Fosforli o’G’itlar reja


Tuproqdagi fosfor shakllari va miqdori



Download 24,62 Kb.
bet2/5
Sana10.07.2022
Hajmi24,62 Kb.
#770100
1   2   3   4   5
Bog'liq
7-mavzu

Tuproqdagi fosfor shakllari va miqdori.
Fosfor 1662 yili nemis aptekachisi G.Brant tomonidan ochilgan, keyinchalik bu element oqsillari barcha tirik organizmlar uchun zarur ekanligi aniqlangan. Fosforning tuproqdagi umumiy miqdori o’rtacha 0,12% yoki 1,10 tonnani tashkil etadi.
Qo’riq yerlardagi fosfor zahirasi uning ona jins tarkibidagi miqdoriga bog’liq. Haydaladigan va o’g’itlanadigan tuproqlarda bu holat o’zgacha bo’ladi. Tuproq eritmasida fosforning konsentrasiyasi - 1 litrda 0,1-1 mg atrofida bo’ladi.
Magmatik otqindi jinslar tarkibida 0,275% P2O5 bo’lgani holda ulardan yemirilish natijasida hosil bo’lgan tuproq tarkibida ko’pi bilan 0,14% atrofida fosfor bo’ladi.
Tuproqda fosforli birikmalar organik va mineral shaklda uchraydi.
Mineral fosfatlar miqdori ancha yuqori bo’ladi. Ularning tuproqlardagi miqdori tuproq tipiga, mexanik tarkibiga, sharoitlariga bog’liq ravishda o’zgarib boradi. Masalan, kuchli podzollashgan qumoq tuproqlarda mineral fosfatlar - 73%, o’rta podzollashganda - 69, kulrang o’rmon- 56, kuchli qavatli qora-65, kashtan - 75, bo’z tuproqlarda 86% ni tashkil etadi.
Tuproq muhiti neytral sharoitda mineral fosfatlar asosan apatit shaklida, nordon tuproqlarda temir, allyuminiy fosfatlari shaklida zahirada bo’ladi.
Fosforning organik shakli gumus (0,8-2,5% P2O5) va fitatlar tarkibida bo’ladi. Fitatlar tuproqdagi organik fosforning yarmidan ko’pini tashkil etadi. Organik fosfor turli mikroorganizmlar ta’sirida yemiriladi. Bir qism fosfor shu mikroblar tarkibida bo’ladi.
Tuproqdagi bir valentli kationlarning fosforli tuzlari suvda yaxshi eriydi, o’simliklar tomonidan yaxshi o’zlashtiriladi. Kalsiy va magniy monofosfatlari ham xuddi shu xususiyatga ega. Kalsiy gidrofosfat va kalsiy fosfat suvda kam eriydi.
1 kg tuproqda 1 mg P2O5 bo’lsa, 0-20 sm lik haydov qatlamida uning umumiy miqdori 3 kg ni tashkil etadi. G’alla ekinlari o’rtacha hosildorlikda gektaridan 20 kg R2O5, texnik ekinlar esa bundan ham ko’proq o’zlashtiradi. Bundan ko’rinib turibdiki, suvda eruvchan fosfor o’simlikning talabini qondira olmaydi.
Ammo o’simliklar nafaqat suvda eruvchan balki kuchsiz kislotalarda eruvchan fosfor birikmalarini ham o’zlashtira oladi. Kuchsiz (karbonat, limon, olma kislotalari) kislotalarni o’simliklar ildizi ajratib, qisman tuproq fosfatlarini parchalaydi. Fosfat va gidrofosfat shaklidagi kalsiy va magniy tuzlarini o’simlik o’zlashtiradigan shaklga o’tkazadi.
Ikki valentli asoslarning uch o’rinli fosforli tuzlarini o’simliklar o’zlashtirmaydi. Bundan lyupin, xantal, grechixa mustasno. Ushbu ekinlarning xususiyati ildizdan ajraladigan kislota miqdori va tarkibida fosforga nisbatan kalsiyning ko’pligi bilan tushuntiriladi.
Zamonaviy qarashlar bo’yicha tuproqda uch kalsiyli fosfat hosil bo’lishi uchun deyarli sharoit bo’lmaydi. Balki bundan ham erishi qiyin bo’lgan oqtakalsiy fosfat Ca4H(PO4)3 * 3H2O appatit Ca5(OH)(PO4)3, nordon tuproqlar sharoitida strengit Fe(OH)2H2PO4 va varissit AI(OH)2H2PO4 hosil bo’ladi.
Alyuminiy va temir fosfatlari erishi uchun tuproq muhit reaksiyasi minimal ko’rsatkichi 2,2-3,7 uch kalsiyli va magniyli fosfatlar uchun esa 6,5-10 bo’ladi.
Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, kuchsiz nordon tuproqlar (pH-6) o’simliklarni fosfat bilan oziqlanishi uchun nisbatan qulay tuproq sharoiti hisoblanar ekan.
Tuproqda organik fosfor kam bo’lgan sharoitda oson eruvchan fosforli birikmalar birmuncha kamayishi mumkin. Aniqlanishicha, tarkibida 0,2-0,3% dan kam fosfor saqlaydigan moddalar minerallashuvi natijasida, o’simlik uchun o’zlashtiriluvchan fosfor to’lasincha mikroorganizmlar tomonidan singdiriladi.
O’simliklar oson o’zlashtiradigan fosfor birikmalari tuproqda juda kam. O’simlik oziqlanishi uchun eng maqbo’l fosforli birikmalar suvda eruvchan fosfatlar hisoblanadi.
Ammo o’simliklarning fosfor bilan ta’minlanish darajasi haqida fikr yuritish uchun suvda eruvchan fosfatlar miqdori yetarli emas, shu tufayli keyingi yillarda kuchsiz nordon so’rimdagi fosfor miqdori aniqlanadi.
Bu so’rimga suvda eruvchan fosforga nisbatan o’simlik uchun zaxira bo’lgan birikmalarning ham bir qismi ajralib chiqadi.
Tuproq tarkibidagi o’zlashtiriluvchan fosfor miqdorini laboratoriyada aniqlash asosida agrokimyoviy xaritanoma tuziladi va shu asosda o’g’itlashga tavsiyalar beriladi.
Tabiatda fosfor saqlovchi minerallar juda ko’p uchraydi, ammo ulardan apatit va fosforit fosforli o’g’it ishlab chiqarish uchun xom-ashyo bo’lib hisoblanadi.
Apatit – tuproq hosil kiluvchi ona jins tarkibida dispers holda tarqalgan otqindi jins hisoblanadi. Ammo uning konlari kam tarqalgan.
Eng yirik apatit koni Rossiya Federasiyasi Kola yarim orolida Xibin tog’larida 1925 yili ochilgan. Bundan tashqari uning konlari Braziliya, Ispaniya, Kanada, AQSh, Shvesiyada uchraydi.
Fosforitlar uzoq yillar davomida hayvon skeletlari minerallashuvi, kalsiy ta’sirida dengiz suvlarida fosforli birikmalarning cho’ktirilishi natijasida hosil bo’lgan cho’kindi jins.
Fosforit konlari yer yuzida keng tarqalgan bo’lsada, uning sanoat ahamiyatiga ega bo’lganlari nisbatan ozdir. Fosforitning eng katta konla-ridan Janubiy Qozog’iston Qoratov fosforit koni hisoblanadi. Apatit kristall modda, fosforit amorf va kristall holda uchraydi. Shu tufayli fosforitni kimyoviy ishlov bermasdan turib o’g’it sifatida ishlatish mumkin.
Apatit va fosforit kelib chiqishi turlicha bo’lishi bilan bir vaqtda bir-biriga o’xshash jihatlari ham ko’p.
Apatit empirik formulasi Ca5(PO4)3F yoki (Ca3(PO4)2)* CaF2 xom-ashyo tarkibidagi ftor o’rniga xlor, gidroqsil birikkan holda ham uchrashi mumkin, shu tufayli xlor-apatit, ftor-apatit, gidroqsil-apatit deb ataladi.
Fosforitlar fosfat minerallaridan tashqari qum, loyqa kabi qo’shilmalar ham saqlaydi. Fosforitlar tabiatda 2 xil holda: katta-katta xarsang holida yoki plast shaklida uchraydi. Qoratov fosforitlari qalinligi 7metrgacha yetadigan plast holidagi kon hisoblanadi. Qoratov fosforitlari sifat jihatidan ham boshqa xom-ashyolardan ustun turadi: 29,6-35,6 % P2O5 2-2,5 %, Al2O3, Fe2O3 saqlaydi. Ammo Qoratov fosforitlarining bitta kamchiligi magniy miqdorining yuqori bo’lishidadir, bu uni qayta ishlashda xalaqit beradi.
Dunyodagi eng qimmatli fosfor xom-ashyosi Xibin apatiti hisoblanadi. Flotasion usulda tozalangan Xibin apatiti 39-40% P2O5 saqlaydi.
Fosforli o’g’itlar olinishi, tarkibi, xossalari.
Barcha fosforli o’g’itlar 3guruhga bo’linadi:
1 .Suvda eriydigan fosforli o’g’itlar.
2 .Suvda kam eriydigan, kuchsiz kislotada eriydigan.
3. Suvda erimaydigan, kuchsiz kislotada kam kuchli kislotada eriydigan fosforli o’g’itlar.

Download 24,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish