pul ishlash
47.Foyda va Zararni aniqlash taxlili va Hisobot tuzish
48.Savdo Strategiyasi haqida
49.”Yashin tezligili” savdo strategiyalar turkumi
50.Mt4 va MT5 terminallari va ularning farqlari haqida
51.Balans haqida uni ushlab qolish va himoyalash usullari
52.Forexga pul kiritish va Real savdo boshlash
53.Ishlagan pulni yechish va uni naqd qilish usullari
54.Stop Loss bilan samarali savdo qilish
55.Forexning asosiy qoidalari va sirlari
56.Turli pul jamg`arish strategiyalari
57.Grafik orqali mustaqil texnik taxlil qilish va signal aniqlash
58.IQ Option haqida va Optionning forexdan farqi
59.Yaxshi treyder bo`lish bosqichlari
60.Yangilik va qo`shimcha saytlar va vositalar orqali daromad olish
61.Copy xizmatidan ro`yxatdan o`tish va undan foydalanish
62.Signal olish va prognozlar orqali pul ishlash
63.Forex psihologiyasi Haqiyqiy sirlar mana shu yerda
64.Biz tavsiya qilamiz

1-DARS
FOREX BILAN TANISHISH


FOREX NIMA?
FOREX(Foreks) bu – Foreign Exchange Market (forin ekscheing makit) Xalqaro
Valyuta Birjasi Bo`lib unda Valyuta va metallar oldi sotdisi bilan shug`ullaniladi.
(Dollar bozori yoki UZEX kabi) M: (Chet elga sayoxatga chiqqan odam voqeasi)
Forex- bu biror valyuta yoki aksiya metalni arzonroq paytida sotib olib keyin uni
qimmatlaganda sotib oradagi farqdan foyda olishdir M: 1 yeuroni 1.10 $ ga sotib
oldingiz va 1 soatdan so`ng uni 1.15 $ ga sotdingiz oradagi 0.5$ esa bu sizning sof
foydangiz bo`ladi
UNDA QANDAY PUL OPISH MUMKIN?
Forexda asosan savdo sotiq ya`ni valyuta sotib olib so`ng qimmatlaganda sotish orqali
foyda olinadi. Huddi bozorda savdo qilganday farqi bu ishlarni uydan chiqmay
kompyuter va telefon terminallari orqali amalgam oshiriladi. Forexni yana bir afzalligi
unda narx navo soniyalarda o`zgaradi.(Kartoshka sotar voqeasi)
FOREXDA QANCHA PUL TOPISH MUMKIN?
Forexda cheklanmagan miqdorda pul topish mumkin. Bir necha daqiqada 1 sentdan bir
necha ming dollargacha. Bu erda foyda umuman cheklanmagan
Foyda asossan lot hajmiga bog`liq bo`lib(lot haqida ya`na to`xtalamiz) ya`na treyder
bilim darajasi, deposit qiymati, bozor holati va omadga ham bog`liq. Siz qisqa vaqt
ichida katta foyda olishingiz yoki mablag`ingizni yo`qotishingiz mumkin.
FOREXDA ISH BOSHLASH UCHUN QANCHA PUL KERAK?
Bu ixtiyoriy siz 1$ dan boshlab 100-1000$ va undan ham ko`proq summada ish boshlay
olasiz.Yangilar va tajribasizlar oz summada ish boshlagani maqul
FOREXDA O`ZI NIMA BILAN SAVDO QILINADI?
Forexda asosan 1.Turli davlat valyutalari M: dollar, evro, iyena, funt sterling
2.Qimmatli metallar M: oltin, kumush, platina 3.Aksiya,Fyuchers va Index –qimmatli
qog`ozlar
4.NEFT bilan savdo qilinadi
FOREX ISHMI YOKI BIZNES?
Forex bu- biznes bo`lib agar uni to`g`ri yo`lga qo`yib olsangiz sizga doimiy foyda
keltiradi. Unga ish deb qaramaslik kerak chunki ishda siz kimgadir ishlaysiz va sizga
malum miqdorda pul to`lshadi be erda esa siz o`zingiz uchun ishlaysiz foyda esa
chaklanmagan
FOREXDA ISH VAQTI VA SAVDO HAJMI QANCHA?
Ish vaqti haftada 5 kun Dushanbadan-jumagacha 24-soat.(Dushanba 03:00 dan Juma
02:59 gacha) Shanba Yakshanba dam olish kuni. Savdo hajmi 5 triliondan oshadi.
Birja doim ishlagani uchun unda istagan payt savdo qila olish mumkin.
HAMMA ISHIMNI TASHLAB FOREXDA ISHLAMOQCHIAN
RO`ZG`OR TEBRATISH UCHUN QANCHA PUL KERAK?
Forexda ishlab oila boqish uchun bizning sharoitda o`rtacha oyiga 100$ pul kerak. Siz
forex bilan doim mashg`ul bo`la olasiz faqat o`rganish va tajriba orttirib oyiga 150$
topadigan bo`lmaguningizcha hozir qilayotgan ishingizni tashlamaganingiz maqul yoki
yengilrogiga almashtirsangiz ham bo`ladi
FOREXDA ISHLASHNI YAXSHI VA YOMON TOMONLARI
Yaxshi tomonlari
1.Oson va uydan chiqmay pul topa olasiz
2.Kelajagi bor va qiziq va shaxsiy biznes
3.Og`ir ishlar va ishsizlikdan qutulasiz bu imkoniyati cheklanganlarga ham qo`l keladi
Yomon tomonlari
1.Forexda yangi ish boshlaganlarni 90% muvaffaqsizlikka uchrab bu ishni butinlay
Tashlab ketadilar 10% yo`qotishlardan so`ng foydaga erishadi, 1% odamlar shu soxa
orqali haqiyqiy millonerga aylanishadi.
2.Siz bor pulingizni ham yo`q qilishingiz mumkin Forexda biror marta pulini
yo`qotmagan odam yo`q
3.O`rganib professional bo`lguncha ko`pvaqt kuch va sabr , mehnat qilishingziga
to`g`ri keladi Mehnatsiz rohatga erishib bo`lmaydi
4.Kamxarakatlik va nurlanish tufayli sog`lig`ingiz yomonlashish mumkin ammo buni
oldini olsa bo`ladi
Shuni unitmaslik kerakki har kim ham forexda foyda qilolmasligi mumkin. “Forex
hamma uchun ammo hamma forex uchun emas” shuning uchun sizda qiziqish ilm
olishga ishtiyoq bo`lmasa qilayotgan ishingizdan roxat qilmasangiz ushbu soxani
o`rganishdan foyda yo`q. Forex vaqtincha pul tpishga ishlatib turiladigan narsa emas.
Siz astoydil bo`lsangiz albatt bu soxada doimiy va katta daromad va baxtli hayotga
erisha olasiz.
SIZCHI FOREX HAQIDA NIMA BILASIZ?
VAZIFA: Savollarga javob yozing
1.Men nima uchun Forexni o`rganmoqchiman? 10 sabab
2.Unda topgan pularimni nima qilmoqchiman 10 sabab
Har bir ishni boshlashdan avval eng avvalo yaxshi niyat qilmoq kerak
2-DARS
FOREXDA ISH BOSHLASH UCHUN NIMALAR
KERAK? VA QANDAY ISH BOSHLANADI?
Aslida Forex birjasida oddiy odamlar oz pul bilan qatnasha olmaydi. Bunda treyderning mablag`i kamida 100 ming$ bo`lmog`i kerak. Ammo Broker kompaniyalari bizga oz pul bilan atiga 1$ bilan ham bozorda qatnashish imkoniyatini beradi.
Forex bozorining asosiy atnashchilari bu- Markaziy banklar, Tijorat banklari, Fond birjalari, Broker va Diling kompaniyalari, Jismoniy shaxslar
Forex va CFD birjasi rasman 1976-yildan beri ish yuritib keladi
Forexda ish boshlash uchun bizga kerak bo`ladigan narsalar
1.Hohish-istak, qiziqish
2.Komyuter va Modem
3.Internet aloqasi va trafik(ucelldan kunlik internet yoki Uztelekomdan domashniy
internet ulatsangiz bo`ladi)
4.Smartfon telefon Android 4.4 versiya(iPhone ham bo`laveradi
5.Yaxshi broker yoki Diling markazi
6.MT4 yoki MT5 terminali(maxsus programma)
7.Elektron pochta (mail.ru yoki gmail.com da)
8.Elektron kashalok yoki Bank kartasi(pulsaqlash uchun)
9.Pasport va boshqa bir zarur hujjat rangli skaner nusxasi
10.Bloknot, daftar
11.Biroz pul
12.Ilm olish va ishlashga bo`sh vaqt va tinch xona
Qiladigan ishimiz ushbu narsalarni to`plash va
1. Elektron pochta ochish
2.Kashalok ochish
3.Broker bilan shartnoma qilsih
4.Savdo hisob raqami ochish(demo yoki real)
5.MT4 terminalini kompyuterga o`rnatish va hisob raqamni unga ulash
Kerakli qurilmalarga ega bo`lgan holda Yaxshi brokerni tanlab shu kuni o`zidayoq savdo boshlashimiz va bozor ishtirokchisiga aylanishimiz mumkin. Unitmang savdoni boshlash foyda olishni boshlash degani emas doimiy va katta foydaga faqat qunt bilan bilim olish, ko`p mashq qilish va tirishqoqligingiz evaziga foyda olishingiz mumkin
3-DARS
ELEKTRON POCHTA OCHISH
Hozirgi davrda electron pochta eng kerakli instrument bo`lib u siz forexda ishlash umuman internet biznes qilishni iloji yo`q. Pochtaga turli habarlar kerakli malumotlar yuboriladi va turli muammolar hal qilinadi. Elektron pochta bu
Broker bilan aloqa qilsihni vositasi hamdir
Hozirda universal va qulay pochtalar bu- mail.ru(email) va gmail.com(jmayl) dir.bu pochtalar qulayligi telefonda ham bemalol ishlatish mumkin. Yana qulayligi pochtani telefon orqali ham ochish va bir kishi bir necha pochtaga ega bo`lishi mumkin. Ammo biz bitta va doimiy pochta ishlatishni tavsiya qilamiz M:mail.ru va gmail.com da
Gmail.com dan pochta ochamiz
1.gmail.com saytiga kiramiz va “Sozdat akkaunt” tugmasini bosamiz(agar bizda avval pochta ochilgan bo`lsa bo`sh katakka pochta manzilini yozib “Dale” tugmasini bosamiz so`ng ikkinchi oyna ochilgach bo`sh katakka parolni yozib “Voyti” tugmasini bosib pochtamizga kira olamiz)
2.Yangi oynaga kerakli malumotlar kiritamiz ism, familiya, pochta nomi, parol, parol qaytadan tug`ilgan oy kun yil, telefon raqam(doim ishlaydigan), bo`lsa qo`shimcha pochta manzili so`ng “prodoljit” tugmasini bosamiz
3.Telefonga kelgan tasdiqlovchi parolni yozib tasdiqlaymiz
4.Pochta kompyuterda ochilgan bo`lsa uni telefonga ulaymiz va tekshiramiz
Pochta ochish tartibi mail.ru saytida ham shu tartibda amalgam oshiriladi

4-DARS
ELEKTRON KASHALOK OCHISH


Elektron Kashalok(Virtual hamyon) bu real pul saqlash vositasi bo`lib biz u orqali turli hil hisob kitob amaliyotlarini amalga oshiramiz jumladan forexga pul kiritish va uni yechib olishda ham huddi shu kashalok qo`l keladi. Undagi pullar haqiyqiy qiymatga ega bo`lib bank hisobida turadi biz uni istagan vaqt naqd pulga aylantira olamiz. M: Elektron kashalokdagi 1$ pul qora bozor narxida ba`zan undan ham qimmatroq bo`lishi mumkin
Bizga kerakli Kashaloklar
1.Webmoney.ru 2.Qiwi.ru
3.Yandex Dengi.ru 4.Websum.uz
5.Uzcard.uz 6.Visa yoki Master Card
Bu kashaloklar universal bo`lib istagan pul operatsiyalarini amalga oshirishda va
pulni naqd qilib olishda juda qo`l keladi
Visa yoki Master universal kartalarini istagan bankdan ochtirib olishingiz mumkin Taxminan 30$ harajat ketadi. Bu kartalarni yana bir qulayligi istagan davlatda ishlatish mumkin. Bank sizga pulni $ orqali to`laydi
Websum va Uzcard esa ishlagan pulingizni naqd qilish va forexda savdo qilish uchun pul to`ldirishingizda va Uzb. Zonasida bemalol to`lov qilish imkonini beradi
Webmoney Qiwi Yandex Money esa asosan Rossiya hududida keng tarqalgan
bo`lib MDH davlatlarida va O`zbekistonda ham bemalol muomilada ishlatiladi bular universal bo`lib pulingizni ishnchli saqlanishini ta`minlaydi
Elektron Kashalok Ochamiz(hozircha bizga webmoney kashalogi kerak bo`ladi) 1.Webmoney.ru saytiga kiramiz va “Registratsiya” tugmasini bosamiz
2.Bo`sh katakka doimiy ishlatadigan o`zimizni nomimizdagi telefon raqamni
kiritamiz
3.Pasport malumotlarni aniq va to`la kiritamiz
4.Elektron pochtamizni kiritamiz(pochta mail.ruda bo`lishi kerak) va tasdiqlaymiz
5.Pochta va telefonni tasdiqlaymiz
6.Kashalok tanlab ochamiz
7.Atestat olish uchun passport skanerini yuborib ariza beramiz malum kundan so`ng
Formalniy atestat olgach bemalol kashalokni ishlatishimiz mumkin

5-DARS
BROKERLAR HAQIDA


BROKER SAYTIDAN
RO`YXATDAN O`TISH
Siz kimdan yoki qayerdandir Forex haqida eshitdingiz va unda ishlab pul topish fikri paydo bo`ldi. Siz unda ishlash uchun kerakli qurilmalarga ega bo`ldingiz ammo sizda endi 100 ming $ pul bo`lmasa Forex Birjasida savdo qilolmaysiz. Siz umuman vositachisiz bozorga kirolmaysiz ham. Bunda bizga Brokerlik va Diling kompaniyalari yordamga keladi
Broker va Diling Kompaniyalari- Dallol bo`lib Jismoniy shaxslarni oz miqdordagi pul bilan Forex va CFD birjasida qatnashishiga imkoniyat yartib beradiganvositachi kompaniyalaridir. Biz brokersiz umuman bozorda qatnasha olmaymiz.Bizni erkin qulay sharoitda savdo qilishimizni broker kompaniyasi ta`minlaydi. Albatta buning uchun xiamat haqi oladi ammo bu arzimagan pul
Bizni vazifa yaxshi broker tanlash va u bilan hamkorlik qilishdir. Dunyo bo`yicha 5000 dan ortiq broker kompaniyalari bo`lib bari bir biridan faqr qiladi va turli xizmat sharoitlari taklif qiladi
BROKER TANLASHDA NIMALARGA E`TIBOR BERISH KERAK?
1.Spredi kam bo`lishi kerak
2.Broker saytida ishlash sodda va tushinarli bo`lishi kerak
3.Qo`llab-quvvatlash(Slujba Podderjka/Live chat) Xizmati tezkor va doimiy
bo`lishi kerak
4.Turli Platformalarda savdo qilishi kerak m: Mt4 Mt5 Multi terminal
5. 4 va 5raqamli kotirovkasi bo`lishi kerak
6.Turli Konkurslar Bo`lishi kerak
7.Qo`shimcha ko`ngilochar dasturlari va konkurslari bo`lishi kerak M: sayohat,
mashina, tadbirlar
8.Obuchenie-O`qitish tizimi bo`lishi kerak
9.Ishonchli va yillik staji bo`lishi kerak(chunki Ko`p fribgar brokerlar yopilib
ketadi) m: MMSIS
10.Pul chiqarish oson va tez, turli kashaloklar bilan aloqa qilishi kerak
11.Turli kerakli xizmatlari bo`lishi kerak(Analitika,Signal, Vebinar, Savdo robotlari)
12.Brokerda telefon va kompyuterda bemalol savdo qila olish kerak
13.Turli vositalar bilan savdo qilishi kerak M: valyuta, metal. Aksiya, Index, Fyuchers
14.Komissiya va soliqlar kam bo`lishi
15.Kredit yelkasi hajmi katta bo`lishi kerak
16.Partnyorlik hizmati bo`lishi kerak (Copy, ribeyt,master schet,share4you,
robooption kabi)
17.Turli Bonuslar bo`lishi kerak

6-DARS
BROKER SAYTIDAN RO`YXATDAN O`TISH VA


DEMO HISOB RAQAM OCHISH
Aslida hech bir broker yomon emas u biga savdo sharoiti yaratib beradi va pirovardda u ham bu ishdan foyda oladi. Faqatgina brokerlar taklif qilayotgan xizmat va sharoitlari tufayligina tanlanadi. Bitta brokerga yopishib olib faqat shu yaxshi deyish noto`g`ri. Har birini o`zini yaxshi va yomon tomoni bor. Bizga esa yaxshi tomoni ko`p keng imkoniyatli va ishonchli broker kerak. Yangi ish boshlayotgan va mablag`i kamlar uchun biz ishonchli brokerni tavsiya etamiz
BIZ TANLAGAN BROKER
FOREXSTART.ORG
Broker haqida qisqacha malumot
Kompaniya nomi Carmel Investments Consultants 2007-yildan beri ishlaydi. Rossiya broker kompaniyasi
1.Spredi kam EURUSD 4(raqamlikotirovkada 2) punkt, USDJPY 7 punkt
2.Saytda ishlash juda qulay, Metaquostes kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi
3.Slujba podderka yaxshi
4.Faqat MT4 da ishlaydi hozircha
5.4 va 5 raqamli kotirovkalar bor
6.Turli konkurslari, forexoid o`yini, sayoxat dasturi bor(unda sizga 100-10 000$ miqdor-
da tabiat qo`yniga forexstart bayrog`i bilan sayoxatga chiqqaningiz uchun pul beradi)
7.Bepul o`qituv darslari bor
8.Pulni 3 soatdan 1 sutkagacha to`lab beradi
9.Hamma kerakli yangilik va analitikalar bor
10.27 hil valyuta va metallar bilan savdo qiladi
11.Turli kashaloklar bilan ishlaydi bitcoindan pul t`oldirsangiz +4% webmoneyga
+3% bonus mablag` qo`shib beradi
12.Soliqlar kam svop yo`q, 4 raqamli kotirovkada komissiya yo`q, 5 raqamlida 3punkt
13.Kredit yelksi 1:500
14.Partnyor dasturlari bor
15.Bonuslari bor depozitga 500% gacha, welkam bonus esa 20 sent
Forexstart eng kam mablag` atiga 10sent bilan ham savdo qilish imkonini beradigan brokerdir. Turli verifikatsiya kabi qog`ozbozliklar yo`q 87% treyderlari muvaffaqqiyat qozongan. Kam miqdordagi pulni ham bemalol yecha olasiz
Tavsiya ushbu shartlar orqali boshqa brokerlarni ham ko`rib chiqishni va ular xizmatlaridan ham kerakli payt foydalanishni tavsiya etamiz
Forexstartdan Demo hiso raqam ochish va ro`yxatdan o`tish
Ushbu broker saytida ortiqcha qog`ozbozlik yo`qligi uchun hisob raqam ochishni o`ziyoq Ro`yxatdan o`tish(Registratsiya) o`rnini bosadi. Siz Forexstart.org saytidan hisob ochish jarayonida avtomatik tarzda ushbu broker bilan shartnoma qilasiz va uning hamkori(mijoziga) aylanasiz
Hisob Raqam bu- sizni broker bilan bog`laydigan va moliyaviy va savdo operatsiyalarini amalgam oshirish foyda qilishingizga imkon beradigan vositadir(ruschasiga schot) Hisob raqam 2 xil bo`ladi
1.DEMO(demonstratsion)-o`quv schoti bunda siz istagan summada ishlaysiz ammo bundagi pul virtual bo`lib uni yechib bo`lmaydi
2.REAL- haqiy pulini olsa bo`ldigan hisob raqam. Jumladan Haqiyqiy hisob
raqamlar ham turli kategoriyalarga ajraladi Asosan ikki hil Pul miqdoriga qarab
1.Sentoviy (10 sentdan 1000$ gacha)
2.Dollaroviy(5$ dan 100 000 va undan ortiq)
Siz hali yangi bo`lganingiz uchun avval ishni Demo hisob ochib boshlashingiz
kerak buning uchun Forexstart.org saytiga kiramiz va “Otkrit demo schet “ degan
yerini bosamiz
1.Familiya,ism,otchestvoni va electron pochta manzili, parol yozamiz, kreditnoe plechoni va depozit miqdorini belgilaymiz va “Otkrit uchebniy schet” tugmasini bosamiz. Qarabsizki sizda demo schot ochildi va siz endi broker bilan hamkorsiz va bemalol ish boshlashingiz mumkin. Endigi ishingiz ushbu hisob raqamni terminalga ulash
2.Yana demo hisobni MT4 terminali orqali ham ochsangiz bo`ladi buni avval kompyuterga terminalni o`rnatgandan so`ng bilib olasiz
3.Unitmang registratsiya vaqtida kiritgan barcha malumotlarni yozib qo`ying va yo`qotmang ular sizga doim kerak bo`ladi

7-DARS
METATRADER 4 TERMINALINI KOMPYUTERGA


O`RNATISH VA UNING TAVSIFI
Metatrader MT4 savdo terminali bu- maxsus savdo programmasi bo`lib bizga savdo amaliyotlarini amalga oshirish imknini beradi(huddi plastic terminali kabi). Undagi hamma operatsiyalar haqiyqiydir. Ushbu programma juda muhim bo`lib u siz forex bozoriga kirolmaymiz. Aynan broker kompaniyalari bizga foydalanish uchun savdo terminallari tavsiya etadi. Uni kompyuter, planshet va telafonda ishlatish mumkin.
Savdo terminali ham 2 xil Mt4 va Mt5 terminaliga ajraladi bu haqda keyingi darslarda bilib olasiz
Terminalni kompyuterga o`rnatish uchun yana 1.forexstart.org saytiga kiramiz va “Skachat Metatrader 4” tugmasini bosamiz
2.Keyingi oynada ushbu programmani turli texnikalar uchun turlari chiqadi u erdan k
kompyuter uchun windows versiyasini ko`chirib olamiz
3.Uni kompyuterga o`rnatamiz birozdan so`ng zagruzka boshlanib terminal qayta
yuklanadi ungacha unga tegmay turamiz va u to`la ishga tushgach uni ochishimiz
mumkin. Terminalni boshqa qurilmalarga ham shu tartibda o`rnatishimiz mumkin
Terminal bo`limlari
1.Glavniy grafik- Savdo vaqtida barcha aktivlar harakat yo`nalishini to`la ko`rsatuvchi
oyna
2.Indicator oynasi- Qo`shimcha belgili narx navo va savdo hajmini ko`rsatuvchi
qurilmalar oynasi
3.Menyu bo`limi
4.Kotirovkalar- Valyuta va metallar joriy narxini ko`rsatuvchi oyna
5.Torgovlya savdo qilish operatsiyalar amalgam oshirish oynasi- Bu bo`limda ochilgan
order va sizni pul mablag`laringiz hisobi ko`rsatiladi
6.Navigator- schotlar, indicatorlar, sovetniklar turadigan oyna- Bu erda turli yordamchi
vositalar bor va boshqa schotga o`tganda ham shu yerni tanlaysiz
7.Qurilmalar paneli- Qo`shimcha narsalar bo`ladi
8.Vaqt bo`limi- Vaqt taymfreymlarini shu erda o`zgartiriladi
9.Grafik o`zgartrish bo`limi- Bu erda grafik ko`rinishi o`zgartriladi
10.Svyaz(aloqa) terminal ishlayotgan yoki ishlamayotgaini ko`rsatadi
11.Avtosavdo va strategiya testiri- Robotlar bilan ishlangan paytda shu bo`limishlatiladi
12.Yana chizizqli joriy vaqtdagi narxni ko`rsatuvchi chiqiq ham bo`lib bu ham eng
muhim qurilmalardan biri u doim qimirlab turadi va narxni o`zgarishini ko`rsatadi
Terminalni o`zidan Demo hisob ochish
1.Terminalni ochgach Fayl menyusini ochamiz va “otkrit schet” ni bosamiz
2.Kerakli malumotlar kiritib “Dale” ni bosamiz
3.Serverni belgilaymiz bu erda bizga Forexstart demo degan yeri kerak yana Daleni
bosamiz
4.Yangi oynada schot nomeri paroli, investor paroli chiqadi u erdagi malumotlarni yozib

olib “Gotovo” tugmasini bosamiz va endi biz o`sha schotga kirib bemalol ishlashimiz


mumkin
Agar schotni saytdan ochgan bo`lsangiz
1.Fayl bo`limidan “Login” ni tanlaymiz va “Otkrit sushestvuyushimiy schot” va “
Demo” degan erini tanlaymiz va schot nomeri va parolni yozib o`sha schotni ochamiz

8-DARS
SAVDO BOSHLASH. SAVDODAGI ASOSIY


TUSHUNCHALAR
Broker saytidan hisob ochgach endi biz hech qanday to`siqsiz savdo boshlashimiz
mumkin. Forexda savdo qilish bu – TREYDING deyiladi. Savdogar esa TREYDER deb ataladi. Savdo qilishdan maqsad valyuta va metallar umuman qanday aktiv bo`lishidan qat`iy nazar sotib olish va sotish o`rtasidagi farqdan foyda ko`rishdir
M: Bizda 10$ pul bor edi biz undan 1.15 sentga 1 euro sotib oldik oradan 1 soat o`tgach 1 euro narxi 1.20sent bo`ldi biz endi shu narxda olgan 1 euroni sotib yubordik orada esa 0.5 sent foyda ko`rdik pulimiz esa 10.05$ bo`ldi. Agar narx tushib ketganda biz zarar k`organ bo`lar edik
Yani forexda biz olib sotish amaliyotlarini uydan chiqmay tuza olamiz. Forexni yana bir afzal tomoni bu erda narx oshishidan ham tushishidan ham, yon tomon o`zgarishidan ham foyda ko`rishimiz mumkin.
Forexda savdodagi asosiy tushunchalardan bu BUY VA SELL buyruqlaridir
M: Hozir 1 euro = 1.15$ ga biz endi taxmin qilamiz birozdan so`ng narx yo tushadi
yoki ko`tariladi agar ko`tariladi deb hisoblasak BUY ni agar tushadi deb o`ylagan bo`lsak SELL buyrugini bosib valyutani sotib olamiz va birozdan so`ng narx o`zgarib foydaga kirgach sotamiz
BUY- inglizcha sotib olmoq ya`ni narx oshsa sotaman deb sotib olish
SELL- sotmoq Narx tushsa sotaman deb sotib olishdir
Bu ikki buyruq savdoning asosiy prinsipini tashkil qiladi. Oldingizda ikki yo`l bor yo
olasiz yo sotasiz, Narx ham ikki tomon yuradi yo tushadi yo ko`tariladi
M: Ali va Valida 10$ dan Pul bor ular bu pulga euro sotib olib yani almashlab foyda
olmoqchi Hozir 1 euro narxi= 1.15$ Ali narx tushadi deb SELL ni bosib 1 euro sotib
oldi Vali esa narx oshadi deb 1 euro sotib oldi ikkovi ham bir vaqtda sotib olishdi
1 soat o`tgach 1 uero = 1.10$ bo`lib qoldi bunda Ali 0.5sent foyda ko`rdi Vali esa shuncha zarar Ali ochilgan orderni yopdi va foydani oldi. Agar Vali ham narx tushadi deganda edi. Ammo Vali orderini ochiq qoldirdi va yana 2 soat kutdi va narx 1.16 ga chiqdi va Vali ham orderni yopib olgan 1 euroni sotib yubordi va 0.1 sent foyda oldi Demak forexdagi foyda narxni qay tomon ketishini taxmin qilib savdo boshlash va foyda olish ekan. Forexni yana bir qiziq tomoni siz bir vaqtda ham narx tushishi va ham ko`tarilishiga order ochishingiz mumki bunda holat qanday bo`lishidan qat`iy naza foyda olaverasiz.
Forex haqida xato fikrlar
Forexda pul tikiladi stavka qilinadi, u o`yinday gap, qimorga o`xshaydi deb o`ylash bu
noto`g`ri chunki forex o`yin emas bu halol va erkin savdo qiladigan joydir. Siz bu erda
savdo vaqtida pul tikmaysiz balki pulni aktivga aylantrib ishlatasiz
FOREXDA ORDER OCHISH VA SAVDO BOSHLASH
1.Terminalni ochamiz va “Noviy order” tugmasini bosamiz
2.keyingi oynada valyuta turi va lot hajmi va qay tartibda sotib olish haqida ko`rsatmalar bo`limi turadi u erdan keraklisini tanlaymiz va “Dale” ni bosamiz
3.Keyin SELL yoki BUY buyrugini tanlaymiz va ok tugmasini bosamiz Terminaldan taq degan tovush chiqadi bu sizni savdo orderi ochganingizni bildiradi Pastda “Torgovlya” bo`limida hozirda ochgan orderingiz(yani savdo bitimi) va undagi malumotlar turgan bo`ladi. Malumotlar Bitimni qay vaqt qaysi juftlikda qaysi narxda ochganingiz va hozirgi narx va sizni foyda va zararingizni ko`rsatib turadi. Agar raqamlar Ko`k rangda bo`lsa bu sizni foyda ekanligingizni Qizilda bo`lsa zararda ekaningizni ko`rsatadi.
4.Endi esa kutamiz oradan malum vaqt o`tgach ochgan orderimiz plusga kirsa uni yopamiz buning uchun order malumotlaru ohiridagi “X” belgisini bossak kifoya mobodo adashib noto`gri tomonga bitim tuzgan bo`lsak ham iloji yo`q zarar oshib ketmay turib uniyopamiz. Siz istagancha bunday orderdan ochishimgiz va istagan vaqt yopishingiz mumkin
Yana bir muhim terminlardan biri bu LOT tushinchasi bo`lib bu savdo hajmini bildiradi yani orderlar ayni lot hajmiga qarab belgilanadi. Odatda 1 lot= 1$ ga 0.1 lot= 10sent 0.01 lot= 0.01 sent bo`ladi. Agar siz 0.1 lotda SELL orderi ochgan bo`lsangiz bu sizni 1 punktda 10 sent foyda olishingizni bildiradi Lot haqida keyingi darslarda to`la malumot olasiz

9-DARS
LOT NIMA? LOT HAQIDA TUSHINCHA


Siz savdo boshlab order(bitim) tuzar ekansiz kompyuterda avtomatik tarzda sizdan BUY yoki SELL buyrig`ini tanlash va LOT hajmini ko`rsatish so`raladi chunki bular savdidagi muhim omillardir. Lotning kattaligi ko`p foyda va katta havfni kichikligi ozroq foyda va ancha havfsizlikni taminlaydi
LOT- Bu Hajm, miqdor bo`lib u forexdagi asosiy o`lchov birligidir. Pul so`mda, kartoshka kiloda o`lchanganiday forexdagi bitim hajmi va foyda lotlarda o`lchanadi. Forexda lot haqida bilmaslik umuman bu soxani tushinmaslikni anglatadi. Lotni sodda qilib Shlangka o`xshatish mumkin. Forex bozorini Katta suv oquvchi truba deb hisoblasak Lot huddi shu trubadan o`zimizga suv chiqaradigan shalngdir. Shlang katta kichikligiga qarab suv ko`p yo oz kirganiday Lot hajmiga qarab foyda va zararimiz ham shunday hajmda bo`ladi. Yana bu erda foydani o`lchasha PUNKT degan narsa ham bor ayni lotdagi foyda miqdori punkt soniga bog`liq. Harbir lot hajmi 1 punktda malum qiymatga ega bo`ladi
M: 1 lotli bitimda 1 Punkt foydasi 1$ ga teng. Agar biz narxni oshadi deb taxmin qilgan bo`lsak va 1 lotda order ochgan bo`lsak bu 1lot 1 punktda= 1$ ga deganidir. Agar narx o`sha payt 1.1010 bo`lib 5 punkt ko`tarilsa va 1.1015 bo`lib qolsa unda 1 lotdagi foydamiz 5 punkt = 5$ bo`ladi
Foydaning ortishi yoki kamayishi punktlarda o`lchanadi
Lotlar hajmi Sentoviy va Dollaroviy schotlarda farqlanadi
SENTOVIY SCHOT – Hisobdagi pul miqdori sentlarda o`lchanadigan va eng kichik Mikro Lot ochish imkonini beradigan Hisob raqamdir. Undagi 1$=100 sent, 10$=1000 sent, 100$=10 000 sent bo`ladi. Bunda 100 000$ lik schotda ishlashni tasavvur qilish uchun 1000$ tushirsak kifoya bu 100 000sent bo`ladi. Bunda eng kichik lot 0.001 sent bo`ladi
DOLLAROVIY SCHOT - Hisobdagi pullar dollarda o`lchanadigan va standart katta hajmli lotda savdo qilish imkonini beradigan hisob raqamdir.Bu hsob raqamdagi pul eng kamida 5$ bo`lishi lozim. Bu hisob katta mablag`da ishlash va katta foyda olish imkonini beradi. Bunda eng kichik lot 1 sent hajmda bo`ladi
KATTA HAJMDAGI LOT- katta foyda yoki katta zarar va havf keltirib chiqarishi mumkin. Ammo katta lotni to`g`ri belgilansa bu qisqa vaqtda o`ta katta foyda keltiradi
KICHIK LOT – Ozroq foyda bo`lishiga qaramay uzoq muddatda bu ham katta foydaga aylanishi mumkin. Kichik lotda deposit havfga qo`yilmaydi va bemalol havfsiz savdo qilish mumkin. Forexda yagona pulni yo`qotmaslikni yo`li ham kichik lotda savdo qilishdir. Eng mashxur treyderlar ham kichik lotda ishashadi va shuni maslaxat berishadi. Investorlar ham havfsiz savdo qiluvchi tarafdadirlar. Kichik lotni yana bir yaxshi tomoni ko`p miqdorda order ochishga imkon qolishi hamdir. Yangilar va tajribasizlarga depozitni 1% dan katta miqdorda lot ochish tavsiya etilmaydi
LOT HAJMLARI
SENTOVIY SCHOTDA
0.01 lot = 0.001 sent( bu 100 punktda 1sent bo`ladi degani)
0.02 lot = 0.002 sent(bu 50 punktda 1 sent)
0.05 lot = 0.005 sent(bu 20 punktda 1sent)
0.10(0.1) lot = 0.010 sent(bu 10 punktda 1sent)
0.20(0.2) lot = 0.020 sent(bu 5 punktda 1 sent)
0.25 lot = 0.025 sent( bu 4 punktda 1 sent)
0.50(yoki yarim lot) = 0.050 sent(bu 2 unktda 1 sent)
1 lot = 0.1 sent(bu 1 sent)
2 lot = 0.2 sent(bu 2 sent)
5 lot = 0.5 sent(bu 5 sent)
10 lot = 0.10 sent( bu 10 sent)
25 lot = 0.25 sent( bu 25 sent)
100 lot = 1$ (bu 100 sent)
200 lot = 2$ (bu 200 sent)
1000 lot = 10$(bu 1000sent) bo`ladi har punktda. M: 1 lotda har bir lot 1 sentga teng
shu lotda narx 15 punktga o`zgarsa demak foyda yoki zarar 1 lotda 15 punkt siljigani
uchun 15 sent bo`ladi. 60 punkt siljisa = 60 sent bo`ladi
ko`proq suv kiradi va shunday chiqib ketishi ham mumkin. Tajriba oshgani sari lot ha jmini ham oshirib borish mumkin
DEPOZIT – Bu treyder hisob raqamidagi pul miqdori bo`lib lot hajmi d
DOLLAROVIY SCHOTDA
0.01 lot = 0.01 sent( bu 1 punktda 1 sent degani, 1$ bo`lishi uchun 100punkt kerak
0.02 lot = 0.02 sent( 1$ uchun 50 punkt kerak)
0.05 lot = 0.05 sent( 1$ uchun 20 punkt kerak)
0.10(yoki 0.1) lot = 0.10 sent( 1$ uchun 10 punkt kerak)
0.25 lot = 0.25 sent( 1$ uchun 4 punkt kerak)
0.50 lot = 0.50 sent( 1$ uchun 2 punkt kerak)
1 standart lot = 1$ yoki 100 sent har punktda (sentoviyda 100 mikro lotga teng)
2 lot = 2$ yoki 200 sent (sentoviyda 200 mikro lotga teng)
10 lot = 10$ yoki 1000 sent
50 lot = 50$ yoki 5000 sent
Demak ko`rganingizday lot oshgani sari miqdor oshib boraveradi bu biz trubaga ulangan Shlang kattalashmoqda degani. Shlang kattalashar ekan eposit qiymatidan kelib chqib belgilanadi. Unitmaslik kerakki umumiy yo`qotish depozitni 10% dan oshmasligi lot hajmi esa depozitni 1% ni tashkil etishi kerak. Bu eng havfsiz savdo qilish va professional treyder bo`lish imkonini beradi ( Ba`zan istisno qilish mumkin)
DEPOZITLAR UCHUN TAVSIYA QILINADIGAN LOTLAR HAJMI
0.10 sentdan 1$ gacha --- 0.01-0.02 lot dan oshmasligi kerak
1$- 10$ --- 0.01, 0.05, 0.10 gacha
10$- 100$ --- 0.10, 0.50, 1 lot gacha
100$- 1000$ --- 1, 5, 10 lotgacha ESLATMA: ushbu miqdor sentoviy schot uchun
taqriban olingan siz lotni bundanda kichik belgilasingiz mumkin
M: har 10$ uchun 0.10
lot miqdordan ortiq qo`shish mumkin emas
1000- 10 000$ --- 10, 20, 50, 100 Lotgacha
10-DARS
FOREXDAGI ASOSIY TUSHUNCHALAR TAVSIFI
FOREX- Foreign Exchange Markket( forin ekscheinj makit)- Xalqaro Valyuta Birjasi
O`qilishi (Foreks) qisqartmasi (Fx)
METATDADER TERMINALI -MT4- Savdo amalyotlarini amalgam oshirish va real
savdo qilish imkonini beradigan maxsus programma. Uning MT4, MT5 va Multi t terminal turlari mavjud. Unda amalgam oshirilgan barcha amaliytlar haqiyqiydir
SCHOT – Hisob raqam
DEMO SCHOT- Hisobdagi pullar Virtual bo`lgan va yechib olishni imkoni yo`q bo`lgan o`quv hisob raqami
REAL SCHOT – Hisobdagi pullar haqiyqiy bo`lgan va pullarni istagan vaqt yechib olsa bo`ladigan hisob raqam
PAMM SCHOT(Investor schot)- Bu investor tomonidan pul kiritilgan va hohlovchi treyderga ishlash uchun beriladigan isob raqamdir
OTKRIT SCHOT – Schot ochmoq
TRADING(treyding) – Savdo, birjada olib boriladigan har qanday savdo amaliyoti
TRADER(Treyder) – Savdogar birjada savdo amaliyotini olib boruvchi va shu ishni o`ziga kasb qilib olgan kishi
TREND (SAVDO) YO`NALISHI – O`rtacha narx va savdoning qay tomonga ketishi, savdo yo`li
UZOQ MUDDATLI TREYDER – Uzoq muddat orderni ushlab turuvchi katta taymfreymda savdo qiluvchi treyder
QISQA MUDDATLI TREYDER – Orderqisqa muddatda yopuvchi qisqa vaqt birigi ichida scalping orqali aktiv savdo qiluvchi treyder Bni scalpingchi(scalper) ham deyishadi
INVESTOR – O`zi ishlamay faqat pulini ishlashga undaydigan va boshqa treyder uchun berib turadigan har qanday kishi
DEPOZIT – Ko`paytrish maqsadida savdoga kiritishni niyat qilib shaxsiy hisobga kiritilgan pul miqdori
KOMISSIYA – Savdo vaqtida savdo amaliyoti amalga oshirilgani uchun treyderdan olinadigan soliq
BROKER yoki DILING KOMPANIYASI – Vositachilik asosida o`zi savdo qilganidan tashqari Jismoniy shaxslarning ham Birjada savdo qilishini ta`minlab beruvchi Kredit asosida oz mablag bilan katta summada savdo qilishni ta`minlovchi Vositachi(o`rtachi- dallol) kompaniyadir
BROKER – Dallol(o`rtachi) ikki shaxs yoki kompaniya o`rtasidagi vositachi
ORDER(SDELKA) – Shartnoma, savdo bitimi
NOVIY ORDER(New order) – Yangi order ochish buyrug`i
ZAKRIT ORDER(Close order) – Bitimni yopish buyrug`i
IZMENIT ORDER(Change order) – Bitimni o`zgartrish buyrug`i
SREDSTVA – Mablag`. Joriy vaqtdagi deposit miqdorini ko`rsatadi
BALANS – Orderlar to`la yopilmaguncha hisobdagi pulni ko`rsatuvchi va jami pul midori
VALYUTA – Har qanday davlat pul birligi
AKSIYA – Turli kompaniyalarning Qimmatli qog`ozlari(Index, Fyuchers)
CFD – Contarct for differens- Farqlar asosida foyda olishni imkonini beruvchi bitim
MARJA- Pul miqdori
SVOBODNAYA MARJA – Erkin savdo qilsa bo`ladigan pul miqdori
VNESTI SREDTSTVA – Hisobga pul kiritmoq
SNYAT PRIBIL( vivod deneg) – Foydani yechmoq
ELEKTRON KASHALOK – Haqiyqiy pullarni virtual tarzda saqlovchi va to`lovlarni electron usulda oson amalga oshirishni ta`minlovchi hamyon
LICHNIY KABINET – Shaxsiy kabinet, broker saytida turli amallar qilinadigan yer
ONLAYN KONSULTANT – Doimiy yordam beruvchi qo`llab quvvatlash hizmati
PRIBIL – Foyda
UBITKA – Zarar
INDICATOR – Ko`rsatgichlar, grafikdagi yordamchi malumot beruvchi belgilar
MARGIN CALL – Orderni broker tomonidan avtomatik yopilishi( bu katta zarar holatida qo`llanadi)
SPREAD(SPRED) – Sotib olish va sotish o`rtasidagi farq bu faqrni broker belgilaydi
SWOP – 1 sutkadan ortiq ochiq qoldirilgan order uchun broker tomonidan olinadigan soliq SWOP FREE- esa soliq olinmasligini bildiradi
SYMBOLL(simvol) – Ramzlar, turli valyuta, metal, savdo vositalari belgilari
KOTIROVKA – Valyuta va savdo vositalarini narxini ko`rsatuvchi jadval
CHARTI – Grafik, narxlarni shaklli tarzda ko`rsatadi
TORGOVLYA – Savdo, savdo qilish va barcha ochiq orderlarni ko`rsatuvchi bo`lim
ISTORIYA – Avval qilingan ishlar yopilgan orderlarni ko`rsatadigabn bo`lim
BID – Birjadagi valyutalarning joriy narxi
ASK – Broker bizga taklif qilayotgan biz sotib oladigan narx
TIMEFRAME (Taym freym) – vaqt birliklari, grafikni turli vaqtlar asosida ko`rsatish
4 RAQAMLI KOTIROVKA – 1 yoki nuqtadan keyin 4 ramgacha narxning aniqligi
5 RAQAMLI KOTIROVKA – 1 yoki nuqtadan keyin 5 raqamgacha narxning aniqligi
PUNKT(Pips) – O`lchov birligi, forexda oxirgi raqamning bitta songa o`zgarishi 1 punkt deyiladi va foyda va zarar miqdori punkt asosida o`lchanadi
GLAVNIY GRAFIK – Bosh grafik oynasi
OKNA INDIKATORA – Indikator oynasi
SOVETNIK – Maslaxatchi, savdo roboti
SIGNAL – Qachon sotib olish va qachon sotishga belgi baradigan malumot
Download 9,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish